Tilshunoslik
ATRIBUTIV. Atributga, aniqlovchiga oid; aniqlovchili. So‘zlarning atributiv bog‘lanishi. Atributiv aloqa. AFFIKS (
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- AFFIKSOID.
- BILINGVIZM
- BROK MARKAZI.
ATRIBUTIV. Atributga, aniqlovchiga oid; aniqlovchili.
So‘zlarning atributiv bog‘lanishi. Atributiv aloqa. AFFIKS (lot. affixus – birlashtirilgan, biriktirilgan). So‘zga qo‘shilib, yangi so‘z yoki so‘z shaklini hosil qiluvchi til birligi. Mac, -chi (gulchi), -lar (kitoblar). Affikslar vazifalariga ko‘ra ikki asosiy turga bo‘linadi: 1) so‘z yasovchi affikslar; 2) shakl yasovchi affikslar. Affikslar so‘zning boshiga, o‘rtasiga yoki oxiriga qo‘shilishi mumkin. So‘zning boshiga qo‘shiladigan affikslar prefiks, o‘rtasiga qo‘shiluvchilari infiks, oxiriga qo‘shiladiganlari suffiks deyiladi. O‘zbek tilidagi affikslar asosan so‘zning oxiriga, ba’zilari so‘z oldiga qo‘shiladi, ya’ni suffiks va prefiks holida bo‘ladi. AFFIKSOID. Affiks vazifasida qo‘llanuvchi morfema: taklifnoma, dalolatnoma, bildirishnoma kabi so‘zlardagi noma. AFFRIKATA. Qorishiq undosh tovush; paydo bo‘lish o‘rniga va ovozning ishtirokiga ko‘ra bir xil bo‘lgan portlovchi tovush bilan sirg‘aluvchi tovushning yaxlit bitta tovush sifatida talaffuz qilinishiga teng keladi. Macalan, o‘zbek tilidagi ajdar, so‘zidagi j, choy so‘zidagi ch qorishiq undoshlardir. BILINGVIZM. Ikki tillilik. BINAR OPPOZITSIYA. Bir turdagi ikki hodisaning bir- biriga qarama-qarshi holda guruhlanishi. Masalan, undosh tovushlarda: jarangli-jarangsizlik, unli tovushlarda: lablangan- lablanmaganlik binar oppozitsiyani hosil qiladi. BOBOTIL. Ma’lum tillar oilasining kelib chiqishi va shakllanishi uchun manba, asos bo‘lgan til. Masalan, turkiy tillar oilasi uchun qadimgi turkiy til bobotildir. 217 BOSH MA’NO. Ko‘p ma’noli (so‘z, ibora va b.) ma’nolari tizimida markaziy o‘rinda turadigan, boshqa ma’nolar unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki biror ma’no orqali bog‘lanadigan ma’no. Macalan, ko‘z so‘zining odamning ko‘zi, derazaning ko‘zi, uzukning ko‘zi birikmalaridagi ma’nosi boshqa-boshqa (mustaqil) ma’nolar bo‘lib, bulardan odamning ko‘zi birikmasidagi ma’no, ya’ni “ko‘rish a’zosi” ma’nosi bosh ma’nodir. Keyingi ikki birikmadagi ma’nosi esa keyin yuzaga kelgan (keyin hosil bo‘lgan) ma’nolardir. BROK MARKAZI. Bosh miya qobig‘idagi markaziy nerv sistemasiga kiruvchi nerv hujayralarining bir turi. U nutqning yuzaga chiqishida qatnashadigan mushaklarni harakatga keltiradigan nerv markazi hisoblanadi. BO‘G‘IN. Bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush va tovushlar majmui. Bo‘g‘in qanday tovush bilan bitganligiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling