Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi
birga, insonga madaniy, badiiy-estetik oziq beradigan va hordiq chiqaradigan makon vazifasini
Download 5.27 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “bugungi kunda inson ma‟naviyatiga qarshi yo„naltirilgan, bir qarashda arzimas bo„lib tuyuladigan
- “axloqiy buzuqlik va zo„ravonlik, individualizm, egotsentrizm g„oyalarini tarqatish, kerak bo„lsa, shuning hisobidan
- “tobora kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo„lib yashashimiz zarur. Bunday tahdidlarga qarshi har
- “Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o„quv dargohlarida, balki radio-televidenie, matbuot, Internet kabi
- Ommaviy axborot vositalari va g„oyaviy ta‟sir ko„rsatish mexanizmlari (OAV).
birga, insonga madaniy, badiiy-estetik oziq beradigan va hordiq chiqaradigan makon vazifasini bajarmoqda”. Bunday imkoniyatlar televideniening aniq maqsadlarga qaratilgan g‗oyaviy targ‗ibotni amalga oshirishning muhim bo‗g‗iniga aylanishiga olib keldi. OAV muayyan axborotni etkazish, u yoki bu masalaga diqqatni qaratish orqali fuqarolarni uning atrofida birlashishlariga xizmat qiladi, turli ijtimoiy guruh vakillariga o‗z fikrlarini ifoda etish, fikrdoshlarni topish, yagona maqsad va e‘tiqod yo‗lida yakdillik bilan harakat qilishga zamin yaratadi. Afsuski, zamonaviy voqelik OAVning bu funksiyasi faqat ijobiy mohiyatga emasligini ko‗rsatmoqda. OAV g‗araz maqsadlarga xizmat qilganda bu yaqqol ko‗rinadi. SHu nuqtai nazardan qaraganda, nemis olimlarining ―Muhim axborotga ega bo‗lish hokimiyatga ega bo‗lish; muhim axborotni nomuhimidan ajrata bilish yanada ko‗proq hokimiyatga ega bo‗lish; muhim axborotni o‗ziga ma‘qul bo‗lgan ruhda tarqata olish imkoniyatiga ega bo‗lish yoki u haqida ko‗pchilikka hech narsa ma‘lum bo‗lmasligiga erishish ikki karra hokimiyatga ega bo‗lishni anglatadi‖,-degan fikrlari diqqatga sazovordir. Ma‘lumotlarga ko‗ra, 30 minutdan keyin axborotning 60 foizi, kun oxiriga kelib 40 foizi, hafta oxiriga kelib bor yo‗g‗i 10 foizi esda qoladi. SHundan kelib chiqib, ijtimoiy fikrga ta‘sir o‗tkazishga qaratilgan, turli g‗oyaviy mazmun bilan sug‗orilgan axborotlarni vaqti-vaqti bilan takrorlab turishga ham alohida e‘tibor berilayotganini ta‘kidlash zarur. OAV bu so‗z, obrazlar, musiqa va shu kabi shakllarda axborotlarning tezlikda uzatilishi va ommaviy tarqatilishini ta‘minlashga xizmat qiladi. Bunday vositalarga ommaviylik, davriylik, tinglovchi yoki o‗quvchilar auditoriyasining kengligi kabi xususiyatlar xosdir. SHu nuqtai nazardan qaraganda, hozirgi davrda OAV imkoniyati va qamrovining keskin darajada o‗sganini qayd etish lozim. OAVning qamrov darajasi, boshqacha aytganda, mahalliy, umummilliy, mintaqaviy yoki xalqaro (global) miqyosda faoliyat ko‗rsatishi ham uning ta‘sir doirasini ko‗rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi. 1980 yilda tuzilgan CNN (The Cable News Network) kompaniyasi bugungi kunda 24 soat davomida axborot uzatish bilan shug‗ullanadi. Hozirda CNN tarkibida yangilik tarqatish bilan shug‗ullanadigan 14 kabel va sputnik kanallari, 2 ta radiostansiya, 6 ta internet sayti va xorijiy mamlakatlardagi 37 ta byuro faoliyat ko‗rsatmoqda. CNN yangiliklari 38 ta kosmik yo‗ldosh signallari yordamida uzatiladi, uni 212 mamlakat va hududdagi 1,5 milliard odam bir vaqtning o‗zida ko‗rish imkoniga ega. 1991 yilning yanvarida aynan CNN yordamida Fors ko‗rfazida olib borilgan harbiy harakatlar to‗g‗ridan-to‗g‗ri teleefirga olib berildi. 2001 yilning 11 sentyabridagi terrorchilik amaliyoti haqidagi telesyujetlar ham shu kompaniya harakati tufayli butun dunyoga voqea sodir etilgan joydan to‗g‗ridan-to‗g‗ri uzatib turildi. Bi-bi-si eshittirishlar korporatsiyasiga (British Broadcasting Corporation, BBC) esa 20 dan ortiq telekanal va 14 ta radiokanal, bir qator saytlar va 40 yaqin jurnallar tegishlidir. VVS 40 dan ortiq tillarda eshittirishlar olib boradi. Reyter axborot agentligida dunyoning 91 mamlakatida 14 000 xodim, shu jumladan, 2300 jurnalist, fotomuxbir va videooperatorlar ishlaydi. Reyter agentligi dunyoning turli mamlakatlarida 197 ta byurosiga ega. Agentlik xabarlari bilan har kuni 1 milliard odam tanishadi. Ushbu misollar ham bugungi kunda OAV qamrov doirasining naqadar kengligini muayyan darajada tasavvur qilish imkonini beradi. Axborot inqilobining hosilasini juda katta axborotni qayta ishlash, xohlagan mamlakat kutubxonasida saqlanayotgan kitoblardan foydalanish imkoniyatining mavjudligida ham ko‗rish mumkin. Radio, televidenie, internet eng so‗nggi ilmiy yangiliklarni qisqa vaqtda butun dunyoga ma‘lum qilish, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san‘at yutuqlaridan har bir odam foydalana olishiga zamin yaratmoqda. Global miqyosdagi ijtimoiy va madaniy-ma‘naviy maydon shakllanayotgani madaniyatlararo va sivilizatsiyalararo aloqalarning mustahkamlanishiga yo‗l ochmoqda. YUqoridagi mulohazalar bugungi kunda turli shakl va mazmundagi axborotlar inson va jamiyat hayoti, taraqqiyoti va kamolotining zaruriy shartiga, OAV esa uni tarqatishning muhim bo‗g‗iniga aylanganini ko‗rsatadi. Xususan, radio, televidenie, gazeta va jurnallarsiz har qanday ma‘lumotli kishi ham murakkab ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlarda to‗g‗ri yo‗l topa olishi qiyin. OAV esa, kishilarga o‗zining individual tajribasi doirasidan chiqishga va keng qamrovli jarayonlar mohiyatini his qilishga yordam beradi. OAV odamlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq atvorlariga ta‘sir ko‗rsatishda katta imkoniyatlarga ega. OAVning bugungi kundagi rivoji g‗oyaviy ta‘sir o‗tkazishning miqyosi va ko‗lamining keskin darajada o‗sishiga olib keldi. OAV orqali amalga oshiriladigan va katta mablag‗ talab qilmaydigan g‗oyaviy ta‘sir va tazyiqning o‗ziga xosligi shundaki u o‗quvchi, tinglovchi yoki tomoshabinga sezdirilmasdan amalga oshiriladi va bevosita qurbonlarni keltirib chiqarmaydi. Axborot dushmanni yo‗q qilmagan, katta xarajatni talab qilmagan holda yuqori samara beradi. Bunda g‗oyaviy ta‘sir yo‗naltirilgan mamlakatlar aholisining xohish-istaklari, mentaliteti, mavjud muammolari jiddiy o‗rganilgan holda asosiy diqqat kishilar ongi va dunyoqarashiga ta‘sir ko‗rsatishga, shakllangan qadriyatlarni o‗zgartirishga, ularning regulyatorlik rolini kamaytirishga yoki butunlay yo‗qqa chiqarishga qaratiladi. Bunday ta‘sir o‗tkazishda davriy nashrlar tadrijiylik, radio va televidenie fragmentli uzatish usullaridan ustalik bilan foydalanishmoqda. Internet bugungi axborot makonining muhim bo‗g‗iniga aylandi. Hozirda internetdan nafaqat kompyuter tarmog‗i, balki kosmik aloqa yo‗ldoshlari, radiosignal, kabel televideniesi, telefon, uyali aloqa orqali ham foydalanish mumkin. Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bugungi kunda 1 milliard 250 million kishi u yoki bu darajada undan foydalanishi ham mazkur fikrlarning to‗g‗riligini tasdiqlaydi. Ana shunday vaziyatda I.A.Karimov ta‘kidlaganlaridek, shuni unutmaslik kerakki, “bugungi kunda inson ma‟naviyatiga qarshi yo„naltirilgan, bir qarashda arzimas bo„lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko„zga ko„rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo„lmaydigan ulkan ziyon etkazishi mumkin”. Mamlakatimiz Prezidentining bunday ogohlantirishlari jiddiy asosga ega ekanini internet keltirib chiqarayotgan bir qator salbiy jihatlarda ham yaqqol ko‗rinadi. Unda o‗z-o‗zini o‗ldirishning oson yo‗llarini targ‗ib qiluvchi 9 mingdan, erotik mazmunga ega 4 mingdan ziyod saytlarning mavjudligi ham buning isboti bo‗la oladi. Mutaxassislar o‗tkazgan maxsus tadqiqotlar mavjud saytlarning taxminan 12 foizi pornografik xarakterga egaligini ko‗rsatadi. Mavjud maxsus dasturlar internet tarmog‗idagi pornografiyaning faqat 90 foizinigina filtrlaydi, ya‘ni komyuterdan foydalanuvchining ixtiyoridan tashqarida ekranda paydo bo‗lishi yo‗liga to‗siq qo‗ya oladi. Demak, qanchalik harakat qilinmasin pornografik mazmunga ega saytlar internetdan foydalanuvchilarning xohish-istagidan qat‘i nazar, ularning diqqatini torta oladi. Jumladan, tadqiqotlarda 42 foiz bolalar va o‗smirlar onlayn pornografiya ta‘siriga tushishi qayd qilinadi. SHuningdek, mutaxassislar ma‘lumotlariga ko‗ra, internet orqali tarqatiladigan komyuter o‗yinlarining 49 foizi sezilarli darajada zo‗ravonlik va yovuzlik ko‗rinishiga ega, 41 foiz jangari (turli otishmalar va portlashlarga asoslangan) o‗yinlarda esa o‗yin qahramoni o‗z maqsadiga etishish uchun shunday zo‗ravonlik va yovuzlik sodir etadi. 17 foiz o‗yinlarda ana shu zo‗ravonlik va yovuzlikning o‗zi bosh maqsad hisoblanadi. Internet rivoji, u berayotgan imkoniyatlar o‗ziga xos qaramlikni ham keltirib chiqarmoqda. Ma‘lumotlarga ko‗ra, dunyo bo‗yicha internetdan foydalanuvchilarning taxminan 10 foizi unga mustahkam bog‗lanib qolgan. Manfaatdor ijtimoiy-siyosiy kuchlar internetdan g‗araz maqsadlarda ham ustalik bilan foydalanilayotganini ta‘kidlash zarur. Mazkur masalaga to‗xtalib YUrtboshimiz “axloqiy buzuqlik va zo„ravonlik, individualizm, egotsentrizm g„oyalarini tarqatish, kerak bo„lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an‟ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma‟naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo„porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo„ymaydi, -deb yozadi. Bu inson hayoti va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solayotgan va butun jahonda bamisoli balo- qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish hayotiy-amaliy ahamiyatga egaligini ko‗rsatadi. Ammo Prezidentimiz ta‘kidlaganlaridek, bizning milliy ruhimiz va tabiatimizga yot va begona bo„lgan ana shunday hodisalarni faqat tanqid va inkor qilish yoki ularni taqiqlashning o„zi etarli emas. Bunday xatarlardan hayotimizni asrash, ma‟naviy bo„shliqqa yo„l qo„ymaslik uchun avvalambor ezgu insoniy g„oyalar bilan xalqimizning ongu tafakkurini va saviyasini yuksaltirish, jahon maydonida yuz berayotgan keskin aql-zakovat va iste‟dod musobaqasida bellashuvga qodir bo„lishimiz shart. OAVning mafkuraviy jarayonlar rivojiga o‗ziga xos va kuchli ta‘sir o‗tkazayotganini quyidagi misolda ham ko‗rish mumkin. Ma‘lumki, bugungi kunda internet ommaviy axborot va kommunikatsiya tizimining eng tez rivojlanib borayotgan bo‗g‗ini hisoblanadi. Uning g‗oyaviy kurash va targ‗ibotning asosiy maydoniga aylanganini ekstremistik, shu jumladan, diniy ekstremistik qarashlarni targ‗ib qilishdagi o‗rni misolida ham ko‗rish mumkin. Diniy ekstremistlar va terrorchilarning internetdagi saytlarida tashkilotning maqsadi, tarixi hamda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy mazmundagi ma‘lumotlarga keng o‗rin beriladi. Jumladan, terrorchilar kuch ishlatish yo‗liga o‗tishga go‗yoki majbur bo‗lganlarini asoslashga, terror va qo‗poruvchilik harakatlarini ma‘naviy va axloqiy jihatdan oqlashga intilishadi, Bunda o‗zlarini ―ozodlik kurashchilari‖, ―partizanlar‖, ―qarshilik ko‗rsatuvchilar‖ deb atagan holda tinchlik tarafdori qilib ko‗rsatishga va ular bilan kurashda hukumat tinch yo‗l bilan harakat qilish lozimligini asoslashga intilish keng tarqalgan. Ular o‗z saytlarida hukumat tarafidan qo‗llanilayotgan usullarning ―vahshiyligini‖ yoritishga ham alohida e‘tibor beradilar. Tezkor axborotlar, yangiliklarning bir vaqtning o‗zida bir necha tilda va terrorchilar uchun foydali bo‗lgan yo‗nalishda berib borilishi, ularning faoliyatni oqlovchi, ―qahramonligini‖ kuylovchi qo‗shiqlar, kliplar berilishi bunday saytlarning mafkuraviy hamda emotsional ta‘sir quvvatini oshirishga xizmat qiladi. Bunday saytlar, bir tomondan, terrorchilik tashkilotining faol a‘zolariga, ikkinchi tomondan, terrorchilarning asl maqsad muddaolarini bilmaydigan, ularni ―kurashchilar‖, ―oppozitsiya‖ va shu kabi ijobiy maqom hamda sifatda qabul qilishga o‗rgangan odamlarga mo‗ljallangan bo‗ladi. Ulardan jamiyatda tegishli ijtimoiy fikrni shakllantirish va qarma-qarshi (dushman) tomonga psixologik ta‘sir ko‗rsatish, qo‗rquv, vahima tarqatish orqali ichki ikkilanishni keltirib chiqarishdek maqsadlar ko‗zlanadi. YUrtboshimiz ta‘kidlaganlaridek “tobora kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo„lib yashashimiz zarur. Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o„ylangan, puxta ilmiy asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluksiz ravishda olib boriladigan ma‟naviy tarbiya bilan javob berish mumkin”. Ana shunday sharoitda axborot xavfsizligini ta‘minlash uchun virtual olamda ham faol harakatlar olib borish zarur. SHundan kelib chiqib, ko‗pgina mamlakatlar axborot sohasida ustuvorlikni ta‘minlashni strategik maqsadlarga erishish, milliy xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta‘minlashning asosiy yo‗llaridan biri sifatida e‘tirof etmoqdalar. Globallashuv sharoitida ommaviy axborot vositalarining o‗rni haqida gap ketar ekan, masalaning yana bir muhim jihatiga e‘tibor qaratish lozim. I. Karimov ta‘kidlaganlaridek, “Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o„quv dargohlarida, balki radio-televidenie, matbuot, Internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot va ma‟lumotlarni olmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o„rab-chirmab, uni o„qima, buni ko„rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o„rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to„g„ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o„z oldimizga qat‟iy maqsad qilib qo„yganmiz va bu yo„ldan hech qachon qaytmaymiz”. ―Kimki axborotga ega bo‗lsa, u, dunyoga egalik qiladi‖,- degan fikr bugungi kunda barcha tomonidan e‘tirof etilgan. SHunday ekan, bugungi kunda har bir fuqaromizda axborot olami imkoniyatlaridan oqilona foydalanish malakasini shakllantirish hayotiy-amaliy ahamiyatga ega. Ana shunday yondashuvdan kelib chiqib, mamlakatimizda mustaqillik yillarida zamonaviy texnik uskunalarga, keng va chuqur fikrlovchi kadrlarga ega bo‗lgan, yangicha mazmun-mohiyat kasb etadigan ommaviy axborot vositalari faoliyati uchun hamma sharoitlar yaratildi. 1991 yilda respublikamizda bor-yo‗g‗i 1 ta teleradiokompaniya mavjud edi. Ma‘lumotlarga ko‗ra, hozirda mamlakatimizda 70 dan ziyod teleradio studiya, 29 ta kabel televideniesi faoliyat ko‗rsatmoqda. O‗zbekiston matbuotining 40 foizdan ortig‗i nodavlat nashrlaridir. Jami 612 ta gazetadan 11 tasi, 165 jurnaldan 2 tasi xususiy sektorga tegishlidir. Ommaviy axborot vositalari va ma‘naviy-g‗oyaviy tahdidlar haqida gap ketar ekan, eng avvalo g‗araz maqsadlarda amalga oshirilayotgan tashqi g‗oyaviy ta‘sirlar, mamlakatimiz hayotida sodir bo‗layotgan o‗zgarishlarga xolis yondashuv bayrog‗i ostida berilayotgan bir yoqlama axborotlar va baholarning oldini olish, ularga qarshi ob‘ektiv ma‘lumotlarni kishilarga tezkor, tizimli va tadrijiy etkazib berish masalasi dolzarb bo‗lib turganini alohida qayd etish zarur. SHunday vaziyatda har xil shaklu shamoyilda chiqayotgan bunday urinishlarga qarshi xalqimiz hayotida sodir bo‗layotgan ijobiy o‗zgarishlar haqida hikoya qiluvchi chuqur tahliliy ma‘lumotlarni muntazam berib borish, fuqarolarimizning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, turli ijtimoiy toifa va guruhlarning qiziqish va intilishlari, hayotiy manfaatlarini yoritish, fikrga qarshi fikr, g‗oyaga qarshi g‗oya, jaholatga qarshi ma‘rifat bilan kurashish har qachongidan ham hayotiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. SHu bilan birga, ommaviy axborot vositalari oldida O‗zbekistondagi vaziyat, turli sohalarda erishilgan yutuqlar bo‗yicha ob‘ektiv axborotlarni jahon jamoatchiligiga vaqtida etkazib berish hamda mamlakatdagi real voqelikning undan tashqarida ham to‗g‗ri va o‗rinli qabul qilishlariga erishishdek muhim vazifa borligini ham ta‘kidlash zarur. Prezidentimiz so‗zlari bilan aytganda, insonning qalbi va tafakkuriga bevosita ta‟sir o„tkazadigan bu sohadagi faoliyatimizni xalqimizning ma‟naviy ehtiyojlari, zamon talablari asosida yanada kuchaytirishimiz, yangi bosqichga ko„tarishimiz zarur. Aholining xolis va haqqoniy axborotga ega bo‗lishini ta‘minlash, yurtdoshlarimizning madaniy saviyasi, bilim va dunyoqarashini oshirish, qadimiy an‘analarimiz, tarixiy merosimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu bilan birga, fuqarolarimiz ongida demokratik qadriyatlar, grajdanlik pozitsiyasini shakllantirish, yosh avlodni vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashni ommaviy axborot vositalari oldida turgan yana bir muhim vazifa sifatida qayd etish mumkin. Inson kundalik hayotida turli narsalardan foydalanadi. Inson ularni iste‘mol qilar ekan har gal muayyan tartib-qoidalar, sodda qilib aytganda, madaniyatga rioya qiladi. Aytaylik, kiyim-bosh kiyish yoki oziq-ovqat iste‘mol qilishning o‗ziga xos madaniyati bor. Bugungi kunda axborot ham iste‘mol qilinadigan tovarga aylangan ekan, har bir inson yoki alohida olingan jamiyat o‗zida uni iste‘mol qilish madaniyatini tarbiyalashi lozim. Xo‗sh, axborot iste‘moli madaniyati deganda nimani tushunish kerak? Axborot iste‘moli madaniyati, eng umumiy ma‘noda, axborot oqimidan inson manfaatlari, kamoloti hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ma‘lumotlarni qabul qilish, saralash, tushunish va talqin etish xizmat qiladigan bilimlar, qobiliyat va malaka tizimini anglatadi. Inson o‗zida bunday madaniyatni tarbiyalashi uchun nima qilishi zarur? Buning uchun u yoki bu axborotni eshitar ekan, har bir inson hech bo‗lmaganda ―Bu axborotni kim uzatayapti?‖, ―Nima uchun uzatayapti?‖ va ―Qanday maqsadda uzatayapti?‖ degan savollarni o‗z-o‗ziga berishi, unga asosli javob topishga harakat qilishi kerak bo‗ladi. Ana shundagina turli g‗oyalar ta‘siriga tushib qolish, taqdim etilayotgan ma‘lumotlarga ko‗r-ko‗rona ergashishning oldi olinadi. SHakllangan axborot iste‘moli madaniyati milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimizga zid bo‗lgan xabar, ma‘lumotlarga nisbatan o‗ziga xos qalqon rolini o‗taydi, shaxs dunyoqarashi va xulqidagi sobitlikni ta‘minlashga xizmat qiladi. Ommaviy axborot vositalari va g„oyaviy ta‟sir ko„rsatish mexanizmlari (OAV). OAV - eng asosiy, qudratli va ta‘sirchan mafkura vositasidir. Ommaviy axborot vositalari - axborotni keng jamoatchilikka etkazib beruvchi matbuot, radio, televidenie kabi vositalarga nisbatan ishlatuvchi tushuncha. Ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayoti, fuqarolar faoliyatiga ta‘siri nihoyatda kuchliligidan ularga nisbatan «to„rtinchi hokimiyat» atamasi ham qo‗llanadi. Ommaviy axborot vositalari ommaning o‗ziga xos tarbiyachisi, muhim tadbirlarning tashkilotchisi, dolzarb muammolarni hal qilishning ta‘sirchan quroli bo‗lib xizmat qiladi. Aynan ommaviy axborot vositalari orqali milliy qadriyatlarimiz va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g‗oya va demokratik tamoyillar targ‗ib-tashviq qilinadi. Ommaviy axborot vositalari doimo demokratiya va so‗z erkinligining o‗ziga xos o‗lchovi, ko‗rsatkichi bo‗lib kelgan. Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari demokratik taraqqiyotni rag‗batlantiradi va mustahkamlaydi. OAVlarning ta‘sir kuchi unda beriladigan materiallarning xarakteriga bog‗liq bo‗ladi. SHu nuqtai nazardan qaraganda, berilayotgan materiallarning tezkorligiga, tahliliylik darajasiga alohida e‘tibor beriladi. Ommaviy axborot vositalarida materiallar ayni paytda qanday auditoriyaga mo‗ljallangani bilan ham ajralib turadi hamda iste‘molchining yoshi, jinsi, bilim darajasi, dunyoqarashi, milliy diniy mansubligi kabi omillarini hisobga olgan holda tuziladi. Q.Nazarovning fikricha, tarqalganlik doirasi, qamrov darajasiga qarab mahalliy, umummilliy, mintaqaviy ommaviy axborot vositalarini farqlash lozim bo‗ladi. Ayni paytda bugungi kunda global miqyosda faoliyat ko‗rsatayotgan va ta‘sir doirasi katta bo‗lgan telekanallar va axborot agentliklari borligini ham ta‘kidlash zarur 15 . Ijtimoiy hayotga ta‘siri haqida gap ketganda, ommaviy axborot vositalari kuchi jamiyat hayotidagi dolzarb masalalarni ko‗tarib chiqishida, uning samarali echimlarini topishga urinishida, mavjud muammolarga jamiyat a‘zolari diqqatini jalb qilishida, davlat organlari faoliyatini nazorat qilib borishida ko‗rinadi. SHu ma‘noda u xalqni hokimiyat bilan bog‗lovchi vosita, mexanizm sifatida chiqadi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida zamonaviy texnik uskunalar, keng va chuqur fikrlovchi kadrlarga ega bo‗lgan, yangicha mazmun-mohiyat kasb etadigan ommaviy axborot vositalari faoliyati uchun hamma sharoitlar yaratildi. O‗zbekistonda ommaviy axborot vositalarining huquqiy poydevori barpo etildi. O‗zbekiston Konstitutsiyasida ommaviy axborot vositalarining erkinligi, qonunga muvofiq ish yuritishi, senzuraga yo‗l qo‗ymasligi (67-modda) belgilab qo‗yildi. Bugungi kunda mamlakatimizda xususiy ommaviy axborot vositalari faoliyat yurita boshladi. Dunyoning turli mamlakat-laridan mustaqil ravishda axborotlar olish imkoniyati yuzaga keldi. OAV faoliyatini tartibga soluvchi bir qator qonunlar qabul qilindi. 15 Назаров Қ., Очилдиев А. Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунчалар, тамойиллар ва атамалар. – Т.: Янги аср авлоди, 2002, 125 – 126- бетлар. 1996 yil 26 avgustda Oliy Majlis tomonidan «Noshirlik faoliyati to‗g‗risida», «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‗g‗risida» qonunlar qabul qilindi. 1997 yil 24 aprelda «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‗g‗risida», 1997 yil 26 dekabrda «Ommaviy axborot vositalari to‗g‗risida» qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar O‗zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarining demokratik jamiyatga xos huquqiy asoslarini belgilab berdi. Bugungi kunda mamlakatimizda 490 ta gazeta va 138 ta jurnal ro‗yxatga olingan. 1996 yil may oyida O‗zbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‗llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg‗armasi ham tashkil qilindi. 1996 yilning may oyidan boshlab respublikamizda AQSHda joylashgan jahondagi yirik kompyuter tizimi «Internet» bilan aloqa o‗rnatib, undan eng muhim yangiliklarni qabul qilib olishning yo‗lga qo‗yilgani O‗zbekiston axborot vositalari tarixida ulkan yangilik bo‗ldi. «Internet»ning 50 million abonenti bo‗lib, jahondagi eng yirik axborot markazlari unga a‘zo bo‗lishgan. U butun dunyo bo‗yicha turli sohalardagi yangiliklar qabul qilib oladi hamda ana shu yangiliklarni o‗z abonentlariga tez va aniq etkazib beradi... 1996 yil 7 mayda «O‗zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotida televidenie va radioning rolini oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida» farmon qabul qilindi. Unda O‗zbekiston Davlat televidenie va radioeshittirish Qo‗mitasi O‗zteleradiokompaniyaga aylantirildi. Umuman, OAV mustaqillikni mustah-kamlash, xalqqa tezkor va ob‘ektiv xarakterdagi axborotlarni etkazib berish minbariga aylandi. Ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shakllantirish, milliy istiqlol mafkurasini xalqimiz, avvalo yosh avlod ongiga singdirishda alohida o‗rin tutadi. Ular Ma‘naviy-ma‘rifiy islohotlar jarayoni, bu boradagi muammolarni, jamiyat hayotining turli qirralarini tezkorlik bilan aks ettiradigan eng samarali vositadir. «To„rtinchi hokimiyat» hisoblangan OAVlari turli xil fikrlar, rang-barang qarash va yondashuvlarga keng yo‗l ochib berishi, hayotimizda yuz berayotgan yangilanish va o‗zgarishlarga odamlarning ongli munosabatini uyg‗otishi, xolislik va haqqoniyat tamoyillariga tayanib faoliyat yuritishi lozim. Prezident Islom Karimov 2002 yil 29 avgustda Oliy Majlis 9-sessiyasidagi «O‗zbekistonda demokratik o‗zgarishlari yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‗nalishlari» ma‘ruzasida belgilab berilgan 7 ta ustuvor yo‗nalishlardan biri, to„rtinchi yo„nalishda bevosita inson huquqlari va erkinliklarini, so‗z va matbuot erkinligini, shuningdek, oshkoralikni, jamiyatda o‗tkazilayotgan islohotlar-ning ochiqligini ta‘minlaydigan demokratik tamoyillarni so‗zda yoki qog‗ozda emas, amaliy hayotda joriy qilish zarurligini belgilab berdi. Bunda axborot sohasini jadal rivojlantirish, ommaviy axborot vositalari - matbuot, radio - televidenie faoliyatini erkinlashtirish fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish jarayonining uzviy tarkibiy qismiga aylanishi zarurligi aytib o‗tildi. Bunda Prezidentimiz tomonidan «Ommaviy axborot vositalari sohasida iqtisodiy munosabatlarning asoslari to‗g‗risida», «Teleradio faoliyati to‗g‗risida»gi qonunlarni qabul qilish zaruriyati haqida ham fikr yuritdi. 1 Ommaviy axborot vositalari jamiyatda yuz berayotgan voqea-hodisa-larni haqqoniy yoritish talab etiladi. Negaki, bordiyu berilayotgan xabarlar, ayniqsa xorijiy mamlakat xususiy teleradiokompaniyalari tomonidan uzatilayotgan noxolis ko‗rsatuv va eshittirishlar fuqarolar siyosiy ongiga boshqacha ta‘sir etishi mumkin. SHu boisdan ham Prezidentimiz Islom Karimov 2005 yil 12-13 may kunlari Andijon shahrida ro‗y bergan voqealar munosabati bilan 14 may kuni Oqsaroy qarorgohida, 17 may kuni O‗zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida mamlakatimiz va chet el jurnalistlari hamda diplomatik korpus vakillari uchun o‗tkazilgan matbuot anjumanlaridagi bayonotlar va muxbirlarning savollariga javoblari har qanday insonni befarq qoldirmaydi 16 . SHuningdek, davlatimiz rahbari 2005 yil 25 may kuni Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi bilan jo‗nab ketish oldidan Toshkent aeroportida ommaviy axborot vositalari uchun bergan intervyusi Andijondagi bo‗lib o‗tgan voqea-hodisalarga ob‘ektiv baho berdi. Albatta buni talaba-yoshlar siyosiy ongiga etkazish bugungi kunning talabidir. Download 5.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling