Vi-bob. Korxonaning mehnat resurslari


Takror hosil qilish funksiyasi


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/21
Sana05.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1273919
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
6-BOB. KORXONANING MEHNAT RESURSLARI (3)

Takror hosil qilish funksiyasi. U xodimlarni, shuningdek, ularning oila 
a’zolari ish kuchini takror hosil qilish, avlodlarni qayta ko’paytirish uchun zarur 
bo’lgan hayotiy ne’matlar bilan ta’minlashdan iborat. Unda ehtiyojlarning ortib 
borishidan iborat iqtisodiy konun o’z ifodasini topadi. Mazkur funksiya ish haqining 
davlat tomonidan tartibga solinishi xususiyatlari, ishchi kuchini takror hosil qilishni 
ta’min etadigan miqdorini qonuniy darajada belgilash bilan mustahkam bog’liqdir. 
Rag’batlantiruvchi funksiya. Uning mohiyati xodimning ish haqi mehnat 
hissasiga, korxonaning ishlab chiqarish - xo’jalik faoliyati natijalariga bog’likligini 


belgilashdan iborat bulib, bunda ko’rsatib o’tilgan bog’liqlik xodimni o’z mehnati 
natijalarini doimiy ravishda yaxshilab borishga kiziqtirishi lozim. 
O’lchov - taqsimlash funksiyasi. Bu funksiya iste’mol fondlarini yollanma 
xodim bilan ishlab chiqarish vositalari egasi o’rtasida taqsimlash vaqtida jonli 
mehnat o’lchovini aks ettirish uchun mo’ljallangan. Ish haqi vositasida ishlab 
chiqarish jarayoni har bir ishtirokchisining mehnat hissasiga muvofiq uning iste’mol 
fondidagi alohida ulushi aniqlanadi. 
Resurslarni joylashtirish funksiyasi. Mazkur funksiyaning hozirgi vaqtdagi 
ahamiyati jiddiy ravishda oshib bormokda. Uning mohiyati mehnat resurslarini 
mintaqalar, iqtisodiyot tarmoklari va korxonalar bo’yicha qulay ravishda 
joylashtirishdan iborat. Mehnat resurslarini joylashtirish sohasidagi davlat 
boshqaruvi eng kam darajaga keltirilgan sharoitda, mehnat bozorining samarali 
faoliyat ko’rsatishini shakllantirish faqat har bir yollanma xodimda o’z mehnatini 
sarflash joyini tanlashda erkinlik bulgan taqdirdagina turmush darajasini oshirishga 
intilish, ish topish maqsadida uni boshqasi bilan almashtirishni taqozo kiladi, bu ish 
esa, uning ehtiyojlarini eng ko’p darajada qondirishi lozim. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling