Tilshunoslik
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- ABZATS
- AKSENTEMA.
213 GLOSSARIY 5 ABBREVIATURA (ital. abbreviatura < lot. abbrevio – qisqartiraman). Qisqartma so‘zlar. BMT (Birlashgan millatlar tashkiloti), Dramto‘garak (drama to‘garagi), SamDChTI (Samarqand davlat chet tillar instituti) kabi. ABZATS. Matnning bir xat boshidan keyingi xat boshigacha bo‘lgan qismi. AGGLYUTINATIV. Agglyutinatsiyaga asoslangan. Agglyutinativ tillar. O‘zbek tili – agglyutinativ til. ADSTRAT. Bir hududda turli tillarning uzoq davr birga amal qilishi natijasida yuzaga kelgan ikki tillilikning turi. AKKOMODATSIYA. Turli kategoriyadagi tovushlarning so‘z tarkibida o‘zaro moslashuvi. AKSENTEMA. Urg‘uning so‘z yoki nutq oqimidagi fonologik-aksentologik xususiyatlariga nisbatan nomlanishi. AKSENTOLOGIYA. Fonetikaning urg‘uni (urg‘uning tabiati, tipi, vazifasi va h.) o‘rganuvchi bo‘limi. AKSIDENSIYA. Sezgi organlari yordamida his qilish mumkin bo‘lgan belgilar. AKSENT. Ona tilidan boshqa tilda so‘zlaganda, tovushlarni o‘sha tildagidan boshqacha holda, o‘z tili tovushlari kabi yoki unga yaqin talaffuz etish. O‘zbekcha aksent bilan gapirmoq. ALLOMORFA. Morfemaning biri o‘rnida ikkinchisini ishlatib bo‘lmaydigan variantlari, uning bir ko‘rinishi, 5 Tilshunoslik terminlari lug’atini tuzishda quyidagi ishlarga asoslanildi va foydalanildi: A.Hojiyev Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati. –T., 2002. –166 b. О.С.Ахманова Словаръ лингвистических терминов. – Москва, 2004. –571 c. Д.Е.Розентал ва М.А.Теленкова Справочник лингвистических терминов.–Москва, 1985. –399 c. Лингвистичес– кий энциклопедический словаръ.–Москва, 1990. –688 c. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling