218
GAP
PRAGMATIKASI.
Gap
–
fikr
kommunikatsiyasining asosiy birligidir va uning vaziyat bilan
o‘zaro munosabatini o‘rganish talab qilinadi.
Shu munosabat
bilan gap tahlilida umumiy semiotikaning qoidalariga muvofiq
uch aspekt: belgi tuzilmalarining sintaktikasi,
semantikasi va
pragmatikasiga bo‘linadi. Pragmatika til faktlarini inson
faoliyati
aspektida, ularning qo‘llanish planida tasvirlaydi.
Agar gapning sintaktik strukturasi gapning qanday qurilganini,
inson qanday gapirayotganini ko‘rsatsa, agar gap semantikasi
gap
nimani anglatayotganini, unda borliqning qaysi fragmenti
o‘z aksini topayotganini ko‘rsatsa,
gap pragmatikasi esa
insonlar mazkur holatda qanday sharoitlarda,
qanday
maqsadda so‘zlashayotganligini aniqlashga harakat qiladi.
Pragmatik sintaksisning diqqat markazida kommunikatsiya
masalasi va so‘zlovchi inson –
kommunikatsiya jrayonining
markazi turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: