Toshkent farmatsevtika instituti farmatsevtik kimyo kafedrasi dori vositalarining fizika


Download 56.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/19
Sana12.12.2017
Hajmi56.99 Kb.
#22077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

ON  o‘tkazish  jarayoni  kafedra  mudiri  tomonidan  tuzilgan  komissiya  ishtirokida 
muntazam ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, 
ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o‘tkaziladi.  
Oliy  ta‘lim  muassasasi  rahbarining  buyrug‘i  bilan  ichki  nazorat  va  monitoring 
bo‘limi  rahbarligida  tuzilgan  komissiya  ishtirokida  YaN  ni  o‘tkazish  jarayoni 
muntazam ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, 
YaN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YaN qayta o‘tkaziladi.   
Talabaning  bilim  saviyasi,  ko‘nikma  va  malakalarini  nazorat  qilishning  reyting 
tizimi  asosida  talabaning  fan  bo‘yicha  o‘zlashtirish  darajasi  ballar  orqali 
ifodalanadi.  
―Farmatsevtik  kimyo‖  fani  bo‘yicha  talabalarning  semestr  davomidagi 
o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.  
Ushbu  100  ball  baholash  turlari  bo‘yicha  quyidagicha  taqsimlanadi:  Ya.N.-30 
ball,  qolgan  70  ball  esa  J.N.-45  ball  va  O.N.-20  ball,  MT  -5  ball  qilib 
taqsimlanadi. 
 
Ball 
Baho 
Talabalarning bilim darajasi 
86-100  
A‘lo  
Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. 
Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini 
amalda qo‘llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, 
aytib berish. Tasavvurga ega bo‘lish.  
71-85  
Yaxshi  
Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda 
qo‘llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib 
berish. Tasavvurga ega bo‘lish.  
55-70  
Qoniqarli  
Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish.  
Tasavvurga ega bo‘lish.  
0-54  
Qoniqarsiz   Aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik. Bilmaslik.  
 
Fan  bo‘yicha  saralash  bali  55  ballni  tashkil  etadi.  Talabaning  saralash  balidan 
past bo‘lgan o‘zlashtirishi reyting daftarchasida qayd etilmaydi.  
Talabalarning  o‘quv  fani  bo‘yicha  mustaqil  ishi  joriy,  oraliq  va  yakuniy 
nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan 
kelib chiqqan holda baholanadi.  
Talabaning fan bo‘yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi:  
 
bu erda: V- semestrda fanga ajratilgan umumiy o‘quv yuklamasi (soatlarda);  
O` -fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi (ballarda).  

 
32
 
Fan  bo‘yicha  joriy  va  oraliq  nazoratlarga  ajratilgan  umumiy  ballning  55  foizi 
saralash  ball  hisoblanib,  ushbu  foizdan  kam  ball  to‘plagan  talaba  yakuniy 
nazoratga kiritilmaydi.  
JN  va  ON  turlari  bo‘yicha  55  bal  va  undan  yuqori  balni  to‘plagan  talaba  fanni 
o‘zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazoratga kirishiga 
yo‘l qo‘yiladi.  
Talabaning semestr davomida fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har bir nazorat 
turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to‘plagan ballari yig‘indisiga teng.  
ON va YaN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan 
reyting  nazorat  jadvallari  asosida  o‘tkaziladi.  YaN  semestrning  oxirgi  2  haftasi 
mobaynida o‘tkaziladi.  
JN  va  ON  nazoratlarda  saralash  balidan  kam  ball  to‘plagan  va  uzrli  sabablarga 
ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi 
shu  nazorat  turigacha,  so‘nggi  joriy  va  oraliq  nazoratlar  uchun  esa  yakuniy 
nazoratgacha bo‘lgan  muddat beriladi.   Talabaning semestrda  JN va ON turlari 
bo‘yicha to‘plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam 
bo‘lsa  yoki  semestr  yakuniy  joriy,  oraliq  va  yakuniy  nazorat  turlari  bo‘yicha 
to‘plagan  ballari  yig‘indisi  55  baldan  kam  bo‘lsa,  u  akademik  qarzdor  deb 
hisoblanadi.  
Talaba  nazorat  natijalaridan  norozi  bo‘lsa,  fan  bo‘yicha  nazorat  turi  natijalari 
e‘lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan 
murojaat  etishi  mumkin.  Bunday  holda  fakultet  dekanining  taqdimnomasiga 
ko‘ra rektor buyrug‘i bilan 3 (uch) a‘zodan kam bo‘lmagan tarkibda apellyatsiya 
komissiyasi tashkil etiladi.  
Apellyatsiya  komissiyasi  talabalarning  arizalarini  ko‘rib  chiqib,  shu  kunning 
o‘zida xulosasini bildiradi.  
Baholashning  o‘rnatilgan  talablar  asosida  belgilangan  muddatlarda  o‘tkazilishi 
hamda  rasmiylashtirilishi  fakultet  dekani,  kafedra  muduri,  o‘quv-uslubiy 
boshqarma  hamda  ichki  nazorat  va  monitoring  bo‘limi  tomonidan  nazorat 
qilinadi.
  
 
Mustaqil ishni baholash 
talabalarning mustaqil ish ballari 5 ta darsda umumlashtirib qo‘yiladi. 
kalendar reja asosida quyidagi darslar  1 balldan baholanadi: 
1. taxlil usullarini baxolash va maxsulot sifatini kafolatlash.  
2. dori vositalarining yaroqlilik muddatini aniqlash usullari.  
3.  dorivor  o‘simlik  xom  ashyosi  asosida  olingan  dori  vositalari  sifatini 
nazorat qilish usullari. fitopreparatlar tahlili. 
4.sanoat  miqyosida  ishlab  chiqarilgan  dori  vositalar  tahlili.  sirtga 
ishlatiladigan      eritmalar tahlili. 

 
33
 
5.  dorixonada  tayyorlangan  dori  turlari  tahlili.  spirtli  eritmalar 
tarkibidagi spirtni refraktometrik usulda aniqlash . 
 
Talabalar  JN va ON dan to‟playdigan ballarning namunaviy mezonlari 
 
№  
Ko‟rsatkichlar 
ON ballari 
maks 
1-ON 
2-
ON 
1   Darslarga qatnashganlik darajasi. Ma‘ruza 
darslaridagi faolligi, konspekt daftarlarining 
yuritilishi va to‘liqligi.  
20 
0-10 
0-10 

Talabalarning mustaqil ta‘lim topshiriqlarini 
o‘z vaqtida va sifatli bajarishi va o‘zlashtirish.  

0-3 
0-2 

Og‘zaki savol-javoblar, kollokvium va boshqa 
nazorat turlari natijalari bo‘yicha  
20 
0-10 
0-10 
Jami ON ballari 
45 
0-23 
0-22 
 
Yakuniy  nazorat  ―Yozma  ish‖  shaklida  belgilangan  bo‘lsa,  u  holda  yakuniy 
nazorat 30 ballik ―Yozma ish‖ variantlari asosida o‘tkaziladi.  
Agar  yakuniy  nazorat  markazlashgan  test  asosida  tashkil  etilgan  bo‘lib  fan 
bo‘yicha  yakuniy  nazorat  ―Yozma  ish‖  shaklida  belgilangan  bo‘lsa,  u  holda 
yakuniy nazorat quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi. 
 
Talabalar  YaN dan to‟playdigan ballarning namunaviy mezonlari 

  
Ko‟rsatkichlar 
YaN ballari 
maks 
O‟zgarish 
oralig‟i 
1   Fan bo‘yicha yakuniy yozma ish nazorati  

0-6 
2   Fan bo‘yicha yakuniy test nazorati  
24 
0-24 
Jami  
30 
0-30 
Yakuniy nazoratda “Yozma ish”larni baholash mezoni 
Yakuniy nazorat ―Yozma ish‖ shaklida amalga oshirilganda, sinov ko‘p variantli 
usulda o‘tkaziladi. Har bir variant 3 ta nazariy savol va 1 ta amaliy topshiriqdan 
iborat.  Nazariy  savollar  fan  bo‘yicha  tayanch  so‘z  va  iboralar  asosida  tuzilgan 
bo‘lib, fanning barcha mavzularini o‘z ichiga qamrab olgan.  
Har bir nazariy savolga yozilgan javoblar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 0-3 
ball  oralig‘ida  baholanadi.  Amaliy  topshiriq  esa  0-6  ball  oralig‘ida  baholanadi. 
Talaba maksimal 30 ball to‘plashi mumkin.  
Yozma  sinov  bo’yicha  umumiy  o’zlashtirish  ko’rsatkichini  aniqlash 
uchun  variantda  berilgan  savollarning  har  biri  uchun  yozilgan  javoblarga 
qo’yilgan  o’zlashtirish  ballari  qo’shiladi  va  yig’indi  talabaning  yakuniy 
nazorat bo’yicha o’zlashtirish bali hisoblanadi. 
 
 

 
34
 
III.
 
FANNI O„QITISHDA FOYDALANILADIGAN 
INTREFAOL TA‟LIM METODLARI. 
 
“FSMU” texnologiyasi 
 
Ushbu  texnologiya    munozarali    masalalarni    xal 
etishda  ,baxs  –munozaralar  o‗tkazishda    yoki 
o‗quv  seminari  yakunida,  yoki  o‗quv  rejasi 
asosida  biron  bir  bo‗lim  o‗rganib  bo‗lingach 
qo‗llanilishi  mumkin.  CHunki  bu  texnologiya 
tinglovchilarni  o‗z  fikirlarini  ximoya  qilishga, 
erkin  fikrlash  va  o‗z  fikrini  boshkalarga 
o‗tkazishga, ochik xolda baxslashishga, shu bilan  
bir 
katorda 
o‗quvchi  –talabalarni,  o‗quv 
jarayonida egallagan bilimlarini taxlil etishga, kay  
darajada  egallaganliklarini  baxolashga    xamda    tinglovchilarni    baxslashish  
madaniyatiga o‗rgatadi. 
Maksad :Ushbu texnologiya  talaba va o‗quvchilarni   tarkatilgan oddiy  qog‗ozga  
o‗z  fikrlarini    anik  va  kiska  xolatda  ifoda  etib,  tasdiklovchi  dalillar  yoki  inkor  
etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi. 
Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o‗tkaziladi: 
1-Bosqich 
-  trener  tinglovchilar  bilan  birga  baxs  mavzusini  yoki  muxokama  etilishi  kerak 
bo‗lgan 
muammoni, 
yoki 
urganilgan 
bulimni 
belgilab 
 
oladi;    
-trener 
ukuv 
mashgulotida 
avval 
har 
bir 
tinglovchi 
yakka 
tartibda 
ishlashi,  keyin  esa  kichik    guruxlarda  ish  olib  borilishi  va  nixoyat  dars    oxirida 
jamoa bo‗lib ishlanishi xakida tinglovchilarga  ma‘lumot beradi 
-  mashgulot  davomida  har  bir  tinglovchi  uz  fikrini  erkin  xolda  to‗liq  bayon  etishi 
mumkin ekanligi eslatib o‗tiladi. 
2-Bosqich 
-  Har bir tinglovchiga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog‗ozlar 
tarkatiladi: 
      Har bir tinglovchi yakka tartibda tarkatilgan qog‗ozdagi FSMU  ning 4 bosqichini 
uz fikrlarini yozma bayon etgan xolda to‗latadi. 
-bir tinglovchi o‗z qog‗ozlarini tulatib bolgach, okituvchi  ularni  kichik guruxlarga 
bulinishlarini  iltimos  kiladi  yoki  uzi  turli  guruxlarga  bo‗lish  usullaridan 
foydalangan xolda tinglovchilarni kichik guruxlarga bo‗lib yuboradi;  
-
trener  har  bir    guruxga    FSMU  texnologiyasining  4    bosqichi  yozilgan  katta 
formatdagi    qog‗ozlarni  tarqatadi;  trener  kichik  guruxlarga  har  birlari  yozgan 
qog‗ozlardagi  fikr va dalillarni katta formatda umumlashtirilgan xolda 4 bosqich 
bo‗yicha yozishlarini taklif etadi. 
3-Bosqich. 
-kichik guruxlarda avval har bir tinglovchi yozgan har bir bosqichdagi fikrlari bilan 
gurux  a‘zolarini  tanishtirib  o‗tadi.  Gurux  a‘zolarining  barcha  fikrlari  o‗rganilgach, 
kichik gurux a‘zolari ularni umumlashtirishga kirishadi; 
 

 
35
 
 Gurux a‘zolari  FSMU  ni   4 bosqichini  har biri  buyicha umumlashtirib, uni ximoya 
kilishga tayyorgarlik ko‗radilar; 
4-Bosqich 
Fikrlarni  umumlashtirish  vaqtida  har  bir  tinglovchi  o‗z  fikrlarini    ximoya  etishi, 
isbotlashi mumkin. 
5-Bosqich. 
kichik guruxlar umumlashtirilgan fikrlarini ximoya kiladilar: 
gurux, vakilari  har bir bosqichni aloxida ukiydi iloji boricha izox  bermagan xolda. 
Ba‘zi  bo‗limlarni  isbotlashi,  ya‘ni
  gu
ruxning  aynan    nima  uchun  shu  fikrga 
kelganini aytib o‗tishi mumkin. 
6-Bosqich.
 
-  trener mashgulotga yakun yasaydi, bildirilgan fikrlarga o‗z munosabatini bildiradi;
 
-  quyidagi savollar bilan tinglovchilarga murojaat kiladi:
 
ushbu trening yordamida nimalarni bilib oldingiz va nimalarga o‗rgandingiz?
 
-  ushbu texnologiyani o‗quv jarayonida qo‗llanilishi qanday samara berdi?
 
-
 
qatnashchilarga  mavzuga oid bo‗lgan yakuniy xulosa yoki g‗oya taklif etiladi; 
-
 
har  bir  ishtirokchiga  FSMU  texnologiyasining  bosqichlari  yozilgan  qog‗ozlar 
tarqatiladi. 
Muammoli
 o„qitish texnologiyasi 
-
 
Muammoli  o‗qitish  amerikalik  faylasuf,  psixolog  va  pedagog 
Dj.Dyunning  nazariy  qoidalariga  asoslanadi  va  XX  asrning  20-30-
yillarida  tarqala  boshladi.  Dj.Dyun  o‗qitish  uchun  quyidagilarni  asos 
qilib  belgiladi:  ijtimoiy,  konstruksiyalash,  badiiy  ifodalash,  ilmiy-
tadqiqiy. Bu asoslarni amalga oshirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi: 
so‗z, san‘at asarlari, texnik qurilmalar, o‗yinlar va mehnat. 
-
 
Bugungi  kunda,  muammoli  o‗qitish  deganda  mashg‗ulotlarda  pedagog 
tomonidan  yaratiladigan  muammoli  vaziyatlar  va  ularni  echishga 
qaratilgan  o‗quvchilarning  faol  mustaqil  faoliyati  tushuniladi.  Buning 
natijasida  o‗quvchilar  kasbiy  bilimlarga,  ko‗nikmalarga,  malakalarga 
ega bo‗ladilar va fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. 
-
 
Muammoli 
o‗qitish, 
o‗qitishning 
shaxsga 
yo‗naltirilgan 
texnologiyalarga  taalluqli,  chunki  bu  erda  shaxs  sub‘ekt  sifatida 
qaraladi,  muammoli  vaziyatlarning  maqsadi  -  pedagogik  jarayonda 
o‗ziga xos qiziqish uyg‗otishdir. 
-
 
 
-
 
Muammoli o‘qitish, o‘qitishning eng tabiiy samarali usulidir, chunki 
ilmiy  bilimlar  mantiqi  o‘zida  muammoli  vaziyatlar  mantiqini 
namoyish etadi.  
-
 
 
-
 
Muammoli  vaziyatlar  kiritilib,  an‘anaviy,  bayon  etish  o‗quv 
materialining  eng  optimal  tarkibi  hisoblanadi.  Pedagog  muammoli 
vaziyat yaratadi, o‗quvchini uni echishga yo‗naltiradi, echimni izlashni 
tashkil  etadi.  Muammoli  o‗qitishni  boshqarish,  pedagogik  mahoratni 
talab  etadi,  chunki  muammoli  vaziyatning  paydo  bo‗lishi  individual 

 
36
 
holat  bo‗lib,  tabaqalashtirilgan  va  individuallashtirilgan  yondashuvni 
talab etadi. 
 
“SWOT-tahlil” metodi 
 
Ushbu 
texnologiya 
 
munozarali  
masalalarni    hal  etishda,  baxs  –munozaralar 
o‗tkazishda  yoki  o‗quv  seminari  yakunida, 
yoki  o‗quv  rejasi  asosida  biron  bir  bo‗lim 
o‗rganib bo‗lingach qo‗llanilishi mumkin. Bu 
texnologiya  tinglovchilarni  o‗z  fikirlarini 
himoya qilishga, erkin fikirlash va o‗z fikrini 
boshkalarga  o‗tkazishga  ,  ochiq  xolda 
baxslashishga  ,  o‗quv  jarayonida  egallagan 
bilimlarini  tahlil  etishga,  qay    darajada  egallaganliklarini  baholashga    hamda  
tinglovchilarni  baxslashish  madaniyatiga o‗rgatadi. 
 
Namuna:    yuqori  samarali  suyuqlik  xromatografiya  usulining    SWOT 
tahlilini ushbu jadvalga tushiring. 
 
S 
yuqori samarali suyuqlik 
xromatografiya usulining  afzallik 
tomonlari 
Bir  vaqtning  o‗zida  tekshiri-luvchi 
moddaning  ham  chinligi,  ham 
to‗zalagi 
va 
ham 
miqdorini 
aniqlashga imkon beradi.. 
W 
yuqori samarali suyuqlik 
xromatografiya usulining  kamchilik 
tomonlari 
Asbob qimmat turadi... 
O 
yuqori samarali suyuqlik 
xromatografiya usulidan  
foydalanishning imkoniyatlari  
Internet bilan bog‗langan... 
T 
To‗siqlar (tashqi) 
 Elektr bo‗lmasa ishlamaydi... 
 
“Keys-stadi” metodi 
Keys-stadi  interaktiv  ta‘lim  metodi  sifatida 
tinglovchilar  tomonidan  eng  afzal  ko‗riladigan 
metodlar  qatoriga  kirmoqda.  Ushbu  texnologiya 
asosan 
farmatsevtika 
fanlaridan 
dars 
beruvchi 
o‗qituvchi va tinglovchilarning umumiy intellekual va 
kommunikativ salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan. 
Buning 
sababi 
sifatida 
ushbu 
metod 
tinglovchilarga  tashabbus  bildirish,  nazariy  holatni 
o‗zlashtirishda  hamda  amaliy  ko‗nikmalarni  shakllantirishda  mustaqillikka  ega 
bo‗lish  imkoniyatini  berishida  ko‗rish  mumkin.  O‗z  navbatida  vaziyatlarning 
analizi  (tahlili)  tinglovchilarning  kasbiy  shakllanish  jarayoniga  kuchli  ta‘sir 
o‗tkaza  olishi,  ularning  kasbiy  jixatdan  ―ulg‗ayishiga‖  xizmat  qilishi,  ta‘lim 

 
37
 
olishga  nisbatan  qiziqish  va  ijobiy  motivatsiyaning  shakllantirishi  alohida 
ahamiyatga  ega.  Keyslar  metodi  o‗qituvchining  tafakkur  turi  sifatida,  alohida 
paradigma  ko‗rinishida gavdalanib,  ijodiy  salohiyatni  rivojlantirish,  noan‘anaviy 
tarzda fikrlash imkoniyatini beradi.  
 
“Keys metodi” ni  amalga oshirish bosqichlari 
 
Ish bosqichlari 
Faoliyat shakli va mazmuni 
1-bosqich:  Keys  va  uning 
axborot 
ta‘minoti 
bilan 
tanishtirish 

 
yakka tartibdagi audio-vizual ish; 

 
keys bilan tanishish(matnli, audio yoki 
media shaklda); 

 
axborotni umumlashtirish; 

 
axborot tahlili; 

 
muammolarni aniqlash 
2-bosqich:Keysni 
aniqlash-
tirish  va  o‗quv    topshirig‗ni 
belgilash 

 
individual va guruhda ishlash; 

 
muammolarni 
dolzarblik 
ierarxiyasini 
aniqlash; 

 
asosiy muammoli vaziyatni belgilash 
3-bosqich:  Keysdagi  asosiy 
muammoni  tahlil  etish  orqali 
o‗quv topshirig‗ining  echimini 
izlash,  hal  etish  yo‗llarini 
ishlab chiqish 

 
individual va guruhda ishlash; 

 
muqobil echim yo‗llarini ishlab chiqish; 

 
har  bir  echimning  imkoniyatlari  va 
to‗siqlarni tahlil qilish; 

 
muqobil echimlarni tanlash 
4-bosqich: 
Keys 
echimini  
echimini 
shakllantirish 
va 
asoslash, taqdimot.  

 
yakka va guruhda ishlash; 

 
muqobil  variantlarni  amalda  qo‗llash 
imkoniyatlarini asoslash; 

 
ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash; 

 
yakuniy  xulosa  va  vaziyat  echimining 
amaliy aspektlarini yoritish 

IV.
 
NAZARIY MATERIALLAR 
 
1-mavzu: Instrumental usullarning sifat va miqdorini aniqlashdagi taxlil 
muammolari. Analitik usullarning tasnifi. Uskunalarning turlari. Analitik 
signallari. 
Reja: 
1.
 
Analitik instrumental usullarini muammolari. 
2.
 
Instrumental usullarini tasnifi. 
3.
 
Kullanaladigan uskunalar. 
4.
 
Analitik signallarining turlari. 
 
Analitik usullarning tavsifi 
Quyida  analitik  usullar  uchun  belgilangan  tavsiflar,  ularni  aniqlash 
ma‘lumotlari va qanday qilib ularni belgilash keltirilgan barcha tadqiqot usullari 
yoki  barcha  tahlil  qilinuvchi  moddalar  uchun  ushbu  tavsiflarning  xammasi 
qo‗llanilishi  shart  bo‗lmay,  ko‗p  narsa  usulni qo‗llashdan  ko‗zlangan  maqsadga 
bog‗liq bo‗ladi. 
Usulning  to‘g‘riligi  (accuracy)-  Ushbu  usul  yordamida  qo‗lga  kiritilgan 
ma‘lumotlarning  xaqqoniy  qimmatga  qay  darajada  yaqinligi  bilan  belgilanib, 
miqdoriy  aniqlik  bilan  tayyorlangan  namunalarni  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  tahlil  qilish 
orqali  aniqlanadi.  SHuningdek  tahlil  qilinayotgan  moddani  taxminan  10%  ko‗p 
yoki  kam  saqlagan  namunalar  xam  tayyorlanib  ularni  tahlil  qilish  orqali  yoki 
ilgari validatsiyadan o‗tkazilgan, muqobil usul yordamida olingan qiymatlar bilan 
solishtirish  yo‗li  bilan  usulning  to‗g‗riligini  belgilash  mumkin.  Dori 
moddalarning  miqdorini  aniqlashda  usulning  to‗g‗riligi  analitik  usulni  tahlil 
qilinayotgan  ob‘ektga  nisbatan  tozalik  darajasi  ma‘lum  bo‗gan  standartdan 
foydalangan  xolda  qo‗llash  yoki  olingan  natijalarni  to‗g‗riligi  avvaldan  ma‘lum 
bo‗lgan boshqa usul yordamida olingan qiymatlar bilan solishtirib aniqlanadi. 
Dori  shakillari  tarkibidagi  ingradientlarning  miqdori  aniqlanganda  esa 
analitik usulning to‗g‗riligi dori turidagi barcha komponentlarni o‗z ichiga olgan 
model aralashmaga nisbatan qo‗llash orqali belgilanadi. 
Dori  vositasi  tarkibida  identifikatsiya  qilingan  yot  aralashmalar  miqdorini 
aniqlash maqsadida analitik usul qo‗llanganda qo‗shimchalar qo‗shish yordamida 
usulning to‗g‗riligi belgilanib, yot birikmalarning namunalari bo‗lmaganida yoki 
ularning  tuzilish  formulasi  noma‘lum  bo‗lgan  xollarda  to‗g‗riligi  tavsiflangan 
boshqa analitik usuldan foydalanib aniqlanadi. To‗g‗rilik 9 tadan kam bo‗magan 
tahlil  natijalariga  ko‗ra  analitik  soxa  atrofida  kamida  uch  xil  konsentratsiyada 
baxolanishi lozim. (3 xil konsentratsiyada 3 martadan qaytarilib). 
Usulning  aniqligi  (precision) –  tahlilning  ayrim  qiymatlari  orasidagi 
muvofiqlik  darajasi  bo‗lib,  o‗rtacha  qiymatdan  ayrim  olingan  natijalarning 
chetlanishi  bilan  o‗lchanib  odatda  standart  chetlanish  yoki  qiymatning  o‗zgarish 
koeffitsienti  (nisbiy  standart  chetlanish)  bilan  ifodalanadi.  Bunda  ayrim  tahlil 
namunalari aynan bir xil turkum (seriya) moddadan olingan  va qayta tahlillarda 
analitik usul to‗laligicha bajarilgan bo‗lishi shart. 
Usulning  mosligi  (repeatabiliny).(ichki  laboratoriya  o‗lchovi)  –  bir  xil 
sharoitda  (aynan  bir  xil  reaktivlar,  uskunalar,  o‗lchamlar,  laboratoriya)  bitta 

 
 
39
 
analitikning  qisqa  vaqt  oralig‗ida  tahlil  usulini  qo‗llash  natijasida  olingan 
qiymatlari orasidagi yaqinlikdir. 
Usulning mosligi bir xil turkum moddaning ayrim namunalarini ayrim-ayrim 
tahlil  qilish  bilan  aniqlanib  normal  ish  sharoitida  usulning  aniqligini  baxolash 
imkonini beradi. 
            Qaytariluvchanlik  turli  sharoitda,  odatda  turli  laboratoriyalarda  bir  xil 
turkum modda namunasini, turli tahlilchilar, turli xil uskunalardan foydalanilgan 
xolda xar xil vaqtda tahlil qilishi natijasida olingan qiymatlarning bir-biriga mos 
kelishi orqali tahlil usulining aniqligini baxolashdan iborat. 
            Qaytariluvchanlik  standart  chetlanish,  kiymatning  o‗zgarish  koeffitsient 
iva ishonchlilik oralig‗i bilan ifodalanib, kamida 9 ta namunadan miqdoriy tahlil 
o‗tkazish orqali belgilanib, bu esa ushbu o‗lchamlarni statistik xisoblash imkonini 
beradi. 
            Qaytariluvchanlik  usulini  ishlab  chiqish  jarayonida  aniqlanib,  tanlangan 
o‗lchamlarda  usulning  ishonchli  ekanligini  tavsiflaydi.  Tahlil  sharoitida  olingan 
o‗lchamlar  bir-biridan  farq  qilgan  taqdirda  tahlil  usuliga  tegishli  izox  beriladi. 
Xromatografik  usullarda  qaytariluvchanlik  erituvchilar  sistemasining  yaroqlilik 
o‗lchamlari bilan kafolatlangan bo‗lishi kerak. 
            Usulning  ishonchliligi  (robustness,  ruggednes)  tahlil  sharoitining 
o‗zgarishidan  qatiy  nazar  tahlil  usulidan  foydalanib,  tegishli  to‗g‗rilikdagi  va 
aniqlikdagi  qiymatlarini  ola  bilishdan  iborat  bo‗lib,  ish  sharoitining  yoki 
tashqi  sharoit  omillarining  o‗zgarishidan  qat‘iy  nazar  bir  xil  turkum  modda 
namunasi tahlil qilinganda tahlil to‗g‗riligi va aniqligi yuqori darajada bo‗lishiga 
erishishdan iborat. 
            Usulning  chiziqliligi  va  diapazoni  (linearity  u  range). Usulning 
chiziqliligi  namunalardagi  tahlil  qilinayotgan  modda  konsentratsiyasiga  to‗g‗ri 
proporsional  bo‗lgan  qiymatlar  bera  olish  qobiliyatidan  iborat.  Usulning 
diapazoni  esa  tahlil  qilinayotgan  moddani  tegishli  to‗g‗rilik,  aniqlik  va 
chiziqlikda  aniqlay  olishning  quyi  va  yuqori  konsentratsiyalari  oralig‗idir.  Bu 
tavsiflar  tegishli  diapazondagi  konsentratsiyalarga  ega  bo‗lgan  modda 
namunalarini ushbu usul yordamida tahlil qilish orqali aniqlanib, agar moddaning 
konsentratsiyasi va olingan natija orasidagi nisbat chiziqli bo‗lsa, 
standartlash kalibrlangan grafik yordamida ta‘minlanadi. 
            Usulning  tanlanganligi  (selectivity) –  yoki  o‗ziga  xosligi  tahlil 
namunasidagi  boshqa  komponentlar  ta‘siridan  xoli  ravishda  tahlil  qilinayotgan 
moddani  aniqlay  olish  qobiliyatidir.  Boshqa  komponentlar  texnologik 
aralashmalar, moddaning parchalanish mahsulotlari, tahlil qilinishi lozim bo‗lgan 
moddadan  boshqa  ingradientlar  bo‗lishi  mumkin.  Tanlanganlikning  mavjudligi 
yoki  mavjud  emasligi  tegishli  miqdordagi  boshqa  komponentlar  qo‗shib  va 
qo‗shmasdan  olingan  natijalarni  o‗zgarish  birligi  bilan  baxolanadi.  Boshqa 
komponentlar ma‘lum va ular bor bo‗lgan taqdirda, namunani berilgan tahlil usuli 
yordamida  tahlil  qilish  orqali  olingan  natijalarni tahliliga  xalaqt  berishi  mumkin 
bo‗lgan  moddalarni  qo‗shmasdan  tayyorlangan  model  namuna  tahlili  natijalari 
bilan 
solishtirib 
tanlanganlik 
aniqlanadi. 
Qo‗shimcha 
komponentlar 

 
 
40
 
identifikatsiyalanmagan  yoki  ularni  topish  qiyin  bo‗lgan  xollarda  esa  namunaga 
qo‗shimchani toza aniqlanuvchi moddani ajratib olib tanlanganlik o‗lchanadi. 
            Tanlanganlik tekshiriluvchi  namunadagi va  dori  shaklidagi  dori  moddani 
identifikatsiyalash yot aralashmalarni va miqdorini aniqlashda qo‗llaniladigan 
usullarni validatsiya qilinganda aniqlanadi. 
            Usulning  sezgirligi  (sensitivity) –  konsentratsiyadagi  eng  kichik 
o‗zgarishlarni xam qayd eta olish qobiliyati bo‗lib, kalibrlangan grafikdagi og‗ish 
demakdir.  Usulning  sezgirligi  moddaning  chinligini  aniqlash  chegarasi  va 
miqdorini  aniqlash  chegarasi  bilan  ifodalanadi.  Moddaning  chinligini  aniqlash 
chegarasi  (Limit  of  detection)  –  tahlil  qilinayotgan  moddani  indentifikatsiyalash 
mumkin  bo‗lgan  miqdoridan  iborat  bo‗lib,  aniqlash  talab  etilayotgan  tajriba 
sharoitida  olib  boriladi.  Bu  miqdoriy  chegara  namunadagi  aniqlanuvchi 
moddaning  konsentratsiyasi  bilan  (masalan  mkg/l.  larda)  ifodalanadi.  Aniqlash 
uskuna  yordamida  olib  borilsa  fondagi  xalaqit  beruvchi  omillarni  (signal-shum) 
xam  e‘tiborga  olish  lozim.  Moddaning  chinligi  aniqlanganda  uning  aniqlash 
chegarasi 
foizlarda 
yoki 
grammning 
millionadan 
bir 
ulushlarida  rrm   ifodalanishi  xam  mumkin.  Nouskunaviy  usullarda  moddani 
aniqlash  chegarasi  vizual  usul  bilan  aniqlansa,  uskunaviy  usullarda  esa  tahlil 
qilinayotgan  moddani  qayd  etish  mumkin  bo‗lgan  eng  kichik  konsentratsiya 
belgilanadi.  Bunda  moddaning  analitik  signali  bilan  fon  signalining  nisbati  2:1 
yoki  3:1  bo‗lishi  kerak.  Uskunaviy  usullar  uchun  moddani  aniqlash  chegarasi 
standart  chetlanish  qiymati  va  kalibrlangan  grafikdagi  og‗ish  burchagi  bilan 
belgilanadi. 
            Moddaning 
miqdorini 
aniqlash 
chegarasi 
(limit 
of 
quantitation). Tegishli  aniqlik  va  qaytaruvchanlikda  moddaning  miqdorini 
aniqlash mumkin bo‗lgan moddaning eng kam (minimal) miqdoridir. Moddaning 
miqdorini  aniqlashning  chegarasi  tahlil  qilinayotgan  moddaning  namunadagi 
konsentratsiyasi (foizlarda yoki rrm ) bilan ifodalanadi. 
            Ushbu  o‗lcham  namunadagi  konsentratsiyasi  juda  kichik  bo‗lgan 
moddaning  miqdorini  aniqlash  usulini  tavsiflaydi.(dori  moddasidagi  yoki  dori 
shaklidagi  yot  aralashmalarni)  va  tahlil  qilinishi  lozim  bo‗lgan  moddaning 
miqdori  kamayib  boruvchi  namunalarda,  tegishli  to‗g‗rilik  darajasiga  erishish 
mumkin  bo‗lgan  eng  kam  miqdoriy  darajani  aniqlash  orqali  o‗lchanadi.  Bu 
o‗lcham  vizual  yoki  uskunaviy  usul  bilan  standart  chetlanish  kattaligi  va 
kalibrlangan  grafikdagi  og‗ish  burchagini  xisoblash  yo‗li  bilan  aniqlanishi 
mumkin.  Ko‗pchilik  xollarda  modda  miqdorini  aniqlashning  chegarasi,  uni 
identifikatsiyalash chegarasi qiymatidan kamida ikki marta ko‗p bo‗ladi. 
            Usulning  analitik  soxasi-  tegishli  to‗g‗rilik  va  qaytariluvchanlikni 
ta‘minlovchi,  chiziqli  bog‗lanish  kuzatilgan,  tahlil  qilinayotgan  moddaning 
konsentratsiyadagi yuqori va quyi chegaralari oralig‗idan iborat. Odatda usulning 
analitik soxasi xam tahlil natijalari ifodalangan birliklarda- foizlarda yoki million 
bo‗laklarda ifodalanadi. 
            Usulning  analitik  sohasi  aniqlanganda  quyidagilarga  e‘tibor  qaratish 
lozim: 

 
 
41
 
- namunadagi yoki dori turidagi tahlil qilinayotgan moddaning miqdorini aniqlash 
uchun, aniqlanuvchi qiymatning 80-120 %; 
-  «bir  xilda  dozalanganligi»  ko‗rsatkichi  uchun  aniqlanuvchi  qiymatning  70-
130% i; 
-  me‘yoriy  hujjatda  keltirilgan  «eruvchanligi»  ko‗rsatkichini  aniqlash  uchun 
aniqlanuvchi qiymatning ± 20% i oralig‗ida; 
-  dori  moddasi  tarkibidagi  yot  aralashmalarni  aniqlash  uchun  aniqlanuvchi 
qiymatning 50-120% i oralig‗ida. 
            Agar  dori  moddasining  miqdori  bilan  uning  tarkibidagi  yot  aralashmalar 
bir  vaqtda  aniqlanadigan  bo‗lsa  va  buning  uchun  100%  li  standart  namunadan 
foydalanilsa,  usulning  analitik  sohasi  me‘yoriy  hujjatda  ko‗rsatilgan  darajada 
uning 120% igacha oraliqda belgilanadi. 
            Tizimning yaroqliligi - ko‗pgina analitik usullarning integral xosil bo‗lib, 
tahlilni  bajarish  sharoitida  uning  qay  darajada  ishonchli  ekanligini  ko‗rsatadi. 
Tizim  yaroqliligining  o‗lchamlari  tahlil  jarayonida  ba‘zi  bir  ichki  laboratoriya 
o‗zgarishlari  bo‗lgan  holatda  ham  usulning  validligiga  amal  qilinishini 
ta‘minlaydi.  Masalan  YUSSX  usulida  tahlil  qilinuvchi  eritmaning  barqarorligi, 
qo‗zg‗aluvchan  fazaning  rNi,  uning  tarkibi,  kolonkalarning  turi,  harorat,  oqim 
tezligi  kabilar  o‗zgarish  ehtimolligi  qo‗proq  bo‗ladi.  Laboratoriyalararo 
qaytariluvchanlik analitik usulning laboratoriyalararo qaytariluvchanlik darajasini 
ko‗rsatadi. 
Ayrim hollarda qaysi analitik tavsiflarni qo‗llash mumkin? 
            Usulning  validligini  aniqlashni  barcha  tavsiflari  xar  doim  qo‗llanilmay, 
xar  bir  ayrim  holat  uchun  aniqlanishi  lozim  bo‗lgan  tavsiflar  tanlab  oldinadi. 
Ammo  qo‗llanma  tariqasida  quyidagi  umumiy  qoidalarga  amal  qilish  talab 
etiladi.  Farmatsevtik  mahsulotni  sifatini  nazorat  qilishda  foydalanilgan  usullarni 
quyidagicha tasniflash mumkin. 
            Sinf 
A: 
Qadoqlanmagan 
dori 
moddalar 
xamda 
tayyor 
dori 
vositasi  tarkibidagi ayrim ingradientlarni tekshirishga mo‗ljallangan usullar. 
            Sinf  V:  Dori  moddasi  xamda  dori  turi  tarkibidagi  yot  aralashmalar 
miqdorini aniqlashga mo‗ljallangan  usullar. 
            Sinf S: Dori moddasining yoki tayyor dori turidagi asosiy ingradientning 
miqdorini aniqlashda foydalanilgan usullar. 
            Sinf D: Tayyor dori turining sifatini baholash uchun «Eruvchanlik», «bir 
holda  dozalangan»  kabi  ko‗rsatkichlarni  aniqlash  maqsadida  foydalaniladigan 
usullar. 
1-jadvalda  tahlil  usulining  ko‗rsatilgan  sinflardan  qay  biriga  tegishli  ekanligi 
ko‗rsatilgan.  Ba‘zi  bir  hollarda  usulning  qaysi  maqsadda  qo‗llanilishiga  ushbu 
qoidadan qisman chetga chiqish xam mumkin. 
            Masalan V, S va D sinflarda jadvalga binoan usulning aniqligini belgilash 
lozim  bo‗lgani  bilan,  bu  talabga  amal  qilish  turlicha  bo‗lishi  mumkin.  Dori 
moddasini tarkibidagi yot aralashmalarni miqdorini aniqlaganda usulning aniqligi 
dori  moddasining  miqdorini  aniqlash  usulining  aniqligiga  nisbatan  kamroq 
bo‗lishiga  yo‗l  qo‗yiladi,  yoki  usulning  to‗g‗riligini  belgilashda  «bir  xil 
dozalanganligi»  ni  (Sinf  D)  aniqlashdagi  tegishli  qiymatlar  oralig‗idagi  ma‘lum 

 
 
42
 
bir  chetlanishga  yo‗l  qo‗yish  mumkin,  lekin  dori  turi  tarkibidagi  ingredientning 
miqdori aniqlanganda bunday chetlanish mumkin emas (Sinf S). 
Download 56.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling