173
Bundan
tashqari, Arabiston va arablar to‘g‘risidagi qisqa
ma’lumotlar Osuriya, Yangi Bobil, Eron
manbalari va Bibliya-
da uchraydi. Antik tarixchilar Gerodot (mil.avv. V asr)ning
«Tarix» asarida, Feofrastning (mil.avv. IV asr) «O‘simliklar tari-
xi», Diodor ning (mil.avv. I asr) «Tarixiy kutubxona» va Strabon-
ning (mil.avv. I asr) «Geografiya» kabi asarlarida qadimgi Ara-
biston to‘g‘risida qator ma’lumotlar bor.
Yevropada Daniya qiroligining 1760-yilda olim Karsted Ni-
bur boshchiligidagi ilmiy ekspeditsiyasi Yamanni tekshirdi.
K.Nibur bu sayohat to‘g‘risida «Arabiston va unga qo‘shni
mamlakatlarga sayohat tasviri» asarini yozadi.
Qadimgi Ara-
biston tarixi XIX asrdan boshlab atroflicha o‘rganila boshlan-
di. Dastlab epigrafik yozuvlar tadqiq qilindi. XX asrda Belgiya,
Fransiya, Avstriya va AQShda Arabiston xalqlarining geografi-
yasi, madaniyati, dini va xronologiyasiga bag‘ishlangan qator
tadqiqotlar e’lon qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: