Yer osti suvlari


Download 59.98 Kb.
bet16/18
Sana26.06.2023
Hajmi59.98 Kb.
#1656031
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Yer osti suvlari

gradient (barik) deb ataladi. Iliq havo sovuq havoga nisbatan zichligi kamroq boiadi, shuning uchun iliq havo yuqoriga ko‘tariladi va bu yerda bosim kamayadi. Yuqoriga ko‘tarilgan iliq havo soviydi va zichligi ortadi, natijada pastga tomon harakat qiladi, bosim ortadi. Havo bosimi yuqori boigan hududlardan bosim past boigan hududlarga oqadi va shamol hosil boiadi. Shamolning tezligi bosimlar o‘rtasidagi farqqa bogiiq.
Okean va materiklar turlicha isishi natijasida Yer termik maydonining fasliy o‘zgarishi quruqlik va suv ustidagi havo bosimining o‘zgarishiga ham olib keladi. Qishda havo quruqlik ustida okean ustidagiga qaraganda sovuq boiadi. Izobarik yuzalar okeanlar ustida quruqlik ustidagiga qaraganda yuqori boiadi. Balandda havo okeanlardan materiklarga tomon oqadi. Quruqliklar ustidagi havo ustunining umumiy ogirligi ortadi, barik maksimumlar (masalan, 1040 mb bosimga ega boigan Sibir maksimumi) vujudga keladi, suv ustida havo ustuni ogirligi kamayadi, depressiyalar hosil boiadi. Maksimumlar ham, depressiyalar ham yanvar izobaralari xaritalarida aniq ko‘rinib turadi.
Yozda quruqlik bilan dengiz o‘rtasidagi issiqlik farqlari kamayadi, minimum va maksimumlar yo‘qoladi, bosim tenglashadi yoki aksincha dengizda ortib, quruqlikda kamayadi. Sibirda bosim 1006 mb gacha tushadi. Iyul izobaralari deyarli kenglik bo‘ylab o‘tadi. Janubiy materiklarda, ular uchun yoz fasli boigan yanvar oyida, yopiq izo-
177
baralar bilan ifodalangan barik minimumlar vujudga keladi. Quruqlik va dengizlar ustida atmosfera bosimining fasliy o‘zgarishi musson omilini hosil qiladi, lekin mussonlaming hosil boiishiga faqat shulargina sabab boiib qolmaydi.
Quruqliklar okeanlarga qaraganda yil bo‘yi issiqroq bo‘lib turadigan tropik kengliklarda okeanlar ustida barqaror yuqori bosim oblastlari - Azor, Gavayi va boshqa maksimumlar mavjuddir.
Nihoyat, shimoliy va janubiy yarimsharlarda haroratning fasldanfaslga o‘zgarib turishi Yer butun barik maydonining yoz bo‘lib turgan yarimsharga tomon (bir shimolga, bir janubga) siljishiga sabab boiadi. Ekvatorial minimum yanvar oyida ekvatordan janubroqda boiadi, iyulda esa shimolga tomon surilib, janubiy Osiyoda shimoliy tropikkacha yetib boradi. Bu yerda Eron bilan Txar choii ustida Janubiy Osiyo, ya’ni Eron-Txar yozgi minimumi vujudga keladi. Bu minimum ekvatorial minimumning shimolga surilgan va juda katta Yevrosiyo materigining qattiq qizishi natijasida kuchayib ketgan qismidir. Unda bosim 994 mb gacha pasayib ketadi.
Atmosfera sirkulyatsiyasining dinamik sababi sayyoraning (Yerning) aylanishidan kelib chiqadi. Havoning ekvatorial va qutbiy kengliklar orasidagi yuqori da qayd qilib o‘tilgan sirkulyatsiyasi aylanib turadigan sayyorada boiishi mumkin emas. Harakatdagi havo Yerning aylanish kuchi ta’sirida o‘z yo‘nalishidan shimoliy yarimsharda o‘ngga, janubiy yarimsharda chapga buriladi. Buning natijasida atmosferada, masalan, g‘arbdan sharqqa yo‘nalgan zonal sirkulyatsiyalari vujudga keladi. 0 ‘z o‘qi atrofida aylanib turadigan sayyorada atmosfera sirkulyatsiyasining asosiy xili havoning g‘arbdan sharqqa oqishi boiib, u qisqacha
Download 59.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling