Xalqlarining musiqa adabiyoti
S.S.Prokofyev. Simfonik ijodi
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
MDH
S.S.Prokofyev. Simfonik ijodi Ma’lumki, simfonik orkestr uchun Prokofyev 7 ta simfoniya, fortepiano va orkestr uchun 5 ta kontsert, skripka va orkestr uchun 2 ta kontsert , violonchel va orkestr uchun 2 kontsert yaratgan.Prokofyevning birinchi Klassik simfoniyasi inqilobgacha bo’lgan (1916-1917) yillar davrida Gaydn usulida yozilgan. Ikkinchi simfoniyasi 1924 yilda ,V chi simfoniya 1944yilda ,VII simfoniya 1952 yozilgan.
70
VII simfoniya Boshida bolalarga atab yozilishi rejalashtirilgan edi. Ish jarayonida bu asar hayot go’zalligi ,quvonchi , mazmunini madh etadigan dono simfonik ertagi pog’onasiga ko’tarildi. 1957 yilda kompozitor vafotidan 4 yil o’tgandan keyin aynan VII simfoniyasi uchun S.S.Prokofyevga Lenin mukofoti berildi.VII simfoniya 1952 yilning oktyabr oiyida Dom Soyuzov (Ittifoqlar Uyi)ning Kolonniy Zolida ilk marotaba ijro etildi.Yangi asarni Prokofyev musiqasining targ’ibotchisi ,taniqli sovet dirijyori S.A.Samosud raxbarligidagi Umum ittifoq radiosi orkestri ijro etgan. Premyeraga muallifning o’zi tashrif buyurgan. Bu hayotda ohirgi martta kontsert zolida o’z musiqasini tinglashi edi. VII simfoniya kompozitorning so’nggi tugatilgan yirik asari. Asar partiturasi yilning 5 iyul kuni vafotidan 8 oy oldin tamomlangan edi. Dastlab bolalar uchun simfoniya deb boshlangan asar ijod jarayonida ham bolalar ham kattalar uchun simfoniyaga aylanib ketgan. Simfoniya 4 qismdan iborat. I qism – o’rtacha (Moderato) sur’atida yozilganiga qaramay, sonata allegrosi shaklida o’tadi. II-Allegretto. III-Andante espressivo. IV – koda bilan kelgan intiluvchan Final. I qism skripkalar chalgan ajoyib kuyidan boshlanadi Bu do # minor tonallikdagi bosh partiya mavzusi. Kuy ravon, keng va shoshmasdan bayon etiladi. Bosh partiya o’rtasida musiqaning fe’li o’zgaradi.Passajlar yugurishi boshlanadi. Qaytgach, skripkalar mavzusi sol # minor, keyin lya minor tonalliklarda o’tkir passajlar fonida, tarangroq yangraydi.Baslar (valtorna,fagot,va tuba) mavzuning bosh motivini bir necha marta qaytaradi.Bayon bir ozga dramatiklashadi. Yondosh partiya
mavzusi –tantanali, lirik fa major tonalligida yangraydi.Uning chuqur, to’liq tembri alt va violonchellar kabi past torli va yog’och puflama cholg’ular hamda valtorna qo’shilishidan paydo bo’ladi.Bu hayot go’zalligi va quvonchi mavzusi.Mavzu butun simfonijaning bosh, asosiy mavzusi sifatida namoyon etiladi , keyinchalik mavzu IV qismning kodasida yana qaytariladi. Yondosh partiya mavzusi Prokofyevning eng chiroyli eng avzal kuylardan biri. Yondosh partiya diapazoni ikkita oktavadan ortiq. Yakunlovchi partiyada birdaniga ko’ng’iroqchalar gavhar ovozi yangrab,ularga fortepiano va arfa qo’shiladi. Goboy va fleyta mittivoy qadamlariga o’hshagan motivni ijro etishadi.
71
Asosiy asarlar ro’yxati 8ta opera: (“Bahaybat polvon”,“Kimsasiz orollarda”, “Vabo tarqalganda bazm”), “Undina” “Maddalena”,“Qimorboz”, “Uch apelsinga bo’lgan muxabbat”, “Semyon Kotko”, “Cherqovdagi niqoh”, “Urush va tinchlik”,“Chin inson haqida qissa”, “Jozibali farishta”. 7ta balet: “Yettita masqarabozni yenggan masqaraboz haqida ertak”, “Po’lat sakrashi”, “Daydi o’g’il”, “Dneprda”,“Romeo va Julyertta”,“Zolushka”, “Toshgul haqida ertak”.
Reyngold Moritsevich Glier Atoqli sovet kompozitori,san’atshunoslik fanlari doktori, professor Reyngold Moritsevich Glier ajoyib kompozitorlik mahorati bilan sovet musiqa madaniyati tarixida katta o’rin tutadi. Reyngold Moritsevich Glier 1875- yilning yanvarida Kiev shahrida tug’ildi. Uning otasi musiqa asboblarini yasovchi va tuzatuvchi usta bo’lgan.U valtorna, truba, fleyta va klarnet singari damli asboblarda chalgan.Shuning uchun ham yosh Reyngold musiqa olami bilan juda barvaqt tanishadi.Kapelmeystr va skiripkachi Vaynberg Reyngoldga skripka chalishni o’rgatdi. U 14 yoshida fortepiano va skripka uchun kichik pyesalar yoza boshlaydi. Ammo otasi kichik o`g`li Reyngoldning o`z
hayotini musiqa
bilan bog`lashini sira ham
istamasdi.Shuning uchun uni Kiyev gimnaziyasida o`qitadi. Biroq otasining do`stlari bolada musiqa iste’dodi zo`rligini aytib, uni o`z fikridan qaytaradilar. Shundan keyingina Reyngold Kiyev musiqa bilim yurtida o`qiydi va uni 1891-yilda tugatadi Glier musiqa bilim yurtini tugatgach,1892-1893 yillar mobaynida fortepiano,violonchel uchun pyessalar,torli kvartet uchun ikkita asar, xatto simfonik orkestr uchun uvertyura yozgan edi. 1893-yilda
72
Kiyevga P.I.Chaykovskiy keladi va konsertlarda o`z asarlariga dirijyorlik qiladi. Bu genial kompozitor asarlaridan olgan kuchli taassurot Glierda Moskva konservatoriyasida o`qish orzusini tug`diradi.1894-yilda uning bu orzusi ro`yobga chiqadi.U Moskva konservatoriyasida o`qish davomida professor Grjimalidan skripka, Chaykovskiyning shogirdlari S.Taneyev, A.Arenskiy, M.Ippolitov-Ivanov singari atoqli kompozitorlardan musiqa nazaryasiga oid bilimlar oladi. Glier konservatoriyada olti yil o’qidi. Uning o’qish yillarida yozgan muhim asarlaridan biri ikkita skripka, ikkita alt va ikkita violonchel uchun yozilgan sekstetdir. Glier 1899 yilda o’zining birinchi torli kvartetini, 1900 yilda esa birinchi simfoniyasini yozadi. Glier Moskva Konservatoriyasini mahoratli skiripkachi va musiqa asarlarining muallifi sifatida tugatadi, unga oltin medal beriladi.Uning nomi konservatoriyaning kichik zali oldidagi marmar taxtaga Taneyev, Raxmaninov, Skryabin singari atoqli musiqa arboblarining nomi bilan bir qator yozib qo`yiladi. Glier 1900-yilda konservatoriyani tugatgandan so`ng, Moskva musiqa bilim yurtida garmoniya va musiqa taxlili fanlaridan dars bera boshlaydi. Glier pedagoglik faoliyati bilan bir qatorda ijodini ham davom ettiradi. Endi u vokal asarlar yaratish ustida ish olib borib, Pushkin, Bayron,A.Tolstoy, Tyutchev she`rlariga romanslar , xotin-qizlar xo`ri uchun syuita, fortepiano uchun pyesalar yozadi. 1904-yilda ikkinchi sekstetni, 1905-yilda uchinchi sekstetni va ikkinchi torli kvartetni yozadi. Uning «Inson ko`z yoshlari», «Qayg`uli kech», «Go`zal va musaffo bahor», «Yashaymiz, yashaymiz» singari romans va qo`shiqlari Rossiyaning o`sha davrdagi mashhur ashulachilari Nejdanova, Sobinov, Shalyapinlar tomonidan ijro etilgan edi. 1902-1904 yillarda Sovet musiqasining atoqli arboblaridan N. Myasovskiy va S. Prokofyevlar Glierdan dars oladilar. Shu yillarda kompozitor bolalarga atab birmuncha asarlar ham yozadi. Ular fortepiano uchun xilma-hil pyesa va eskizlardan iborat. 1905-yilda Glier musiqa bilimini yanada oshirish maqsadida Berlinga boradi, atoqli kompozitorlar bilan uchrashadi va 1907-yilda Berlinda uning ikkinchi simfoniyasi birinchi marta ijro etiladi. 1908-1911 yillar orasida kompozitor «Sirenlar» simfonik poemani va «Ilya Muromets » nomli uchinchi simfoniyasini yozib tugatadi. Kompozitor «Sirenlar» va «Ilya Muromets» asarlari uchun Glinka mukofotini olishga sazovor bo`lgan edi. 73
Glier 1913-yilda Kiyev konservatoriyasi kompozitsiya fakultetiga professor bo`lib keladi. Sobiq Ittifoqining taniqli kompozitorlardan B.Lyatoshinskiy, L.Revutskiy, musiqashunos A.Alshvang va boshqalar Kiyev konservatoriyasida Glierdan ta’lim olgan edilar. Glier rus musiqa jamiyati konsertlarida Borodin, Chaykovskiy, Rimskiy-Korsakovlarning asarlarini targ`ib qilishda katta ishlar qildi. Ulug` Oktabr revolyutsiyasi g`alaba qozonganda, Glier Kiyev
konservatoriyasining direktori edi. U o`z zamonasining ilg`or ziyolilari qatorida yangi sotsialistik musiqa madaniyatini yo`lga qo`yish va uni rivojlantirishda bir talay ishlar qildi. Kompozitor 1920-yildan boshlab Moskva konservatoriyasining professori bo`lib ishlaydi. Bu konservatoriyada sobiq Ittifoqining ko`zga ko`ringan kompozitorlari: B.Aleksandrov, A.Davidenko, N.Ivanov-Radkevich, L.Knipper, A.Novikov, N.Rakov, A.Xachaturyan, musiqashunoslar: A.Mutli, V.Sokolov, I.Sposobin va boshqalar Glierdan ta’lim olgan edilar. 1923-yilda Ozarbayjon xalq maorif komissarligi Ozarbayjon xalq musiqasini to`plash va milliy musiqa san’atining rivojlanishiga ko`maklashish uchun Glierni Ozarbayjonga taklif qiladilar. Dastlab u xalq kuylari, so`ngra 1923-1925 yillar mobaynida «Shoxsanam» nomli ozarbayjon operasini yozadi.
Opera to`rt parda, besh ko`rinishda yozilgan bo`lib, birinchi marta 1926- yilda Boku opera va balet teatrida sahnaga qo`yildi. Kompozitor opera musiqasini ozarbayjon xalqiga tushunarli qilish maqsadida unga o`ttizdan ortiq xalq qo`shig`i va cholg`u kuylarini kiritadi. 1934-yilda kompozitor shu operaning yangi variantini yozadi va buning uchun Glierga Ozarbayjon xalq artisti unvoni, oradan bir yil o`tgach, RSFSR xalq artisti unvoni beriladi. Glier «Shoxsanam» operasining birinchi variantini tugatgandan keyin, 1926-1927 yillarda o`zining mashhur «Qizil lola» baletini yozib tugatadi. Muallif o`zining bu mashxur baletini yozishga kirishishdan oldin «Xrizis», «Komendiantlar» va «Kleopatra» kabi baletlarni yozib, balet musiqasi yaratish tajribasini yertarli darajada orttirib olgan edi «Qizil lola» baletida xitoy mehnatkashlarini rahmsizlarcha ekspluatatsiya qilgan chet el malaylari va ularning zulmidan azob chekkan jafokash xalq hayoti ko`rsatilgan.
74
«Qizil lola » baletining qisqacha mazmuni
Chet el kemasidan yuk tushirish manzarasi. Ishchilar kemani yukdan bo’shatmoqdalar, ularning boshi ustida nazoratchilar qamchisi o’ynab turadi. Ishchilardan biri charchab yiqiladi. Nazoratchi uni qiynaydi. Ma-Li-Chen va boshqa ishchilar yiqilgan ishchini himoya qilmoqchi bo’ladilar, ularga sho’ro kemasining kapitani ham qo’shiladi. Sho’ro kemasidan yuk tushirish boshlanadi, sho’ro matroslari yukni tushiruvchi ishchilarga ko’maklashadilar.
Dengiz qirg’og’idagi torgina mayxona… Bir to’da bekorchilar, savdogarlar, korchalonlar, mayparastlar oldida Li Shan-Fuga xizmat qiluvchi, raqqosa qiz Tao-Xao raqsga tushadi. Raqqosaga sho’ro kapitani ozodlik nishonasi- qizil lolani taqdim qiladi.
Ishchilar qo’zg’olon ko’taradilar. Li Shan-Fu sovet kapitanini o’ldirmoqchi bo’lganda, motroslar uni qutqazadilar. Keyin Li Shan-Fu choyga zahar soladi va kapitanga ichirishni raqqosa qizga buyiradi, qiz choyni atayin to’kib yuboradi. Keyin Li Shan-Fu kapitanni otmoqchi bo’lganida Ma Li-Chen uning qo’lini tutib qoladi. Sho’ro paraxodi ketadi. Li Shan-Fu Ma LI-Chenga o’q uzadi, ammo qiz Tao Xao o’zini Ma Li-Chen ustiga tashlaydi va halok bo’ladi. Balet tez orada shuhrat qozonadi vasobiq Ittifoqning barcha teatrtlarida sahnalashtiriladi. Ayniqsa, undagi «Yablochko» raqsi butun jahonga mashhur bo’ladi.
O’zbekistonda dastlabki professional sahna asarlarining yuzaga kelishi va uning taraqqiyotida Glierning xizmati kattadir. Glier o’ttizinchi yillarda boshlab O’zbekiston musiqa madanyati bilan qiziqadi. U 1935-1936 yillar davomida To’xtasin Jalilov to’plagan va Tolibjon Sodiqov notaga yozgan kuylar asosida «Gulsara» musiqali dramasini yaratdi ( dramani K.Yashin va M.Muhammedovlar yozganlar ) «Gulsara» musiqali dramasi 1936 yil 31 martda Toshkentda 1937 yil bahorida, dekada kunlarida, Moskva Bolshoy teatri filiali sahnasida ko’rsatildi. Glier 1940 yilda Tolibjon Sodiqov bilan hamkorlikda «Layli va Majnun» operasini, 1949 yilda «Gulsara » operasini yozadi. «Layli va Majnun» operasini birinchi marta Toshkentda 1940 yil iyul oyida ko’rsatilgan edi. Kompozitor 1940 yilda o’zbek halq kuylari asosida. «Farg’ona Bayrami» simfonik uvertyurasini ham yozadi. Bu asarda Farg’ona vodiysining ajoyib manzaralari va hushchaqchaq kishilarning shodiyonasi tarannum etiladi. Bu uvertyurada kompozitor o’zbek halq kuylari «Chamanda gul» «Andijon samosi»va «Hil-hila yorim»dan mahorat bilan foydalangan
75
Reyngold Moritsevich Glier 1956 yil iyun oyida 81 yoshida Moskvada vafot etadi.
Glierning ijodiy merosi 5ta opera, 6 ta balet, 3 ta simfoniya, 5 ta uvertyura, 5ta konsert, 3 ta torli sekstet, 4 ta torli kvartet, fortepiano va boshqa cholg’u asboblari uchun pyesalar, 130 ta romans va hokazolardan iborat.
Dmitriy Dmitriyevich Shostakovich zamonamizning atoqli
kompozitorlaridandir. Shostakovich 1906 yilda Peterburgda injener –kimyogar oilasida tug’ildi. Otasi musiqani tushunadigan va qadrlaydigan, musiqa namoyondalari bilan yaqindan munosabatda bo’lgan zuyolilardan edi. Onasi ham musiqa olamiga yaqin bo’lish bilan birga fortepianoda chalar edi . Oiladagi musiqa muhiti yosh Dmitriyga ta’sir qilmay qolmadi. Bola to’qqiz yoshidan fortepiano chalishni o’rgana boshladi. 1919 yildan 1925 yilgacha Leningrad Konservatoriyasida ikki mutaxassislik-kompozitsiya va foprtepiano bo’yicha L.Nikolayeva , kompozitsiya bo’yicha M.Shteynberg sinflarida ta’lim oldi. Kompozitor konservatoriyada o’qib yurgan chog’larida orkestr uchun «Uchta fantastik raqs» va birinchi simfoniyasini yozdi. Kompozitorning bundan keyingi ijodiy yo’li –ijodiy izlanish, zo’r muvaffaqiyatlar, ba’zida esa muvaffaqiyatsizlik bilan bog’liqdir. Uning «Aforizmlar» va «Birinchi fortepiano sonatasi»asarlarida, «Nos»(Gogolning asari asosida)operasida modernizm ta’siri sezilib turadi. 1930 yilda «Oltin asr», 1931 yilda «Bolt» va 1943 yilda «Musaffo sharsharalar» baletlarini yozadi. Bu asarlari orasida 1932 yilda yaratilgan «Mtsensk uyezdlik Ledi Makbet»( «Katerina Izmaylova») operasi o’zining novatorligi, monumentalligi bilan alohida o’rin tutadi. «Katerina Izmaylova» operasining librettosini D.Shostakovichning o’zi X.Preys bilan birgalikda, N.Leskovning qissasi asosida yozgan. «Katerina Izmaylova» operasi janr va musiqaviy ifoda vositalarining turli- tumanligi bilan ajralib turadi. Operada nafis va yumshoq lirika, mudhish fojia, hajviy xalq epik elementlari, inson hissiyotining yorqin dramatizmi muhim o’rinda turadi. Bu opera 1956 yilda muallif tomonidan qayta ishlangan .
76
Shostakovishning Ulug’ Vatan urushi yillarida yaratgan barcha asarlari ichida Yettinchi simfoniyasi katta shuhrat qozondi.Kompozitorning o’zi bu asari xaqida bunday deb yozgan edi: «Men kahramonliklar ko’rsatayotgan,dushman ustidan g’alaba qozonish uchun kurashayotgan kishilarimiz haqida asar yaratishni istar edim …Men o’zimning Yettinchi simfoniyamni bizning fashizm bilan bo’lgan qurashimizga , bizning albatta g’alaba qilishimizga ,mening jonajon shahrim-Leningradga bag’ishlayman». Yettinchi simfoniyadan boshlab, Shostakovich ijodida urushni qoralash mavzusi muhim o’rin oldi. Dmitriy Dmitriyevich Shostakovich ijodiy izlanishlar bilan bir qatorda pedagoglik faoliyati ham uning hayotida muhim rol o’ynaydi. Kompozitor 1937-1939 yillarda Leningrad konservatoriyasida, 1943-1948 yillarda Moskva konservatoriyasida o’nlab kompozitor kadrlarni tarbiyalab yetishtiriradi. Uning o’quvchilaridan A.Gadjiyev, K.Karayev, Yu.Levitin, G.Sviridov kabi talantli kompozitorlar yetishib chiqdi. Shostakovichning ijodi urushdan keyingi yillarda yanada gullab-yashnadi. U «O`rmonlar haqida qo`shiq», «O`nta poema» oratoriyasini, «Vatanimiz ustida quyosh charaqlaydi» kantatasini, O`ninchi, O`n birinchi, O`n ikkinchi, O`n uchinchi simfoniyasini va boshqa shu kabi asarlarni yaratdi. Shostakovichning kino uchun yozgan musiqalari zo`r ta’sir kuchiga ega. U «Viborg tomoni», «Buyuk fuqaro», «Miltiqli kishi», «Yosh gvardiya», «Elbadagi uchrashuv» va boshqa shu kabi asarlarni yaratdi. Shostakovich uzoq yillar davomida jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelgan. U SSSR slavyan komiteti va jaxon tinchlik komitetining a’zosi.Kompozitorga 1939-yilda professor,1942-yilda RSFSR da xizmat ko`rsatgan san’at arbobi,1948-yilda RSFSR xalq artisti,1954-yilda SSSR xalq artisti, 1964-yilda Boshqirdiston ASSR xalq artisti, 1965-yilda san’atshunoslik doktori unvoni berildi. 1966-yilda kompozitor Sotsialistik Mehnat Qahramoni bo`ldi. Shostakovich 1941-1942-1946-1950,1952-yillarda SSSR Davlat mukofoti laureatiga, 1954-yilda «Xalqlar o`rtasida tinchlikni o`rnatish uchun» xalqaro Lenin mukofoti laureatiga sazovor bo`ldi. Kompozitor bir necha ordenlar bilan mukofotlandi. Dmitriy Shostakovichning ijodiy merosi 2ta opera, 3ta balet, operetta, vokal-simfonik poema, oratoriya, 14ta simfoniya, uvertyuralar, syuitalar, kamer asarlari, kinofilm uchun musiqalar va hokazolardan iborat.
77
Dmitriy Dmitrievich Shostakovich.2
Dmitriy Dmitrievich Shostakovich 1906 yil 25 sentabr kuni Peterburg shahrida tavallud topgan. Uning otasi injiner -kimyogar, onasi esa pianinochi bo’lgan. «Men musiqaga mehr qo’ygan oilada o’sganman», deb xikoya qilgan kompozitor. “Mening onam, Sofya Vasilevna, konservatoriyada o’qib, yaxshi pianinochi bo’lgan. Otam Dmitriy Boleslavovich, musiqani juda yaxshi ko’rar va ajoyib ovoz sohibi edi. Oilamiz tanishlari va do’stlari orasida musiqa shinavandalari ko’p bo’lgan. Ular uy sharoitida uyushtirilgan musiqaviy kechalarda ham faol ishtirok etgan”.
Dmitriy Dmitrievich Shostakovichning onasi boshlang’ich sinflar fortepiano o’qituvchisi bo’lgan.Uning raxbarligida bo’lajak kompozitor va ikkita singlisi musiqa savodini o’rgangan. Opasi keyinchalik professional sozandaga aylangan. Bolaligi yirik tarixiy asr voqealariga to'g'ri kelib qolgan: birinchi jahon urushi, va Buyuk Oktyabr sotsialistik inqilobi. 9 yoshidan to 11 yoshgacha uy sharoitida musiqa asarlarni bastalashnio’rganib yuradi.
Ma’lum bir muddat davomida xususiy maktablardan birida o’qib, 1919 yilda 13 yoshida Petrograd Konservatoriyasiga fortepiano va kompozitsiya mutaxassisliklari bo’yicha o’qishga kiradi. Kompozitsiya sohasini tanlash, kompozitsiya bilan jiddiy shug’ullanishni Shostakovichga kompozitor Aleksandr Konstantinovich Glazunov maslahat beradi.(Glazunov o’sha davrda Petrogad konservatoriyasining direktori bo’lgan. )Konservatoriyada Shostakovich M.O.Shteynberg (kompozitsiya sinfi) va L.V.Nikolayevda (f- no sinfi) bo`yicha o`qigan. 1922-yilda Shostakovich otasi vafot etganda, oiladagi sharoit og`irlashib qoladi. Iqtidorli o`quvchi (talaba) uchun Glazunov maxsus stipendiya ajratib beradi. Otasining vafotidan so`ng Shostakovich ishga joylashishga majbur bo`ladi. Shunday qilib u Nevskiy shox ko`chasida joylashgan «Pariziana» nomli kinoteatrida musiqiy illyustrator bo`lib ishlay boshlaydi. Ushbu kasb ovozi yo`q kino davrida juda keng tarqalgan edi. Fortepiano chalib, uni chiqmaydigan kinokadrlarga musiqaviy fon berib turardi. Keyinchalik mazkur tajriba kompozitorga kor kelgan. 1923 yilda Shostakovich konservatoriyani fortepiano sinfi bo’yicha, 1925 yilda
esa kompozitsiya sinflari bo’yicha tamomlagan. Konservatoriyadagi o’qish chog’ida Shostakovich birtalay asarlar yaratgan. 78
Romanslar, fortepiano uchun pyesalar, simfonik partituralar. Ulardan eng yirigi birinchi simfoniyasidir.1-simfoniya Shostakovichning diplom ishi bo’lgan. Ma’lumki, simfoniya cholg’u musiqasining eng murakkab janri.18- 19 yoshida simfoniya yozish hammaga ham nasib qilmaydi. Shunday ekan, 1926- yil 12-may kuni simfoniyaning birinchi ijrosi bo’lib o’tgan. Yaqin orada simfoniya Bruno Valter va Otto Klemperer raxbarligida Germaniyada ; Ctokovskiy va Toskanini rahbarligida AQSHda ijro etib o’tgan. Konservatoriyani bitirgach kompozitor ikkilanib qoladi:
pianist bo’lsammikin yoki kompozitor bo’laymi; boshida ikkala sohani ham uddalagan edi. 20- yillar 2chi yarmida pianist sifatida yakka ijro konsertlar bilan chiqib turadi. Shopen, Chaykovskiy, Prokofyev fortepiano va orkestr uchun konsertlarini ijro etgan. 1927 yili Varshavada Shopen nomidagi Xalqaro tanlovida ishtirok etib fahriy diplom bilan taqdirlangan. Bir ozdan keyin sozanda faoliyatidan voz kechishga qaror qiladi, chunki bu ishi kompozitsiyaga halaqit berayotgan edi. Kompozitorning II simfoniyasi, Oktyabr inqilobiga 1929 yilida yozilgan III simfoniyasi esa 1 mayga bag’ishlangan. 1932 yili «Vstrechniy» kino filmi uchun musiqasidan «Utrennya pesnya» ( Tong qo’shig’i) sovet ommaviy qo’shiqning eng yorqin namunasiga aylangan. Bu bilan birgalikda Nikolay Vasilevich Gogolning o’z burnini yo’qotib qo’ygan mayor Kovolyov to’g’risida satirik qissasi asosida Shostakovich «Nos» operasi yozgan. 1931-yilda «Bolt» nomli baleti
qo’yilgan.Qator kinofilmlar uchun musiqa
bastalagan.Shostakovich 1929- yil Klop nomli komediya sahnalashtirilishi munosabati bilan taniqli sovet rejisyori V.E. Meyerxold teatrida Sh.Mayakovskiy bilan uchrashadi. Ushbu teatrda Shostakovich musiqaviy qismga rahbarlik qilardi «Klop» komedyasiga yozilgan musiqa V. Mayakovskiyga juda maqul kelgan, lekin V.Mayakovskiyning bevaqt o’limi munosabati bilan shu bilan to’xtab qoladi.Undan tashqari Shostakovich Ishchi yoshlar teatri spektakllar uchun musiqa ham yozgan. 1930-1932 yillari mobaynida Shostakovich Nikolay Leskov asari asosida «Mtsensk uezdining Makbet honimi» nomli operasini yaratadi. Zamonaviy teatrlar sahnasida bu opera ikkinchi tahrirdan o’tib «Katerina Izmayilova»deb nomlab qo’yiladi operaning janri – tragediya satira. 1934-yili yanvar oyida operani Lelingraddagi kichik opera teatrida va Moskvadagi V. I. Nemirovich Danchenko nomidagi musiqaviy teatr sahnasida birinchi marta qo’yib, ko’rishgan. Biroz o’tgandan keyin opera adolatsiz tanqidga duch kelib, repertuardan olib tashlanadi. Va 1962 yildan boshlab yana qo’yila boshlaydi.
79
Shu yillar mobaynida D.Shostakovich bir qator cholg’u asarlarni va shu jumladan fortepiano uchun 24 ta prelyudiya turkumini yaratadi.30-yillar o`rtasida yozilgan 4,5 va 6 simfoniyalarda dramatik g`oyalar o`z aksini topgan. 5-simfoniya 1937-yil 21-noyabr kuni Leningrad filarmoniyasining zalida dirijor Yevgeniy Mravinskiy rahbarligida ijro etiladi. 5- simfoniya Betxoven va Chaykovskiy an’analarini davom ettiradi. Simfoniyadan tashqari kompozitor kamer asarlar ustida ham ishlaydi. Birinchi torli kvartet; fortepiano, 2ta skripka, alt va violonchel uchun kvintet asarlarini yaratadi.Kvintet asari uchun Davlat mukofotiga sazovor bo`lgan. 1939-yilda Shostаkovich 33 yoshga to`ladi, bu davrga kelib u Leningrad konservatoriyasi professori bo`ldi. Uning sinfida Sviridov, Levitin kabi bo`lajak kompozitorlar saboq oldilar. 1943- yilda Moskvaga ko`chib kelganda uning sinfida Karayev, Gali’nin kabilar ta’lim oladilar. Shunday qilib Shostakovich maktabi paydo bo`ladi. 1941-yil 22-iyun kuni Buyuk ona vatan urushi boshlanadi. Shostakovich o’zining 7- simfoniyasini yozadi Simfoniya 1941- yili iyul dekabr oylari davomida yaratilgan. 3 ta qism qamalga olingan Lelingrad shahrida, final esa Kuybishev shahrida yozib tugatilgan. O’zining jona-jon shahrini evakuatsiya to`g`risida buyruqqa bo`ysunib tark etadi 7- simfoniya avval Kuybishev, keyin Moskvada, so`ng, samolyotda olib keltirilgan partiturani qamaldagi Leningradda ijro etishlgan. Undan keyin xorijda. 1942-yil yozida 7-simfoniya Toskanii rahbarligida Nyu Yorkda ijro etilgan. 2 yil o`tgandan so`ng 8-simfoniyasini yaratadi. 8-simfoniya urush to`g`risida fojiaviy poemasidir. Urushdan keyingi yillarda kompozitor jamoat ishlari bilan shug`ulanadi. SSSR kompozitorlar uyushmasida ishlaydi, oldin RSFSRga, keyin esa SSSRning Oliy Kengashiga deputat bo`lib saylanadi. 1949-yilda Shostakovich Tinchlikni himoya qilish Sovet qo’mitasining tarkibiga a’zo bo’ladi. 1954-yilda Umumjahon Tinchlik uyushmasi tomonidan Xalqaro Tinchlik mukofotiga sazovor bo’ladi. Shu yilning o’zida SSSR xalq artisti unvoniga sazovor bo’ladi. 1956-yil o’zining ellik yilligida Ikkinchi Lenin Ordeni bilan taqdirlangan.1966-yil Sotsialistik Mehnat qahramoni unvoni bilan taqdirlanadi. Yildan yilga kompozitorning shuhrati o’sib boradi. 40-60-yillar asarlari urushdan keyingi 25 yil (asr choragi) mobaynida kompozitor turli xil janrlardagi ko’plab asarlar yaratgan. 1947-1948 yillar ichida David Oystraxga bag’ishlangan
80
skripka va orkestr uchun 1 konsert bilan «Yaxudiy halq sheriyatidan » deb nomlangan fortepiano jo’rligidagi soprano, kontralto va tenor uchun vokal turkumi yaratiladi 1949 yilda E.Dolmatovskiy so’zlariga «Pesn o lesax» (O’rmonlar haqida qo’shiq) nomli oratoriyasi yozilgan. 50-yillar boshlarida «24 ta prelyudiya va fuga» va Rus inqilobiy shoirlar she’rlariga «10 ta xor poemalari» yozilgan. Bittasi fortepiano uchun, ikkinchisi ishchi inqilobiy qo’shiqga tayanadi. Yaratgan asrlarning kontrastligi Shostakovichga juda xos 1974 yilda 10-simfoniyani va «Vstrecha na Elba» (Elba daryosida uchrashuv) kinofilmini E.Dolmatovskiy so’zlariga oddiy va tez yodlanadigan «Tinchlik qo’shig’ini yozadi». 30-40 yillar kinofilmlari uchun musiqasida inqilobiy rus qo’shiqlarga murojaat qilgan. Bu hususiyati keyinchalik simfonik musiqada ham kuzatiladi. Ayniqsa, 1957-yilda yozilgan 11-simfoniyasi musiqasida simfoniya birinchi rus inqilobiga bag’ishlangan ,,1905-yil” dasturli nomga ega.
4 ta qismi alohida nomga ega, bular: 1),,Dvortsovaya ploshad’” (saroy maydoni). 2),,9-yanvar’ ” 3) ,,Vechnaya pamyat’ ”(mangu xotira) 4) ,, Nabat” (Bong). 1961-yil 22-syezdga bag’ishlab, Shostakovich 12-simfoniyani yaratadi. Uning nomi: ,,1917-yil” V.I.Lenin xotirasiga bag’ishlangan. 13-simfoniya Yevtushenko so’zlariga bas, erkak xori va orkestr uchun yozilgan. 1969-yil yozilgan 14-simfoniyasi soprano, bas va kamer orkestri uchun mo’ljallangan. Kompozitorning eng falsafiy asarlaridan biri. Ohirgi 15-simfoniyasi 1971- yilning yoz paytida yaratilgan. ,,Krokodil” (,,Mushtum” jurnaliga o’xshagan nashr) jurnalidan she’r matnlarni olib, hajviy qo’shiqlar yozgan. Ba’zan uni musiqaviy felyetonchi deb atashardi. Shostakovichning lirik va faylasuf hislatlari kvartetlarda namoyon bo’ladi. Aleksandr Blok so’zlariga yozilgan vokal turkumida ijodining va go’zallikning boqiyligi madh etiladi. Dm. Dm. Shostakovich 1975-yilning 9-avgust kuni vafot etgan. 7-simfoniya. C-dur. Shostakovich 15 ta simfoniya muallifi. Bu janr uning ijodida nihoyatda katta ahamiyatga ega.
81
Shostakovich – orkestr xatining mohir ustasi. U orkestrchalik fikrlaydi. 7- simfoniya eng zo’r asarlardan biri. Simfoniya 1941- yil yozilgan. Uning katta qismi Leningradda yozilgan. Simfoniya pryemyerasi 1942-yil avgust oyida Leningradda bo’lib o’tgan. Qamaldagi shaharda odamlar simfoniya ijro etish uchun mador topishgan. Radiokomitetta 15 kishi qolgan simfoniya ijro etilishi uchun esa kamida 100 ta odam kerak edi! Shunda Shahardagi bor san’atkorlarni chorlab, sobiq sozandalar armiya va flot orkestrantlarini topib 9 avgust kuni Filarmoniya zalida ijro etishdi. Simfonik orkestrni Karl Ilich Eliasberg boshqargan. Simfoniya partiturasida «Lelingrad shahriga ataladi» degan muallif nomidan yozib qo’yilgan bag’ishlov bor. 7-simfoniya urush haqida xujjatli filmlar bilan qiyos qilishadi. Simfoniyani «xronika», «xujjat» deb atashadi chunki u o’sha davr ruxini chuqur yoritadi. Simfoniyada ikki bir biriga qarama qarshi mavzu qo’yiladi barpo etish, ijod, aqlu -farosat dunyosi va vayrona, badjahillik dunyosi qarshi qo’yiladi. Ezgulik va yovuzlik.
qahramonona va muhtasham. U torli cholg’ularda do-major tonalligida yangraydi. Yondosh partiya sol major tonalligida lirik felida yangraydi kuyni skripkalar, garmoniyani alt va vilonchellar ijro etadi. Yondosh partiya yakunida fleyta pikkolo solosi va surdinalangan skiripka chaladi. Ekspozitsiyadan keyin rivojlov boshlanadi. Rivojlov mashxur fashist bosqinchilarining hamlasidan boshlanadi. Bu barbod etish kuchining ta’sirli manzarasi. Bosqinchilar uzoqdan eshitiladigan jangovor baraban usulidan boshlanadi. Butun lavha bitta kuyi o’zgarmas mavzuga variatsiya shaklida yozilgan. Baraban usuli ham doim urib turadi. Variatsiyadan variatsiyaga orkestr tembrlari, registlari, fakturaning qalinligi, dinamika o’zgartiriladi. Yangi polifonik ovozlar qo’shilib boradi. Mavzuning fe’li ushbu barcha vositalar yordamida yoritiladi. Variatsiyalar soni 11 ta. I variatsiyanining yangrashi past registrdagi fleyta tembri sovuqqonlik yangrashi bilan takidlab turiladi. II variatsiya xuddi shu fleyta 1,5 oktava masofasi bilan pikkolo fleytasi bilan ijro etadi. IV variatsiya goboy chalgan har bitta iborani bir oktava pastda fagot nusxa qilib qaytarib turadi. IV-VII variatsiya musiqaning jangovor fe’li kuchayib boradi. Musiqa cholg’ulari (truba, surdinali trombon) kabilar kirib boradi
82
VI- variatsiya mavzu forte nyuansida yangray boshlaydi, parallel uchtovushliklar bilan bayon etiladi. VIII-variatsiya asosiy mavzu vahimali fortissimo nyuansida jarang topadi. Uni past registrda 8ta valtorna bilan birga yog’och damli va torli cholg’ular ijro etadi. Endi III variatsiyadan ko’chirilgan avtomat tarzdagi figurani boshqa asboblar bilan birga ksilofon urib boradi. IX variatsiya baland registrdagi trubalar trombonlar temir yangrashiga mavzuning baland ovoz motivi qo’shiladi. Oxirgi 2 ta variatsiya mavzusi tantanavor fe’liga ega. Huddi temir mahluq qulog’ini kar qiladigan shovqin bilan to’g’ri tinglovchiga qarab, xarakatlanadi (yaqinlashib kelmoqda). Ammo to’satdan tonallik almashib, trubalar, valtorna va trombonlardan iborat.Qo’shimcha guruh ijrosida ,,Motiv soprotivleniya” ya’ni qarshi kurash dramatik motivi yangraydi. Variatsion rivojlov, qayta ishlash rivojloviga o’tib, tengi yo’q tarang simfonik jang manzarasi tasvirlanadi. Repriza boshlanadi. Reprizada ikkala mavzu ham sezilarli darajada o’zgarib ketadi. Bosh partiya mavzusi minorda yangrab, uning marsh usuli motam yurish usuli axamiyatini kasb etadi. Melodiya esa shijoatli qudratli rechitativ pog’onasiga ko’tariladi. Bu barcha insonlarga qaratilgan nutqdir. Yondosh partiya-avval ravshan, yoruq va lirik, reprizaga kelganda maxsus minor ladida (II va IV pasaytirilgan pog’ona ladida) past ovozda g’amgin ijro etiladi. Birinchi qismning kodasida bosh partiya mavzusi yana qaytib keladi. U yana avvalgidek major qiyofasida, skripkalarda kuychan yangraydi. Ohirida uzoqdan kelgan baraban urishi va bosqinchilik mavzusi eshitiladi. Urush davom etadi.
II chi va III qismlarda fashizmning buzg’unchilik kuchiga odamning ma’naviy boyligi, fikrlashning chuqqurligi, uning qudratli e’tiqodi qarama- qarshi qo’yiladi. IV qism. Madorli final- xujum g’ayratiga va g’alabaning yaqinligi ishonchiga to’la. Shostakovichning «Leningrad» simfoniyasi XX asrning «Kahramona simfoniyasi» deb nomlanishga munosibdir.
83
1.15ta simfoniya (ular ichida VII «Leningrad»,XIchi «1905 yil», XIIchi «1917 yil»,V.I.Lenin xotirasiga bag’ishlangan XIIIchi bas, xor va orkestr uchun. 2.«Katerina Izmaylova» operasi, «Nos operasi». 3. «Kazn Stepana Razina» ( Stepan Razin qatl etilishi) vokal-simfonik poemasi. 4.«O’rmonlar haqida qo’shiq» oratoriyasi. 5. Skripka, violonchel, fortepiano va orkestr uchun kontsertlar. 6. 15 torli kvartet. 7.Fortepiano, 2skripka, alt va violonchel uchun kvintet. 8.Fortepiano, skripka va violonchel uchun trio. 9. Fortepiano uchun 24 prelyudiya va fuga. 10.Fortepiano uchun 24 prelyudiya. 11.Vokal turkumlar, ko’shiqlar(ular orasida «Pesnya o vstrechnom», «Pesnya mira»). 12.Kinofilmlar uchun musiqa. («Vstrechniy»,«Miltiqli odam», «Yosh Gvardiya», «Gamlet», «Karl Marks» va boshqalar.
Aram Ilyich Xachaturyan.(1) (1903 yil 6 iyun –1978 1 may).
Aram Ilyich Xachaturyan XX asrning yirik kompozitorlaridan biridir. Uning eng yahshi asarlarining musiqasi yorug’ optimizmga, temperamentga to’la bo’lib, ularda kompozitor o’z millatining hayotini ko’rsatadi.
A.I.Xachaturyanning ijodiy merosiga turli janrlarda yozilgan asarlar kiradi: «Gayane», «Spartak» baletlari, xar hil spektakllarga musiqa (M.Yu. Lermontovning «Maskarad» dramasiga), kinofilmlarga musiqa («Pepo», «Admiral Ushakov», «Otello») , organ bilan orkestr uchun simfonik poema, ovoz bilan orkestr uchun 3ta ariya, 3ta simfoniya, 6ta kontsert, sonatalar, qo’shiqlar va boshqalar. Xachjaturyan ijodi davomida gruzin va ozarbayjon qo’shiqlari bilan ham tanishadi. Kompozitor o’qib yurgan chog’laridayoq skripka bilan fortepiano uchun «Raqs», fortepiano uchun «Poema» yozadi. 1932 yilda simfonik orkestr uchun yozgan «Raqs syuitasi», fortepiano uchun Tokkata hamda fortepiano, skripka va klarnet uchun yozilgan triosi kompozitor 84
nomini keng ommaga tanitadi. «Raqs syuitasi»da gruzincha, armancha raqs kuylari bilan bir qatorda o’zbekcha raqs kuylari ham uchraydi. 1936chi yilda fortepiano va orkestr uchun, 1940 yilda skripka va orkestr uchun, 1946 yilda violonchel va orkestr uchun kontsertlar yaratgan. Mana shu kontsertlardan 1940 yilda yozilgan skripka bilan orkestr uchun kontserti mashxur dir. Bu asarni Xachatiryan uning birinchi ijrochisi taniqli skripkachi David Oystraxga bag’ishlaydi. Fortepiano uchun kontsert-Lev Oborin, Skripka uchun kontsert –David Oystrax, Violonchel uchun kontsert Svayatoslav Knushevitskiy kabi birinchi ijrochilarga bag’ishlangan 1946 yildan keyin kontsert- rapsodiyalar triadasini yaratadi.Triada – uchlik degani, uning ichiga fortepiano, skripka , vilolonchel va orkestr uchun yozilgan kontsertlar kiradi.
A.I.Xachaturyanni 1940 yilda yozgan mashxur asarlaridan biri-skripka bilan orkestr uchun re minor kontsertidir. Bu kontsert musiqasining yorqinligi, milliy xarakteri bilan ajralib turadi. Uning melodiyasi, intonatsion tuzilmalari, garmoniyasi Armaniston xaklqining ijodiga juda yaqin turadi. Kontsert uch qismdan iborat: I qism - Allegro con fermezza tonal jihatdan noturg’un , shijoatli va qisqa orkestrli kirish qismdan boshlanadi.Kirish qismi allegro con fermezza remarkasi bilan belgilangan. I qism sonata allegrosi shaklida yozilgan . Bosh partiya re minorda yakkaxon skripka ijrosida, orkestr jorligida yangraydi. Mi tovushi yarim tonga pasayishi kuychan raqsona mavzuni doriy ladida jarang topishidan darak beradi . Mohirona passajlarning orkestrda ko’chib tushishi yondosh partiyaga olib keladi. Xarakat tinchlanib poco meno mosso tempiga keladi.Musiqa nafis va ravon raqs sari yangraydi. Yondosh partiya mavzusi xromatizmlar bilan bezatilgan . Ladi o’zgaruvchan (lya major-fa diyez minor lirik milliy musiqaga xos), kuyi improvizatsion, usuli sinkopalashtirilgan. Rivojlov –mi bemol major tonalligiga siljish bilan ta’kidlangan. Rivojlanish jarayonida kompozitor iikala asosiy mavzuni bir-biriga yaqinlashtiradi. Rivojlov o’rtasida 2 ta kontrast mavzu baravariga yangraydi.
85
Orkestrda fortissimo nyuansida yondosh partiya, yakkaxon skripkada esa bosh partiya passajlari yangraydi. Kadentsiyada yondosh partiya o’z kiyofasini o’zgartirib shijoatli, irodali va o’tkir xolatda yangraydi. Reprizada asosiy mavzular variatsiyalangan holda
o’tkaziladi.Kontsertning I qismi koda bilan yakun topadi. Koda birin –ketin intiluvchan tez sur’atda yangrab o’tgan bosh partiya va kirish qismi mavzular bilan tugatiladi. II –qism. Andante sostenuto-lirik va ohanrabo qoshiq.2 chi qismdan oldin kirish musiqasini fagot, so’ngra klarnet ijro etadi. Qoshiqni o’zi yakkaxon skripka ijrosida orkestrning yengil vals jo’rligi fonida nozik, kuychan va hayolchan yangraydi . O’rta qismda -bir ozga kirish mavzusi qaytadi.Repriza dinamikalashtirilgan. Yakkaxon skripkaning asosiy mavzusiga klarnet kuyi qo’shiladi.Ush bu mavzuni mador va shodlik bilan butun orkestr chaladi. Ikkinchi qism past,erib ketadigan ovozda tugaydi.mi minor uchtovushligi fonida yakkaxon sol diyez tovushi bilan to’xtaydi. III qism – Allegro vivache quvnoq va gavjum bayramning misiqiy manzarasi. Final rondo-sonata shakliga yaqin. G’ayratli kirish mavzusidan boshlanadi. Bosh partiya-quvnoq,xushchaqchaq va o’ynoqi. Yondosh partiya – nozik va g’amgin. Refren-bosh partiya mavzusi. Rivojlovda I qismdan yakkaxon skripka ijrosida lirik mavzusi orttirilgan cho’zimlar bilan keng va erkin nafas bilan ijro etiladi.Reprizasi kengaytirilgan; final mavzusidan tashqari birinchi qismdan yondosh partiya mavzusi ham ijro etiladi.
Aram Xachaturyanning nomi jaxon musiqa shinavandalari orasida mashhurdir. Uning skripka, violonchel, fortepiano uchun yozgan konsertlari, «Gayane», «Spartak» syuitalari, «Maskarad» dramasiga musiqa doim yangrab turadi. Aram Ilyich Xachaturyan 1903-yilda Tiflisda muqovasoz oilasida tug`ildi. Uning bolalik yillari shu yerda o`tdi. Juda yoshligidan arman qo`shiqlarini o`rgandi. U gruzin va ozarbayjon qo`shiqlari bilan ham tanishdi.O`n sakkiz 86
yoshga kirgach, musiqa bilim yurti dargohiga birinchi qadam qo`ydi.1922- yilda Moskvada Gnesinlar nomidagi musiqa texnikumida violanchel sinfida, so`ngra 1926-yildan boshlab kompozitsiya sinfida o`qidi. Xachaturyan texnikumda o`qib yurgan chog`laridayoq skripka bilan fortepiano uchun raqs, fortepiano uchun «Poema»yozdi. Bu asarlarida arman milliy koloriti yorqin ifodalangan edi. Xachaturyan 1929-yildan 1934-yilga qadar
Moskva davlat
konservatoriyasida Myaskovskiy, Vasilenko, Ivanov-Radkevich sinflarida, uch yil aspiranturada ta’lim oldi.Uning 1929-yilda skripka va fortepiano uchun yozgan «Qo`shiq-poema»si va 1932-yilda yozgan «Tokkata» hamda triosi yosh kompozitor nomini keng ommaga tanitdi. Ijodkor triosining xarakterli tomoni uchinchi qismining o`zbek xalq kuyiga asoslangan variatsiya formasida yozilganligidir.Kompozitorning 1933-yilda simfonik orkestr uchun yozilgan raqs syuitasiga ham lezginka, armancha raqs kuylari bilan bir qatorda o`zbek xalq kuyi kiritilgan. Xachaturyan konservatoriyani 1933-yilda muvaffaqiyatli tugatgach, uning nomi konservatoriyaning kichik zali foesiga oltin harflar bilan yozib qo`yiladi. Kompozitor 1934-yilda o`zining birinchi simfoniyasini yozdi. 1937- yilda Moskvada bo`lib o`tgan sovet musiqasi o`n kunligida Xachaturyanning orkestr bilan fortepiano uchun yozgan konserti katta muvoffaqiyat qozonadi. Bu asar sovet musiqa madaniyatining katta yutuqlaridan deb baholanadi. Kompozitor 1938-yilda sovet kompozitorlari uyushmasiga rahbarlik qildi va shu yili unga «Pepo» kinofilmiga yozgan musiqasi uchun Armaniston SSR da xizmat ko`rsatgan san’at arbobi faxriy unvoni berildi. 1939-yilda Moskvada arman adabiyoti va san’ati dekadasi bo`lib o`tdi. Kompozitor dekadaga bag`ishlab «Baxt» nomli balet yozdi. Ijodkor Lenin ordeni bilan mukofotlandi. Xachaturyan 1940-yilda o`zining mashhur asarlaridan biri orkesrt bilan skripka uchun konsertini yozdi. Bu asar musiqasining yorqinligi, milliy xarakterdaligi bilan ajralib turadi. Ulug` Vatan urushining dastlabki kunlaridan boshlab, Xachaturyan Sovet kompozitorlari soyuzi Moskva bo`limining harbiy komissiyasi ishida aktiv ishtirok etdi. Urushning dastlabki haftalaridayoq «Kapitan Gastello haqida» dramatik qo`shiq va «Ulug` Vatan urushi qahramonlariga» nomli marsh yozdi. 1942-yilda «Baxt» nomli baletini qaytadan ishladi va bu asar «Gayane» nomi bilan atala boshladi. «Gayane» baleti birinchi marta Perm shahrida turgan Leningrad Davlat opera va balet teatrida sahnaga qo`yildi. Kompozitorga 87
1943-yilda ikkinchi marta davlat mukofoti berildi (birinchi marta skripka uchun yozgan konsertiga). «Gayane» baletida qo`pol va qattiq qo`l, keyinchalik bo`lib chiqqan erining jabr-zulmini tortgan ayolning dramasi to`g`risida, arman kolhozchilarining dushmanga qarshi kurashda ko`rsatgan mardligi to`g`risida hikoya qilinadi. Balet musiqasi jonli va tasviriyligi bilan ajralib turadi, ayniqsa undagi «Qilichbozlar raqsi» hozirgacha ijrochilarning sevimli asarlaridan bo`lib kelmoqda. 1944-yilda Xachaturyan og`ir tarixiy damlarni o`z boshidan kechirayotgan xalqning kechinmalarini ifodalovchi ikkinchi simfoniyasini yozdi. Oradan ikki yil o`tgach, Xachaturyanga bu simfoniyasi uchun uchinchi marta davlat mukofoti berildi. 1944-yilda u Armaniston Davlat madhiyasini yaratishda ishtirok etdi. Kompozitor urush yillarida «Boltiq dengizi» nomli mashhur qo`shi, Pogodinning «Kreml kuranti» spektakliga musiqa, «Maskarad» simfonik syuitasi va boshqalarni yaratdi. Xachaturyan urushdan keyingi yillarda ham yirik formali musiqa asarlari ustida ishlashni davom ettirdi, ovoz bilan simfonik orkestr uchun uchta ariya, violonchel bilan orkestr uchun konsert yozdi. 1947-yilda Xachaturyan organ bilan orkestr uchun simfonik poema yozdi. Xachaturyanning 1948-yildan keyin yozgan eng yirik asarlaridan biri «Spartak» baleti (N.Volkov librettosi) dir. Balet klaviriga yozilgan so`z boshida shunday deyiladi: «Spartakning ozodlik uchun kurash temasi, qullik zanjirlariga qarshi qo`zg`alon, ezilgan xalqqa erkin va mustaqil hayot kechirish huquqini berishga intilish singari g`oyalar baletning asosiy temasi hisoblanadi…» Librettoda asosan Spartakning haqiqiy faktlarga asoslangan tarjimai holi beriladi. «Spartak» baletining qisqacha mazmuni. «Spartak» baleti Rim sarkardasining tantanali yurishi manzarasi bilan boshlanadi. Bunda ikki g’ildirakli maxsus arava ketidan kelayotgan asirlar orasida frakiyalik Spartak ham bor. Keyin Rimdagi qullar bozori, sirk maydoni ko’rinadi, so’ngra sirk maydonida gladiatorlarning qon to’kib kurashgan fojiali manzarasi boshlanadi. Spartak quturgan olamon talabini rad etadi, yenggan raqibini o’ldirishdan voz kechadi va maydondan chiqib ketadi.
88
Shundan keyin yaralangan gladiatorning fojiali o’limi manzarasi ko’rsatiladi. Spartak do’stlarini zolimlar asoratiga qarshi qo’zgalon ko’tarishga chaqiradi. Appiya yo’lida qo’zg’alonchi gladiatorlarga dehqonlar kelib qo’shiladi. Balet Spartakning so’ngi kurashi, qahramonona o’limi, unga motam va uning nomining xalq qalbida abadiy yashagani ifodalash sahnasi bilan tugaydi. Gladiator o’limining fojiali ko’rinishi bilan boshlanib, qahramonona ko’tarinkilikkacha rivojlanib boruchi kazarma ko’rinishi baletning eng jozibali sahnalaridan hisoblanadi. Qahramon vafotini tasvirlovchi simfonik motam kuyi katta ta’sir kuchiga egadir. Balet partiturasida kompozitor qalamiga xos bo’lgan kuyning xarakterligi, ritm va garmoniyaning yorqinligi, orkestr sadolarning turli-tumanligi yaqqol ko’zga tashlanadi. Kompozitor bu baletda tarixiy qahramonlik mavzusini xoreografik san’at vositasi bilan ifodalashdek muhim masalani mohirlik bilan hal qila oldi. Xachaturyan so’ngi yillarda «Volga bo’yidagi jang», «Vladimir Ilyich Lenin» kinofilimlariga yozgan musiqasi va «Motam odasi» konsert repertuaridan mustahkam o’rin oldi. Bulardan tashqari, kompozitor «Rus masalasi» , «Admiral Ushakov», «Kemalar Bastionlarga hujum qiladi» kabi kinofilimlariga ham musiqa yozgan. Xachaturyan yirik simfonik va sahna asarlari bilan bir qatorda o`nlab ajoyib qo`shiqlar ham yaratadi. «Yerevan haqida qo`shiq», «Qalb qo`shig`i», «Tinchlik posbonlari qo`shig`i», «Do`stlik valsi» va boshqalar shular jumlasidandir. Xachaturyan ajoyib kompozitor, pedagog ,dirijor, jamoat arbobi mohir tashkilotchiligi bilan xalq orasida tobora ko’p shuhrat qozongan.U ijtimoiy faoliyatini kompozitorlik ijodi bilan chambarchas bog’langan holda olib boradi. Xachaturyan 1950 yildan boshlab o’z asarlariga dirijo’rlik qiladi,simfonik kontsertlarda qatnaqshadi.Shu bilan bir qatorda u Moskva, Leningrad, Kiyev va Sovet Ittifoqining boshqa ko’pgina shaharlari ,chet ellarda (Italiya, Ispaniya, Angliya, Finlyandiya,) mualliflik kontsertlarini berdi. So’nggi yillarda kompozitor sovet madaniyati arboblari delegatsiyasi tarkibida Chexoslavakiya, Bolgariya, Italiya, Islandiya, Angliya, Finlyandiya singari mamlakatlarida bo’ldi. Xachaturyanning musaffo va o’ziga xos musiqasi arman xalq ijodiyoti an’analari bilan chambarchas bog’liqdir. Arman xalq musiqasi kompozitor
89
ist’edodining o’sishiga asos slogan bo’lsa, jahon va rus musiqa klassiklarini o’rganish ijodiy yuksalishdagi zaruriy shartlardan biri bo’ldi. Xachaturyanning ijodi individual uslubi bilan ajralib turadi. 1954 yilda SSSR xalq artisti, 1963 yilda Armaniston fanlar Akademiyasining akademigi degan unvon berildi. U san’atshunoslik fanlari doktori, tinchlikni saqlash sho’ro ko’mitasining a’zosi Lotin Amerika davlatlari bilan madaniy va do’stona aloqalar sho’ro assotsiatsiyasining prezidenti, Moskva konservarotiyasining professoridir.Unga 1959 yilda «Spartak»baleti uchun Lenin mukofoti sovrindori unvoni berildi. Xachaturyanning ijodi uchta balet, simfonik poema, shodlik odasi, uchta simfoniya, simfonik syuitalar, oltita kontsert, trio, sonatalar, 25 ga yaqin kinofilmga musiqa, 20 ga yaqin spektaklga musiqa, qo’shiqlar, xor va boshqalardan iborat.
Asosiy asarlar ro’yxati. 2ta simfoniya 2ta balet Fortepiano va orkestr uchun kontsert Skripka va orkestr uchun kontsert Violonchel va orkestr uchun kontsert Skripka va orkestr uchun; fortepiano va orkestr uchun; violonchel va orkestr uchun rapsodiya-kontsertlar triadasi (uchligi). Fortepiano uchun tokkata. Fortepiano uchun bolalar albomi(I,II nashrlar) Qo’shiq va romanslar Lermontovning «Maskarad» dramasiga musiqa. Zahariy Petrovich Paliashvili (1871-1933). Gruzin,sovet kompozitori. Musiqaviy ma’lumotini Moskva
konservatoriyasida 1903 yilda tamomlagan. Gruzin xalq qo’shiqlarini katta qunt va shijoat bilan yig’ib , ularni o’rganish bilan shug’ullangan. (100 tadan ziyod ko’shiqlar yozib olgan.),Gruziya filarmonik jamiyatiga rahbarlik qilgan,Tbilisi konservatoriyasida kompozitsiya sinfi professori lavozimida ishlagan;Uning nomi bilan Tbilisidagi opera va balet teatri atalgan .Ijodiy merosida «Abesalom va Eteri»,shuningdek « Daisi » kabi operalari qiziqishni 90
o’yg’otib, asosiy axamiyatni kasb etadi.Mazmun –mohiyati,usuli nuqtai nazardan o’ta xalqchil , shu bilan birga ular rus klassik musiqasining eng avzal an’analariga amal qilib yaratilgan.
Gruzin, sovet kompozitori va jamoa arbobi. Peterburg konservatoriyasida N.A.Rimskiy –Korsakov qo’lida o’qigan. Gruzin xalq qo’shig’ining katta bilimdoni, u Rossiyaning chekka chekka shaharlarida o’zi raxbarlik qilgan milliy xor bilan kontsertlar berib , gruziya xalq ijodini targ’ibot qilgan. Balanchivadze –birinchi gruzin romanslar va «Kоvarnaya Daredjan» kabi operasining muallifi. Ush bu opera 1897 yilda gruziya adabiyotining mumtoz yozuvchisi A.Seretelining dramatik poemasi bo’yicha yozilgan. 1918 Balanchivadze Kutaisi musiqa bilim yurtini tashkil etgan. Hozirgi kunda bu dargoh kompozitor nomi bilan atalgan.
91
Qara Abulfayz o’g’li Qarayev (1918-1982).
Azarbayjon, sovet kompozitori, pedagog. Sozialistik mexnatining qahramoni. Lenin mukofotining sovrindori, SSSRning xalq artisti.Musiqaviy ma’lumotini Moskva konservatoriyasini 1947 yilda D.D.Shostakovich sinfida tamomlagan. Karayev-3ta simfoniya,simfonik poema, kamer –cholg’u asarlar ,fortepiano uchun pyuesalar muallifi.Uning «Yettita go’zal», «Momaqaldiroq yo’li bilan»degan baletlari va «Neistoviy Gaskonets» nomli myuzikli hozirgi kunda ham ko’plab musiqiy teatrlar sahnalarini bezatadi.Tinimsiz ijodiy faoliyatini kompozitor o'qituvchilik va jamoaviy mexnat bilan birgalikda o’tkazardi.U ko’p yillar mobaynida Azarbayjon kompozitorlar uyushmasining rahbari bolib ishlagan.
1.
«Russkaya muzi’kalnaya literatura». L.1983 darslik 2.
E.Smirnоva. «Russkaya muzi’kalnaya literaturа». 3.
«Istоriya russkоy muzi’ki». M.1980 4.
Yu.Buli’chyovskiy, V.Fomin. «Kratkiy muzikalniy slovar dlya uchashixsya». 5.
Druskin «100 oper».
92
Марказий Осиё ва Кавказ республикалари мусиқа маданияти Фольклор, мазмун жиҳатидан хилма хиллиги, шакл ва характерлар, образлар, удумлари ва тарихий ҳаёти. Асрлар мобайнида яратилган ноёб асарлар, Ушбу асарларда ҳалқнинг ҳаёти, меҳнати, тарихий воқеалар, кечинмалари ва ўйлари. Профессионал мусиқа борлиги, халқ композиторлик мактаби асосида халқ мусиқаси асосида ривожланганлиги. Классик жанрларнинг яратувчилари (Спендиаров А., Баланчивадзе А., Палиашвили З, Кара Караев, Гаджибеков У., Чубанова А., Шохиди Т., Малдибаев А., Мухотов В.).
Тожикистон. Толиб Шохиди.
Толиб Зиядуллаевич Шохиди 1946 йил 13 мартда Душанбе, Тожигистонда туғилган. 1972 йил Арам Хачатурян синфида Москва консерваториясини тугатган. Композитор, педагог, «Тожик фильм» киностудиясининг мусиқали редактори Т.Шохиди ўз асарларида тожик миллий фольклорига таяниб, Янги хат услубларини ишлатган. Ижодидан симфоник поэмалари “Празнество”, “Садо”, “Симфония №2” “Крнсертто гроссо №2, №3”. Фортепиано ва оркестр учун концерт №3. Опера: “Хранителная огня”, “Амир исмаил”, опера сказки “Калиф-аист”, “Карлик нос”, “Волшебние яблоки”, “Красавица и чудовише”. Балет: «Спитамен», «Смерть ростовҳика», «Рубаян Хайяна». “Смерть ростовшика”, “Юсуф и зулейха”, Драматик спектаклга музика “Эдип”, “Кабала святош”, “Корол лир”, “Ромео ва Джулетта”, “Яшерица” ва “Рудаки”. Симфоник ижоди: ғалабани 30 йиллигига бағишланган вокал симфоник поэма, «Таджики» симфония, «Таджикистан» увертюралар.
93
Козоғистон. А.Жубанов ижоди. (1906-1968)
Ахмет Куанович Жубанов 1906 йил 29 апрелда Россиянинг Актюбинский вилоятида таваллуд топган. А. Жубанов мусиқашунос, композитор, дирижер, педагог козоқ профессионал мусиқасининг асосчисидир. Қозоқ ҳалқ мусиқаси ҳақида китоблар, опералар ва мақолалар ёзди.
тамомлаган. Ўқишни тугатиб Қозоғистонинг Алма-Ата шахрига ишга юборилади.
Жубановнинг опералари: «Абай», «Тулеген Тохтаров». Чолғу асарлари: Қозох ҳалқ қўшиқларига сюита, қозоқ ҳалқ чолғулари увертюра – фантазия, қозоқ чолғу куйлари темасига 4 сюита. Фортепиано учун казахские танцы, таджикские танцы, Скрипка, Қобизға ва фортепиано учун “Ария”. Хор учун 4 та асар. Театр ва кино учун мусиқа .
Қирғизистон. А. МАЛДЎБАЕВ ижоди. (1906-1978) Малдўбаев Абдўлас - қўшиқчи, композитор В.А.Власов ва Ферелар билан ижодий ҳамдўстликда бўлган. Хаёти 1906 йил 7 июлда Қирғизистонда Чуйской вилоят, Кеминск раёнида таваллуд топган. 1923 йил Алма-атадаги Қозоқ Қирғиз институтини1929 йиллар давомида тамомлаган. 1930 -1933 йилларда Фрунзедаги Қирғиз музиқа коллежида директор. 1933 – 1962 йилларда Қирғиз мусиқали драма театрида солист бўлиб фаолият юритган. «Аджал ордуна» мусиқали драммасини 3 редакцияси. Биринчи Қирғиз операсини яратилиши. «Айичурек», «Эллин Сюгендер», «Манас», «Кел богонда», «Токтогул». А.Малдыбаев ўз ижодида Қирғизистон бўйича биринчи бўлиб Янги жанрлар киритди: «Қирғизистан» қўшиқ, гимнлар, «Партия», «Земля отцов», қўшиқ - маршлар, романслар, болалар учун қўшиқлар, хорлар, кантата, ораториялар. Опералари “Айчурек”
бўлиб танилган. 94
Туркманистон. В.Мухатов ижоди. (1916-2005)
Ҳаёти ва ижоди. Велимухамед Мухатов 22-апрел 1916 йилда Туркманистонни Ашхобот шахрида таваллуд топган. Ашхобод мусиқа коллежида тахсил олади. Кейин Москва Консерваториясида тахсил ола башлаган. 1941 йилда Фронтга урушга кетади. Урушдан кейин Москва консерваториясини С.Н.Василенко синфида 1951 йил тамомлаган. 1959-1961 йилларда Аспирантурани Консерваторияда тамомлайди. Композитор ва жамият арбоби. Туркман профессионал мусиқасининг ривожланишидаги ўрни. Туркман Филармонияси ва радио телевидениясида рахбар булиб фолият юритади. Композитор биринчи асарларида «Ак-Памык» балети, «Кемина ва казы» комик операсида туркман фольклор ва замонавий композиторлик техникасини бирлаштирди. В.Мухатовнинг йирик асарлари: «Танлы сайа» операси, «Памяти Махтумкули симфонияси», «Туркман сюитаси», «Моя Родина поэмаси» ва кантаталар. “Победа” Контатаси, Хор ва Драмма театри, спектакл ва кинофилмларга мусиқалар.
ривожланишида, композиторнинг ижодининг аҳамияти. Озарбайжон. У.Гаджибеков,Кара Караев
Узеир ГаджибековҲаёти ва ижоди. У.Гаджибеков композитор, мусиқашунос, педагог, мусиқа ва жамият арбоби. Замонавий Озарбайжон профессионал мусиқа санъатининг асосчиси. Гаджибеков мугам киритилган жанрларнинг асосчиси. Гаджибековни миллий опера театридаги аҳамияти. («Муж и жена комедияси», «Не та, так эта», «Аршин мал алан») Композитор Озарбайжон мусиқа илми ва биринчи вокал ижрочилик жанрларининг асосчиси.
Озербайжон операсининг классик намунасидир. Мустақил иш. Назарий изланишлар асосида яратган асари «Основа азербайджанской народной музыки». Кара Караев
Ҳаёти ва ижоди (1918 – 1982) К.Караев Озарбайжон маданиятининг буюк намоёндасидир К.Караевни классик асарлари: 3 симфония, симфонические гравюрў «Дон Кихот», балетлари «Семь красавиц» ва «Тропою грома», 24 та прелюдия фортепиано учун, концерт скрипка ва оркестр учун.
Композитор услубининг асосий элементлари: кантилено, ритм кучи, гармония ва оркестрнинг ранг баранглиги. К.Караев ўз асарларида ҳалқ мусиқа жанрларини, оҳангларини қўллаган. К.Караев Озарбайжонда классик балетнинг асосчиси. Ашула рақс санъатининг элементлари ва бой илдизи миллий хореографияли балетнинг вужудга келишига туртки бўлди. Чайковский, Глазунов, Хачатурян, Глиэр каби рус композиторларининг балет жанридаги классик анъаналарига таянади.
Озарбайжон мумтоз адабиётидан олинган Лайли ва Мажнун, Фарҳод ва Ширин каби ўлмас образларнинг яратувчиси Низомийнинг поэмаларига ҳам мурожаат қилади. Балетнинг мураккаб ва кўп планли драматургияси, композицияси ва шакли. Лейматив сисмемаси «Семь красавиц» балетининг образлари: Бахром ва Ойша, Вазир ва 7 гўзал.
95
Композитор асарда вальс жанри, хабанера, хитой ва хоразм рақсларига таянган «Семь красавиц» балети замонавий балетнинг энг юксак ютуғи ҳисобланади. Семинар машғулот:У.Гаджибеков ва К.Караев ижодлари бўйича батавсил савол-жавоб. Арманистон. А .Спендиаров ижоди.
Спендиаров Александр Афанасьевич композитор, дирижер, педагог, мусиқа ва жамият арбоби. Композитор ижодига рус ва арман мусиқасининг таъсири. Спедиаров мусиқасида программали мусиқани элементларини ва табиат манзараларини кенг ифода этилишини кузатишимиз мумкин. Спедиаровни муиқаси оҳаннг ва ритм гармония ва оркестр воситалари томонидан жуда бой. Илк ишлари: тенор овози ва оркестр учун «Туда, туда, на поле чести» қаҳрамонлик қўшиғи, «К Армении» концерт арияси, «Три пальмы» симфноик поэмаси.
операси ва рус классик операсининг анъаналари. Композитор операларида мугом оҳанглари кенг қўлланилган. Ижодкор мураккаб опера шаклида мураккаб симфоник ривожланувчи ва лейматив системасини яратди.
симфонизм асосларини яратилишидаги Спендиаровнинг тутган ўрни. Гуржистон. З. Палиашвили , А.Баланчивадзе
Палиашвили Захарий Петрович Ҳаёти ва ижоди. Палиашвили З. – композитор, дирижер, педагог, грузин классик мусиқасининг йирик намоёндаси. Композитор оиласи, маълумоти. С.И.Танеевнинг композиторлик техникасининг таъсири. Палиашвили грузин филармония ва грузин хори ва оркестрининг асосчиси. Ҳалқ қўшиқларини йиғишда ва операларни грузин тилида қўйилишидаги композиторнинг меҳнати ва аҳамияти жудда катта. Композиторнинг мусиқа тили миллий грузин фольклорига таянган. Мустақил иш. Ижоди: «Абесалом и Этери» операси. Хор учун Карталина кахетинский ва ованский қўшиқларини қайта ишлади. «Абесалом ва Этели» опраининг машҳурлиги ва аҳамияти. «Даиси операси», (жанри мавзуси операни) Операдаги грузин ҳалқ маданияти хор сахналари орқали кўрсатилади ва уларни аҳамияти. Палиашвилининг вокал ижоди: 40 грузин ҳалқ қўшиқларидан ташкил топган цикл.
А.Баланчивадзе грузин миллий мусиқа мактабининг асосчисининг фарзанди. Композиторнинг ижодини йўналиши, ривожланиш жараёни. Симфоник ижоди, фортепиано концерти ва балети. Фортепиано мусиқасининг профессионал характери. Қаҳрамонлик ва романтик лирик кайфиятни бирлашуви. А.Баланчивадзенинг фортепианова симфоник мусиқасининг бир бирига бўлган алоқаси. Фортепиано ижоди: учун 3 концерти. Ҳозирги даврда ушбу концертнинг машҳурлиги. Концертнинг таҳлили.
отаси. Грузин композитори. Петербург консерваториясида Н.А.Римский-Корсаков қўлида ўқиган.
Document Outline
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling