Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

 Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Шифман И.С. Финикийская историческая традиция в гре-
ческой и римской историографии (проблемы происхождение 
финикинян). – М.: 1981. стр. 103-106.
2. Шифман И.С. Финикийские морeходы. – М.: 1965.
3. Харден Д. Финикийцы. основатели Карфагена. – М.: 2002. 
Asosiy sanalar
Mil.avv. 1600-yil
Yamxad davlatini xettlar bosib 
olishi.
Mil.avv. III ming yillik 
Ebla davlati.
II ming yillikning II yarmi
Ugarit shahar-davlati.
Mil.avv. XIII–VII ming yilliklar Iyerixon dehqon va chorvadorlar
madaniyati.
Mil.avv. XIII asr
Falastinga qadimgi yahudiy
qabilalarining bostirib kirishi. 


170
Mil.avv. X–IX asrlar
Tir-Sidon davlatining gullab-yash- 
nashi. 
Mil.avv. IX asr
Damashq podsholigining 
yuksalishi. 
Mil.avv. 722-yil
Osuriya tomonidan Isroilning
bosib olishi.
Mil.avv. 622-yil
Yahudiya podshosi Iosiyning diniy
islohoti.
Mil.avv. 587-yil
Iyerusalimning Bobil tomonidan
bosib olinishi.
 
Mil.avv. VIII asrda
Finikiyaning Osuriyaga qaram
bo‘lishi.


171
ARABISTON YARIM OROLINING QADIMGI DAVLATLARI
1. Arabiston yarim orolining geografik o‘rni, iqlimi va 
aholisi. 2. Qadimgi Arabiston tarixi manbalari va tarix-
shunosligi. 3. Shimoliy Arabiston. 4. Janubiy Arabistonning 
qadimgi davlatlari. 5. Janubiy Arabistonning ijtimoiy-siyo-
siy hayoti. 6. Qadimgi Arabiston madaniyati.
1. Arabiston yarim orolining geografik o‘rni, iqlimi va 
aholisi. Arabiston Osiyodagi eng katta yarim orol bo‘lib, 3 mln. 
kv. km. hududni egalladi. Uni g‘arbda Qizil dengiz, sharqda 
Fors va Ommon qo‘ltiqlari suvi, janubda Adan qo‘ltig‘i va Ara-
biston dengizi yuvadi. Arabistonning bepoyon yerlari asosan 
sahrolardan iborat. Daryolar juda kam. Arabiston yarim oroli 
tabiiy boyliklarga boy. Qadimgi Sharqda o‘zining ziravorlari va 
xushbo‘y moylari bilan mashhur edi. Ziravor va xushbo‘y moy-
lardan qadimda kosmetika va parfyumeriya, tibbiyot, diniy ma-
rosimlarni bajarishda foydalanilar edi. Arabistonni o‘rab tur-
gan dengizlardan qadimdan marvarid, qizil va qora marjonlar 
olingan. Yarim orolda oltin, temir, qalay, mis va surma kabi 
xomashyolar va tuz konlari mavjud bo‘lgan. Janubiy-g‘arb va 
janubiy-sharqda qadimda oq marmar, oniks, alebastr; qimmat-
baho toshlar: zumrad, berulliy, feruza bor edi.
Arabiston yarim orolining mil.avv. IV–III ming yilliklardagi 
aholisi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar yo‘q. Shumer hujjatlari-
da Magan va Meluxxa (ba’zi tadqiqotchilar, Magan Arabiston 
yarim orolining sharqi deb taxmin qiladilar) mamlakatlari 
to‘g‘risida eslatib o‘tiladi. Arabiston yarim orolining janubiy 
qismidan ilk paleolit olduvay qu rollariga o‘xshash qurollar 
topildi. Bu topilmalar Janubiy Arabiston Sharqiy Afrikadan 
boshlangan odamlarning tarqalish yo‘llaridan biri bo‘lgani-
dan guvohlik beradi. 
Qadimda Arabiston yarim oroli sersuv daryo vodiylari, boy 
flora va faunaga ega bo‘lgan. Mil.avv. VIII–VII ming yilliklar-
dan boshlab yarim orolning qariyb butun hududida qurg‘oqchil 
iqlimning mutlaq hukmronligi boshlanadi. Odamlar Arabiston-
ni tashlab ketadilar. Faqat uning chekka janubida va sharqida 
bir-biri bilan zaif aloqada bo‘lgan alohida suvli voqiylar saqlanib 
qoldi. Mil.avv. VII ming yillikdan odamlar yashashi uchun qulay 


172
iqlim faqat yarim orolning sharqiy qirg‘oq qismi (Qatar), keyin 
mil.avv. VII–VI ming yilliklarda Markaziy va Janubiy Arabiston 
(Rub-el-Xalilning janubiy-sharqiy qismi, Shimoliy Yaman, Xad-
ramaut)da vujudga kelib, bu hududlarga odamlar kelib o‘rna-
sha boshladilar. Arabistonning sharqiy qirg‘og‘i bo‘ylab mil.
avv. V ming yillikdan El-Ubayd madaniyati, keyin Jamdat-Nasr 
madaniyati odamlari joylashdilar. Sharqiy Arabiston mil.avv. III 
ming yillikda, ayniqsa, Magan (Omon) Janubiy Mesopotamiya, 
Baxrayn va Shimoliy-G‘arbiy Hindiston bilan dengiz savdosiga 
kirishdi.
Arabiston yarim oroli orqali qadimda xalqaro savdo yo‘llari 
o‘tgan. Bosh savdo yo‘li «Xushbo‘y moy yo‘li» deb atalgan. Ara-
bistonning janubiy-sharqi ikki yo‘nalish bilan Sharqiy O‘rtayer 
dengizi qirg‘og‘iga borgan: biri G‘azo va Ashdod, boshqasi Tir va 
Damashqqa yo‘nalgan. Yana bir savdo yo‘li Janubiy Arabiston-
dan Janubiy Mesopotamiyaga boradi. Bundan tashqari, Ara-
biston qadimda Qizil dengiz va Fors qo‘ltig‘i dengiz yo‘li orqali 
Sharqiy Afrika va Hindiston bilan savdo aloqalarini o‘rnatdi.
Mil.avv. II ming yillikda Arabiston yarim orolining janu-
biy-g‘arbida somiy tillarining janubiy arab shevasida so‘zlasha-
digan Saba, Mina va Kataban qabila ittifoqlari vujudga keldi. 
Arabistonning shimoliy-g‘arbiy qismida mil.avv. II ming yillikda 
midianit qabilalari yashagan. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling