Yer osti suvlari
Robert E. Gabler, James F. Petersen, L. Michael Trapasso. Essentials of Physical Geography. 2007. - 449-b
Download 59.98 Kb.
|
Yer osti suvlari
58 Robert E. Gabler, James F. Petersen, L. Michael Trapasso. Essentials of Physical Geography. 2007. - 449-b.
59 Узбекистан Республикаси Президентининг “2017-2021 йилларда ер ости сувлари захираларидан окилона фойдаланишни назорат килиш ва хисобга олиш тартибга солиш чора-тадбирлари тугрисида”ги ПК-2954- сонли корори. Тошкент. 04.05.2017 й. 148 da vaqtincha yig‘ilib turadigan suvlar ham (agar ular qor eriyotganda yoki jala yog‘ayotganda ko‘paysa) yuza suvlarga kiradi. Ko‘p yillik to‘ng (muzloq) yerlarda yuza suvlami muzlab qolgan grunt tutib turadi. Dengizlaming qumli sohalaridagi dyuna (qumtepa) larga yog‘in suvlari osonlikcha sizib kirib, sho‘r dengiz suvi ustida chuchuk suvlaming qabariq linzasini hosil qiladi. Yilning quruq faslida suvning oqib ketishi, grunt suviga sizib o‘tishi yoki bug‘lanishi natijasida yuza suvlar kamayishi yoki butunlay tugashi mumkin. Yuza suvlar yer betiga yaqin joylashganligidan oson ifloslanadi va shu sababli yaxshi suv manbai bo‘la olmaydi. Biroq, shunga qaramay, ular suvga tanqis o‘lkalarda qishloq xo‘jalik maqsadlarida foydalaniladi. Qalinligi odatda 2-3 m dan 20-30 m gacha bo‘lgan aeratsiya qatlamidan pastda birinchi doimiy suvli qatlam keladi. Bu qatlamdagi suvlar grunt suvlari deyiladi. Grunt suvlari yuza suvlardan ham, chuqur artezian suvlaridan ham farq qiladi. Grunt suvlarining ustida suv o‘tkazmaydigan jinslar qatlami yo‘qligi sababli ular bosim ostida bo‘lmaydi, shuning uchun ham bu suvlar erkin yoki bosimsiz suvlar deyiladi. Birinchi suv o‘tkazmaydigan qatlamdan pastda, ya’ni ikkinchi, uchinchi va h.k. suv o‘tkazmaydigan qatlamlar ustidagi suvlar qatlamlar orasida joylashgan bo‘ladi. Quruq iqlimli zonalardagi chuqur vodiylar o‘yib yuborgan qirlarda, birinchi suv o‘tkazmaydigan qatlam ustida suv yo bo‘lmaydi, yoki vaqtincha yig‘iladi. Doimiy suvli gorizontlar mahalliy eroziya bazasidan pastda, ba’zan 100 m chuqurlikda bo‘ladi. Qatlamlararo grunt suvlari bosim ostida bo‘lishi mumkin, biroq bu bosim artezian suvlari bosimidan farq qilib shu yeming o‘zigagina xosdir. Shunday qilib, grunt suvlarining chuqur artezian suvlaridan farqini ko‘rsatuvchi xarakterli belgilari quyidagilardan iboratdir: a) to‘yinish oblasti tarqalish oblastiga to‘g‘ri keladi, b) suv rejimi, chunonchi, sathi va kimyoviy tarkibi, bevosita atmosfera omillariga bog‘liq boiadi. 149 Grunt suvlari yomg‘ir va qor suvlarining yerga singishi, daryo, ko‘l va yer betidagi boshqa xil suvlaming shimilishi hamda yanada chuqurroqdagi suvlaming o‘tib kelishidan to‘yinadi. Yer ustidagi suvlaming gruntga, yer po‘sti qatlamlariga kirib borishi, yoki boshqacha qilib aytganda, gmnt suvlarining paydo bo‘lishi, aslida gidrosfera va atmosferaning litosfera bilan o‘zaro ta’siri natijasida ro‘y beradigan jarayondir. Kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, yer yuzasidagi suvlar goh sekin, goh. tez harakat qilib, tog‘ jinslari bo‘shliqlaridan pastga sizib o‘tadi va suv o‘tkazmaydigan gorizontga yetgach, uning ustida suvli qatlam hosil qiladi. Mana shuni hisobga olib, qadim vaqtlardayoq grunt suvlari hosil bo‘lishining infiltratsiya (sizilish) nazariyasi vujudga kelgan. Biroq sizilish grunt suvlarining ko‘payishi va hosil bo‘lishidagi birdan-bir jarayon emas. Ko‘pdan-ko‘p dalillar suvning faqat grunt orqali sizib o‘tishigina grunt suvlarini hosil qiladi degan fikming to‘g‘ri emasligini ko‘rsatadi. Gap shundaki, hatto jala quyganda ham suv tuproqqa va gruntning yuza qismigagina o‘tadi, undan pastki qatlamlar quruq bo‘ladi; demak, bunda suvli gorizontlaming yog‘inlar bilan bevosita bog‘liq ekanligi kuzatilmaydi. Agar suv gruntga mexanik yo‘l bilan hamma joyda birday va ko‘p sizilganda edi, u holda suvning bunday shimilib ketishi daryo va ko‘llaming rejimida katta rol o‘ynab ular suvining butunlay singib ketishiga sabab bo‘lardi. Download 59.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling