Xalqlarining musiqa adabiyoti
IV Qism. «Bog’dod bozori va qoyaga urilgan mis chavandozli
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
MDH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy asarlar ro’yxati 15 ta opera
- Simfonik syuitalar: “
- Fortepiano va orkestr uchun kontsert 80ta ga yaqin romanslar Ovoz va fortepiano uchun (
- «Yevgeniy Onegin operasi»
- Misiqa.
- III parda, 6 manzara
- «Pikovaya dama» «Pikovaya dama» operasining qisqacha mazmuni
- Qatnashuvchi shaxslar
- Syujet (Operaning qisqacha mazmuni)
- Oq qush ko’li »
IV Qism. «Bog’dod bozori va qoyaga urilgan mis chavandozli kema» Shohriyorning jahldor ovozi eshitilar, unga Shahrizodaning mayin, muloyim ovozi javob beradi. U o’zining so’nggi ertagini boshlamoqda. Sharqona shahardagi bayram shovqini eshitilar. IV qism asosiy mavzusi lezginka ritmida, sharq raqsi fe’lida yangrab o’tadi. Bir talay o’tib ketgan obrazlar o’rtasida III qismdan Malikaning mavzusi va II qism o’rtasidan marsh mavzusini eshitish mumkin. Borgan sari musiqa dramatiklashib ketadi. Dengiz mavzusi hamma yoqni to‘ldirib tashlaydi. Dengiz bo’ronlashadi. Dengiz mavzusi marsh mavzusi bilan bog’lanib ketadi. Kulminatsiya (avj) paydo bo’ladi. Yana tinchlanib, to’lqinlar yupanib, Sindbod kemasi yo’qoladi. Kemasi bo’ron paytida qoyaga urilib, parchalanib ketgan. Shahrizodaning g’amgin mavzusi yangramoqda. Va yana bitta mavzu -yengilgan Shohriyor mavzusi. U dono ertakchi Shahrizodaga hayot ato etadi. * * *
Syuitaning barcha qismlari kontrastdir. Barcha qismlar Shohriyor va Shahrizoda mavzulari bilan birlashtirilgan. Shahrizoda mavzusi barcha qismlarda yangrab o’tadi, bu bilan final xullosaviy qism darajasiga ko’tariladi. Asosiy asarlar ro’yxati 15 ta opera: “Boyari’nya Vera Sheloga”, “Pskovityanka”, “May tuni”, “Rojdestvo arafasidagi tun”,“Snegurochka”, “Sadko”,“Shoh qaylig’i”, “Shoh sulton haqida ertak”, “Mlada”, “PanVoyevoda”, “Ko’rinmas Kitej shaxri va Fevroniya qizi haqida ertak”, “Serviliya”, “Motsart va Salyeri”,“Oltin xo’rozcha”, “O’lmas Kashey”.
49
Fortepiano va orkestr uchun kontsert 80ta ga yaqin romanslar Ovoz va fortepiano uchun ( 100ta va 40 ta qo’shiq), xorlar “Garmoniya darsligi”, “Orkestrovka darsligi”, maqolalar “Musiqiy xayotimning yilnomasi” (xotiralar)
Pyotr Ilyich Chaykovskiy Kamsk-Votkinsk shahri zavod boshqarmasining boshlig`i oilasida tug`ildi. Kompozitorning yoshlik yillari dastlab Votkinsk va Alapayevsk shaxarlarida o`tdi. Bolaning muzikaga bo`lgan xavasi juda erta uyg`ondi. Ammo uni o`n yasharligida Peterburg Xuquq bilim yurtiga o`qishga berdilar. Chaykovskiy 1859 yilda o`qishni tugatgach, Yustitsiya (Adliya) departamentida chinovnik lavozimida ishlaydi, shu davrda unda muzika va teatrga bo`lgan xavasi zo`raya boshladi. 1861 yilda Chaykovskiy A. Rubinshteyin tomonidan tashkil qilingan muzika sinflarida qatnasha boshladi, 1862 yilda esa Peterburg konservatoriyasiga o`qishga kirdi, oradan bir yil o`tgandan keyin Yustitsiya departamentidagi ishidan iste’foga chiqdi. Chaykovskiy A.Rubinshteyn kompozitsiya sinfida o`qigan chog`ida A. N. Ostrovskiyning “Momaqaldiroq” dramasi asosida orkestr uchun uvertyura, simfonik orkestr uchun xarakterli raqslar, fortepiano uchun sonata va variatsiyalar xamda Shillerning «Shodlik» qasidasiga kantata yozdi. 1865 yilda Chaykovskiyning Peterburg konservatoriyasini muvaffaqiyat bilan tugatdi. 1866 yilda Moskva bo`limiga qarashli musiqa sinflarida dars bera boshladi. Kompozitor pedagoglik faoliyatini ijodiy ishlari bilan birga olib bordi. Mana shu yillarda uning «Qish xayollari» nomli birinchi simfoniyasi (1866 yilda) A.N Ostrovskiyning “Volgada ko`rgan tush” piyesasi asosida “Voyevoda” operasi (1868 yilda , bu asar partiturasi keyinchalik kompozitor tomonidan yirtib tashlangan edi) va «Taqdir» deb atalgan simfonik poemasi yozilgan edi. Chaykovskiyning 1866-1868 yillarda kompozitorlar- «Qudratli to`da» a`zolari bilan tanishdi. Ular bilan yaqindan aloqada bo`ldi, rus milliy muzika san`atini rivojlantirishda ularga ko`maklashdi. Kompozitor 1869 yilda o`zining mashxur asarlaridan biri – «Romeo va Juliyetta» poemasi asosida uvertyura-
50
fantaziyasini yaratdi, Jukovskiyning «Undina» poemasi asosida opera yozdi (bu opera ham «Voyevoda» operasining qo’l yozmasi singari yo’q qilib tashlangan edi). Yetmishinchi yillarda Chaykovskiyning ijodi yanada rivoj topdi; u uchta torli kvartet, ikkinchi, uchinchi, va to’rtinchi simfoniyalar, A.N.Ostrovskiyning «Dovul» va «Francheska da Rimini» nomli simfonik asarlar, foprtepiano bilan orkestr uchun ikkita kontsert, skripka bilan orkestr uchun bitta kontsert, orkestr uchun syuita, fortepiano p’yesalari, «Oprichnik», «Temirchi Vakula», «Yevgeniy Onegin» va «Orlean qizi» nomli operalar yaratdi. Bu asarlarni yozish davrida kompozitorning g’oyat kuchli mahorati, ijodkorlik qobiliyati yuzaga chiqdi, ijodiy uslubi shakllandi. Chaykovskiyning pedagoglik faoliyati uning yangi-yangi ijodiy rejalarini amalga oshishga halaqit bera boshladi. Nihoyat, kompozitor 1877 yilning kuzida pedagogik faoliyatini to’htatib, Peterburgga ketadi, so’ngra 1885 yilgacha chet ellarda Shveytsariya, Italiya va Frantsiyada yashaydi. Bu vaqt ichida kompozitor o’z ijodiy rejalarini amalga oshira boshladi . Torli orkestr uchun «Serenada», «Italyan Kaprichchiosi», “Fortepiano triosi, romanslar, orkestr uchun uchta syuita, Beshinchi simfoniya, «Uyqudagi Go’zal» baleti, «Cherevichki», va «Charodeyka» operalarini yozishga muvaffaq bo’ldi. Chaykovskiy «Charodeyka» operasini tamomlagan yili, ya’ni 1887 yilda jahonning ko’pchilik mamlakatlarida shuxrat qozondi va Yevropa shaharlariga borib, kontsertlar berdi. Bunday sayohatlar yana bir necha bor takrorlanib turdi. Keyingi sayohatlaridan birida Angliya va Germaniyada bo’ldi, unga Kembridj universiteti tomonidan «Huquq doktori» faxriy unvoni berildi. Rossiyada ham Chaykovskiy nomi hurmat bilan tilga olinadigan bo’ldi.U1885 yilda Rus musiqa jamiyati Moskva bo’limlaridan birining direktori lavozimiga saylandi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan asarlar nomidan shu narsa ma’lumki, Chaykovskiy musiqaning barcha janrlarda ijod qilgan hamda yuksak badiiylikka erishgan. Ammo san’atning barcha janr va shakllar orasida kompozitor opera san’atini juda yaxshi ko’rgan. Ijodkor o’zining maqolalari, kundaligi va xatlarida opera janrning juda muhimligi va eng demokratik janr ekanligini aytadi. U N.Fon Mekka yozgan xatida «Sizni kishilarga opera, faqatgina opera yaqinlashtiradi. Sizning musiqangizni haqiqiy shinavandaga yetkazadi…» deydi. Chaykovskiy butun ijodiy faoliyati davomida opera janriga qayta –qayta murojaat qildi. Kompozitorning operalari mazmun, janr hajmi jihatidan xilma hildir. Chaykovskiy operalarida orkestr muhim rol 51
o’ynaydi, u dramaturgiya bilan organik tarzda bog’lanib ketadi va opera simfonizmiga aylanadi. Kompozitorning birinchi operasi «Oprichnik» bir- biri bilan bog’langan bir necha dramatik yo’nalmaga ega. «Temirchi Vakula» operasi esa xajviy – fantastik mazmunda yozilgan. Chaykovskiyning o’ziga xos uslubi uning «Yevgeniy Onegin» operasida yaqqol ko’rinadi. Bu operada ijodkorning butun e’tibori qahramonlarning ichki dunyosini ochishga qaratilgan.
A.S.Pushkin qalamiga mansub «Yevgeniy Onegin» asarining asosida opera bastalashni P.I. Chaykovskiyga o’z davrining taniqli qo’shiqchisi Ye.A.Lavrovskaya maslaxat bergan. Libretto K.S.Shilovskiy bilan birgalikda tuzilgan. Opera 1879 yilining mart oyida Moskva Konservatoriyasi talabalari ishtiroqida birinchi marta saxna yuzini ko’rgan. Operaga N.G.Rubinshteyn dirijorlik qilgan.
bo’lib o’tadi. Tatyana va Ol’ga « Slixali l’ vi?» degan duetni kuylashadi. Duet rus shahar maishiy romansga yaqin. Qizlar ovozlariga Larina ona va enaga Fillipyevna dialogi qo’shiladi. Duet kvartetga aylanadi. Dehqonlar saxnasida «Bolyat moi skori nojenki» va «Uj kak po mostu mostochku» qo’shiqlari xor tomondan ijro etiladi. Ol’ga «Ya ne sposobna k grusti tomnoy» nomli ariyasini kuylaydi. Vladimir Lenskiy «Ya lyublyu vas, Ol’ga» ariozosini ijro etadi. 2
yozish saxnasi. 3 manzarada Onegin «Kogda bi jizn domashnim krugom» deb nomlangan ariyasini ijro etib beradi. Ariya qizlar aytgan «Devitsi- krasavitsi» xori fonida yangrab o’tadi. II parda, 4 manzara quvnoq vals bilan ochiladi. Msye Trike o’zining «Kakoy prekrasniy etot den’» kupletlarini kuylab beradi va undan boshqa maishiy lavhalar asta sekin janjal (tortishuvga )olib keladi.Yevgeniy va Vladimir mazurka fonida dialog tarzida aytishib qolishadi. Larinaga Murojaat qilib Lenskiy «V vashem dome» («Sizning uyingizda») ariozosini kuylaydi. Bu ariozoga Onegin, Tatyana , Olga va Larina, so’ngroq esa mehmonlar xori ham qo’shiladi. 52
II parda, 5 manzara boshida Lenskiy «Kuda, kuda vi’ udalilis’?» elegik ariyasini ijro etadi. Ariyada xotiralar va ertani fojiaviy kunga aylanishni xis etish tasvirlab beriladi. To’qnashuv. Lenskiy va Onegin «Vragi,vragi…» duetni aytishadi.Orkestrda Lenskiyning o’limidan oldin ariyasi kuyi yangraydi.
pokorni» ariyasi va Onegin kuylab o’tgan ariozosidan iborat. Ariozoda Tatyana yozgan «Xat saxnasi»dan mavzu yangrab o’tadi.
Opera xarakati 1820 yillarda sodir bo’lib ko’rsatiladi.
***************************************************** «Orlean qizi» va «Mazepa» operalarida esa vatanparvarlik g’oyasining tantanasi asosiy o’rin tutadi.Ayniqsa «Orlean qizi» operasida fransuz xalqining qahramoni Janna D’Arqning fojiali obrazi markaziy rol o’ynaydi. 1890 yilda yozilgan «Pikovaya dama» operasi kompozitor opera ijodining eng yuqori cho’qqisi bo’ldi. Chaykovskiyning o’zi ham bu to’g’rida «Yo men adashyapman, yoki «Pikovaya dama» hakiqatdan ham bebaho, nodir asar», deb yozgan edi.
«Pikovaya dama» operasining qisqacha mazmuni
Voqea XIII asr oxirida Peterburgda bo’lib o’tadi. Petrburgda erta bahor. Bog’da ofitserlar –Chekalinskiy va Surin sayr qilib yurishibdi.Ular kecha qimorxonada Germanning kayfiyatidan taajjublanib gapiradilar. Germanning o’zi ham keladi. U hamrohi graf Tomskiyga noma’lum qizni- keksa grafinyaning nevarasi sevib qolganligini aytadi. Knyaz Yeletskiy keladi, o’tib ketayotgan Grafinya va uning nevarasi –Lizani ko’rsatib, shu qizga uylanmoqchi bo’lganligini aytadi. German hayajonda, Grafinya Germanga qo’rquv bilan qaraydi va tezda yurib ketadi. Tomskiy o’rtoqlariga sakson yashar grafinyaning doim yutadigan uchta karta sirining ma’lumligini, bu sirni u birinchi bor eriga, ikkinchi bor bir yosh yigitga aytganligini va arvoh kellib, Grafinyaga «Shu sirni bilgani kelgan uchinchi kishi dastidan haloq bo’lasan», -deb aytganligini gapirib beradi. Buni 53
German eshitadi, songra Yeletskiyning Liza bilan bo’ladigan aloqasini buzishga qasam yod qiladi. Lizani Yeletskiy bilan unashtirish taraddudi boshlanadi. Ammo Liza noma’lum sevimli kishi –German haqida o’ylaydi. Balkonda German paydo bo’ladi, u xayrlashgani kelgan, Lizaga hayajonlanib sevgi izhor qiladi, qiz ham uni sevib qolganligini aytadi. Bal.Grafinya, Liza va boshqalar bor. Do’stlari unga Grafinyani ko’rsatishadi. Ikkalasida ham qo’rquv alomati. Liza Germanga Grafinyaning yotoqxonasiga kiradigan yashirin yol eshigi kalitini beradi. Endi German uch karta sirini bilishi mumkin. Keyin u boy bo’ladi, Lizaga uylanadi. German Grafinya xonasiga kiradi. Grafinya mudrab, yoshlik yillarini eslab o’tirar edi. Parda orqasida yashirinib turgan German grafinyadan yolvorib uch karta sirini so’raydi, kampir indamaydi, German to’pponcha o’qtalaydi. Kampir o’ladi. Liza keladi. German unga uchta karta sirini bilolmaganligidan afsuslanib gapirganda, Liza uni haydab chiqaradi. German harbiy kazarmada Lizadan kelgan xatni o’qiydi. Liza uni suv bo’yida kutishni yozadi. Ammo Germanning ko’z o’ngida Grafinya murdasi, tobut… To’satdan Grafiyna sharpasi paydo bo’ladi, u «Lizaga uylan, esingda bo’lsin, uchta karta bu uchlik, yettilik va tuz» deydida g’oyib bo’ladi. Liza suv bo’yida Germanni kutmoqda. U keladi, ammo Lizani taniy olmaydi; uning xayolida qimorxona oltinlari… Liza o’zini suvga tashlab g’arq bo’ladi. Qimorxona.German keladi, ikki marta yutadi, ushinchi galdagi o’yinga Yeletskiy qo’shiladi. Germanga tuz o’rniga dama kartyasi tushadi. U Grafinya suratini ko’rganday bo’ladi va hanjar bilan o’zini haloq qiladi. ******* Chaykovskiyning eng so’nggi yozgan operasi «Iolantasi»dir. Bu opera ham «Charodeyka» singari qator lirik sahnalarni o’z ichiga oladi. G.Gertsning «Qirol Renening qizi» dramasi asosida yozilgan bu opera muhabbat o’limdan ustun turishi qorong’ulikdan keyin yorug’likni qaror topishi g’oyalarini ifodalaydi. Bu opera musiqasi hozirgacha shinavandalarni maftun qilib kelmoqda.
54
«Iolanta» operasi «Iolanta» - bir pardali lirik opera. Libretto muallifi- Modest Ilyich Chaykovskiy. Bugungi kunda ush bu opera ba’zi teatrlarda ikki pardali bo’lib namoyish etiladi
Rene- Provans qiroli-…………………………………………….bas. Robert- Burgundiya Gertsogi…………………………………bariton. Vodemon, Burgundiya Grafi……………………………………tenor. Ibn Xakiya, arab shifokori…………………………………….bariton. Almerik,qirol Renening quroltashuvchisi (soqchi)……………..tenor. Bertran, saroy xizmatkori…………………………………………bas. Iolanta, qirol Renening ko’zi ojiz qizi……………………….soprano. Marta, Bertran rafiqasi, Iolantaning sut bergan onasi……….soprano. Brigitta, Iolantaning dugonasi ……………………………... soprano. Laura, Iolantaning dugonasi………………………. metstso-soprano. Oqsoch qizlar va Iolantaning dugonalari, qirolga yaqinlashganlar, Burgund gertsogining qo’shini va quroltashuvchilar (soqchilar). Operaning xarakati janubiy Frantsiyaning tog’li xududida XV asrda sodir bo’lib o’tadi.
Yaratilish tarixi: «Iolanta» Chaykovskiyning ohirgi operasi. 1884 yilda kompozitor Daniya yozuvchisi Genrih Gertsning (1798-1870) « Qirol Renening qizi » (1845) nomli she’riy bir pardali dramasining ruscha tarjimasini o’qib chiqib, uning originalligi va syujetnig shoironaligiga qoyil qolgan.1891 yilda «Iolanta»ni yarata boshlaydi. Kompozitorning ukasi Modest Ilyich Chaykovskiyga (1850-1916) libretto yozish buyurtmasini beradi. 10 iyulda ish boshlab, 4 chi sentyabrga kelganda butun musiqasi tayor bo’lib, dekabr oyi ichida orkestrovkasi ham bitgan. Operaning birinchi namoyishi «Shelkunchik» baleti bilan birga Mariin teatri sahnasida 1892 yilning 6(18) dekabrda Peterburgda bo’lib o’tgan. Syujet (Operaning qisqacha mazmuni) Frantsiya janubida Vogeziya tog’lari vodiysida Provans qiroli Renening qasri joylashgan. Bu yerda qirolning qizi – yosh Iolanta yashaydi. U tug’ma ojiz, lekin bu haqda bilmaydi. Qirolning talabiga ko’ra atrofdagilar undan bu
55
sirni yashirib yuradi, begonalardan xech kim qasr ichiga ruhsatsiz tashqaridan kirolmaydi. Iolantaning kunlari dugonalar orasida baxtli behabarlikda o’tadi. Yaqin oradan boshlab qandaydir notanish, yangi xis-tuyg’ular, yangi izlanishlar va intilishlar uning bezovta qila boshlaydi. Iolanta yig’laydi, zerikadi, sog’inch xisi uni tinchini buzadi. O’rtoqlari uni g’amgin o’ylardan chalg’itmoqchi bo’lishadi, lekin barisi befoyda. Qirol mashxur arab tabibi Ibn- Xakiaga qizini ko’rsatadi. Tabib shifosi bor, faqat uning uchun Iolanta ko’zi ojizligi haqida bilishi va ko’rishni bor vujudi bilan hohlashi darkorligini aytadi. Qirolning qarori qat’iy, bu taklifga u unamaydi. Yolidan adashib qolgan ikki ritsar Robert va Vodemon boqqa tushib qolishadi. Robert bolaligida Iolanta bilan unashtirilgan edi.U uni xech qachon ko’rmagan, va uni ojizligini bilmaydi. Bor o’y- xayollari Lotaringiya grafinyasi Matilda tomon intiladi va u qirol Rene oldiga borib, unashtiruvni bekor qilmoqchi.Vodemon ajoyib bog’ ayvoniga chiqib, u uhlayotgan Iolantani ko’rib qoladi. Qizning go’zalligi yigitni hayratda qoldiradi. Ajablanib ovoz chiqarganidan qiz o’yg’onib ketadi. Yosh yigitning hayajoni Iolantaga o’tib, u ham talpinib, uyalib ketadi. Go’zal notanish qiz bilan hayrlashar ekan , Vodemon undan esdalik uchun qizil atirgulni uzib berishni so’raydi. Qizil atirgul o’rniga Iolanta oq atirgulni uzib beradi. Dahshatga tushgan yigit qizning ko’zi ojizligini payqab qoladi. Unga rahmi kelib, bu dunyo naqadar go’zalligini, betakrorligini tushuntirib beradi. Iolanta diqqat bilan uning gaplariga quloq soladi. Qirol paydo bo’ladi. Betayin kelgindi Iolantaga sirni ochib berganligini bilib qolib, jahli chiqadi, lekin, tabib, ana endi dardi shifosini topadi deb, qirolni ishontiradi; bir-birini sevib qolganligini sezib, davolanish foyda bermagan taqdirda, qirol Vodemonni qatl bilan yolg’ontakamdan qo’rqitadi. Iolanta esa sevikli yorini qutqarish uchun har qiyinchiliklarga chidashga tayyor. Ko’zi ochilib, u yo’rug’ dunyoni, o’z otasini, Vodemonni, dugonalarini ko’rib qoyil qoladi.Vodemon endi uning xaloskori. Hamma tantanali ravishda xayot va bilim manbai- yorug’likni madh etishadi. «Iolanta» operasining musiqasi haqida «Iolanta»- lirik operasi. Operaning boshlanishidayoq korong’u va yorug’lik keskinligi (qarama-qarshiligi) –operaning asosiy g’oyasi aks ettiriladi. Orkestr tarkibidan torli asboblar chiqarib tashlangan . Introduksiyadan keyingi sahnasi kontrast tarzida skripkalar kuyi arfa
56
akkompanementi bilan birga quyosh nuri yog’ilganday qabul qilinadi. Iolantaning g’amgin, mayus ariozosi «Otchego eto prejde ne znala» - oldin o’ylanuvchan, keyin shijoat , talpinish bilan ijro etiladi. Qizlar aytgan «Vot tebe lyutiki, vot vasilki» xori quvnoq va xushchaqchaq. Ayollar tertseti va xor tomonidan ijro etiladigan «alla» nozik , tiniq, va latofat bilan ijro etiladi.Qirol Rene kuylagan «Ujeli rokom osujden» ariyasining kuyi mehribon otaning dil iztiroblarini aks attiradi. Ibn-Xakiya monologi «Dva mira» (ikki dunyo) sharq taronalar ruhida yozilgan. Robert aytgan «Kto mojet sravnit’sya s Matildoy moyey» nomli ariyasi xayotsevarlik va ishq mehriga to’la.
Vodemon operada boshqacha ko’rsatilgan. Uning obrazi orzumand va shoironadir. U «Net! Chari lask krasi myatejnoy» degan romansni ijro etadi. Operaning markaziy saxnasi qator ariozoli lavhalarning birin-ketin o’tishiga asoslangan bo’lib xayajonlanib, to’lqinlanib ketgan olijanob ritsar va iboli , qalbi zilol Iolanta rasmlarini tasvirlaydi ; katta duet sahnasi Vodemon ijro etadigan «Chudniy pervenets tvorenya» nomli ariozoning shodlik, quvonchga to’la kuyi bilan yakunlanadi. Bu kuy keyingi duetda ham yana takrorlanadi. Qirol Rene va tabib Ibn-Xakialarning paydo bo’lishi musiqa ichiga mardanovor kat’iy bo’yoqlar qo’shadi. Iolanta «Net, nazovi mucheenya, stradanya, bol’»- ariozosi bu saxnada o’z shijoatligi dil talpinishi, qizg’in tuyg’u va ishqiy intilish bilan ajralib turadi. «O kupol neba luchezarniy» degan murojaatida Iolanta tantanali va ruhiy to’lqinlanish bilan ijro etilib, so’ng bu kuyga ansambl va xor qo’shilib, madhiyaga aylanib ketadi.
******* «Iolanta» operasini yozish jarayonida kompozitor musiqaning boshqa janrlarda ham ijod qilishni davom ettirdi. Torli asboblar uchun «Florentsiya» xotiralari nomli
sekstet, Shekspirning
«Gamlet» tragediyasiga musiqa,«Voyevoda» nomli simfonik poema,hayotining so’nggi yilida esa «Shelkunchik» baletini, uchinchi fortepiano kontsertini va ohirgi oltinchi simfoniyasini yozdi. Chaykovskiy vafotidan bir necha yil oldin – 1885 yildan boshlab Moskva yaqinidagi Klin shahri atrofidagi o’rmonzor, hushmanzara joyda yashay boshlaydi, shu yerda o’zining o’lmas asralarini yaratadi. Kompozitor 1893 yil oktyabr oyida Petrburgga bordi. Oltinchi simfoniyasini birinchi bor ijro qilganda unga o’zi dirijorlik qildi va oradan bir necha kun o’tgach, 1893yil 6 noyabrda Peterburg shahrida vafot etdi. 57
Chaykovskiyning ijodiy merosi o’nta opera, uchta balet, to’rtta kantata, oltita simfoniya to’rtta syuita, simfonik uvertyuralar, poemalar, uchta marsh, fortepiano uchun uchta kontsert, uchta torli kvartet, fortepiano uchun yuzdan ortiq pyesa, ikkita sonata, xorlar, yuzta romans va boshqa asarlardan iborat .
« Oq qush ko’li » Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling