Yer osti suvlari
Yer yuzasining radiatsiyani yutishi
Download 59.98 Kb.
|
Yer osti suvlari
Yer yuzasining radiatsiyani yutishi
Yer yuzasiga yetib kelgan yalpi radiatsiya qisman tuproqqa va suv havzalaridagi suvga yutilib, issiqlikka aylanadi, qisman qaytib ketadi. Yutilgan radiatsiya bilan qaytgan radiatsiya o‘rtasidagi nisbat quruqlik yuzasining holatiga hamda numi qaytarish qobiliyati, ya’ni albedo mazkur yuzaga tushgan radiatsiyaga nisbatan foiz hisobida belgilanadi. Quruqlikdagi albedoning miqdori tabiiy obyektlaming rangiga bog‘liq. Mutlaq qora jism Quyoshdan Yer yuzasiga yetib kelgan barcha radiatsiyani tutib qolishi mumkin. Ko‘zgusimon (yaltiroq) yuza 100% numi qaytarib, o‘zi isiy olmaydi. Yer yuzasining Quyosh nuri bilan isishi yana yer yuzasi holatiga bog‘liq. Har bir predmet, joy Quyosh energiyasining ma’lum qismini qaytaradi. Yuzaning Quyosh energiyasini (nurini) qaytish qobiliyati albedo (lot. Albedo - oqlik) deb ataladi; mazkur yuzaga tushgan radiatsiyaga nisbatan % hisobida belgilanadi. Quyosh energiyasining Yer yuzasidan orqaga Koinotga qaytishi atmosfera isishi uchun tarqalgan nurga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Agar uning yuzasida albedo kam bo‘lsa harorat bu yerda yuqori bo‘ladi. Qor va muz yuzasi yaxshi qaytarishga ega: ularda albedo miqdori 90-95%ni tashkil etadi. Bu nimaga yoz kunlari ham baland togiardagi muzliklar erimasligiga yoki bahordagi quyoshli kunlarda yerda qor bo‘lishiga bitta sabab boiadi: Quyosh energiyasi boshqa yo‘nalishga qaytadi. Boshqa tomondan o‘rmonlarda albedo faqat 10-12% bo‘ladi, bu daraxtlar uchun yaxshi, chunki ularga fotosintez uchun Quyosh energiyasi kerak. Albedo bulut qoplamining qalinligiga qarab 40 % dan 80% gacha o‘zgaradi. Yuqori albedo ko‘p bulutlarda nimaga ko‘p Quyosh nurlari bevosita atmosfera orqali kosmosga qaytadi. Dengiz suvi yuzasi albedosining miqdori numing tushish burchagiga, binobarin, numing suvga qanchalik chuqur kirib borishiga 170 bogiiq. Agar numing tushush burchagi yuqori bo‘lsa, tekis suvda qaytarish kam boiadi. Suv yuzasida Quyosh balandligi katta burchak, ya’ni 90° bo‘lganda albedo miqdori 2% ga teng. Okean yuzasida Quyosh balandligi kichik burchak, ya’ni 20° boiganda albedo 90% boiadi. Qish davrida qor yuzasida aniq Quyosh balandligi kichik boiadi va qor 95% gacha numi qaytaradi. Shuningdek, albedo tufayli qordan ko‘rlik (farqlay olmaslik) kabi xavfli o‘choqlar boiishi mumkin. Yuqori albedoga o‘xshash shakl qumlarda boiadi. Qorayishni sevuvchilar sohillardagi qumlarda yurib tezda qorayishlari mumkin. Qum yuzasida albedo miqdori 30-35% ni tashkil etadi. Download 59.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling