6-мавзу, 4-маъруза 2-соат


Download 79.64 Kb.
bet1/4
Sana05.05.2023
Hajmi79.64 Kb.
#1429981
  1   2   3   4
Bog'liq
Odilmatov Mahmud


TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI




MUSTAQIL ISH


MAVZU: GAZ-TURBINALI KURILMALARNI SIKLLARI
Bajardi: TVA - 8A guruh talabasi Odilmatov Mahmud


Qabul qildi: Bazarov B.I


Toshkent 2023


Mavzu :GAZ-TURBINALI KURILMALARNI SIKLLARI

    1. GTQning ishlashi.

    2. Issiqlik o‘zgarmas bosimda beriladigan GTQ sikli.

    3. Issiqlik o‘zgarmas hajmda beriladigan GTQ sikli.

    4. G‘ikllarning tahlili.

    5. GTQning regenerativ sikli.

    6. G‘ikllarining TV va TS diagrammalardagi tasviri.

    7. GTQlarning termik f.i.k. oshirish usullari.

Tayanch so‘z va iboralar.


GTQ qurilmalar; issiqlik berish; olinadigan ishlar; diagrammalari; termik f.i.k.; regenerasiya.

Gaz turbinali qurilmalar sikli.


Porshenli ichki yonuv dvigatelning asosiy kamchiligi uning quvvatini cheklanganligi va ishchi jismni atmosfera bosimigacha adiabatli kengayishiga imkon yo‘qligi. Bunday kamchilikka gaz turbinali qurilma ega emas, bu yerda ishchi jism sifatida suyuq va gaz simoin yonilg‘ilarning yonish maxsullari hisoblanadi. Yuqori bosim va haroratga ega bo‘lgan ishchi jism yonish kamerasidan soploga yo‘naltiriladi, bu yerda ishchi jism kengayadi va katta tezlik bilan gaz turbinani kuraklariga keladi va uni kinetik energiyasi mexanik ish olish uchun foydalaniladi.
Gaz trubinali qurilmalar (GTQ) porshenli ichki yonuv dvigatellarga qaraganda bir muncha afzalliklarga ega. Gaz trubinalar nisbatan kam og‘irlikka ega, o‘lchamlari kichik, ilgarilanma-qaytma harakatlanuvchi detallari yo‘q, ular yuqori aylanish chastotasi va katta birlik quvvat bilan tayyorlanishi mumkin.
Broq katta qo‘zg‘almas GTQlarni yaratganda bir qator masalalarni hal qilish kerak. Qurilmaning g‘iklini termik f.i.k.ni oshirish uchun gazni turbinaga kirishidagi boshlang‘ich haroratini oshirish kerak, eng yuqori haroratda barqaror va uzoq muddat ishlashini ta’minlash uchun o‘tga chidamli po‘latlarni yaratishni talab qiladi. Yuqori haroratda ishlayotgan gaz turbinalarining elementarini suvda va gazda sovitish yetarlicha ishonchli emas va konstruktiv nuqtai nazaridan murakkab.
Gaz turbina qurilmasining tejamkorligiga uning tizimiga kiruvchi kompressorning samaradorli f.i.k.ini oshirish katta ahamiyatga ega. Gaz turbinasining quvvatini taxminan 75% kompressorni harakatga keltirish uchun sarflanadi, shuning uchun GTQning umumiy f.i.k. kompressorning ishini takomillashganligi bilan aniqlanadi.
GTQ yonilg‘ining o‘zgarmas bosim va o‘zgarmas hajmdagi yonishida ishlashi mumkin. Unga mos keladigan ideal g‘ikli issiqlikni o‘zgarmas bosimda va o‘zgarmas hajmda beriladigan g‘ikllarga bo‘linadi.

Download 79.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling