Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


oxirida  dunyoda  jo„g„rofiy-siyosiy  ahamiyati  va  ko„lami  jihatidan  noyob  o„zgarishlar  ro„y


Download 5.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/27
Sana12.12.2017
Hajmi5.27 Kb.
#22107
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27

oxirida  dunyoda  jo„g„rofiy-siyosiy  ahamiyati  va  ko„lami  jihatidan  noyob  o„zgarishlar  ro„y 
bermoqda.  Bu  o„zgarishlar  betakror.  Ular  nafaqat 
mamlakatlar  o„rtasidagi  o„zaro 
munosabatlarda  vujudga  kelgan  qarashlar  va  ularning  mexanizmlarini  chuqur  o„ylab  ko„rishni, 
balki  ko„p  jihatdan  qayta  baholashni  ham  talab  qiladi.  «Sovuq  urush»  davrida  xalqaro 
munosabatlarga asos bo„lgan ko„p qoidalar, tamoyillar va g„oyalarni tubdan qayta ko„rib chiqish 
talab  qilinmoqda.  Butun  dunyo  yaxlit  va  bir-biriga  bog„liq  tizim  bo„lib  bormoqda,  unda  o„zi  - 
o„zidan  qanoatlanishga  va  mahdudlikka  o„rin  yo„q.  Bu  hol  hozirgi  xalqaro  munosabatlarni 
shakllantirganda,  xalqaro  tuzilmalar  bilan  o„zaro  aloqalarda  va  ularning  faoliyatida  ishtirok 
etganda mutlaqo yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni zarur qilib qo„ymoqda»
1
 
 
Jahon maydonlarini mafkuraviy bo„lib olishga urinishlar:  
1.Siyosiy (buyuk davlatchilik shovinizmi). 
2.Diniy (diniy ekstremistik va aqidaparastlik, panislomizm). 
3.Badiiy  (G‗arb  turmush  tarzini  targ‗ib  qiluvchi,  Amerikacha  turmush  tarzini  targ‗ib  qiluvchi, 
zo‗ravonlik, yovuzlik va boshqa axloqsizliklarni targ‗ib qiluvchi. 
 
XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib kommunistik va sotsia-listik partiya ta‘siridagi sotsializm 
lageri parchalandi. Dunyo mamlakatlari rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga bo‗lindi. Ana shu 
rivojlangan ba‘zi mamlakatlar o‗z milliy mustaqilligini qo‗lga kiritgan, rivojla-nayotgan mamlakatlarni, 
jahon  maydonlarini  mafkuraviy  jihatdan  bo‗lib  olishga  urinmoqdalar.  Bular  quyidagi  holatlarda 
ko‗rinadi:  
 
Dunyoni bo„lib olishga urinayotgan mafkuralarning shakllari: 
                                                           
1
  Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарор тараққиѐт йЎлида. Т.: 6. - Т.: «Ўзбекистон», 1998, 240-241 - бетлар.  

1. Buyuk davlatchilik mafkurasi. 
2. Diniy ekstremistik mafkuralar. 
3. Pansovetizm mafkurasi. 
4. Panislomizm mafkurasi. 
5. G‗arb turmush tarzini ifodalagan mafkuralar. 
6. Amerikacha turmush tarzini ifodalagan mafkuralar. 
7. Turli diniy sektolarning g‗oyalarni ifodalovchi mafkuralar. 
 
1.  Buyuk  davlatchilik  shovinizmi  -  (SHovinizm  -  fran.  burjua  mil-latchiligining  o‗ta  reaksion 
formasi).  SHovinizm  siyosati  boshqa  millat  va  xalqlarga  nafrat  va  dushmanlikni  avj  oldirishga 
qaratilgan.  SHovinizm  go‗yo  to‗laqonli  bo‗lmagan  boshqa  millatlar  va  irqlar  ustidan  hukmronlik  qi-
lishga da‘vat etilgan bir millatning alohidaligini («mumtozligini») targ‗ib etadi. 
SHovinizm ba‘zi ko‗p sonli millatlarning nafaqat ko‗p millatli imperiya doirasida, balki uni o‗rab 
turgan  jo‗g‗rofiy  -  siyosiy  makonda  ham  o‗zining  mutlaq  hukmronligini  o‗rnatish  uchun  kurashda 
namoyon  bo‗ladi.  Davlat  etakchi  mavqe  (davlat)ga  ega  bo‗lgan,  o‗z  millatini  «oliy»  millat  deb  e‘lon 
qilgan  millat  hukmron  ekspluatator  sinflarining  ideologiyasi  va  siyosati  bo‗lgan  buyuk  davlatchilik 
shovinizm, shovinizm va millatchilikning bir turidir.  
Buyuk  davlatchilik  shovinizmi  boshqa  millatlar  va  mamlakatlar  bilan  o‗zaro  madaniyatli 
hamkorlik  qilishga  tayyor  emaslikdan  kelib  chiqadi.  Uning  ifodachilari  harbiy  imperiyalardir.  Bu 
imperiyalarning  iqtisodiyoti  bosib  olingan  hududlarni  ekspluatatsiya  qilar  va  hatto  ularning  hayotiy 
manbalari  hisobiga  yashar  edi.  Ayni  chog‗da  bo‗ysundirilgan  xalqlarga  ularga  madaniy  jihatdan  va 
umuman milliy jihatdan norasoligi haqidagi halokatli g‗oya singdirilar edi.  
Buyuk  davlatchilik  shovinizmi  va  agressiv  millatchilik  bir-birini  to‗ldiradi,  bular  o‗z  davlati 
manfaatini ilgari surib, milliy qadriyatlarni tayyorlashda, milliy madaniyatlar va ma‘naviy qadriyatlarni 
oyoq  osti  qilishda,  avtoritar  tuzum  o‗rnatishda,  boshqa  mamlakat  xalqlarini  itoatgo‗y  qilib  saqlab 
turishda,  hozir  esa  sobiq  Ittifoqni  tiklash  uchun  qilayotgan  harakatida,  o‗z  ta‘sir  doirasini  boshqa 
mustaqil davlatlarda saqlab qolish uchun intilishda, millatlar o‗rtasida o‗zaro ishonchsizlik tug‗dirishda, 
xalqaro-huquqiy 
me‘yorlarni  inkor  etishda,  tashqi  iqtisodiy  aloqalarni  to‗sishda,  yangi 
mustamlakachilikni zo‗rlab qabul qildirish harakatida yaqqol namoyon bo‗lmoqda.  
Prezident Islom Karimov «O‗zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida...» asarida shovinizmga «SHovinizm 
ba‘zi ko‗p sonli millatlarning nafaqat ko‗p millatli imperiya doirasida, balki uni o‗rab turgan jo‗g‗rofiy-
siyosiy  makonda ham o‗zining mutlaq hukmronligini o‗rnatish uchun kurashida namoyon bo‗ladi» deb 
ta‘rif bergan (Karimov I.A. Asarlar. T.          6. 65-bet). Bunday davlatlarga ko‗proq iqtisodiy jihatdan 
zaif, ichki beqaror davlatlar nishon bo‗ladi.  
O‗zbekistonni,  avvalo  Rossiya  imperiyasi,  keyin  sovet  imperiyasi  yuritgan  buyuk  davlatchilik 
shovinizmi jafolarni tortgan hozirgi paytda, XXI asr boshlariga kelib bu davr turlicha talqin etilmoqda. 
Bu talqinlarning 2 tasi haqida «O‗zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida...» asarida fikr yuritilgan:  
1) «Birinchi andozaning» mualliflari, - deyiladi asarda, - ehtimol samimiy tarzda, mintaqa Rossiya 
imperiyasi tarkibidagi Turkiston muxtoriyati sifatida rivojlanib, o‗z metropoliyasidan zarur rag‗batlarni 
olib  turar  edi.  CHunki  podsho  Rossiyasi  mahalliy  an‘analar  va  asoslarni  yo‗q  qilmagan  va  buzmagan 
holda  o‗lkaning  burjuacha  tadrijiy  rivojlanishini  rag‗batlantirgan  edi,  deb  hisoblaydilar».  Ushbu  guruh 
mualliflari  mintaqada  o‗tkazilgan  bolshevikcha  tajriba,  shu  jumladan,  milliy  davlat  chegaralanishi, 
iqtisodiyotning  haddan  tashqari  ixtisoslashtirilishini  keskin  tanqid  qiladilar  va  bularni  Markaziy  Osiyo 
mintaqasidagi  hozirgi  ziddiyatlarning  asosiy  sabablari,  deb  hisoblaydilar.  SHu  bilan  birga  ular 
kommunistik  tuzumdan  keyingi  yangi  Rossiya  Markaziy  Osiyo  mintaqasida  barqarorlashtiruvchi  rolni 
o‗ynash uchun juda mos keladi, degan g‗oyani ilgari suradilar.  
2)  Boshqa  fikrga  ko‗ra,  mintaqadagi  muammolarni  o‗lkaning  mustamlaka  o‗tmishi  keltirib 
chiqargan. Bu  fikr tarafdorlari  o‗lkani  o‗z tarixiy  va  milliy  negizlariga qaytarishni  taklif  qiladi. Bunga 
musulmon  davlat-larga  ergashgan,  ular  bilan  yaqinroq  integratsiyaga  kirishgan  taqdirdagina  erishish 
mumkin, deb hisoblaydilar.  
Ikkala nuqtai nazarda ilmiylikka nisbatan siyosat va ehtiroslar ustunligi yaqqol ko‗rinib turibdi. Bu 
nuqtai  nazarlar  ayni  buyuk  davlat-chilik  shovinizmi  va  agressiv  millatchilikning  hurujlari  tufayli  kelib 
chiqqan.  

Mustaqillikka  erishib,  bugungi  kunda  rivojlanayotgan  Markaziy  Osiyo  respublikalarini  asabiylik 
bilan, alam bilan qarshi olmoqdalar. Bunga Rossiya matbuotida chiqayotgan tahlilliy materiallar yaqqol 
misol bo‗la oladi. 1997 yil 26 martda «Novaya nezavisimaya gazeta» sonida bosilgan «MDH: tarixining 
ibtidosimi yoki intihosi» bosh maqolasida «sobiq Sovet respublikalari uchun mustaqil davlatga aylanish 
imkoniyatini  berishdan  iborat  Rossiyaning  xatosi»,  bu  «xato»ni  to‗g‗rilash  haqidagi  imperiyachilik 
da‘volari bilan chiqqan edi.  
Maqolada  go‗yo Rossiyaga «Janub tahdidi» deb atalgan tahdid vujudga keldi, Rossiya  shakllanib 
borayotgan  Markaziy  Osiyo  hamdo‗stlik  blokini  parchalab  yuborishi  zarur,  degan  agressiv  takliflar 
ilgari suriladi.  
Prezident  Islom  Karimov  2005  yil  14  yanvarda  «Nezavisimaya  gazeta»  (Moskva)  muxbirining 
savollariga  javobi  «Imperiya  davrida  bizni  ikkinchi  darajali  odamlar,  deb  hisoblashar  edi»  deb 
nomlanib,  mazkur  intervyuda  bunday  holatlarga  o‗z  vaqtida  javob  berib,  Ukrainadagi  «Zarg‗aldoq 
inqilobi»,  «Gruziya  va  Ukrainada  so‗nggi  paytlarda  sodir  bo‗lgan  voqealarni»,  O‗zbekiston  ijtimoiy-
siyosiy jarayonlaridagi o‗zgarishlar bilan chuqur tahlil qilib berdi.
1
  
Hozirgi kunda  buyuk  davlatchilik g‗oyalari mazmunan  o‗sha-o‗sha  bo‗lsada, unga endilikda  o‗ta 
zamonaviy  shakl  berilmoqda.  Mustaqillikning  dastlabki  yillarida  bular  rus  millatining  mumtozligini 
tiklash,  Rossiya  tevaragida  kuchli  jo‗g‗rofiy  -  siyosiy  maydon  yaratish,  «YAgona  va  ahil  xalqlar 
oilasi»ni  tiklash,  yangi  mustaqil  davlatlarning  qaysi  biri  bilan  hamkorlik  qilish,  qaysilarini  ajratib 
qo‗yish va boshqa sohalarda ko‗rinmoqda.  
Mustaqil O‗zbekiston uchun bugungi kunda buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik 
tug‗dirayotgan tahdidlarning real xavfi quyidagilardan iborat:  
1)Xalqaro, davlatlararo va elatlararo qarama-qarshilikni kelti-rib chiqarish.  
2)Xalqaro-huquqiy va ichki davlat suverenitetimizni ro‗yobga chiqarishga qarshilik ko‗rsatish.  
3)O‗zbekistonning  tashqi  iqtisodiy  aloqalarini  chegaralashga,  ular-ni  teng  huquqli  bo‗lmagan 
sharoitga solib qo‗yishga urinish.  
4)Mamlakatimiz  aholisiga  elektron,  radio-axborot  vositalari  orqali  mafkuraviy  yo‗l  bilan  tazyiq 
o‗tkazish, jahon afkor ommasida O‗zbekiston haqida noto‗g‗ri tasavvur tug‗dirishga intilish.  
5)Millatlar  o‗rtasidagi  o‗zaro  ishonchsizlikni  keltirib  chiqarish,  millatlararo  munosabatlarni 
keskinlashtirish.  
6)YAngi  mustamlakachilik  va  yangi  imperiyachilik  yondashuvlarini  zo‗rlab  qabul  qildirish, 
hamma sohalardagi o‗zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni sekinlashtirish xavfi.  
2.  Panislomizm  -  XIX  asr  oxirida  O‗rta  SHarqdagi  musulmon  mamlakatlarida  vujudga  kelgan 
diniy - siyosiy oqim. Asoschisi - Jamol ad-din al-Afg‗oniy. Panislomizm tarafdorlari musulmonlarnipng 
«birligi»  va  ularni  xalifa  rahbarligidagi  yagona  musulmon  davlatiga  birlashtirish  zarurligi  g‗oyasini 
ilgari  surgan.  Ayni  vaqtda panislomizm tarafdorlari diniy islohotchilik pozitsiyasida turib, islom  dinini 
davr talablariga muvofiq isloh qilishga intilganlar.  
XX  asr  boshlarida  Turkiya  sultonlari  bu  nazariyadan  foydalanib,  musulmon  xalqlarini  o‗z  qo‗l 
ostida  birlashtirishga  uringan.  Bu  oqim  Vah-hobiylar,  «Hizbut-tahrir»  kabi  diniy  oqimlarda  bugungi 
kunda O‗zbekis-tonda xalifalik davlatini tiklash uchun urinish bo‗ldi.  
«Panislomizm»  g‗oyasida  hozirgi  kunda  turli  xristian  konfessiyalari  ham  targ‗ibot  va  tashviqot 
ishlarini olib bormoqdalar.  
XX asr boshlarida quyidagi oqimlar ham mavjud bo‗lgan.  
3. Panturkizm  -  bolshevizmning ashaddiy dushmani  edi. I jahon urushi arafasida «YOsh turklar 
partiyasi»,  Rossiyaga  qarshi  urush  ochishda  yagona  tashviqot-targ‗ibot  quroli  vazifasini  o‗tadi, 
jadidchilik harakatini avj oldirishda bosh rolni o‗ynadi. Panturkizm oqimi, uning  siyosati Tatariston va 
Boshqiriston  o‗lkalariga  1912  yilarda  kirib  keldi.  Bolshevizm  XX  asr  20-30  yillarda  ularni 
«millatchilik»da ayblab, «SHo‗roga qarshi» sifatida bosh liderlarini qirib tashladi.  
Panturkistlar  -  oq  va  qizil  imperiya  istibdodiga,  adolatsizlik  va  tengsizlikka  qarshi  kurashgan, 
ozodlik va mustaqillik yo‗lida jon fido qilganlar sifatida tarixda qolishdi. Ular qonxo‗rlik, hunrezlik va 
zulmga qarshi adolat uchun kurashuvchi xalqparvarlar edi.
1
  
                                                           
1
 Каримов И.А. Империя даврида бизни иккинчи  даражали одамлар, деб  ќисоблашар эди. - Т.: «Ўзбекистон», 2005. 
- 64 б.  
1
 Узоқов Ќ. Пантуркизм - большевизмнинг ашаддий душмани.  «Халқ таълими». 1998, №3, 57-62- бетлар.  

1) Rossiyada bolsheviklar tomonidan «mushtumzo‗r - pomeshnik» hisoblangan Kondratev guruhi 
«Sanoat partiyasi» yuzaga kelgan.  
2)  Tataristonda  panislomizm  va  panturkizm  oqimlari  sifatida  «Sulton  Alievchilik»  qaror  topgan 
edi.  
3) Qirimda «Ibrahimovchilik».  
4) Ozarbayjonda «Milliy partiya».  
5) O‗zbekistonda «Munavarqorichilik» - «Milliy istiqlol» mahfiy partiyasi faoliyat ko‗rsatgan.   
4.  Pansovetizm.  Buyuk  davlatchilik  shovinizmi  bugungi  kunda  pansove-tizm  bilan  o‗ziga  xos 
tarzda  qo‗shilib  ketgan.  Pansovetizm  tushunchasi  uzoq  vaqt  davomida  bir  ittifoq  doirasida  yashash 
natijasida ijtimoiy-madaniy hayotda yuzaga kelgan muayyan yaqinlik, o‗xshashlik, umumiylik, iqtisodiy 
aloqadorlik va bog‗liqlikni mutlaqlashtirishga asoslangan.  
Ammo,  Prezidentimiz  o‗rinli  ta‘kidlaganidek,  bunday  qarashlar  ortida  ham  sodda  kishilarning 
bosh-ko‗zini aylantirib,  o‗z umrini yashab  bo‗lgan g‗oyalarini hayotimizga qaytadan tiqishtirishga,  shu 
yo‗l  bilan  yana  eski  tuzumni  tiklashga,  bir  so‗z  bilan  aytganda,  milliy  o‗zligimizni  yo‗qotishga 
qaratilgan intilish yotganligini yoddan chiqarmaslik zarur.  
5.Xalifalikni tiklash.  
6.Islom modernizmi.  
7.Islom traditsionalizmi.  
8.Islom fundamentalizmi.  
Bu oqimlar diniy va dunyoviy hokimiyatni o‗zida mujassamlashtirgan xalifa rahbarligidagi yagona 
musulmon  davlatiga  birlashtirishni  ko‗zlagan,  sog‗lom  mantiqqa  mutlaqo  zid  da‘vodan  iborat.  XX  asr 
80-yillarida  «Musulmon  birodarlari»  tashkilotining  fraksiyalarga  bo‗linib  ketishi  natijasida  quyidagi 
diniy tashkilot va partiyalar ham yuzaga kelgan: 
 
1) «Islom ozodlik partiyasi» 
2) «Sotsial islohotlar jamiyati» 
3) «At - Takfir val - Hijra» 
4) «Junud Alloh» 
5) «Jihod» 
6) «Hizbulloh» kabi. 
  
Bundan boshqa yana quyidagi diniy oqimlar ham mavjud: 
 
7) Vahhobiylik (XVIII asrda paydo bo‗lgan). 
8) Ahmadiya (IX asrda Pokistonda). 
9) Hizb-at-tahrir (1953 yilda Isroilda - tushuntirish, harakat, to‗ntarish). 
10)Tablig‗chilar - etkazish ma‘no. XX asr Hindistonda, islomga chorlash.  
11)Akromiylar - 1997-1999 yillarda Farg‗onada va 2005 yil 12-13 mayda Andijon        
oqim sardoriga bo‗ysunish (Akrom Yo‗ldoshev boshchiligidagi). 
12)Nurchilar - Turkiyada, hokimiyat uchun kurashga chorlash.  
13)Tavba-ekstremistik ruhdagi harakat. Bokuda va O‗zbekistonga (1991 yil). 
14)Islom uyg‗onish partiyasi - 1989-1991 yillarda Tojikistonda.  
15)Islom lashkarlari - 1990-1992 yillarda Namanganda «Otavalixon» masjidida. 
16)Adolat - 1990-1992 yillarda Namanganda paydo bo‗ldi.  
 
1991  yil  14  iyunda  O‗zbekiston  Oliy  Kengashining  12-chaqiriq  5-sessiyasida  «Vijdon  erkinligi 
va diniy tashkilotlar to„g„risida»gi  qonuni  qabul  qilingan  edi.  «Vijdon erkinligi  va diniy tashkilotlar 
to‗g‗risida»gi Qonunning yangi tahriri 1998 yil 1 mayda Oliy Majlisning II-sessiyasida qabul qilindi.  
Umuman, Islom ekstremizmi, fundamentalizmi tomonidan O‗zbekiston xavfsizligiga solinayotgan 
tahdidlar quyidagilardan iborat: 
1)Dindor  musulmonlarning  islohotchi  davlatga  ishonchini  yo‗qotish,  demokratik  jamiyatni 
obro‗sizlantirish, barqarorlikni va milliy totuv-likni buzishga urinmoqda.  
2)Asossiz  da‘vatlar  orqali yoshlarni  mutelik,  erksizlik holiga tushirib qo‗yish, aqliga va taqdiriga 

hukmron bo‗lish.  
3) Qarama-qarshilikni keltirib chiqarib mamlakatni parchalab tashlash.  
4) Din uchun kurashuvchi jangorilarning yangi avlodini vujudga keltirish. 
5)  Musulmon  va  nomusulmon  mamlakatlar  orasida  O‗zbekiston  obro‗-sini  to‗kish, 
obro‗sizlantirish.  
6) Islom va boshqa sivilizatsiyalar o‗rtasida ziddiyatlarni keltirib chiqarish. 
7) Omma ongida soxta tasavvurlarni qaror toptirish.  
«Bu  radikal  guruhlarning  barchasini  birlashtirib  turadigan  umumiy  bir  xususiyat  bor.  Ular, 
mohiyat  e‘tiboriga  ko‗ra,  biz  uchun  mutlaqo  yot  bo‗lgan  bir  maqsadni  -  diniy  davlat,  musulmon 
xalifaligini o‗rnatishni targ‗ib qilmoqda»
12

 
XX  asrning  oxirgi  o„n  yili  jahon  xaritasini  o„zgartirib  yubordi,  sobiq  ittifoq  barham  topdi, 
mustaqil davlatlar shakllandi. O‘tgan o‘n yil O‘zbekiston uchun ham qutlug‘ keldi - mamlakatimiz Islom 
Karimov  rahbarligida  mustaqillikka  erishdi.  Milliy  davlatchilik  an’analarini  tikladi.  YAngi 
Konstitutsiya  qabul  qilindi,  jamiyat  hayotining  barcha  soha-larida  tub  o‘zgarishlar  sodir  bo‘ldi, 
mamlakatimiz o‘ziga xos va mos rivoj-lanish yo‘li - taraqqiyotning o‘zbek modelini amalga oshirishga 
kirishdi.  
SHu bilan birga o‗tish davri - faqat yutuq va muvaffaqiyat emas, balki hayotning barcha sohalarida 
totalitarizmdan qolgan salbiy oqibatlarga barham berish, fuqarolar ongini o‗zgartirish, iqtisodiy, siyosiy, 
ma‘naviy sohada tub burilishlar qilish bilan bog‗liq yillari bo‗ldi.  
Tarixdan  ma‘lumki,  umrini  o‗tab  bo‗lgan  g‗oya,  aqida  yoki  mafkura  taraqqiyot  nuqtai  nazaridan 
inkor etilishi natijasida g‗oyaviy bo‗shliq vujudga kelib, turli mafkuraviy tahdidlar kuchayishi mumkin. 
SHu  ma‘noda,  Prezident  Islom  Karimovning  quyidagi  fikrlari  katta  ahamiyatga  ega:  «Men  ko‗hna  bir 
haqiqatni  yana  eslatmoqchiman:  tabiatda  bo‗shliq  bo‗lmaganidek,  insonning  ongu  tafakkurida  ham 
bo‗shliq  vujudga  kelishiga  aslo  yo‗l  qo‗yib  bo‗lmaydi.  O‗zbekistonning  mustaqillikka  erishganidan 
keyingi taraqqiyoti bu fikrni naqadar to‗g‗ri ekanini yaqqol ko‗rsatadi».  
Foyaviy, mafkuraviy tahdid kuchaygan joyda aholi keng qatlamlari, xususan, yoshlarning qalbi va 
ongini  egallashga  qaratilgan  urinishlar  kuchayib  borishi  mumkinligi  chuqur  anglab  olindi.  Holbuki, 
bugungi  kunda  ayniqsa,  dunyoning  turli  mamlakatlarida  joylashgan,  katta  moliyaviy  va  mafkuraviy 
ta‘sir  kuchiga  ega  bo‗lgan  ba‘zi  g‗oyaviy  markazlar  istiqlolning  dastlabki  yillaridagi  vaziyatdan 
foydalanib,  o‗z  yovuz  niyatlarini  amalga  oshirish  yo‗lida  kechayu  kunduz  harakat  qiladilar.  Bu 
masalalar  Prezidenti-mizning  «O‗zbekiston  XXI  asr  bo‗sag‗asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik 
shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida atroflicha tahlil qilingan. 
 
O„zbekistonga xuruj qilayotgan mafkuraviy tahdidlar va ularning turlari: 
6.
 
Diniy ekstremizm va fundamentalizm. 
7.
 
Buyuk davlatchilik va agressiv millatchilik. 
8.
 
Narkobiznes. 
9.
 
Xalqaro terrozim. 
10.
 
Axloqsizlikni targ‗ib qiluvchi ommaviy axborot tizimlari. 
 
Tarixiy  qonuniyat:  bir  ijtimoiy  tuzumdan  ikkinchisiga  o‗tish  dav-rida  g‗oyaviy-mafkuraviy 
sohada ham muayyan muammolarni hal etish zaruriyati yuzaga keladi.  
Buni chizma shaklida quyidagicha izohlash mumkin.  
Mamlakatimizdagi  barqarorlik  va  mustaqillikni  mustahkamlashga  halaqit  beruvchilarning  niyati 
istiqlol  yo‗lidan  borayotgan  O‗zbekistondagi  g‗oyaviy  bo‗shliqni  o‗z  g‗oyalari  bilan  to‗ldirib, 
mamlakatimiz hududidagi beqiyos boyliklarga egalik qilish, xalqimizni o‗z siyosati, o‗z hukmronligiga 
bo‗ysundirishni,  eng  yomoni,  mana  shu  muhim  geopolitik  maydonni  o‗z  ta‘sir  doirasiga  olishdan 
iboratdir.  
Mustaqillikka 
erishganidan 
so‗ng  mamlakatimizda  eski  mafkura  asoratlariga,  quruq 
safsatabozlikka,  xalqimiz  manfaatlariga  zid  bo‗lgan  sobiq  siyosiy  va  mafkuraviy  tuzilmalarga  barham 
berildi.  Ijtimoiy  adolat,  xavfsizlik,  ijtimoiy  muhofaza,  millati,  dini  va  e‘tiqodidan  qat‘iy  nazar, 
                                                           
12
 Каримов И.А. Ўзбек халқи ќеч қачон, ќеч кимга қарам бЎлмайди. -Т.: Ўзбекистон, 2005. 53-бет. 

fuqarolarning  huquq  va  erkinliklari,  sha‘ni  va  qadr-qimmatini,  qonunning  ustuvorligini  ta‘minlashga 
qaratilgan  zarur  chora-tadbirlar  ko‗rildi.  Jamiyatdagi  sog‗lom  ijtimoiy-siyosiy  muhitni  buzadigan, 
odamlar  fikrini  chalg‗itadigan noxush holatlarga  barham berildi.  Mamlakat va xalq manfaatlari  yo‗lida 
birlashish,  hamjihat  bo‗lish,  barcha  imkoniyatlardan  ehtiroslarga  berilmay,  aql-idrok  bilan  foydalanish 
yo‗li tutildi.  
Aslida  «fundamentalizm»  va  «ekstremizm»  g‗oyalarining  Markaziy  Osiyoga  kirib  kelishidan 
ko‗zlangan  maqsad  -  dinning  qadriyatlarini  qaytadan  tiklash  emas,  balki  ana  shu  g‗oyalardan  vosita 
sifatida foydalanish orqali mintaqada beqarorlikni, diniy va millatlararo nizolarni vujudga keltirish, oxir 
-  oqibat  esa  hokimiyatni  qo‗lga  kiritishdir.  Bu  urinishlarda  tuzatib  bo‗lmas  fojialarga  olib  kelishi 
mumkin  bo‗lgan,  tarix  sahifasida  qolib  ketgan  xalifalikni  tiklash  g‗oyasiga  ham  zo‗r  berilishi  bilan 
bog‗liq.  Bugun  diniy  ekstremizm  va  fundamentalizm  oqimlari  tomonidan  Markaziy  Osiyoda  olib 
borilayotgan  qo‗poruvchilik  va  terroristik  harakatlar  ham  ana  shunday  maqsad,  yo‗l  va  uslublarga 
tayanmoqda.  
 O‗zlarini  islom  dinining  «himoyachilari»  deb  ko‗rsatishga  urinayotgan  terroristlarning  asl  niyati 
chinakam  islomiy  qadriyatlarni  tiklash  emas,  balki  hokimiyatni  qo‗lga  kiritish,  Markaziy  Osiyodagi 
mamlakatlarni o‗zlari tanlagan yo‗ldan qaytarish va butun mintaqada o‗z hukmronligini o‗rnatishdir.  
Umuman,  XXI  asr  boshidagi  mafkuraviy  kurashlarni  targ„ibotlar  kurashi  davri,  deb  tavsiflash 
mumkin. Bizga tahdid solayotgan mafkuralar «maftunkor», «ommabop» bo‗lib ko‗rinsada, puxta, ilmiy 
texnologik  asosga  qurilganligi  sir  emas.  CHunki  ularning  targ‗iboti  oldingi  va  hozirgi  zamonaviy 
mafkuraviy  kurash  usullariga  ega.  Faqat  g‗oya,  maqsad  shakli  o‗zgargan.  Masalan,  ana  shunday 
g‗oyalardan  biri  «Xalifalik  davlatini  tuzish»  g‗oyasidir.  «Xalifa»  so‗zining  lug‗aviy  ma‘nosi  - 
«o‗rinbosar»,  terminologik  ma‘nosi  «musulmon  jamoasi  va  musulmon  davlatining  diniy  hamda 
dunyoviy  boshlig‗i»  deb  talqin  etiladi.  Xalifalik  davlati  mutlaq  monarxiya  tipidagi  davlat  bo‗lib, 
davlatni  xalifa  boshqaradi.  Xalifalik  davlatining  boshqaruv  tizimi  islom-shariat  qonunlari  bilan 
belgilanadi.  «Hizbut-tahrir»  da‘vo  qilgan  xalifalik  davlati  esa  «Islom  Nizomi»  nomli  kitobida  bayon 
qilingan  qonunlarga  asosan  boshqariladi.  Payg‗ambarimiz  Muhammad  (s.a.v.)dan  rivoyat  qilingan 
ushbu Hadisi  sharifda aniq aytilgan:  «Xalifalik  mendan  so‗ng, ummatim ichida 30 yildir, undan keyin 
podshohlik  bo‗ladi».  Hozirda  «Hizbut-tahrir»  tarafdorlari  minglab  begunoh  kishilarning  nohaq  qoni 
to‗kilsa-da, xalifalik barpo etilishini majburiy, deb da‘vat etmoqdalar. 
«Hizbut-tahrir»  -  sunniylik  doirasidagi  diniy-siyosiy  partiya  bo‗lib,  1952  yilda  Quddus  shahrida 
tashkil  etilgan.  Bu  partiya  falastinlik  Taqiyiddin  Naboxoniy  (1909-1978)  tomonidan,  «Al-Ixvon  al 
musliman» rahbari Sayid Qutb bilan kelisha olmay  qolganlaridan keyin tashkil etilgan.  «Hizbut-tahrir» 
(Ozodlik)  partiyasi  g‗oyasiga  ko‗ra  musulmon  davlatlarida  mavjud  bo‗lgan  tuzumni  o‗zgartirib, 
«xalifalik»  davlatini  tuzishlik  va  bu  maqsadni  amalga  oshirishlik  uchun  «Islom  dini»  niqobi  ostida 
«Ozodlik»  partiyasiga  asos  solinib,  bu  «Hizbut-tahrir»  partiya-sining  idoraviy  to‗plamlari  va  boshqa 
qonunlari ishlab chiqilgan
13
... 
 
Download 5.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling