Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

 
146
Raxmonov D.A. Innovatsiya: mohiyati va uni moliyalashtirish asoslari. “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron 
jurnali. № 1, fevral, 2019-yil. 
147
Global innovation index 2018 Energizing the World with Innovation.


324 
a) innovatsiyalarni yangiliklardan ajratib turuvchi mezonlarning huquqiy-
me’yoriy asoslarini ishlab chiqish;
b) innovatsiyalarni moliyalashtirishda vaqt, resurs tejamkorligini inobatga 
olish. Natijada, quyidagi tendentsiyalar yuzaga keladi:
− ilmiy sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan mahsulotlar yaratilishiga sharoit 
yuzaga keladi;
− ilmiy sig‘imkorlik mavjud/katta bo‘lgan tovar (ish, xizmat)larda 
raqobatbardoshlik darajasi yuqori bo‘ladi va natijada yashirin monopoliyaga 
erishiladi;
− ilmiy sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarilishida 
tannarxning kamayib borishiga erishiladi;
− inson intellektidan cheklanmagan tarzda foydalanish sharoitida 
“cheklangan resurslar bilan cheklanmagan ehtiyojlarni qondirish” masalasi 
o‘zining ijobiy yechimini topadi;
− ilmiy sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan maxsulotlar yaratilishi orqali savdo 
balansida ijobiy qoldiq yuzaga keladi. 
Innovatsion faoliyatni yanada takomillashtirish uchun quyidagilarni amalga 
oshirish maqsadga muvofiq:
- mamlakatimizda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash 
maqsadida innovatsiya faoliyati infratuzilmasini tashkil etish;
- ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari uchun soliq imtiyozlari 
tizimini tashkil etish, ya’ni Soliq kodeksiga ITTKI uchun xususiy xarajatlarni 
rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan soliq imtiyozlarini kiritish;
- amaldagi qonunchilikka ko‘ra, innovatsion faoliyat subyektlariga yaratilgan 
shart-sharoit va moliyalashtirish tizimini mamlakatning muayyan rivojlantirish 
bosqichi darajasi, fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish sur’atlari, natijalari va 
ularning iqtisodiy amaliyotga tatbiq etilish holatidan kelib chiqib, davriy ravishda 
takomillashtirib borish; 


325 
- xo‘jalik yurituvchi subyektlarning innovatsion faolligini oshirish, xususan, 
innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish orqali iqtisodiyotni modernizatsiya
diversifikatsiya qilish, texnik-texnologik yangilash lozim.
Innovatsion 
faoliyatning 
huquqiy 
asoslarini 
shakllantirish 
va 
takomillashtirish quyidagilarni nazarda tutib amalga oshirilishi maqsadga muvofiq: 
- ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion faoliyat to‘g‘risida qonun ishlab chiqish; 
- milliy innovatsion tizimning tuzilishi va amal qilishi bo‘yicha davlat 
innovatsion siyosatini ishlab chiqish; 
- oliy ta’lim muassasalarining o‘z ixtirolaridan foyda olish huquqini 
ta’minlash; 
- innovatsion rivojlanish, texnologik va iqtisodiy muhit uchun tizimli qonunlar 
ketma-ketligini ishlab chiqish; 
- intellektual 
mulk 
natijalaridan 
foydalanish 
va 
uning 
himoyasi 
mexanizmlarini huquqiy jihatdan mustahkamlash; 
- yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish uchun soliq, bojxona, 
tarif, narx va amortizatsion siyosatni amalga oshirish bilan bog‘iq huquqiy 
asoslarni ta’minlash; 
– xususiy investitsiyalar, davlat va xususiy investorlarni qo‘shma innovatsion 
loyihalarga jalb qilish muhitini shakllantirish uchun huquqiy-nomativ bazani ishlab 
chiqish. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling