Yer osti suvlari


Glossariy Albedo (Albedo)


Download 59.98 Kb.
bet13/18
Sana26.06.2023
Hajmi59.98 Kb.
#1656031
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Yer osti suvlari

Glossariy
Albedo (Albedo) - (lot. albedo - oqlik) jism sirtidan qaytgan nur energiyasi miqdorining shu sirtga tushayotgan nur energiyasi miqdoriga nisbati. Albedo jismning nur qaytarish qobiliyatini ifodalaydi. Atmosfera (Atmosphere) - (yunoncha atmos -bug‘ va sfera - qobiq) yer sharini o‘rab olgan va u bilan birga aylanadigan havo qobigi. Ionosfera (Ionosphere) - Yer havo qobigining 50-80 km dan yuqorida joylashgan ionlashgan qatlami. Qalinligi 2000 km dan ortiq.
Quyosh doimiyligi (The continuity of the Sun) - deb atmosferaning yuqorigi chegarasida yoki yer yuzidagi “atmosfera yo‘q sharoitda” Quyosh nuriga perpendikulyar joylashgan 1 sm2 qora sathga bir daqiqa davomida tushadigan issiqlik miqdoriga ay
Atmosfera bosimi
Alohida gaz molekulasi og‘irligi deyarli hech narsa; shunga qaramay, atmosfera bir butun sifatida sezilarli og‘irlikka ega va Yer yuzasida har kvadrat santimetrga o‘rtacha 1034 gramm (14,7 funt/ kv dyuym) bosim bilan ta’sir ko‘rsatadi. Bu atmosfera bosimini odamlar nega sezmasligining sababi bizning ichimizda - qonimizda, to‘qimalarimiz va hujayralarimizda havo va suv borligi boiib, bu tashqi bosim bilan ichki atmosfera bosimi muvozanatda boiishini ta’minlaydi. Atmosfera bosimi muhim ahamiyatga ega, chunki, Yeratmosfera tizimi doirasida bosimning o‘zgarishi atmosfera sirkulyatsiyasini vujudga keltiradi va, shunday qilib bizning ob-havo va iqlimni belgilashda asosiy rol o‘ynaydi.
1643-yilda Galileyning shogirdi Evanjelista Torrichelli atmosfera bosimini oichaydigan asbob simobli barometmi yaratish uchun asos boigan tajriba o‘tkazgan. Torrichelli simob bilan toidirilgan nay olgan va uni ochiq simobli metall kosaga to‘ntargan. To‘ntarilgan nay ichidagi simob kosadagi simob ustida deyarli 76 sm (29,92 dyum) balandlikda boigan, natijada nayning yopiq uchida vakuum pufak vujudga kelgan. Bu nuqtada ochiq simobli kosadagi atmosfera ko‘rsatadigan bosim naydan oqib chiqishga urinayotgan simob tomonidan boiadigan bosim bilan tenglashadi. Torrichelli havo bosimi oshsa, simobni nay yuqorisiga itarishini, simob ustuni barn
landligini simob ko‘rsatadigan (og‘irlik kuchi ta’sirida) bosimgacha ko‘tarib, havo bosimiga teng bo‘lishini aniqlagan. Boshqa tomondan, havo bosimi kamayishi bilan ustundagi simob darajasi ham tushadi.
Havo molekulalarining harakati va ulaming o‘z og‘irligi, ya’ni qattiq Yerga tortilishi atmosfera bosimini vujudga keltiradi. Havo tinch turganda bosimning maydon birligiga boigan kattaligi shu maydon ustidagi havo ustunining ogirligiga teng boiadi. Bu havo ustunidagi havo massasining kamayishi bosimning kamayishiga, ko‘payishi esa uning ortishiga olib keladi. Og‘irlik kuchi turli kengliklarda turlicha ekanligi, havo ustunining vazni dengiz sathidan balandlikka va haroratga bogiiq boiganligi sababli normal havo bosimi deb 45° kenglikdagi dengiz sathida harorat 0°C ga teng boigandagi atmosfera bosimi qabul qilingan. Bunday holatda havo ustunining ogirligi 760 mm li simob ustunining ogirligiga teng boiadi. 0°C haroratda simobning zichligi 13,595 boiadi, shu sababli ko‘ndalang kesimi 1 sm boigan 760 mm simob ustunining massasi 1033,2 g ga tengdir. Binobarin, atmosfera yer yuzasining har 1 sm2 yuzasiga 1 kg 33 g kuch bilan bosib turadi.
Atmosferaning yer yuzasiga boigan bosimi va uning taqsimlanishi barik maydon deyiladi. Barik maydon vaqt davomida to‘xtovsiz o‘zgarib turadi, har bir joyda bir ortib bir kamayib turadi, turli geografik zonalar va oikalarda bir xilda boim aydi - yuqori va past bosim mintaqalari mavjud (15.1-rasm). Yuqori bosim mintaqalaridan past bosim mintaqalariga havo harakatlanadi. Atmosfera bosimining yer yuzasi yaqinida taqsimlanishi izobaralar bilan ko‘rsatiladi. Izobara Yer yuzasidagi havo bosimi bir xil boigan joylami tutashtiruvchi chiziq70.
Past bosimli mintaqalar barik minimumlar, depressiyalar yoki siklonlar deb ataladi (15.2-rasm). Siklondan biror tomonga cho‘zilib ketadigan past bosimli polosa bosim soyligi deyiladi. Siklon markazida atmosfera bosimining pasayish darajasi “siklon chuqurligr termini bilan ifodalanadi, bosimi juda past siklon - chuqur siklon deyiladi.

Download 59.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling