Тошкент кимё-технология институти
Download 0.87 Mb.
|
course work
- Bu sahifa navigatsiya:
- Distillyasiya yoki regenerasiya .
Distillyatsiya jarayoni. Filtirli suyuqlik distillyasiya gazlarining kondensator zsovutgichiga (KKDS) kelib tushadi. Kondensator bir birining ustiga joylashgan korpus sarglardan iborat topgan. Xar bir korpusda plastina paketlardan montaj qilingan seksiyalar mavjud. Filtrli suyuqlik xar bir sargning tepa qismga beriladi va uning pastgi qismidan chiqib, keying sargiga o‘tadi. Suyuqlikdan chiqayotgan dioksid uglerod maxsus kommunikasiyalar orqali xar bir sarganing tepa qismidan tortilgan trubalar orqali absorbsiyaga yuborilayotgan gazning umumiy kollektoriga beriladi. Xosil bo‘layotgan kondensat ojiz suyuqliklar distillyasiya minoralariga yuboriladi. Variant sifatida kondensat distillyasiya issiqlik almashish yo‘nalishi mumkin. KXDSdan o‘tgan filtrli suyuqlik 70-750C gacha qizdiriladi va distillyasiya issiqlik almashishish apparatini tepa sargasiga kelib tushadi. Bu yerda filtrli suyuqlik tepaga ko‘tarilayotgan bug‘gazli aralashma bilan tutashib, tepadan pastga qarab yuboriladi. TDS bir birining ustida joylashgan aloxida sarglardan iborat va ularning orasida kontakt elementlar o‘rnatilgan bo‘ladi. TDSda suyuqlikning tarkibidagi ammoniy karbonatlar parchalanadi va xosil bo‘layotgan dioksid uglerod eritmalaridan deyarli to‘liq chiqib ketadi. 95-980C gacha qizdirilgan suyuqlik oqimi TDSdan aralashtiruvchi yo‘llaniladi. Bu yerga 90-960C xaroratda oxakli suspenziya xam beriladi va uning tarkibida 200-240 n.d. miqdorda faolli CaO mavjud. Distillyasiya jarayonini intensifikasiyalash maqsadida xozirgi vaqtda ikkita aralshtiruvchi o‘rnatiladi, chunki bu aralashayotgan oqimlarning reaktordagi bo‘lish vaqtini oshiradi va reaksiyani to‘liq o‘tkazishga imkoniyat yaratadi. Gipsning reaktorlarda kristallanishi suspenziyalarning aralashtiruvchilarda 40-60 min bo‘lishini yetarli deb xisoblash mumkin va distiller tozalashga to‘xtatilish qadar ko‘proq vaqt ishlashiga imkoniyat yaratadi. Aralashtiruvchining pastgi qismiga beriladi va uning ichida pastdan yuqoriga kiradi. Buning natijasida bug‘gazli aralashma bilan kontaktlashib, yuqoriga ko‘tarilgan sayin suspenziyada ammiak chiqib ketishi kuzatiladi. Distiller xam orasida kontakt elementlar o‘rnatilgan aloxida sarglardan tuzilgan bo‘ladi. Distillerdan 108-1550C da chiqqan suspenziya birinchi bug‘latuvchiga keladi va undan keyin ikkinchi bug‘latuvchiga o‘tadi. Yirik zarrachalarni ajratish uchun bug‘latuvchilardan keyin suspenziya qumajratgichga beriladi (sxemada ko‘rsatimagan). Bundan keyin nasoslarning ishini yaxshilash uchun suspenziyaga sovuq suv qo‘shiladi (buning natijasida suyuqlikning xarorati va yopishqoqligi kamayadi xamda bug‘ ajralib chiqaishiga yo‘l qo‘yilmaydi) va shlam yig‘uvchiga («oq dengiz») yuboriladi. Kalsiy xlorid olinishi sxemalarida distiller suspenziyasi karbonizasiya qilinadi va buning natijasida 23-28 g/l tarkibli qattiq faza xosil bo‘ladi. Distillyasiya minoradagi bug‘ va bug‘gazli aralashmalar suyuqlikga nisbatan qarama-qarshi oqim bo‘lib yuradilar. Distillerning pastgi sargasiga bug‘ beriladi. Tarkibida ammiaki bor bug‘gazli aralashma distillerdan aralshtiruvchining gazli xajmiga kelib tushadi. Bu yerda aralshtiruvchi tomchiajratgich apparati sifatida xizmat qiladi. Ayrim sxemalarda bug‘gazli aralashma maxsus tamchiajratgich orqali distillerdan distillyasiya issiqlik almashinish apparatiga beriladi. Aralashtiruvchidan bug‘gazliaralashma distillyasiya issiqlik almashinish apparatining pastgi sargasiga yuboriladi va filrtli suyuqlik bilan 68-750S gacha sovutilishi uchun distillyasiya gazining kondensator-sovutgichiga yuboriladi. Bundan keyin bug‘gazli aralashma KXDSning sovutgich qismida suv bilan 58-600C gacha sovutiladi va absorbsiya bo‘limiga jo‘natiladi. KXDSning sovutgich qismda. Xosil bo‘lgan flegma suyuqlikning yig‘indisida yig‘iladi. Distillyasiya yoki regenerasiya. Eritmadan ammiakni distillyasiyasi yoki regenerasiyasi distillyasiya bo‘limidagi balandligi 45 m bo‘lgan distillyasiya minoralarida (minora tarkibiga distiller, issiqlik almashtirgich va gaz sovutgichi kiradi) amalga oshiriladi. NaHCO3 kristallaridan ajratilgan filtrat regenerasiyaga keladi. Ammoniy xloridni parchalash uchun uni oldindan ohak so‘ndirish jihozida tayyorlangan ohak suti bilan qayta ishlanadi. Bunda quyidagi reaksiya sodir bo‘ladi:
2NH4Cl + Ca(OH)2→ CaCl2 + 2NH3 + 2H2O NH4Cl ni parchalash asosan balandligi 15 m va diametri 2,8-3,0 m bo‘lgan distillerda o‘tkaziladi. Ta’sirlashmagan osh tuzi, kalsiy xlorid va boshqa tuzlar bo‘lgan qoldiq eritma suv bilan suyultiriladi, shundan so‘ng Quyqumli havzaga chiqindi sifatida tashlanadi, tarkibida NH3 va CO2 tutgan gaz esa absorbsiyaga yuboriladi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling