Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
3. Shimoliy Arabiston. Qadimda Shimoliy Arabiston, Suriya
va Mesopotamiya cho‘llarining keng hududlarida odamlar ning asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lib, it, eshak, yirik shoxli qoramollar boqilgan. Bu hududda yashagan urug‘ va qabilalar qabilalar ittifoqi va kichik davlat birlashmalarini shakllantirdi- lar. Ularning hokimlari Osuriya hujjatlarida «podsho» deb ata- ladi. Qadimgi davlat birlashmalari asta-sekin harbiy san’atni va qo‘shinlarni shakllantirdi. Jangchilar tuyaga ikki kishidan minib, jang qilganlar. Arablar o‘zlarining kuchli qo‘shnilari Misr, Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘ining kichik davlatlari va Osuriya bilan xalqaro ziddiyatlarga tortildilar. Mil.avv. 853-yilda Qarqara yonida bo‘lgan jangda osuri- yaliklar arablar ham kirgan koalitsiya qo‘shinlarini tor-mor keltirdilar. Arablar Osuriyaning Misrga qarshi yurishida aso- siy to‘siq bo‘ldi. Bir necha arab qabilalari Osuriya tomonidan bo‘ysundirildi. Arablar Osuriyaning raqiblari – Misr va Bobil bilan ittifoq tuzdilar. Osuriya mil.avv. VII asrning 40-yillari- da arab qabilalarini to‘liq bo‘ysundi rishga erishdi. Yangi Bo- bil podsholigi ham Arabiston yarim orolida o‘rnashib olishga urindi. Bobil podshosi Nabonid Shimoliy Arabistonning bosh markazlaridan biri Teymu shahrini bo‘ysundirib, uni o‘z qa- rorgohiga aylantirdi. U bir necha qo‘shni arab qabilalarining shahar va vodiylarini o‘ziga bo‘ysundirdi. Mil.avv. VI asrda Eron davlatining kuchayishi va uning bosqinchilik yurish- 174 lari rejasi Arabiston yarim orolining shimoliy qismida forslar- ning arablar bilan aloqa o‘rnatishiga olib keldi. Shartnoma bo‘yicha, fors podshosi Kambiz mil.avv. 525-yil Misrga yurish vaqtida arab nabateylari yeridan o‘tish huquqini va sahrodan o‘tish davrida ulardan fors qo‘shinlarini suv bilan ta’min- lashga roziligini oldi. Arab qabilalari Ahmoniylar Eroniga bir yilda ming talant (30 tonna) miqdorida xiroj to‘lash majburi- yatini oldilar. Arablar harbiy yurishlar davrida fors qo‘shin- lari tarkibiga kiritildilar. Ular yunon-fors urushlari davri- da fors qo‘shinlari tarkibiga kirdilar. Arablar G‘azo shahri uchun jangda (mil.avv. IV asr) yunon-makedon qo‘shinlariga qattiq qarshilik ko‘rsatdilar. Aleksandrning Misrga yurishi davrida arab qabilalarining ko‘pchiligi yunon-makedonlarga bo‘ysunmadi. Shu sababli, Aleksandr Sharqqa yurishini tu- gatgach, unga bo‘ysunganliklarini bildirib, elchi yubormagan arablarga qarshi yurish qilishni rejalashtirdi. Lekin bu reja amalga oshmay qoldi. Arablar Rim davlati bilan ham aloqa- da bo‘l dilar. Rimliklar mil.avv. 106-yillar atrofida Yamanga suqilib kirishga urindilar va Nabatey davlatini bosib oldilar. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling