Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


YOshlar ma‟naviyatiga yot tahdidlar va unga qarshi milliy g„oyaviy tarbiya vositalari


Download 5.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/27
Sana12.12.2017
Hajmi5.27 Kb.
#22107
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27

 YOshlar ma‟naviyatiga yot tahdidlar va unga qarshi milliy g„oyaviy tarbiya vositalari. 
 
1. YOshlar ma‟naviyatiga tahdidlar va milliy g„oya. Mustaqillikning dastlabki va eng oliy ne‘mati 
o‗zligimizni anglab etish bo‗ldi. O‗zligini anglab etgan tafakkurning birinchi belgisi milliy g‗oya, milliy 
mafkuradan  bahramand  bo‗lishdir.  Mamlakatimizdagi  tinchlik  va  barqarorlik  milliy  mafkura  doirasida 
uchrashi  mumkin  bo‗lgan  ichki  ixtiloflarning  oldini  oldi  va  uni  keng  miqyosda  yoshlar  qalbiga    kirib 
borishiga  imkon  yaratdi.  YOshlar  ongi  va  tafakkurida  o‗zgarish  kuchayar  ekan,  ular  o‗z  hayoti  va 
istiqbolini  millat  hamda  mamlakat  istiqboli  bilan  bog‗liq  ekanligini  chuqur  his  qila  boshlaganini 
anglatadi.  «Dunyoda  yoshlar  ongi  va  qalbini  egallashga»  urinishlar  saqlanib  qolmoqda.  Ayniqsa, 
yoshlar  tafakkuri,  dunyoqarashini  shakllantirish  masalalariga  befarq  bo‗lmaslik  kerak.  Demak, 
mafkuraviy tahdidning saqlanib qolishi yoshlarni ham  o‗ylashga undaydi.  
Foyaviy  tahdid  yuzaki  qaraganda  birdan  va  bevosita  ko‗zga  tashlan-masligi  mumkin.  CHunki 
g‗oya  inson  ongi,  tafakkurida    shakllanadi.  SHunga  binoan,  ongni,  tafakkurni  tahlikaga  soluvchi  har 
qanday tahdidlarning oldini olish, ularga yo‗l qo‗ymaslik zarur. 
                                                           
13
 Эргашев  И. ва бошқ. Миллий истиқлол ғояси: Ўзбекистон Республикаси Олий таълим бакалавриат босқичи учун 
дарслик. -Т.: Академия, 2005. 106-113-бет. 

Dunyoviy fuqarolik jamiyatida har kim o‗z ishini qilishi, shug‗ul-lanishi, shuningdek, «din dinning 
ishini, davlat davlatning ishini qilishi kerak. Davlat diniy masalalarga aralashmaganidek, din ham davlat 
ishlariga,  siyosiy  jarayonlarga  aralashmasligi  kerak.  Agar  yoshlarimiz  orasida  o‗z  mamlakatida  diniy 
qadriyatlarning rivoji, ma‘naviy yuksalishning jamolini ko‗rishga xayrixohlar bo‗lar ekan, ular, birinchi 
navbatda,  zamon  farzandi,  milliy  g‗oya  va  milliy  mafkura  egasi  bo‗lgan  bilimdon  va  ma‘rifatli  inson 
bo‗lmog‗i  lozim.  Ular  azaliy  va  abadiy  ma‘naviy  qadriyatlarimizdan  uzilmagan  holda  zamonaviy 
tafakkur darajasidagi bilim va idrokka ega bo‗lishlari kerak». 
Milliy  g‗oya,  milliy  tafakkur  va  milliy  mafkura  yo‗lida  yoshlar  qanchalik  birlashsa,  jipslashsa 
jahon xalqlari ko‗z o‗ngida kuchimiz,  mavqeimiz va o‗rnimiz shunchalik baland ko‗tariladi. Biz boshqa 
davlatlarga  suyanib,  boshqa  davlatlarni  panoh  tutib,  ularning  etagidan  ushlab  yuradigan  davlat,  xalq 
emasmiz,  mustaqil siyosat,  mustaqil tafakkur va mustaqil  harakatlargina doimo boshqalarda hurmat va 
e‘tibor uyg‗otgan. Mutelik, tobelik mevasi har qanday sharoitda millatning rivojlanishiga yo‗l bermaydi.  
 
   YOshlarda milliy g„urur, milliy or-nomus va milliy iftixor fazilatlarini  shakllantirish. 
 
1)  Milliy  g„urur  va  milliy  or-nomus.  Milliy  g„urur  -  shaxs,  ijtimoiy  guruhning  milliy  o‗z-o‗zini 
anglashi  asosida  shakllanadigan  ajdodlari  qoldirgan  moddiy,  ma‘naviy  merosdan,  o‗z  xalqining  jahon 
sivilizatsiyasiga  qo‗shgan  hissasi,  o‗zga  millatlar  oldidagi  qadr-qimmati,  obro‗-e‘tiboridan  faxrlanish 
hissini ifodalovchi tushuncha.  
Bu  tuyg‗u  quyidagi  shakllarda  namoyon  bo‗ladi:  millatning  yutuqlari,  obro‗-e‘tibori  bilan 
faxrlanish,  uning  muammolariga  befarq  qarab  turmaslik;  o‗z  eliga,  millatiga  jonkuyar  bo‗lish;  o‗z 
millatining  moddiy,  ma‘naviy  merosini asrab-avaylash;  xalq odatlari, an‘analari, qadriyat-larini hurmat 
qilish, ularni  boyitish va takomillashtirish; o‗z millatiga mehr-muhabbatini amaliy faoliyatda namoyon 
qilish.  Mustaqillik  kishilar  milliy  g‗ururini  oshirib,  uni  xalq,  Vatan,  ajdodlar  xotirasi  oldidagi 
mas‘uliyatini  his qilishdek, mazmun bilan boyitmoqda.  
Muayyan  davrdagi  milliy  g‗oya,  milliy  mafkura,  ya‘ni  jamiyatning  asosiy  maqsadini  ideallar, 
demokratik  tamoyillar  bilan  uyg‗unlashtirish  masalasi  ham  juda  muhimdir.  Bu  jarayon  millatni  o‗z 
qobig‗ida  o‗ralashib  qolish  xavfidan  ozod  etadi,  unga  jahon  miqyosida  tafakkur  yuritish  imkoniyatini 
beradi. Insoniyat uchinchi ming yillik sivilizatsiyasida shunday taraqqiyot yo‗lini qo‗lga kiritdi.  
Mustaqillikkacha  bo‗lgan  tushuncha,  tasavvur  hamda  kechinmalarimizdan  bugungi  ruhimiz, 
ma‘naviyatimiz  naqadar  katta  farq  qilishi  hammaga  ayon.  Buni  har  kim  o‗ziga  o‗zi  beradigan  «Kecha 
kim edigu, bugun kim bo‗ldik?» degan javobdan, anglab olsa bo‗ladi.  
YOshlar ma‘naviyatini oshirish masalalarining birlamchi yoki ikkilamchi vazifalari yo‗q. Ularning 
barchasi  bir  yo‗la  hamda  doimiy  diqqat-e‘tibor  markazida  turmog‗i  kerak.  SHuning  uchun  ta‘lim-
tarbiya, bilim va dunyoqarashga katta ahamiyat berilmoqda.  
Biz  bugun  fuqarolarning  erkinligi  va  mustaqil  tafakkuriga  asoslangan  jamiyat  qurayotgan 
ekanmiz,  yoshlarimizga  jamiyatda  mutlaq  erkinlik  bo‗lmasligini,  mustaqil  fikrlash  mas‘uliyatsizlik  va 
burchni unutish emasligini tushuntirib borishimiz zarur.  
Fuqaro  erkinligi  va  yangi  ijtimoiy  tuzum  tomonidan  kafolatlansa-da,  fuqarolarning  jamiyat 
manfaatlariga  mos kelmaydigan  mutlaqo  erkin xatti-harakatlarning kafolati emas.  «Men  mutlaqo erkin 
fuqaroman,    mustaqil  tafakkurli  insonma,  bilganimni  qilaman»  qabilida  yashash  tarzini  o‗zgartirish 
insonning ijtimoiy va milliy mohiyatiga ega aqidadir. 
SHu  o‗rinda  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2004  yil  25  maydagi  «O‗zbekiston  Xotin-
qizlar  qo‗mitasi  faoliyatini  qo‗llab-quvvatlash  borasidagi  qo‗shimcha  chora-tadbirlar  to‗g‗risida»gi 
Farmoni  va  21  iyun  kuni  Oqsaroyda  ushbu  Farmonda  belgilangan  vazifalarni  hal  etish  yo‗llariga 
bag‗ishlangan  majlisda  ta‘kidlanganidek,  «YOshlar  o‗rtasida  diniy  ekstremizm,  aqidaparastlik, 
giyohvandlik  kabi  illatlarning  oldini  olishda,  farzandlarimizni  bunday  balo-qazolardan  asrash  uchun 
kurashda,  doimo  sezgir  va  ogoh  bo‗lib  yashashda  hokimliklar,  vazirlik  va  idoralar,  xususan,  Oliy    va 
o‗rta  maxsus,  Xalq  ta‘limi  vazirliklari,  Din  ishlari  bo‗yicha  qo‗mita,  «Kamolot»  yoshlar  ijtimoiy 
harakati, «Oila» markazi, keng jamoatchilik, barchamiz mas‘ulmiz»
1
.  
SHuning  uchun  yoshlar  tarbiyasi  va  bu  tarbiya  zaminida  ularning  ma‘naviyatini  harakatga 
                                                           
1
 Хотин - қизлар қЎмиталари аѐллар манфаатини ќақиқий ифодачиси ва ќимоячисига  айланиши керак. «Халқ сЎзи», 
2004 йил 23 июнь.  

keltiruvchi  mustaqillik  g‗oyalari,  milliy  qadriyat-larni  asrab-avaylash  va  rivojlantirish  tuyg‗usi,  Vatan 
istiqboli  yo‗lida  halol  va  pok  mehnat  qilish  singari  milliy  mafkuraning  o‗zak  tomirlarini    singdirish 
yotadi.  
Bugun  yoshlar  mustaqillik  tufayli  «or»,  «andisha»,  «nomus»,  «vij-don»,  «insof»,  «g‗urur»,  kabi 
tushunchalarning haqiqiy ma‘nosini anglab etmoqdalar.  
Or.  Or  -  bu  nomunosib  yoki  ep  ko‗rilmagan  ishdan,  narsadan  hijolat  tortish,  uyalish,  uyat  va 
nomus  qilish  tuyg‗usidir.  Bundan  tashqari,  o‗z  o‗rnida  hazar  qilish  yoki  bo‗lmasa,  obro‗-e‘tibor, 
faxrlanish ma‘nolarini ham bildirishi mumkin
14
.  
Andisha.  Andisha  -  bu  oqibatini  o‗ylab  yoki  yuz-xotir  qilib  yuritilgan  mulohaza,  ehtiyotkorlik 
hissidir.  Andishali  odam  deganda,  oqibatini  o‗ylab  ish  qiladigan,  yuz-xotirni    biladigan,  or-nomusli, 
sharm-hayoli,  iboli  insonni  tushunamiz.  Odatda  andishali  odam  betgachoparlik  qilmaydi,  farosat  bilan 
ish tutadi.  
Nomus.  Nomus  -  bu  iffat,  bokiralik  ma‘nolaridan  tashqari  kishining  o‗z  mavqeini  saqlash, 
ulug‗lash  va  ardoqlash,  xijolat  tortish  tuyg‗ularini,  oila  va  ajdodlar  sha‘niga    dog‗  tushirmaslik 
ma‘nosini  ham  ifodalaydi.  Odatda,  nomusli    odam  ma‘naviy  qadriyatni  moddiy  boylikka  alishishni 
o‗ziga ep ko‗rmaydi. Qonun taqiqlay olmagan  narsalarni goho nomus taqiqlay oladi,  degan   naql  ham 
bor halqimizda.  
Vijdon.  Vijdon -  bu kishining kundalik faoliyati,  qilmishi, fe‘l-atvori uchun oila, jamoat, jamiyat 
va Vatan, millat oldida ma‘naviy mas‘uliyat his etishidir.  
Vijdon  tug‗ma  hislat  deyuvchilar  ham  bor.  Vijdon  -  kishilarning  yashab  turgan  sharoitiga,  olgan 
ta‘lim-tarbiyasiga  bog‗liq,  deb  hisoblovchilar  ham mavjud.  Vijdon ko‗p  yoki oz bilimlilikka, boy  yoki 
kambag‗al bo‗lishlikka, oddiylik yoki mashhurlik bilangina bog‗liq emas.  
Insof.  Insof  -  bu  adolat  va  vijdon  amri  bilan  ish  tutish  tuyg‗usi  va  qobiliyati,  ishda,  kishilarga 
munosabatda halollik, to‗g‗rilik,  barobarlik, tenglik,  sofdillik  va haqiqatgo‗ylikdir. O‗zgani  o‗z o‗rniga 
va  shuningdek,  o‗z  o‗rniga  o‗zgani  xayolan  qo‗yib  ko‗rish  ham  insofga  kiradi.  To‗q  ochni,  boy 
kambag‗alni,  baxtli  baxtsizni,  tolei  baland  tolei  zabunni,  omadli  omadsizni,  sog‗lom  bemorni  o‗z 
o‗rniga qo‗yib ko‗rolsa, va aksincha, ham xuddi shunday bo‗lsa, insoflilar safi kengayib boradi.  
Insof  tushunchasi  SHarq  falsafasida    shunday  talqin  etiladi.  Insof  -  bu  kishining  ijtimoiy  axloq 
me‘yori  nuqtai  nazaridan  o‗z  hulq-odobini  tartibga  solishi  va  axloqiy  baholashidir.  Insof  vijdonli 
odamning  yoki  ma‘lum  jamoatning  jamiyatga  yoki  boshqa    kishilarga  nisbatan  o‗z  xulq-atvori  uchun 
ma‘naviy javobgarlik hissidir. Agar kishi biror ishni to‗g‗ri bajarsa, unda ichki qoniqish paydo bo‗ladi, 
vijdon  pok bo‗ladi, atayin noto‗g‗ri bajarsa, insofdan chiqqan bo‗ladi. Insof kishini biror ishni qilishga 
undasa yoki qilishdan tortsa, bunda u qalb amri tarzida  bo‗ladi. 
Xullas,  insof  kishining  jamiyat  oldida,  tevarak-atrofidagi  kishilar  oldida  o‗z  xatti-harakati  bilan 
ma‘naviy mas‘uliyatini his etishining ifodasidir.  
Furur. Ona tilimiz asrlar bo‗yi xalqimiz tomonidan zargarona sayqal berilib, shunday mukammal 
qilib  yaratilganki,  u  orqali  har  qanday  ma‘no  va  tushunchalarni,  ularning  eng  nozik  va  harir 
jihatlarigacha  aniq  va  tiniq  ifodalash  mumkin.  YA‘ni  necha  ming  yillar  davomida  xalqimiz  ongi 
to‗lishib  boravergan,  unda  hosil  bo‗lgan  tushunchalarni  o‗z  tub  so‗zlarimiz  bilan  ham,  o‗rnida  jahon 
tillariga oid so‗zlar bilan ham, yangi-yangi so‗zlar yaratish vositasi bilan ham  ifodalangan. 
SHu  tariqa  til  bisoti  boyib  kelgan.  Tilimizdagi  g‗urur,  faxr  va  iftixor  so‗zlarini  olib  ko‗raylik. 
Bular  bir-biriga  yaqin  ma‘nolarni    anglatsa-da,  ayni  bir  paytda,  bir-biridan  muayayn  darajada 
farqlanuvchi tushunchalarni ham bildiradi. 
SHaxs g„ururi  - bu  faxrdir. Har bir  shaxs o‗zining yutuqlaridan  mamnuniyat hissini tuyadi. Ota-
ona  qobil  farzandlaridan,  ustoz  iste‘dodli  shogirdidan,  yozuvchi  yaxshi  asaridan,  bog‗bon  so‗lim 
bog‗idan, millat o‗z merosi, iste‘dodli farzandlari bilan faxrlanadi va hokazo.  
Inson o‗z kuchiga ishongan va bu bilan faxrlana olgan taqdiridagina biror narsaga erisha oladi. O‗z 
qadr-qimmatini  anglash  aqlli  odamni  yanada  kamtarin,  yanada  sabotli  qiladi.  Kishi  uchun  o‗z 
qobiliyatidan  ortiq  darajada  g‗ururlanishi  ham,  o‗z-o‗zini  erga  urishi  ham  yaramaydi.  O‗z-o‗zligicha 
qola bilgan odamning g‗ururi bus-butundir.  
O‗ziga ortiqcha bino qo‗ymoq, gerdaymoq, kekkaymoq, dimog‗dorlik - bular takabburlikka kiradi.  
2) YOshlar ruhiyatida milliy g„urur va milliy iftixor fazilatlarining zarurligi. Milliy g‗urur  - bu 
                                                           
14
 Ибрагимов А., Султонов Х., ЖЎраев Н. Ватан туйғуси. – Т.: Ўзбекистон, 1996. –27–29-бетларидан фойдаланилди. 

milliy iftixordir. Milliy iftixor millat o‗zini yaxlit ijtimoiy birlik ekanligini ongli ravishda his qilishidir. 
Bu  shunday  bir  kuchli  ruhiy  holatki,  u  tufayli  tarixiy  birlik,  qon-qarindoshlik,  til,  madaniyat, 
ma‘naviyat, iqtisodiy hayot va kelajak birligi millat vakillarining qalbidan chuqur o‗rin oladi. 
Milliy  birdamlik  tuyg„usi  milliy  ongning  negizidir.  Milliy  birdamlik  etuk  va  mukammal 
ma‘naviy  fazilat  sifatida,  milliy  ongi  rivojlangan  millatlarda  to‗laroq  namoyon  bo‗ladi.  Mahalliychilik 
va  guruhbozliklar  milliy  birdamlik  hissiyotining  kuchsizlanishiga  olib  keladi.  Milliy  iftixor  millat 
ma‘naviy kamolotining barcha jihatlarini, merosi va bugungi qadriyatlarni o‗z ichiga oladi.  
Milliy  istiqlol  natijasida  erishilgan  va  erishilayotgan  iqtisodiy  va  ma‘naviy  yutuqlar  ko‗paygani 
sari  O‗zbekiston  bilan  faxrlanish  hissi  kuchayib  boraveradi.  Milliy  iftixor  mamlakatimizning  barcha 
fuqarolari uchun birdek tegishli va uning yuksala borishi uchun barcha fuqarolar  barobar mas‘uldirlar. 
Xulosa  qilib  aytganda,  imonli  odam  risoladagi  fuqarodir.  Bu  O‗zbekiston  Respublikasining 
Konstitutsiyasiga, Parlamentimiz tomonidan qabul qilingan fuqarolikka doir qonun-qoidalarga ham mos 
keladi. Biz kelajagimiz taqdirini ana shunday fidoyi insonlar, o‗z ehtiyojlarini tafakkur tarozusida, imon 
ko‗zgusida  idrok  etadigan,  nafs  balosidan  forig‗    yoshlar  qo‗liga  topshirishimiz  lozim.  Bu  yoshlar  har 
qancha  g‗ururlansa,  faxrlansa  arziydigan  tarixi  va  qadriyatlari  bor  halqga,  millatga,  Vataniga  xizmat 
qilishni  o‗zlarining  burchi  deb  qarashlari,  shunday  e‘tiqodga  ega    bo‗lishlari  zarur.  SHuning  uchun 
yoshlarimizda  milliy  g‗ururni  tarbiyalash  ishlarini  har  kuni  va  muntazam  olib  borish  ular  ma‘naviyati 
yuksalishining  garovidir.  YOshlarimizning  har  biri  milliy  g‗urur  va  milliy  iftixor  tuyg‗ularini  o‗zlari 
ham shakllantira oladilar.  
Milliy  g‗urur,  avvalambor,  har  bir  millat  vakilining  o‗z  xalqi  tarixini,  ma‘naviy,  axloqiy 
qadriyatlari,  istiqbolini  bilishi  va  qadrlashi,  shu  bilan  birgalikda,  boshqa  xalqlar  va  millatlarning  ham 
milliy  qadr-qimmatini,  udumlari,  tarixi,  adabiyoti,  san‘ati  va  madaniyatini  adolatli  ravishda  himoya 
qilish, chuqur his etish va o‗rganish,  hurmat qilish bilan bog‗liq faxrlanish tuyg‗usi bo‗lgan millatning 
insoniy fazilatidir.  
Milliy  g‗urur    yoshlarni  o‗z  kuchi,    qobiliyati  va  iste‘dodini  milliy  va  umuminsoniy  manfaatlar 
yo‗lida  safarbar  qilishga  chaqiradi.  O‗zbek  xalqining  yuksak  milliy  qadr-qimmati,  or-nomusi  va  shon-
sharafi uning o‗ta  mehribonligi va  sof vijdonligiga asoslangandir.  
Milliy iftixor, eng avvalo, o‗zligini anglash, milliy ravnaqni ta‘minlash yo‗lidagi hatti-harakat, o‗z 
millati istiqboli oldida mas‘ul-likning beqiyos namunasidir. Milliy o‗tmishini yaxshi bilgan, uni qadrlay 
oladigan va ayni paytda, uni yangicha sharoitlar va holatlarda boyitib boradigan komil insondir.  
Aks  holda,  milliy  iftixor  hissi  shunchaki  maqtanchoqlik  vositasiga  aylanib  qolishi  mumkin. 
Dunyoda  200  dan  ortiq  millatlar  bo‗lsa,  har  bir  millat  o‗ziga  xos  fe‘l-atvoriga  egadir.  SHuning  uchun 
ham turli mintaqada yashayotgan xalqlar turlicha yashash tarziga, bir-biriga o‗xshamagan urf-odatlarga 
ega bo‗lishadi.  
Jumladan,  o‗zbeklar  diyonat,  or-nomus,  sharm-hayoni  ijtimoiy  hayot-ning  hamma  jabhalarida 
muhim  fazilat  deb  qabul  qilishgan.  SHunday  hislatlarga  egalarki,  ba‘zan  bu  faqat  «o‗zbekona  fazilat» 
deb yuritiladi.  
Milliy  iftixor  tuyg‗usining  yana  bir  jihati  shundaki,  u  yoshlarning,  eng  avvalo,  qaysidir  millatga 
mansubligi, uning keng imkoniyatlaridan quvona olish fazilatigina emas, balki  yashab turgan zaminga, 
fuqaroligiga  daxldor  bo‗lgan  mamlakatga  munosabat  belgisi  hamdir.  Milliy  iftixori  kuchli  bo‗lgan 
yoshlar  o‗z  mamlakati  bilan  faxrlana  oladi  va  uning  taqdiriga    befarq  qaray  olmaydi.  Demak,  bunday 
xalq o‗z istiqbolini chuqurroq anglaydi va unga sidqidildan xizmat qiladi. 
Milliy g‗urur, milliy o‗z-o‗zini anglash mazmun va mohiyat jihatidan o‗zaro aloqadorlikda bo‗lib, 
bir-birini boyitadi, to‗ldiradi, biri ikkinchisisiz mavjud bo‗lmaydi. 
«Biz  sharq  farzandi  ekanligimizdan,  o‗zimizning  urf-odatlarimizdan  faxrlanamiz.  Milliy 
qadriyatlarimizni asrash va hech qachon unutmaslik haqida ota-bobolarimizdan tarbiya  olganmiz.  Endi 
esa buni bolalarimizga ham o‗rgatayapmiz»
1

O‗tmishini  bilmagan  va e‘zozlamagan  xalqning kelajagi  yo‗q. O‗tmish bizlar uchun  ham, boshqa 
xalqlar  uchun  ham  allaqachon  qaytmas  bo‗lib  ketgan,  ko‗z  o‗ngimizdan  olislashgan,  tarix  mulkiga 
aylangan  davrdangina  iborat  emas,  balki  ahamiyati  hech  qachon  yo‗qolmaydigan  tag  zamin,  o‗q 
ildizimizdir. O‗tmish bizning tayanch nuqtamiz ekaniga shubha yo‗q.  
                                                           
1
 Каримов И.А. Ўзбек халқи ќеч қачон ќеч кимга қарам бЎлмайди. – Т.: Ўзбекистон, 2005, 153- бет.  

SHu  bilan  birga,  siyosiy  globallashuv  hamda  fan,  madaniyat,  ta‘lim  va  axloq  sohasidagi 
jarayonlarni  ifodalovchi  ijtimoiy-madaniy  globallashuv  ham  sodir  bo‗layotganini  yoddan  chiqarmaslik 
zarur. Globallashuv jarayonining yana bir o‗ziga xos jihati uning  mafkuraviy ta‘sir o‗tkazish ko‗lamini 
haddan  ziyod  kengaytirib,  beqiyos  darajada  tezlatib  yuborganida  ham  ko‗rinadi. “Mana  shunday 
vaziyatda,-deb  yozadi  I.Karimov,- odam  o„z  mustaqil  fikriga,  zamonlar  sinovidan  o„tgan  hayotiy-
milliy  qadriyatlarga,  sog„lom  negizda  shakllangan  dunyoqarash  va  mustahkam  irodaga  ega 
bo„lmasa,  har  turli  ma‟naviy  tahdidlarga,  ularning  goh  oshkora,  goh  pinhona  ko„rinishdagi 
ta‟siriga bardosh berishi amrimahol”. 
Mafkuraviy  globallashuv  axborot  vositalarining  rivoji  va  bu  sohada  sodir  bo‗layotgan  inqilob 
bilan  bog‗liq.  Mutaxassislar  fikricha,  insoniyat  bugungi  kunda  yangi  axborot  inqilobini  boshdan 
kechirmoqda  va  u  kishilik  jamiyati  tarixidagi  birinchi  inqilob  emas.  Nutqning  shakllanishi  axborot 
uzatish imkoniyatlarini kengaytirgan bo‗lsa, yozuvning paydo bo‗lishi uni uzoq vaqt davomida saqlash 
va  axborotni  uning  yaratuvchisidan  ajratgan  holda  ulkan  masofalarga  etkazish,  hatto  zamonlararo  olib 
o‗tishga yo‗l ochdi. Gazeta va jurnallarni nashr etishning yo‗lga qo‗yilishi yozma axborotni uzatishdagi 
tezkorlik va qamrovlilikni yanada kengaytirdi. Radio va televidenie esa axborotni ovoz va tasvir orqali 
uzatishni ta‘minlab, uni yangi sifatiy bosqichga ko‗tardi. 
Hozirgi axborot inqilobi oldingi davrlarda paydo bo‗lgan axborot uzatish usullarining ko‗pgina 
tomonlarini  o‗zida  sintez  qilgan  zamonaviy  kompyuter  texnologiyalariga  asoslangan  Internet  kabi 
hodisalarning paydo bo‗lishi bilan bog‗liq. 
Axborotni  keng  jamoatchilikka  etkazib  beruvchi  matbuot,  radio,  televidenie  kabi  hodisalarni 
o‗zida  birlashtiruvchi  ommaviy  axborot  vositalari  (OAV)  jamiyat  hayotiga  ulkan  ta‘sir  o‗tkazish 
quvvatiga  ega.  Qanday  katta  kuchga  ega  ekanini  ularga  nisbatan  «to‗rtinchi  hokimiyat»  atamasi 
qo‗llanilishida ham ko‗rish mumkin. 
OAVning  ta‘sir  kuchi  beriladigan  materiallarning  tezkorligi,  ko‗tarilayotgan  masalalarning 
dolzarbligi  hamda  tahliliylik  darajasi  va  mavjud  muammolarning  samarali  echimlarini  taklif  etishiga 
ko‗p  darajada  bog‗liq.  I.Karimov  ta‘kidlaganlaridek, “Bugungi  kunda  zamonaviy  axborot 
maydonidagi  harakatlar  shu  qadar  tig„iz,  shu  qadar  tezkorki,  endi  ilgarigidek,  ha,  bu  voqea 
bizdan  juda  olisda  yuz  beribdi,  uning  bizga  aloqasi  yo„q,  deb  beparvo  qarab  bo„lmaydi.  Ana 
shunday  kayfiyatga  berilgan  xalq  yoki  millat  taraqqiyotdan  yuz  yillar  orqada  qolib  ketishi  hech 
gap emas”. 
OAVning  ta‘sir  kuchi  uning  materiallari  muayyan  auditoriyaga  mo‗ljallangani  bilan  ham 
belgilanadi. Masalan, ichki auditoriyaga mo‗ljallangan materiallarni yoshi, jinsi, ijtimoiy maqomi (kasb-
kori), milliy, diniy mansublik kabi belgilarga ko‗ra farqlash mumkin. 
OAV  ijtimoiy  hayotdagi  muayyan  voqea,  hodisa  yoki  muammo  yuzasidan  axborotni  etkazib 
berish  orqali,  uning  jamiyat  uchun  ahamiyati,  keng  aholi  qatlamlari  uchun  dolzarbligini  ta‘kidlaydi. 
Axborot  oqimi  hajman  keng,  mazmunan  rang-barang,  uzatilishga  ko‗ra  tezkor  bo‗lgan  bugungi  kunda 
bu jarayon yanada chuqurlashib bormoqda. 
OAV  muayyan  xabarni  uzatish  yoki  biror  bir  g‗oyaning  mohiyatini  ochib  berish  orqali  uning 
o‗zlashtirilishiga,  kishilar  ongida  barqaror  tasavvurlar,  obrazlar,  qadriyatlarning  shakllanishiga  ham 
ko‗maklashadi. Sodda qilib aytganda, u ijtimoiy fikrga doimiy va izchil ta‘sir o‗tkazish, uni shakllantira 
olish imkoniyatiga egadir. 
OAV  va  kommunikatsiya  texnologiyalari  rivoji  hozirgi  davrdagi  g‗oyaviy  kurashga  o‗ziga 
xoslik  bag‗ishlamoqda.  Bu  jumladan,  ma‘lumotlar  oqimi  manfaatdorlik  nuqtai  nazaridan  etkazilishida 
yoki  ataylab  qarama-qarshi  xarakterdagi  ma‘lumotlarni  poyma-poy  berish  orqali  oxir-oqibatda 
odamlarning  idrokini  susayishtirishga  intilishida  yaqqol  namoyon  bo‗ladi.  Bu  o‗ziga  xoslik  jamiyat 
a‘zolaridan  tizimli  ravishda  axborotning  muayyan  qatlamini  yashirish,  ularni  muhokama  ob‘ektiga 
aylantirmaslikka intilishda ham yaqqol ko‗rinadi. 
O‗tgan asrning 40-yillarida ―Reyter‖ agentligini boshqargan Kristofer CHansellor ―YAngilikni 
targ‗ibotdan  farqlash zarur. Targ‗ibot boshqa  narsa,  yangilik esa  mutlaqo  boshqa narsa.  Inglizcha yoki 

amerikacha  yangiliklar  bo‗lmaydi,  u  xalqaro  tovardir‖,-  deb  yozgan  edi.  Bugun  mutlaqo  boshqacha 
sifatiy holat yuzaga keldi. 
Har kuni dunyoda  millionlab voqealar  sodir bo‗ladi.  Ammo kishilar  diqqatiga OAV  muayyan 
ijtimoiy-siyosiy  kuchlar  manfaatidan  kelib  chiqib  e‘tibor  qaratgan  masalalargina  havola  etiladi.  Bu 
ularning  hodisalarni  yoritishning  ustuvor  yo‗nalishlarini  belgilab  berishini,  muayyan  ma‘lumotlarni 
olish,  talqin  qilish,  baholash  va  tarqatish  orqali  fuqarolarda  tegishli  fikr  va  xulosalar  shakllanishiga 
xizmat qilishini ko‗rsatadi. Bu OAV ning ijtimoiy fikrni kerak bo‗lgan shaklga yo‗naltira olishi, u bilan 
manipulyasiya  qila  olishidan  dalolat  beradi.  Mazkur  jarayonda  soxta,  to‗qib  chiqarilgan  axborotni 
xaqiqat sifatida taqdim etish, voqelikni biryoqlama taqdim etish yoki buzib ko‗rsatish, reallikni adekvat 
qabul  qilishga  yordam  beradigan  muhim,  kerak  elementlarni  yashirishga  alohida  e‘tibor  berilishini 
ta‘kidlash zarur. 
I.Karimov  ta‘kidlaganlaridek, “hozirgi  paytda  hayotimizni  elektron  axborot  vositalari, 
xususan,  televidenie  va  radiosiz  umuman  tasavvur  etib  bo„lmaydi.  Bugungi  kunda  ular  bir 
vaqtning o„zida ham axborot maydoni, ham ijtimoiy-siyosiy, ma‟naviy-ma‟rifiy minbar, shu bilan 
Download 5.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling