Xalqlarining musiqa adabiyoti


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana15.09.2020
Hajmi0.61 Mb.
#129905
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MDH


Mixail Ivanovich Glinka 

 

Mixail  Ivanovich  Glinka  1804  yilda  Smolensk  guberniyasining 

Novospassk qishlog’ida tug’ildi. 

     Bo’lajak kompozitorning bolalik yillari dvoryanlar xonadonida o’tdi. Unga 

dehqonlar  hayoti  yaqin,  dehqonlar  qo’shig’i  hamroh  edi,  qishloq  manzarasi 

esa  uni  doim  maftun  etardi,  shu  sababdan  ham  ular  kompozitor  hayotida 

chuqur iz qoldirdi. 

     Yosh  Glinkada    musiqa  qobiliyatining  rivojlanishida,  krepostnoy 

(tutqunlikdagi)    mashshoqlar  orkestri  juda  katta  rol  o’ynaydi.  U  mana  shu 

orkestr  cholg’ulari,  xalq  qo’shiqlari  va  chet  el  kompozitorlari  asarlari  bilan 

tanishishga  muyassar  bo’lgan  edi.  Glinka  Asosiy  Pedagogika  instituti 

qoshidagi    Oliyjanob  pansionda    tarbiyalandi  va  dunyoviy  ma’lumot  oldi. 

Glinka  pansionda  o’qigan  davrida  ham  musiqa  bilan  shug’ullanishini 

to’xtatmadi: fortepianodan xususiy darslar oldi, musiqa nazariyasini o’rgandi, 

musiqa ijodi sohasida qobiliyatini sinab ko’rdi va oradan ko’p vaqt o’tmasdan 

iqtidorli pianinochi  va yosh kompozitor sifatida  shuhrat qozondi. 

   Pansionni  tugatgach,  u  yosh  musiqa  ishqivozlari  guruhi  bilan  yaqinlashdi, 

bu munosabat musiqa faoliyatining  yanada rivojlanishiga imkon berdi . 

    Uning      «Qiynama  meni»,    «Oh,  go’zal  qiz»  singari  romanslari  mana  shu 

davrda yozilgan edi. 

  Glinka  zamondosh  kompozitorlar  ijodini  diqqat  bilan  kuzatib  bordi,  rus 

maishiy musiqa asarlari namunalarini  tingladi. 

   Glinkaning  Kavkazga borishi unda boshqa xalqlar milliy san’atiga hurmat- 

ehtirom  bilan qarash hissini uyg’otdi. 

    1830  yilda  Glinka  musiqa  ma’lumotini    yanada  oshirish  maqsadida  chet 

elga  boradi,  to’rt  yil  davomida    o’tkazgan    sayohatining  uch  yili  Italiyada 

o’tdi . 

  Glinka    Italiya  opera  san’atini  sinchiklab  o’rgandi.  Uning    o’zi    bu 

to’g’risida  ,  «Ovozni  boshqarish  bilan  aloqador bo’lgan  juda  injiq   va qiyin 

san’at bilan va uni qanday qilib  yozish yo’llari bilan  tanishdim», deb yozadi. 

    Glinka    chet  eldan  o’z  vataniga  kamolga  yetgan    va  murakkab  ijodiy  

yo’lga puxta tayyorlangan  usta kompozitor  bo’lib qaytadi. 



 

12 


    Glinka    Peterburgga  qaytib  kelgandan  keyin    opera    uchun    juda  ko’p 

syujetlar    axtardi  va  pirovardida  «Ivan  Susanin»  syujetiga  opera  yozishni 

ma’qul  deb    topdi.  Kompozitor  opera  asarining  birinchi  sahifasiga  bu  opera 

qahramonlik  operasi  ekanligini  yozib  qo’ygan  edi.  «Ivan  Susanin»  operasi  

1836 yilda birinchi marta sahnaga qo’yilgan edi. 

   Nikolay I opera  nomini  «Ivan  Susanin» demasdan  ,     «Podshoh  uchun jon 

fido»  deb  o’zgartirishga  buyurdi.  Rus  musiqa  san’atida  sahnaga  birinchi 

marta  oddiy  erkak  kishi  ,  dehqonlardan  chiqqanligi  uchun  u  zodagonlar  

doimiy saroy opera teatri sahnasida faqat italyan operalarini eshitardilar,  shu 

sababdan    rus  xalq  ruhiga  yaqin  bo’lgan  bu  mashhur  operaga    munosabat 

ijodkor kutganicha bo’lmadi.    

          



 

«Ivan Susanin»  operasining qisqacha mazmuni. 

 

Rus xalqi 1611- yilda Pol’sha bosqinchilariga qarshi kurash uchun kuch 



to’playdi. Kuzma Mininning  vatanparvarlik chaqirig’iga javoban butun xalq 

vatan    mudofaasiga  otlanadi.  1612-    yilda  Minin  va  Pojarskiy    rahbarligida 

ko’ngilli  xalq  lashkarlari    Moskvani    bosqinchilardan  ozod  qiladilar,  ammo 

rus  yerining    ayrim  joylarida    partizan  guruhlari  polyaklarga  qarshi  kurash 

olib boradilar. 

   Kostromali dehqon Ivan Susanin oilasi ham bu kurashdan chetda qolmadi. 

Susaninning qizi  Antonidaning  kuyovi  Bogdan Sabinin  ham partizanlarga 

qo’shilib ketdi. 

    Polyak  panlari    g’alabani  bayram  qilib,  o’g’irlangan  o’ljalarni  taqsimlay  

boshladilar, ammo shu paytda  Moskva  ostonalarida  polyak  qo’shinlarida 

polyak qo’shinlarining tormor qilinganligi haqida xabar keladi. Polyak panlari 

qaytadan Rus’ yeriga yurish boshlaydilar. Polyaklar to’satdan Susanin  uyiga 

bostirib  kiradilar  va  Moskvaga  olib  boradigan    yo’lni    ko’rsatishni  talab 

qiladilar.  Susanin  polyaklarni    o’tib  bo’lmaydigan    botqoqlik  o’rmonga 

boshlaydi, o’g’li Vanyani esa xalq lashkarlariga xabar bergani yuboradi.  

    Polyaklar  Susanin  maqsadini  payqagach  ,  uni  o’ldiradilar.  Xalq  Qizil 

maydonda o’z sarkardalari Minin va Pojarskiyni g’alaba bilan tabriklaydi. 

* * * * * * * 

  

«Ivan  Susanin»  operasida  oddiy  dehqon  Ivan  Susanin  obrazi  –  xalq 



qahramoni    va  vatanparvarlikning    badiiy  jihatdan  umumlashgan  obrazi 

darajasiga ko’tarilgan. Glinkaning  xalqchillikni juda  yaxshi tushunishi  rus 



 

13 


klassik  musiqasining  eng  muhim  omillaridan  hisoblangan  -    haqqoniylik   va 

realizmning hayotda barqaror  o’rin olishiga olib keladi. 

   Operada    xalq    sahnalari    katta  o’rin  egallaydi.  Lirik    ohangdor    xalq 

qo’shiqlari  ruhida  yozilgan  «Mening  vatanim»  nomli  dehqonlar  xori  opera 

g’oyasining asosiy musiqaviy ifodasi hisoblanadi. 

   Xor  sahnalari    rus  xalq    qo’shiqlariga  asoslangan  bo’lib,  xalq  hayotining 

hilma  –  xil  tomonlari  bilan  chambarchas  bog’langandir.  Polyaklar 

ko’rsatiladigan  sahnalarga  polonez,  mazurka,  krakovyak    singari  G’arbiy 

Yevropa  raqslari ham kiritilgan . 

  Opera hayotbaxsh,  yorqin xarakterli  «Senga Shon-sharaflar bo’lsin» nomli 

mashhur  xor  bilan  tugaydi.  Bu  xor  dushmanlarni  ona  yerdan  haydagan  

mardona  xalqning    yuksak  vatanparvarlik  kayfiyati,  tantanasi  va  shodligini 

ifodalaydi . 

   Glinka «Ivan Susanin» operasi sahnaga  qo’yilganidan keyin bir necha  yil 

davomida  kompozitor  va pedagog sifatida jiddiy ishladi. 

    1842  yilda  kompozitor  o’zining    ikkinchi  operasi  -  «Ruslan  va 

Lyudmila»ni yozib tugatdi.  

 

«Ivan Susanin» operasi (2) 

 

Glinkaning  “  Ivan  Susanin”  operasi  –  qahramonona  xalq  musiqa 

dramasidir.  Opera  uchun  mazmun  sifatida  1612  yilda  haqiqatdan  ham  ro’y 

bergan  Ivan  Osipovich  Susanin  ismli    dehqonning  qahramonlik  jasorati 

xizmat  qilgan.  Rostdan  ham  polshalik  qo’shinlar  Moskvadan  haydalgandan 

keyin  ham  ag’da-bag’da  to’dalashib  to’qnashuvlarda  qatnashgan.  Ana 

shunaqa  bir  to’da  Domnino  qishlog’iga  tinchlikbuzarlik  bilan  kelib, 

Moskvaga yo’l ko’rsatib berishni talab qiladi. Ivan Susanin esa ularni Moskva 

o’rniga  yovvoyi,  o’tib  bo’lmas  quyuq  o’rmonga    olib  borib  qo’ygan  va  u 

yerda polshalik dushmanlar, polshalik bezorilar qo’lidan jasurona vafot etgan. 

 

Opera  1836-  yilning  27-  noyabr  kuni  Peterburgda  katta  teatr  sahnasida 



birinchi marta qo’yilgan. 

 

 

 

“ Ivan Susanin ” operasi. 

 

4 pardali, epilogli opera.Yangi matn muallifi S. Gorodetskiy. 



 

14 


 

Qatnashuvchi shaxslar: 

 

Ivan Susanin-Domnino qishlog’ida yashovchi bir dehqon…..….bas. 



Antonida, uning qizi………………………………… .…..…soprano. 

Vanya, Susaninning boqib olgan o’gay o’gl….…………….kontralto. 

Bogdan Sobinin, Antonidaning kuyovi, askar…….……………tenor. 

Rus askari…………………………………………………………bas. 

Polshaning  elchisi……………..……………………….………tenor. 

Sigizmund, Polshaning qiroli ………………………………...…..bas. 

 

Xorlar: dehqonlar, askarlar, polshalik qizlar, ritsirlar. 



Polshalik yigit-qizlar baleti. 

Opera xarakati 1612- yilning kuzi va 1613- yilning qish paytida sodir bo’ladi. 

I parda – Domnino qishlog’ida, 

II parda-Polshada, 

III parda- Susanin xonadonida, 

IV parda-o’rmonda, 

Epilog- Moskva shahrida, Qizil Maydonda bo’lib ko’rsatiladi. 

 

 



********** 

 

Domnino  qishlog’ining  aholisi  qaytib  kelgan  askarlarni  quvonch bilan  kutib 



oladi.  Bittagina  Antonida  mayus  va  hafa.  U  o’z  qallig’i  Bogdan  Sobinin 

qaytishini intizor kutmoqda. Bogdan qo’shin bilan 

Polsha  shlyaxtasiga  qarshi  kurashgani  ketgan.  Antonida    to’y  haqida  

qayg’uradi.Otasi-  hozir  to’y  mavridi  emas,  vaqt,  zamon  notinchligini 

tushuntiradi. To’satdan daryo tomondan qo’shiq ovozi eshitiladi. Bu  Sobinin 

o’z  qo’shini  bilan  qaytmoqda.U  hush-xabar    olib  keldi:  Minin  va  Pojarskiy 

boshchiligida  xalq  orasidan  ixtiyoriy  qo’shin  yig’ilishini  aytadi.  Dehqonlar 

xursand,  endi  ular  polshaning  hukmdorligidan  ozod  bo’lishadi.  Ivan 

Susaninning  to’yini  qoldirish  haqidagi  qarori  Sobinin  kayfiyatini  ancha 

tushurib  qo’yadi,  chunki  u  jona-jon  qishlog’iga    aynan  to’yni  ko’zlagan 

maqsadida  qaytib  kelgan.  Oldin  Susanin  to’yni  qilmay  turamiz  deb  turib 

oladi, ohiri to’yga roziligini berib, ikki yoshga oq fotiha beradi. 



 

15 


 

Qirol  Sigizmund  III  qadimgi  Polsha  qasrida  o’z  g’alabasiga  ishongan 

shlyaxta  to’y-tantana  qilmoqda.  Muhtasham  zalda  son-sanoqsiz  mehmonlar; 

birin-ketin  Polsha  xalq  raqslari  ijro  etilmoqda.  Birdaniga  raqslar  to’xtatilib, 

zalga  elchi  kirib  keladi.U  Polsha    qo’shinlarini  mag’lubiyatga  uchrashini  va 

Moskvadagi polsha otryadni asirga olinishi haqida xabar yetkazadi.Polyaklar 

hayron.Ritsarlari qurollarini olib, Rossiya tomonga otlanmoqchi. 

 

Susaninlar  oilasida    to’y  taraddudi.Vanya  Sobinin  bilan  birga 



polyaklarga  qarshi  urushga  bormoqchi.  Kirib  kelgan  dehqonlar  kelin  va 

kuyovni  tabriklaydi.  Birdaniga    otlar  chopishi  eshitiladi.Eshik  ochilib,  uy 

ichiga  polyaklar  kirib  kelishadi.  Moskvaga  yetib  borish  uchun  ularga  yo’l 

boshchi  kerak.Dushmanlar  Susaninni  ko’ndirmoqchi,  lekin  u  sotqin  emas,  u 

vataniga  sodiq  inson.Oxiri  yovlar  unga  oltin  taklif  qilishadi.Susanin  ichidan 

bir  narsa  o’ylab  qo’yib,  rozilik  beradi.U  polyaklarni  Moskva  o’rniga  ,o’tib 

bo’lmas  quyuq  o’rmonga  olib  borib  qo’ymoqchi.  Dushmanlarga 

bilintirmasdan,  Vanya  o’g’lini  sekin  Minin  va  Pojarskiy  oldiga  jo’natib 

yuboradi.  Vanya  ularni  ogohlantirib  qo’yishi  kerak  bo’ladi.  Susanin    esa 

polyaklarga yo’l ko’rsatgani ketadi. Sobinin dushmanlar orqasidan , qo’shinni 

yig’ib,  quvlaydi.  Vanya,  Minin    va  Pojarskiylarga    yetib  olib,  Susaninni 

tezroq qutqarish to’g’risida yolvorib, yordam so’raydi. 

 

O’rmonda charchagan  va muzlab qolgan polyaklar ketmoqda. Susanin 



haqida  yo  adashgan,  yo  ataylab  noto’g’ri  yoldan  ularni  boshlab  ketganini  

gumonsiraydilar.  To’htab,  polyaklar  dam  olmoqchi.  Ular    uhlab  qolganda, 

faqat Susanin o’yg’oq. U baribir o’ladi. Оmon qolmasligini sezib turgan. Jon 

berish o’gir, lekin o’z vatanparvarlik  burchini  u ado etdi. Bo’ron ko’tariladi. 

Uyqudan  turganda    polyaklar  noto’g’ri  joyga  borib    qolganlarini    sezib 

qolishadi.  Susanin  ularga  bor  hakiqatni  ochadi.  Jahli  chiqqan  polyaklar  uni 

o’ldirishadi.  

   Moskvada,  Qizil  Maydonda  xalq  rus  qo’shinlarni  muborakbod    etmoqda 

.Vanya,  Antonida  va  Sobinin  ham  shu  yerda.  Xalq  polyaklardanozod 

bo’lishni  va  g’alaba  qozonish  uchun  o’z  jonini  fido  qilgan  qahramonlarini 

sharaflaydi. 

 

 

 

 

 

 


 

16 


“Ivan Susanin” operasining musiqasi haqida. 

I parda Domnino qishlog’ida bo’lib o’tadi. I parda – bosh qahramonlar 

va  rus  xalqining    tavsifnomasidir.  U  kengaytirilgan  xor  introduksiyasidan  

boshlanadi.  Inrtroduksiya  2  ta  xordan-    ayollar  va  erkaklar  xoridan  iborat. 

Erkak  xori  rus  xalqining  botirligini,  jasurligini  ifodalasada,  ayollar  xori  esa 

jonli,  chaqqon,  ravshan,  bahoriy  davra  qoshiqlariga  yaqin.  Raqs  fe’liga  ega. 

Introduksiya  katta  xor  fugasi  bilan  yakun  topadi.Introduksiyadan  keyin 

Antonidaning  Kavatina  va  rondosi  keladi.  Unda  rus  qizining  nozikligi, 

sodiqligi, samimiyligi va soddaligi ifoda etiladi.Kavatinadan keyin  rondo ijro 

etiladi.  Musiqaning  tavsifi  ravshan,  hursand.  Qiz  bolaning  shoirona  orzu- 

havaslar  dunyosini  ochib  beradi.  Sobinin,  Antonida  va  Susanin  “Ne  tomi, 

rodimi’y”,  degan  trioni  ijro  etishadi.  Ushbu  trioda  yoshlar  Susanin-  otadan 

to’yiga roziligini olishadi. 

II Parda. Polsha qiroli Sigizmund qasrida hashamatli (muhtasham) bal. Butun 

parda birinchiga nisbatan kontrast xosil qiladi. Sodda qo’shiq o’rniga,  xorlar 

o’rniga,  asosan  raqs  musiqasi  ijro  etiladi.  Birin-  ketin  4ta  raqs-  polonez, 

krakovyak,vals, mazurka  yangrab, oziga xos deyarli faqat polsha raqslaridan 

tarkib topgan simfonik syuitasini tashkil etadi. 

III  parda  Ivan  Susanin  oilasida  to’yga  tayyorgarlik  ko’rish.Birdaniga 

polyaklar  paydo  bo’lib,  Moskvaga  yol  ko’rsatib  berishni  talab  qilishadi.  III 

parda  “Kak  mat’  ubili  ”  deb  nomlangan  Vanyaning  qo’shig’i  bilan 

boshlanadi.  Bu  qo’shiq  yetim  Vanyaning  tavsifnomasidir.Vanya  uni  asrab 

qolgan  Ivan  Susanin  otasiga    o’z  minnatdorligini,  sodiqligini  bildirib, 

kuylaydi.  Vanyaning  qo’shig’i  rus  xalq  qo’shiqlariga  yaqin.  Undan  keyin 

Vanya, Antonida va Sobinin ijrosida kvartet yangraydi.  

     Polyaklar bilan  Susanin sahnasi. 

Polyaklar  tavsifnomasi  polonez  va  mazurka  usulu  orqali    yoritiladi.  Susanin 

esa xotirjam va jasurona tarzda polyaklar bilan so’zlashadi. Uning musiqasida 

“Slavsya”  xorning  mavzusi  paydo  bo’ladi.  Uyidan  ketishdan  oldin  Susanin 

qizi  bilan  hayrlashadi.  Musiqa  g’amgin  va  motam  ranglarga  bo’yaladi. 

“Razgulyalisya,  razlivalisya  vodi  veshniye  po  lugam.”    Nomli  to’y  xori  – 

operaning  eng  dramatikdamlardan  biri.  Xor    5  hissali(5/4)  o’lchovida,  rus 

xalq to’y marosimlarida kelin- kuyovni sharaflash qo’shiqlariga yaqin. 

   Antonidaning    “Ne  o  tom  skorblyu,  podrujen’ki  ”romans-  qo’shig’i 

operaning eng shoirona  va ajoyib sahifalarifdan biri. 

IV parda. Vanya ijrosida “Bedniy kon’ v pole pal” degan hayajonli rechitativi 

yangrab o’tadi. Susanin rechitativ va ariyani kuylab o’tadi. Aynan  shu ariyasi 


 

17 


ichida    Susaninning    qahramon  va  vatanparvar  qiyofasi  ohirigacha    ochib 

beriladi.  “Ti’  vzoydyosh    moya  zarya  !”,  nomli  ariyasida  o’limni  sezib, 

Susanin  uydagilarini  eslab,  ular  bilan  hayolan  xayrlashib,  o’z  o’limini 

mardlarcha kutib oladi. “Tuda zavyol ya vas, kuda i  seriy volk ne zabegal ” 

so’zlarida,  polyaklar  uni  o’ldirib  yuboradi.Orkestrda  shu  payt  –  “Vniz  po 

matushke,  po  Volge”  ko’shig’ining  ohanglari  yangrab  o’tadi/  Epilog. 

Moskvada,  Qizil  maydonda  xalq  o’z  qahramonlarini  sharaflaydi.  “Slavsya” 

nomli xori ijro etiladi. Xor marsh janriga yaqin. 

 

 

 



«Ruslan va Lyudmila»  operasining qisqacha mazmuni 

 

Voqea  Kiyevda  bo’lib  o’tadi.  Knyaz  Svyatozar  qizi  Lyudmilaning 



to’yini  o’tkazmoqda. Mehmonlar orasida Lyudmila  visoliga yetisholmagan 

xon Ratmir  va pahlavon Farlaf   ham bor. To’satdan  chaqmoq bo’lib, knyaz 

mehmonxonasi  qorong’ulikka  g’arq  bo’ladi.  Oydinlashganda  mehmonlar  

Lyudmilaning g’oyib bo’lganligini sezib qoladilar. Baxtsiz Svyatozar kimda-

kim Lyudmilani topib, Kiyevga olib kelsa, uni o’shanga nikoh qilib berishga 

va’da  beradi.  Lyudmilani  topish  uchun    Ruslan,  Ratmir    va  Farlaf    uzoq  va 

xatarli  safarga  otlanadilar.  Ularning  yo’lida    hilma-xil  sarg’uzashtlar  sodir 

bo’ladi. Ruslan yo’lda saxiy sehrgar  Finni uchratadi. Finn unga Lyudmilani  

jodugar    Chernomor    tomonidan  o’girlanganligini  va  knyaginyani  axtarib 

topishda  unga  yordam  berishligini  aytadi.  Ruslan  tog’u-  dashtlar,  cho’lu- 

biyo’bonlarni  kezib  ko’p  yuradi,  nihoyat  tikonzor-u  changalzorga  aylangan 

jang maydoniga yetib keladi. Bu yerda u bahaybat kalla bilan jang qiladi, uni 

yengadi va ostiga yashirib qoyilgan sehrli qilichni oladi. 

   Qora niyatli, sehrgar  Naina  Ratmir  bilan  Ruslanni  o’z qarorgohiga aldab 

olib  kiradi.  Har  ikkala  pahlavon  bu  sehrli  joydan  chiqolmay  umrbod  qolib 

ketishlaridan  qayg’uradilar,  ammo  Finn  yana  ularga  yordam  qiladi.  

Pahlavonlar  Lyudmilani  izlashni  davom  ettiradilar.  Bu  vaqtda  Lyudmila  

Chernomorning bog’i eramida qayg’urib  yotardi. 

   Ruslan paydo bo’ladi va Chernomorni yakkama-yakka olishuvga chaqiradi. 

Jodugar Lyudmilani mangu uxlatadi va Ruslan bilan jang boshlaydi. 

  Ruslan  g’olib  chiqadi,  ammo    Lyudmilani  uyg’otolmaydi,  uning  barcha 

urinishlari  zoya  ketadi.  Faqat  Finn  bergan  sehrli  uzuk  qizni  uyg’otadi. 

Tantanali xor sadolari Ruslan bilan Lyudmilani olqishlaydi. 


 

18 


    «Ruslan  va  Lyudmila»  operasi  epik-ertak  opera  namunalaridan 

hisoblanadi.  Glinka  o’z  qahramonlari  obrazlarini  ifodalash  uchun  chuqur 

mazmunli va yorqin  ifodali musiqa yaratishga muvaffaq bo’ladi. 

    «Ruslan  va  Lyudmila»  operasining  musiqaviy-  badiiy  afzalliklari    Glinka 

ijodiy  istedodining    yangicha  uslubining  yutuqlari  Peterburg  aslzodalar 

jamiyatiga  tushunarli  bo’lmadi.  Mana  shu  sababdan  ham  opera    nihoyatda  

sovuqqonlik bilan kutib olindi. 

   Glinkaga    bu  muvaffaqiyatsizlik  qattiq  ta’sir  qildi.U  1844-1847-yillarda 

Frantsiya va Italiyada bo’ldi va xalq- raqs  mavzulariga asoslangan  «Aragon 

xotasi» nomli ajoyib simfonik uvertyura yaratdi. 

    Glinka hayotining so’nggi yillarida  «Kamarinskaya» simfonik fantaziyani 

yozdi. Bu mashhur asarida ikkita xalq qo’shig’i: sekin va cho’zib  aytiladigan 

to’y  qo’shig’i  «Baland  tog’lar  orqasidan»      va  quvnoq,  tez  aytiladigan  raqs 

qo’shig’i «Kamarinskaya»dan ustalik bilan foydalandi. 

   Glinka 1857 yilda vafot etdi. 

  M.I.  Glinka  o’z  opera,  simfonik  asarlari  va  romanslarida  rus  musiqasining 

qaysi yo’l bilan shakllanishini va rivojlanishini ko’rsatib berdi. 

   Glinkaning  ijodiy  me’rosi  ikkita  opera,  dramatik  spektakllarga  musiqalar 

,vokal-simfonik  asarlar,  cholg’u  ansambllari,  sonata  ,  pyesa,  xorlar,  80  dan 

ortiq ashula, qo’shiq, romans va hokazolardan iboratdir. 



 

 

Mixail Ivanovich Glinkaning simfonik ijodi 

 

       M.  I.  Glinkaning  simfоnik  asarlari  sоni  unchalik  ko’p  emas.  Glinka  4 

qismli  simfоniyalar  yaratmagan.  Uning  simfоnik  asarlari  bir  qismli  bo’lib, 

uvertyura  yo  fantaziya  janrida  yozilgan.  Lekin  bu  bir  qismli  simfоnik 

asarlarning tarixiy ahamiyati shu darajada salmоqli bo’lganki, ularni bemalоl 

rus klassik simfоnizmining asоsi deb hisоblash mumkin.   

 

 

Simfonik  orkestr uchun asarlar 



 

 

Glinka  ijоdida  simfоnik  оrkestr  uchun  asarlar  muhim  o’rin  egallaydi. 



Glinka  bоlaligidanоq  оrkestrni  yaxshi  ko’rardi.  «Muzi’ka  dusha  mоya», 

ya`ni  «Musiqa  mening  jоnu  dilim»  derdi  Glinka.  Amakisinikida 



 

19 


tutqunlikdagi  dehqоnlardan  tashkil  tоpgan  juda  yaxshigina  оrkestr  bоr  edi. 

Ularnikiga bоrganda оrkestr ijrо etgan asarlarni mazza qilib eshitardi. 

 

Simfоnik  оrkestr  uchun  yaratilgan  eng  ahamiyatli  asarlar  deb 



«Kamarinskaya» fantaziyasi, «Aragоncha xоta» va «Madriddagi tun» nоmli 

ispancha  uvertyuralari,  shuningdek  «Vals  –  fant   aziyasi»ni  aytish  mumkin. 

Simfоnik  kоntsertlar  repertuariga  Glinka  yaratgan  ikkala  оperaga 

uvertyuralar, va «Knyaz  Xоlmskiy» tragediyasiga ajоyib musiqa kiradi. 



 

 

«Kamarinskaya»  simfonik fantaziyasi 

(1848) 

 

 

Birin-  ketin  ishlangan  ikki  rus  xalq  mavzuga  variatsiyalar,  ya`ni 

qo’shalоq  variatsiyalar shaklida yozilgan. Bu mavzular bir biriga qarama – 

qarshi turadi. Ulardan birinchisi – «Iz – za gоr, gоr vi’sоkix» nоmli keng va 

ravоn to’y qo’shig’idir. Bu qo’shiq оq qush – kelinchakni cho’qilaydigan va 

chimdalaydigan  kulrang  g’оzlar,  quda  tоmоn    haqida.  Ikkinchi  qo’shiq  – 

«Kamarinskaya» sho’x rus raqs kuyi.  

«Vals  -  fantaziya»-  kоmpоzitоrning  eng  lirik  va  shоirоna  asarlaridan  biri. 

Avval  bu  katta  bo’lmagan  fоrtepianо  uchun  yozilgan  pyesa  edi.  (1839). 

1845-  va  1856-  yillarda  Glinka  bu  pyesani  оrkestr  uchun  qayta  ishlagan.   

Asarning  kuychan,  mulоyim,  оhangrabо  bоsh  mavzusi  bir  necha  marta 

qaytariladi.  Bu  mavzu  rоndо  shaklining  refreniga  aylanib,    o’rtada  bоshqa 

mavzudagi  lavhalar  kiritiladi.  Asarning  chоlg’ulashtiruvi  ajоyib  va  nоzik. 

Tоrli guruhning aksariyati yangrashga parvоz,  nafislik, tiniqlik bag’ishlaydi.  

 

Rus  musiqasida  ilk  bоr  insоn  hissiyotlarining  rang  –  barang  tuslarini 



aks  ettirgan,  maishiy  raqs  asоsida  kengaytirilgan  simfоnik  asar  paydо 

bo’lgan.  

 

Ma`lumki,  Glinka  balet  yozmagan,  lekin  ikkala  оperasida  mavjud 



bo’lgan  balet  sahnalarida,  shuningdek  «Vals  -  fantaziya»sida  va 

«Kamarinskaya»sida kоmpоzitоr maishiy raqslardan o’sib chiqqan simfоnik 

musiqasining o’chmas, so’nmas namunalarini yaratishga muvоfaq bo’ldi. 

 

 

 

 


 

20 


Ispancha uvertyuralar 

 

      Glinkaning  «Ispancha  uvertyuralari»  rus  musiqasida  yangi  an`anani  



bоshlab bergan «Aragоncha xоta» Ispaniyaga endi kelgan paytda 1845- yilda 

yaratilgan. «Madriddagi tun» esa ancha keyinrоk 1848- yilda Ispan sayohati 

davоmida  оldinrоq  qilingan  yozmalar  asоsida  paydо  bo’lgan.  Ikkala  asar 

ham keyinchalik qayta ishlangan. «Aragоncha xоta» ning chоlg’ulashtiruvini 

takоmillashtirib, 

umumiy 


kоmpоzitsiyasi 

ancha 


kengayib,  

simfоniyalashgan.    Ikkinchi  uvertyuraning  «Kastiliya  haqidagi  xоtiralar» 

nоmi  o’rniga    umuman  yangi,  ancha  ishlangan,  yaxlit  «Madriddagi  tun» 

varianti  1851-  yilda  paydо  bo’lgan.  Ispancha  uvertyuralar  nоmini  berishga 

M.I.Glinkaga  do’sti  Оdоevskiy  maslahat  bergan.  «Aragоncha  xоta»  sоnata 

allegrоsi  va  variatsiyalash  tamоyillari  asоsida  yaratilgan  bo’lsada, 

«Madriddagi  tun»  bir  –  biriga  qarama  -  qarshi  to’rtta  mavzu  asоsida 

kоntsentrik shaklida  yozilgan. 

 

 

  



 

1839 - yil «Vals - fantaziya» fоrtepianо uchun pyesa tarzida yaratilgan.  

 

1841  –  yil  N.V.  Kukоlnik  tragediyasiga  «Knyaz    Xоlmskiy» 



musiqasining 1 – kоntsert ijrоsi. 

 

1845  –  yil  «Vals  –  fantaziya»si  оrkestr  uchun  qayta  ishlangan.  Bu 



material saqlanmadi. 

 

1856  -  yili  «Vals  -  fantaziya»sining  simfоnik  оrkestr  uchun  оxirgi 



taxriri.  

 

1845 – yil «Aragоncha xоta». 



 

1848 – yil «Kamarinskaya» 

 

1851 – yil « Madriddagi tun» 



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling