Yer osti suvlari


Download 59.98 Kb.
bet11/18
Sana26.06.2023
Hajmi59.98 Kb.
#1656031
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Yer osti suvlari

OHkazish qobiliyati Bir jismdan boshqasiga yoki ikkalasini o‘zaro ta’sirlanishi yordamida issiqlik o‘tkazilishi obyektlaming o‘tkazish qobiliyati deb ataladi. Haroratni m e’yorlashtirish uchun issiq jism qismidan sovuq jism qismiga issiqlik oqimi harakatlanadi. Haqiqatda bir molekuladan boshqasiga zanjir usulida issiqlik o‘tishi kabi o‘tkazuvchanlik sodir bo‘ladi.
Konveksiya (lot. convectio - keltirish, eltib berish) Atmosferada Yer yuzasiga yaqin havoning isishidan ular hajmi kengayadi va atrofdagi havodan zichligi kamayib tepaga ko‘tariladi. Atmosferada isigan havoning tepaga ko‘tarilishi konveksiya deb ataladi. Bu jarayon plitaga qo‘yilgan choynakdagi suv qaynashi sirkulyatsiyasi yordamida tushunish mumkin.
Adveksiya (lot. advectio - eltish) issiqlikning gorizontal (yotiq) yo‘nalishda ko‘chishi. Yer-atmosfera doirasida ikkita asosiy adveksiya harakati mavjud; shamol va suv oqimlari. Bulaming harakati yordamida ekvatorial va qutbiy rayonlar o‘rtasida Yer-atmosfera sistemasi energiya muvozanatini saqlaydigan gorizontal energiya harakati vujudga keladi.
168
Yashirin issiqlikda kondensatsiya (lot. condensatio - quyuqlanish, zichlashish) Suv bugianganda anchagina energiya miqdori suv bug‘ida yashirin issiqlik sifatida saqlanadi. Bu suv b u g i undan keyin adveksiya yoki konveksiya natijasida ko‘chadi, qaerdadir saqlangan energiya chiqariladi va kondensatsiya sodir boiadi. Bu jarayon Yer sistemasida energiya almashinishida muhim rol o‘ynaydi.
Quyosh radiatsiyasining atmosferadan o‘tishi
Havo ochiq vaqtda atmosferaga kirib keladigan to‘g‘ri Quyosh nurlari to'g'ri Quyosh radiatsiyasi deb ataladi. Bunday nurlar eng ko‘p yorugiik va issiqlik keltiradi. Quyosh zenitda (tik tepada) turgan va havo toza, ochiq vaqtda bunday radiatsiyaning maksimal intensivligi dengiz sathi balandligida 1,5 kal/sm2/min ga teng, togiarda undan bir oz ko‘proq boiadi.
Quyosh radiatsiyasining qolgan qismi atmosferada tarqalib, hamma tomonga yo‘nalgan nurlarga aylanadi. Bu tarqoq radiatsiya. Tarqoq radiatsiya yerdagi predmetlarga to‘g‘ri Quyoshdan kelmay, butun osmon gumbazidan tushib, kunduzgi yorugiikni hosil qiladi. Yuqorida aytib o‘tilgandek osmonning rangi, shafaq, Oy va Quyoshning rangi hamda yuMuzlaming miltirashi ana shu nurlarga bogiiq.
Tarqoq radiatsiya ham to‘g‘ri radiatsiya kabi yer yuzasining issiqlik manbai hisoblanadi. To‘g‘ri radiatsiya intensivligi qanchalik katta boisa, tarqoq radiatsiyaning mutlaq miqdori ham shuncha ko‘p boiadi. Quyoshli kunlarda to‘g‘ri nurlar tushmaydigan joylar, masalan, daraxt taglari ham tarqoq radiatsiya tufayli yorug1 boiadi. Tarqoq radiatsiyaning to‘g‘ri radiatsiyaga nisbatan miqdori to‘g‘ri radiatsiya kamaygan sari orta boradi; o‘rtacha geografik kengliklarda uning miqdori yozda keladigan butun radiatsiyaning 41%ini, qishda 73% ini tashkil etadi. Tarqoq radiatsiya Quyoshdan keladigan butun nur oqimining tropik oikalarda o‘rta hisobda 30% ini, qutbiy oikalarda 70% ini tashkil etadi. Umuman olganda, Quyoshdan keladigan butun numing 1/4 qismiga yaqini tarqoq radiatsiyaga to‘g‘ri keladi.
Shunday qilib, Yer yuzasiga to‘g‘ri radiatsiya ham, tarqoq radiatsiya ham tushadi, ular birgalikda jami radiatsiyani hosil qiladi. Troposferada kuzatiladigan haqiqiy radiatsiya ana shu jami radiatsiyadir,
169
Quyosh nurlarining bir qismini (15% ga yaqinini) atmosfera yutib qoladi. Troposferada radiatsiyani asosan suv bug1 lari va, albatta, bulutlardagi tomchilar hamda suv kristallari yutib qoladi. Shunday qilib, atmosfera ma’lum miqdordagi issiqlikni bevosita Quyosh nurlaridan oladi. Lekin u asosan yer yuzasidan isiydi.

Download 59.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling