220
GRAFEMA. Grafik tizimning eng asosiy birligi,
ifodalovchi va ifodalanuvchi tomonlari bor bo‘lgan
semiotik
belgi.
GRAFIK
ASIMMETRIYA
(fonetik-grafik
asimmetriya).
So‘z
tarkibida
o‘zaro
munosabatga
kirishayotgan harf va tovushlar
o‘rtasidagi
miqdoriy
tenglikning buzilishi.
GRAFIK SIMMETRIYA (fonetik-grafik simmetriya).
So‘z tarkibidagi tovush va harflarning miqdoran teng bo‘lishi
(«bir tovushga bir harf» munosabatining ta’minlanishi).
GRAFIK SINONIMIYA. Shakli har xil bo‘lgan ikki
grafemaning ma’lum fonetik-grafik pozitsiyalarda bitta
fonemani ifodalashi.
GRAFIKA.
Yozuv
tizimining
birinchi
(yetakchi)
komponenti. U harfiy va noharfiy
belgilar vositasida
yozuvning tovush tili bilan aloqasini ta’minlaydi.
DEGEMINATSIYA. So‘z tarkibidagi geminatsiyaning
yo‘qolishi.
DENOTAT. Leksema orqali nomlanuvchi (ataluvchi)
voqelik, narsa-buyum.
DENOTATATIV MA’NO.
Denotat bilan bevosita
bog‘liq, uni bevosita bildiruvchi ma’no. Leksemadan
anglashiladigan voqelik, narsa-buyum
va boshqalar haqidagi
tushuncha.
DERIVATLAR. Hosilalar.
DERIVATSIYA (
lot. derivatio – yasalish).
Til birliklari
(so‘z, so‘z birikmalari va boshqa)ning yasalishi, hosil bo‘lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: