[Wqaratqich kelishigi→Wegalik qo‘shimchasi]=qaratuvchi-qaralmish


Download 26.83 Kb.
bet2/3
Sana23.02.2023
Hajmi26.83 Kb.
#1224148
1   2   3
Bog'liq
so\'z birikmasi

[ism kelishik qo‘shimchasi → fe’l] LSQining birinchi uzvida bir necha kelishik umumlashmasi aks etganligi uchun uning mazmuniy jihati ham murakkab tabiatli bo‘ladi va uni harakatga tortilgan yoki bog‘liq obyekt (joy-harakat) ko‘rinishida berish mumkin. Bu ma’noviy umumiylik [ism kelishik qo‘shimchasi → fe’l] LSQining xususiy ko‘rinishlarida alohida kelishik qo‘shimchalari tomonidan juz’iylashtiriladi, muayyanlashtiriladi.
Masalan:
[ism tushum kelishigi → fe’l = vositasiz obyekt-harakat];
[ism jo‘nalish kelishigi → fe’l = vositali obyekt/hol-harakat];
[ism chiqish kelishigi → fe’l = ajralish manbai/o‘rin-harakat] va hokazo.
[ism → ot] LSQi. Bu LSQ SB [W→W] qolipining alohida turi, u bitishuv aloqali nutqiy hosila berishi bilan xarakterlanadi. [ism→ot] qolipining nutqiy voqelanish bosqichlarini quyidagicha aks ettirish mumkin (40-jadval):
40-jadval

[ot→ot]

[sifat→ot]

[olmosh→ot]

[son→ot]

[ravish→ot]

asal bola

yaxshi bola

o‘sha bola

birinchi bola

pinhona suhbat

[ism → ot] LSQ i uzvlari o‘zaro hech qanday morfologik vositasiz bog‘langan, bunday unsurlarda birikuvning joylashuv omili kuchayadi, shakliy omil o‘ta kuchsizlanadi. Ma’noviy omil esa birikuvni ta’minlovchi ustuvor omil maqomida bo‘ladi: MJSh-MJSh. [ism → ot] LSQining mazmuniy jihati birikuvchi unsurlarning ma’noviy munosabatini umumlashtirish asosida lisoniy mazmunga ega bo‘ladi, LSQni yaxlit holda [ism → ot = sifatlovchi – sifatlanmish] tarzida ta’riflash mumkin.


Ma’lum bo‘ladiki, LSQdan sintaktik shakl yasovchigina joy oladi. Lug‘aviy shakl yasovchi esa LSQ uchun ahamiyatsiz, ikkiyoqlama tabiatga ega bo‘lgan lug‘aviy-sintaktik shakllar qolip uchun ahamiyatli vositalar sifatida lug‘aviy shakllar tizimining chekkasidan joy oladi.

Download 26.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling