Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlashda huquq va deontologiya asoslari
Download 0.76 Mb.
|
Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlashda huquq va deontologiya a
- Bu sahifa navigatsiya:
- ΙΙ BOB. TIBBIYOT TARAQQIYOTI, DЕONTOLOGIYA VA HUQUQ
Nazorat savollari:
1. Bo'lajak mutahassisni tarbiyalash ishida shaxsni rivojlanishiga qanday qaraladi? 2. Deontologik nuqtai nazardan tibbiyot bilimini egallovchi mutahassis qanday fazilatlarga ega bo'lishi kerak? 3. Jamiyatimizda deontologik axloq prinsiplariga qanday masalalar kiradi? 4. Tibbiyot institutlari talabalarini huquqiy tarbiyalashga qanday talablar qo'yiladi? 5. Talabalarni huquqiy tarbiyalash va o'qitishda vrachlar faoliyatini huquqiy boshqarishni o'rgatadigan fanning nomini ayting. 6. Demokratik jamiyatda shaxsning hulq-atvorini boshqaruvchi axloq normalarining o'rnini ko'rsating. 7. Axloq turkumi nima bilan xarakterlanadi? 8. Axloq va huquq tushunchalarining bir - biridan farqini ko'rsating. 9. Kasbiy axloq tushunchasi nima? 10. Tibbiyot hodimlarining kasbiy faoliyatini bajarishlaridagi etik normalar yig’indisini ko'rsating. 11. Vrachlik kasbiga yuksak axloqiy talablar va uning prinsipial hususiyatlari nimada? 12. Deontologiya qoidalariga rioya qilmaganda bemorlar va ularning qarindoshlari hamda tibbiyot hodimlari o'rtasida qanaqa nizolar kelib chiqishi mumkin? 13. Tibbiyot institutlarida talabalarni deontologik tarbiyalashning vazifalarini ko'rsating. 14. Bo'lajak vrachni o'qitish va tarbiyalashda o'qituvchilarning rolini ta'riflang. ΙΙ BOB. TIBBIYOT TARAQQIYOTI, DЕONTOLOGIYA VA HUQUQ Tibbiyot hodimlari moral-etik va huquqiy boshqaruvining uzluksiz bog’liqligi sog’liqni saqlash amaliyotida o'z aksini topgan. Aholiga qoniqarsiz tibbiy yordam ko'rsatish sifatining yomonligi to’g’risidagi shikoyatlarning tahlili ko’pchilik hollarda vrachlarga xos etika va deontologiya qoidalarining buzilishi, ya'ni tibbiyot hodimlari faoliyatidagi moral-etik normalarga rioya qilinmasligi tufayli sodir bo'ladi. Ayrim vrachlarning axloqiy hulqini pastligi ularni o'z kasbiga sidqidildan yondoshmasligi, kasbiy huquqbuzarligi natijasida ko'zga tashlanadi. O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligiga muvofiq bunga qo'yidagilar kiradi: bemorga yordam ko'rsatmaslik, o'z hizmat mavqeini suiste'mol qilish, vrachlik kasbi bilan qonunsiz shug’ullanish, qonunsiz abort, o'z mansabiga sovuqqonlik bilan qarash, sanitariya-gigiena va sanitariyaga qarshi kurash choralarining buzilishi, hujjatlarni qonunsiz holda tuzish va sohta hujjatlarni berish, fuqarolarda ruhsatsiz tajriba o'tkazish, tovlamachilik va pora olish, kuchli ta'sir etuvchi narkotik va psihotrop moddalarni ishlab chiqish, saqlash, tarqatish, hisob-kitobini olish, bir joydan boshqa joyga qonunsiz holatda tashish va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Yuqorida keltirilgan, tibbiyot hodimlari kasb huquqbuzarligining turlari asosida tibbiyot hodimlarining maldakasini etishmasligi emas, balki o'z kasbiga sidqidildan yondoshmasligi axloqiy hususiyatlarining pastligi bilan bog’liq bo'ladi. Vrachlar, bemorlar va ularning qarindoshlari o'rtasidagi nizolar ko'pincha davolashning nohush oqibatlari tufayli yuzaga kelib, ularning sabablari xilma-xil bo'ladi. Ular kasallikning hususiyatlari, o'tishi, bemorlarning vrachlarga o'z vaqtida murojaat qilmasligi, tibbiyot hodimlarining noto'g’ri harakatlari va malakasining etishmasligi, normal ishlashi uchun sharoit bo'lmasligi kabi masalalar bilan chambarchas bog’liq bo'ladi. Yuqorida keltirilgan ko’pchilik faktorlar birgina kasallikning o'zida ham ob’yektiv va sub'yektiv holatlarni farqlanishi qiyinligi, qoniqarsiz oqibatning asosiy sababini ajratish murakkabligi tufayli anchagina qiyinchiliklar tug’iladi. Tibbiyot taraqqiyoti tibbiyot hodimlari faoliyatidagi bunday qiyinchiliklarni kamaytirishi va hatto kuchaytirishi ham mumkin. Tibbiyotda bir xil kasallikni davolash, diagnostika usullarini tanlashda ham standart yondashish bo'lishi mumkin emas, chunki vrach kasallikni emas, balki kasalni davolaydi. Tibbiyot faoliyatining bunday hususiyati operativ va konservativ davolash usullarini qo'llanilishini taqozo qiladi. Hozirgi zamon tibbiyot fani va amaliyotining yangi yutuqlarini qo'llaganda ham ko'pgina kasalliklarni diagnostikasi va davolash usullariga doir mahsus qoida va instruksiyalar etishmasligidan kasalliklarning nohush oqibatlarini baholashda ko'pgina qiyinchiliklar tug’iladi. Bunday holatda tibbiyot amaliyotini yangi fan yutuqlari asosida huquqiy boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Qonunchilik kodeksida tibbiyot hodimlarining bemorlar, ularning qarindoshlari bilan o'zaro aloqasi, bemorlarni davolash jarayonida tibbiyot va farmatsevtika hodimlarining o'zaro aloqalari to’g’risidagi masalalar aniq belgilangan. Kodeksda tibbiyot fanining reanimatsiya, organ va to'qimalarni ko'chirib o'tqazish, evtanaziya, sun'iy urug’lantirish, kuchli ta'sir ettiruvchi dorivor moddalari kabi yutuqlaridan foydalanish o'z aksini topgan. Tibbiyot fanining rivojlanishi tufayli bu kodeksdagi masalalar ham yangilanib, takomillashib boradi. Tibbiy huquqning halharo va ilmiy jamiyatini yaratilishi tibbiyotni jadal rivojlanish sharoitida keng jamoatchilik orasida huquqni boshqarish muammosiga katta qiziqish uyg’otmoqda. Bizning fikrimizcha, tibbiyot fani yutuqlari nazaridan alohida fuqaroning huquqi jamiyat manfaatlariga qarshi bo'lmagan holda hisobga olinishi zarur. Tibbiyotda jamiyat manfaatlari fuqarolarning manfaatidan anchagina ustun turadi (yuqumli kasalliklarni oldini olish tadbirlarini belgilash, tanosil va ruhiy, mahov kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni majburiy davolash, SPID - kasalligi havfini oldini olish maqsadida unga shubha tug’ilganda majburiy tekshiruv o'tkazish va b.q.lar). Mamlakatimizda keng demokratik qayta qurish jarayonida hozirgi davrda, huquqiy davlat tuzishda tibbiyot amaliyotiga fanning yutuqlarini kiritishni boshqarishda tibbiyot huquqining yangi normalarini qayta ishlab chiqish mavjud. Hozirgi davrda atrof muhitni radiaktiv moddalar bilan zararlanishini va radiaktiv nurlanishlardan aholini hayoti hamda sog’ligini huquqiy muhofazalash masalasiga ham alohida ahamiyat berilayotganligi hammaga ma'lum. Ayniqsa, radiaktiv moddalarni tibbiyotda qo'llanilish qoidalarini aniq huquqiy boshqarish masalasi hamda radiaktiv moddalar bilan davolash yoki radiaktiv nurlanishlardan samarasiz himoyalanish, noto'g’ri foydalanishning yuridik javobgarlik normalarini ishlab chiqishga alohida ahamiyat berilishi talab qilinadi. Inson shaxsini o'zgartiruvchi ayrim radikal davolash usullari (psixoxirurgiya, gemikorporektomiya va b.q.lar)ni huquqiy boshqarishni bilish ham muhimdir. Gen xirurgiyasi va injenerligi sohasidagi ishlarni boshqarishni ham huquqiy normalari talab qilinadi. Alkogol, psixotrop moddalar va dorivor moddalar bilan zaharlanishda aholi sog’ligini himoya qilinishini moral-etik va huquqiy boshqa rish masalasiga ham alohida e'tibor berilishi zarurdir. Alkogolik, narkoman va toksikomanlarni mahsus kasalxonalarda majburiy davolashni tashkil qilinishi hozirgi davrda ta'sir qiluvchi qonuniyatlar asosida shakllantirilgan. Bunday holatga hayot uchun atrofdagilarga havf soladigan ayrim kasalliklarni davolash va oldini olish, ayniqsa sil, ruhiy va tanosil kasalliklari, mahov, shuningdek karantin kasalliklari kiradi. Tibbiyot fani yutuqlarini huquqiy boshqarish davolash usullari qo'llanishida chegaralanishni bildirmaydi. Bu o'z navbatida bemorlar va ularning qarindoshlarini davolash natijalariga asossiz talablar qo'yilganida vrachlar ustidan qonunsiz shikoyatlarning sababchisi bo'lishi mumkin. Tibbiyot fanining rivojlanishi bilan bemorlar va ularning qarindoshlarini davolash effektiga bo'lgan talabi ham ortib boradi. Bunday hollarda hatto malakali mutahassislar davolaganda ham davolashning nohush oqibatini baholashda ko'pincha anchagina qiyinchiliklar tug’iladi. Bu birinchi navbatda tibbiyot faoliyatining hususiyati (davolab bo'lmaydigan kasalliklar, ayrim diagnostik va davolash usullarini ko'tara olmasligi bemorni o'z vaqtida kasalxonaga yotqizmaslik, bitta kasallikda har xil diagnostik va davolash usullarining mavjudligi va b.q.lar) bilan bog’liq bo'lib, davolashning nohush oqibati vrachning harakatiga bog’liq bo'lmay, balki o'tkazilgan vaqtiga to'g’ri keladi. Ba'zan buni baholashda tibbiyot amaliyotida nohush oqibatning yuridik tasnifi bo'lmagani uchun ham qiyinchiliklar tug’iladi. Bemorlar va ularning qarindoshlarida mahsus bilimlar va sub'yektiv qarashlari yetishmasligi tufayli davolashni ob’yektiv baholash qiyinroq bo'ladi. Shuning uchun ham sud - tibbiyoti ekspertizasi va boshqarma komissiyalarida tibbiyot hodimlarining kasb huquqbuzarligi holatidagi ishlarni ko'rib chiqishda kattagina qiyinchiliklar kelib chiqishining sababchisi bo'lishi mumkin. Bunday holat faqatgina tibbiyot hodimlarining kasbiy hususiyatlarigagina emas, balki tibbiyot fani va amaliyoti taraqqiyoti bilan bog’liq moral-etik va huquqiy boshqarishning hozirgi normalarini anchagina orqada qolishidir. Tibbiyotda ilmiy tekshirish ishlarini moral-etik va huquqiy normalari boshqarishining orqada qolishi tibbiyot fani va uning yutuqlaridan foydalanishga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bunday holat davolash effektining yetarli emasligi to’g’risidagi asossiz shikoyatlarning sababchilaridan biri hisoblanadi. Shunday qilib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq aholini hayoti va sog’ligini saqlash masalasi birinchi navbatda tibbiyot hodimlariga bog’liq bo'lib, tibbiy yordam sifati va madaniyatini doimiy oshirilishi har bir tibbiyot hodimining muhim burchi hisoblanadi. Bu o'z navbatida qonunning axloqiy normalarida tibbiyot hodimlarining kasbiy faoliyatiga nisbatan talablarni kuchaytirilishini taqozo qiladi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling