70 Goudie A. Physische Geographie. Germany, 2002. - 43-44-b.
173
Havo bosimi siklonlaming markazida odatda 970-980 mb gacha, eng chuqur siklonlarda esa 925 mb gacha, tropik tayfunlarda hatto 900 mb gacha pasayadi.
15.1-rasm. Yer yuzidagi yuqori va past bosim mintaqalari
Yuqori bosim mintaqalari barik maksimumlar, ya’ni antitsiklonlar deb ataladi. Ular ham xaritalarda tutash (yopiq) izobaralar bilan ko‘rsatiladi, lekin ular markazida bosim eng yuqori bo‘ladi. Unda bosim 1070 mb ga yetishi mumkin. Barik maksimum tarmog‘i barik y o i deb, kambar va uzun polosa esa yuqori bosim o ‘qi deb ataladi.
Havo bosimi balandlik oshgan sayin kamayadi, qancha yuqoriga borsak havo molekulalari shuncha siyraklashadi. Molekulalar orasidagi masofaning oshishi past bosimga olib keladi. Gap shundaki, Everest cho‘qqisida (balandlik 8848 m) havo bosimi dengiz sathidagi bosimning atigi 1/3 qismini tashkil etadi, xolos.
Kishilar, odatda, havo bosimining har kunlik, kichik o ‘zgarishlariga beriluvchan emas. Biroq, shunga qaramay, dengiz sathidan balandga ko‘tarilganimizdayoki parvoz qilganimizda, soddatizim bilan 10000 metr (33000 fut) balandlikda uchadigan reaktiv samolyotlarda havo bosimi ta’sirini his qila boshlaymiz, ular bosim ta’siri ostida va deyar-
174
li havo o ‘tkazmaydigan b oiish i kerak, chunki dengiz sathidagi bosim deyarli saqlanishi mumkin.
Balandlikka chiqqan sayin havo bosimi pasayadi, havoning har bir nafasimizda kislorod tarkibi kamayadi. Havo bosimining o ‘zgarishi faqatgina balandlikka b o g iiq emas. Yer yuzasida katta boim agan, biroq bosimning muhim o ‘zgarishlari insolyatsiya jadalligi, global sirkulyatsiyaning umumiy harakati hamda mahalliy namlik va yog‘inlarga bogiiq. Demak, muayyan joyda havo bosimining o ‘zgarishi ko‘pincha ob-havo sharoitlarining o ‘zgarishini ko'rsatadi.
Havo bosimi gorizontal o ‘zgarishlarining sabablari ikki turda guruhlanadi: iliq (harorat bilan aniqlanadi) va dinamik (atmosfera harakati bilan bogiiq).
Do'stlaringiz bilan baham: |