Yer osti suvlari
Buloqlar, artezian suvlar, mineral va termal suvlar
Download 59.98 Kb.
|
Yer osti suvlari
Buloqlar, artezian suvlar, mineral va termal suvlar
Ozmi-ko‘pmi chuqurroqdagi suvli qatlamlarda artezian suvlar bo‘ladi. Artezian suvlar nomi Fransiyaning Arteziya viloyati nomidan kelib chiqqan. XII asrda bu viloyatda Yevropadagi birinchi fontan bo‘lib otilib chiquvchi quduq qazilib, u artezian qudug‘i deb atalgan. Tekisliklaming bosimli suv qatlamlari bo‘lgan geologik strukturalari artezian havzalar deb ataladi. Materiklardagi yer osti suvlarining asosiy qismi artezian havzalarda to‘plangan. Artezian havzalar Shimoliy Afrikada, Atlas tog‘larida va Sahroi Kabirda ham ko‘p. Janubiy Afrikada katta artezian havzalar yo‘q. Yer usti suvlari kam Avstraliyada artezian havzalar materik maydonining 150 1/3 qismidan ko‘prog‘ini egallaydi. G‘arbiy Yevropada ham artezian havzalar ko‘p. Bulardan Parij havzasi bilan Artua (qadimgi Artezian) havzasini aytish mumkin. AQSH artezian havzalari orasida eng kattasi suvi mezozoy yotqiziqlarida to‘plangan Dagot havzasi va Buyuk ko‘llar rayonidagi paleozoy yotqiziqlari bilan bog‘langan Viskonsin havzasidir. Suvli artezian qatlamlar ustini suv о‘tkazmaydigan qatlamlar yoppasiga qoplagan bo‘lib, botiq havzaning chekkalaridagina yog‘inlar suvi va yer usti suvlari bilan bog‘langan bo‘ladi. Qiya yoki botiq qatlamlardagi suv bosim ostida bo‘lib, bosimli suv deyiladi. Grunt suvlarida ham mahalliy bosim bo‘lishi mumkin. Grunt suvlarining artezian suvlaridan asosiy farqi shuki, ular atmosfera omillarining bevosita ta’sirida bo‘ladi, artezian suvlaming eng chekka qismlarigagina mavsumiy o‘zgarishlar ta’sir etadi. Har bir artezian havzasida uch oblast: to‘yinish oblasti, bosim oblasti va bosimsiz oblast bo‘ladi. To‘yinish oblastida suvli qatlam erkin yuzaga ega bo‘lib, grunt suvlaridan to‘yinadi. Odatda to‘yinish oblastlari tektonik ko‘tarilgan joylarda bo‘ladi. Bosimli o‘lkada burg‘ - “artezian” qudug‘i qazilsa, suv suvli qatlam sathidan ham balandga ko'tarilishi yoki otilib chiqishi mumkin. Bosimsiz o'lkada suv yer yuzasiga buloq bo ‘ lib oqib chiqadi yoki grunt suvlariga qo‘shilib ketadi. Artezian suvlari kimyoviy tarkibiga ko‘ra juda xilma-xildir. Agar suvda erigan moddalar miqdori 1 g/l dan oshmasa, bu suv chuchuk, erigan moddalar 1 g/l dan 50 g/l gacha boisa minerallashgan, 51 g/l dan ortiq bo‘lsa - sho‘r suv (namakob) deyiladi. Minerallashgan va sho‘r shifobaxsh suvlar mineral suv deyiladi. Artezian suvlar tarkibida gazlar bo‘ladi. Gazlar suvda ba’zan shu qadar ko‘p bo'ladiki, bu suvlar yer betiga chiqqanida undan gaz ajraladi. Har bir katta artezian havzada yoshi va minerallashganlik darajasi turlicha boigan suvlar bo‘ladi. Taxminan 100 m dan 600 mgacha chuqurda joylashgan yuza qatlamlar suvi chuchuk bo‘ladi. Bu suvlar yog‘in yer usti va grunt suvlarining yerga singishi natijasida 151 hosil bo‘ladi. Yer osti suvlari harakati qulay bo‘lgan sharoitda yerga siziluvchi (infiltratsion) oqimlar o‘zidan chuqurroqdagi minerallashgan suvlami siqib chiqarishi va, ayniqsa to‘yinish oblastlarida, ular o‘mini butunlay egallashi mumkin. Gidrokarbonatlar bilan zaif minerallashgan yoki chuchuk filtratsion suvlaming yuqori sferasi shu tariqa hosil bo‘ladi. Undan pastda minerallashgan suvlaming quyi sferasi yoki qavati joylashgan; ulaming kimyoviy tarkibi ustki chuchuk suvlaming pastki kuchli minerallashgan suvlarga aralashishidan hosil bo‘ladi. Bunday suvlaming mineral tarkibi havzadan-havzaga ancha o‘zgaradi; bunga suvlaming singish (filtratsiya) xarakteri bilan chuqur qatlamdagi suvlaming kimyoviy tarkibi ta’sir etadi. Bu qavat asosan sulfatli va ishqoriy suvlar qavatidir. Chuqur joylashgan mineral suvlar juda qadimda paydo bo‘lgan: ular turli geologik davrlarda dengiz quruqlikka bostirib kirganda cho‘kindi jinslar qatlamlari hosil boiayotgan vaqtda, shuningdek yer bag‘ridagi diffuziya yo‘li bilan to‘plangan. Bu suvlar kuchli minerallashgan sedimentatsion sferani tashkil etadi. Kuchli minerallashgan sedimentatsion suvlaming dastlabki tarkibi bu suvlarga tog‘ jinslari va ulardagi suvlaming uzoq davom etgan ta’siri natijasida o‘zgarib ketgan. Bu yerlarda xlorid turdagi sho‘r suvlar keng tarqalgan. Xlorid-kalsiyli suvlaming bir qismi endogen yo‘l bilan paydo bo‘lgan. Shifobaxshlik ahamiyatiga ega, bo‘lgan minerallashgan, ya’ni mineral suvlar ayniqsa mashhurdir. Ular biologik aktiv xossalarga ega bo‘lib, kimyoviy jihatdan foydali komponentlar, gazlar, organik moddalar miqdorining ko‘pligi tufayli yoki yuqori harorati bilan inson organizmiga fiziologik ta’sir ko'rsatadi. Mineral suvlaming asosiy turlari karbonat angidridli - (ya’ni erkin COz li), vodorod suffidli, radonli, azotli, litiyli, ftorli, temirli, mishyakli, bromli, yodli, radiyli, borli va kremniyli suvlardir. Yer osti suvlarining tabiiy yo‘l bilan yer yuzasiga oqib chiqishi buloqlar (chashmalar) deyiladi. 152 Grunt suvlaridan hosil bo‘ladigan buloqlar odatda bosimsiz yoki mahalliy bosimgagina ega bo‘ladi. Grunt suvlari sun’iy yo‘l bilan quduq qazib olinadi. Artezian buloqlar ko‘tarilma (yuqorilama) harakat qiladi va joyning geologik strukturasi bilan relyefi imkon bergan yerdan otilib chiqadi. Ular ko‘pincha yo sinklinal burmalaming quyi qismida, yoki uzilmada, yo bo‘lmasa, suvli qatlami bo‘lgan jinslar bilan suv o‘tkazmaydigan qatlami bo‘lgan jinslar tutashgan joyda paydo bo‘ladi. Artezian suvlar burg‘ qazib yoki quduq kavlab olinadi. Odatda grunt suvlari va yuzaroqdagi artezian suvlaming harorati shu joydagi havoning yillik o‘rtacha haroratiga deyarli teng bo‘ladi. Bu suvlar hosil qilgan buloqlar sovuq buloqlar deyiladi; ulaming eng yuqori harorati 20°C. Harorati 20°C dan 37°C gacha bo‘lgan suvlar va buloqlar iliq, harorati 37°C dan ortiq buloqlar issiq yoki termal buloqlar deb ataladi. Vulqonli oikalaming yer osti suvlari, shuningdek grunt suvlari hamda chuqur artezian suvlar issiq boiadi. Chuqur artezian suvlarga yeming ichki issig‘i ta’sir etadi va ulaming pastki qavatlaridagi suv harorati yuqori bo‘ladi. Vulqonli о‘lkalarda issiq suvlar geyzerlar tarzida chiqadi. Aholi yer ostidan chiqadigan issiq suvlardan issiqlik manbai sifatida foydalanadi. Vaqt-vaqti bilan otilib chiqadigan issiq suvli buloqlar geyzerlar deyiladi. Ulaming otilib chiqishi bir qarashda vulqon otilishini eslatadi va uni kuzatayotgan kishida katta taassurot qoldiradi. Bu xil buloqlaming nomi islandcha “geyza” - mavj urmoq so‘zidan olingan. Geyzer - Islandiyadagi katta geyzeming nomi. 0 ‘ziga xos bunday buloqlar yaqin geologik davrdagi yoki hozirgi vulqonli o‘lkalarda joylashgan. Bunday vulqonli o‘lkalarda sayoz magma o‘choqlari bo‘lib, ular o‘ziga xos geotermik va gidro-geologik sharoit yaratadi. Yer po‘stining uncha chuqur bo‘lmagan qatlamlaridan Yer yoriqlarida hosil bo‘ lgan suv yo‘ li (kanal) orqali harorati 100 °C dan yuqori (140° gacha) qizib ketgan suvlar ko‘tariladi. Yoriqdagi suv yo‘lining og‘zi keng bo‘lib, grifon deyiladi. Grifon issiq suvdan ajralib, cho‘kadigan och tusli kremniyli tuf yoki geyzerit yotqiziqlari-da hosil bo‘ladi. 153 Geyzerli joylaming yuza qismidagi jismlarida sovuq grunt suvlari bo‘lib, ular Yer yorig‘idagi suv yo‘li - kanalga va grifonga o‘tadi. Oqibatda geyzer kanalida ikki xil suv, yuzada to‘plangan sovuq suv bilan chuqurdan chiqib kelgan issiq suv bir-biriga qo‘shiladi. Geyzerlar rejimi mana shu issiq suv bilan sovuq suvning o‘zaro ta’siri natijasidir. Suv otilishidan to‘xtagach, grifon bilan kanalning yuqori qismi bo‘shab qoladi. Bu bo‘shliqqa pastdan issiq suv, atrofdan esa sovuq suv kirib keladi. Bu har qanday geyzer rejimining birinchi bosqichi, ya’ni to‘lish bosqichidir. Bunda yer yuzasiga oqib chiqadigan suv harorati qaynash haroratidan pastroq, ya’ni 97,2 °C va 99,8 °C atrofida bo‘ladi. Grifon to‘lgach, yuza qatlamdan yig‘ilgan suv atrofga oqib tusha boshlaydi, pastdan esa issiq suv ko‘tarilaveradi, buning natijasida suv harorati qaynash nuqtasigacha ko‘tariladi. Bu bosqichda suv vaqtvaqti bilan qaynab, ozroq otilib turadi. Suvning tinch (qaynamay turish) davri tobora qisqarib, qaynab turish davri uzaya boradi. Kanal ichida vagrifonda yuqoridagi suv bosimi tufayli suv qaynay olmaydi. Yuqoridagi suv qattiq qaynagach, suv-bug‘ aralashmasi hosil bo‘ladi va pastki qatlamlarga bo‘lgan bosim birdaniga kamayib ketadi. Natijada kanaldagi suv qaynab, suv-bug‘ massasi katta kuch bilan otilib chiqadi. Suv bug‘ga aylanganda o‘z hajmini 1675 baravar kattalashtiradi. Bu fontan hosil bo‘lishi bosqichidir. Suv-bug‘ otilib chiqqach, kanalga pastdan issiq suv ko‘tarilib qattiq qaynaydi va geyzerdan faqat bug‘ otilib chiqadi. Shu vaqtda issiq suv va bug‘dan bo‘shagan kanalga sovuq grunt suvlari kelib quyiladi. Shundan so‘ng suvning qaynashi tugaydi. Shu bilan suv fontanining bir sikli tugab, ikkinchisi boshlanadi. Geyzerlar harakatining davriyligi chuqurdagi isigan va sovuq suvning qancha tez ko‘tarilish nisbatiga va miqdoriga bog‘liq. Geyzerlar suvining to‘xtab turish davri bilan suv otilmaydigan buloqlarga aylanish davrini yuqorida aytilgan nisbatning o‘zgarib turishi bilan izohlash mumkin. Islandiyadagi Strokr geyzerining otilishi to‘xtagan; Kamchatkadagi Vanna, Grot (G‘or), Непостоянний (O'zgaruvchan) va boshqa geyzerlar o‘qtin-o‘qtin suv-bug‘ chiqaradigan buloqlarga 154 aylanib qoldi. Yellouston parkidagi geyzerlar ham juda xilma-xildir. Issiq buloqlaming bu noyob xillari bo‘lgan geyzerlar tarqalgan rayonlar Yer yuzida uncha ko‘p emas. Bular - Kamchatka, Yaponiya, AQSH dagi Yellouston milliy parki, Meksika, Kalifomiya. Bu geyzer rayonlari Tinch okean vulqonlar halqasida joylashgan. Bundan tashqari, 0 ‘rta dengiz yer yorig‘i mintaqasidagi Tibetning ham geyzerli bir rayoni bor. Islandiya oroli ham geyzerlar rayonidir. Yangi Zelandiyaning Shimoliy orolida ham katta-katta geyzerlar mavjud. Bulardan eng kattasi grifonining diametri 20 m bo‘lib, undagi suv fontani 170 m ga ko‘tarilgan. Bu yerdagi geyzerlar hosil qilgan terrasalar “dunyoning sakkizinchi mo‘jizasi” hisoblangan. Download 59.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling