Yer osti suvlari


Download 59.98 Kb.
bet1/18
Sana26.06.2023
Hajmi59.98 Kb.
#1656031
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Yer osti suvlari


Yer osti suvlari
Yer po‘stining zich tog‘ jinslarining darz va yoriqlarida, g‘ovak jinslar orasidagi bo‘shliqlarda mavjud boigan suvlar yer osti suvlari deyiladi. Ular bug‘, suyuq va muz holatida boiishi mumkin. Suyuq holdagi suv bogiangan va erkin boiishi mumkin. Bogiangan suv gigroskopik (qalinligi 10-8 sm) va pardasimon (10-8 sm dan 10-5 sm gacha) boiadi. Erkin suv kapillyar suv va gravitatsion suvga boiinadi.
Yer osti suvlari yo g in suvining tog‘ jinslari qatlamlariga shimilishidan, nam havoning tog‘ jinslari yoriqlariga kirib kondensatsiyalanishidan, cho‘kindi jinslar hosil boiayotganda kirib qolayotgan suvlardan vujudga keladi.
Yer osti suvlari tarkibida erigan mineral tuzlar miqdoriga qarab chuchuk suv, mineral suv va sho ‘r suv boinadi. Yer osti suvlari yana bosimli va erkin oquvchi suvlar boiadi. Bosimli suvlar ikkita suv o‘tkazmaydigan qatlam orasidagi suv o‘tkazuvchi qatlamda hosil boiadi va quduq qazilsa, suv fawora boiib otilib chiqadi. Bunday suv artezian suv deb ham aytiladi.
Yer osti suvlari sathi joyning geologik tuzilishiga, relyefiga bog‘ liq ravishda bir xil boim aydi va baland tomondan past tomonga oqadi. Yer yuzidagi jarlarda, o‘yiqlarda yer yuziga oqib chiqib, buloqlami hosil qiladi. Suv o‘tkazadigan qatlam yer yuziga chiqqan joylarda sizot suvlar hosil boiadi.
146
Litosferada suvlaming bir-biriga qarama-qarshi boigan quyidagi ikki yo‘nalishi bor: 1) mantiyadan yer yuzasiga tomon yuvenil (yer ichidan chiqqan suvlar) suvlar ko‘tariladi va ular suv almashinuvida birinchi marta ishtirok eta boshlaydi; 2) yer yuzasidan pastga tomon suv almashinuvida qatnashgan singma suv siziladi.
Yer po‘sti jinslari orasida suvlar tog‘ jinslarining g‘ovakligiga, litologiyasiga hamda tektonik tuzilishiga qarab joylashadi. Yer osti suvlariga m oiligi va bu suvlaming harakat sharoitiga qarab yer po‘stidagi jinslaming quyidagi holatlari ajratiladi: a) kapillyar g‘ovakli jinslar, b) teshikli jinslar, v) karstli jinslar va g) yoriqli jinslar. Katta bo‘shliqlarda suv ogirlik kuchi ta’sirida harakat qiladi; kapillyarlarda yuzaga tarang tortilishi natijasida ushlanib qoladi. Juda mayda g‘ovaklarda suv tog‘ jinsi zarralari bilan shu qadar mustahkam bogianganki, u ogirlik kuchi ta’sirida harakat qila olmaydi. Quyida ba’zi bir tog‘ jinslarining g‘ovakliligi berilgan.
Tog‘ jinslarining g‘ovak!iligi

Tog‘ jinsi

G‘ovakliligi % hisobida0,5 - 0,86

Granit

Daryo qumi

14,0-25,0




Bo‘r

30,0




Shag‘al aralash qum

38,0




Gil

45,0-60,0




Torf

80,0




Suvga munosabatiga qarab, barcha gmntlar sxematik ravishda quyidagi guruhchalarga boiinadi:
- Suv o‘tkazadigan gruntlar: 1) nam sigimisiz, a) yirik qum va shag‘al, b) yoriqli (dars ketgan) ohaktosh, 2) nam sigim li - bo‘r, torf, qumoq, loyqa, lyoss (sog‘ tuproq).
- Suv o‘tkazmaydigan gruntlar: 1) nam sigimisiz zich kristalli jinslar, yoriqsiz ohaktoshlar, zich qumtoshlar, 2) nam sigim li jinslar, - gil, mergel.
- Eruvchan gruntlar - kaliy va osh tuzi, gips, ohaktosh, dolomit. Nurash po‘sti qatlam-qatlam tuzilganligi va qatlamlar ham suv
147
o‘tkazuvchan, ham suv o‘tkazmaydigan bo‘lishi mumkinligi sababli yer osti suvlari ham qatlam-qatlam boiib joylashadi. Suvi bo‘lgan suv o‘tkazuvchan jinslar qatlamlari suvli qatlamlar deyiladi. Ustida suvli qatlam bo‘lgan va o‘zidan suv o‘tkazmaydigan jinslar qatlami suv о ‘tkazmaydigan qatlam deyiladi.
Yer osti grunt suvlaming hosil bo‘lishi to‘liq gidrologik siklni o‘z ichiga oladi. Yer osti suvlari atmosfera yog‘inlaridan, qor va muzlarning erishi va yerga shimilishidan hosil bo‘ladi. Yer osti suvlari yer betiga sizilib, buloqlar orqali chiqadi. Ular uch asosiy qismdan iborat: birinchi qismi aeratsiya zonasi (havoli qatlam) deyiladi.
Suv aeratsiya zonasidan singib, suv o‘tkazmaydigan qatlamgacha o‘tib boradi. Aeratsiya zonasi va suv о‘tkazmaydigan qatlam ustida to‘plangan suv grunt suvlari hisoblanadi. Grunt suvlarining sathi qurg‘oqchilik vaqtida ancha pastda bo‘ladi, semam faslda yoki namgarchilik davrda ko‘tariladi. AQSH aholisining 50 % i ichimlik suvi sifatida yer osti suvlaridan foydalanishadi. AQSHning g‘arbiy qurg‘oqchil o‘lkalarida yer osti suvlari asosiy suv manbai hisoblanadi58.
0 ‘zbekiston Respublikasida hozirgi paytda 69 ta shahar, 355 ta pasyolka va 2902 ta qishloq aholi punktlari aholisining ehtiyojlari yer osti suvlari zahiralari hisobiga qondirilmoqda59.
Yuza suvlar ancha yuzada joylashgan bo‘lib, ob-havo sharoitiga qarab keskin ravishda o‘zgarib turadi va qirg‘oqchil vaqtda qurib qoladi. Yuza suvlaming vujudga kelish sabablari birmuncha xilma-xil. Ular ko‘proq suv о‘tkazmaydigan qatlam ustidagi suv o‘tkazuvchi jinslarda bo‘ladi. Bunday hodisa ayniqsa morenali o‘lkalar uchun xosdir. Yuza suvlar ko‘pincha tuproqda illyuvial gorizont (yuvilish gorizonti) ning bo‘lishiga bog‘liqdir, illyuvial gorizont shu joydagi suvni pastga o‘tkazmaydi va natijada tuproqqa singigan yog‘in suvlari to‘plana boradi. Botqoqlik va botqoqlangan o‘tloq pastqamliklar-

Download 59.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling