Yer osti suvlari
Yer osti suvlarining ishi
Download 59.98 Kb.
|
Yer osti suvlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buloq, chashma (Spring)
Yer osti suvlarining ishi
Yer osti suvlari tabiatda juda katta ish bajaradi. Bular quyidagilar: 1. Yer osti suvlari sathi sayoz joylarda botqoqliklar, sho‘rxoklar, zax yerlar vujudga keladi. 2. Tog‘ jinslari qatlamlaridagi moddalami yuvib, oqizib, eritib olib ketib, ulami qayta taqsimlaydi. 3. Daryolar, dengizlar, sohillarda, vodiylar va yonbag‘irlarda suv о‘tkazmaydigan qatlamlar past tomonga nishab bo‘Isa surilmalar, tog‘ siljishlari ro‘y beradi. 4. Suvda yaxshi eriydigan tog‘ jinslari tarqalgan joylarda karst hodisasiga sabab boiadi. Yeming yuza qatlamlarida ohaktosh, gips, dolomit, tuzlar bor joylarda yer osti suvlari ulami eritib olib ketib, yer ostida yo‘laklar, boshliqlar, o‘yiq va yoriqlar vujudga keladi, yer yuzidagi suvlar yer ostiga tushib ketib yer osti ko‘llari, daryolarini hosil qiladi. Yer yuzasi o‘ydim chuqur bo‘lib qoladi. Shu hodisa karst hodisasi deyi-ladi. Karst sayoz karst, chuqur karst, ochiq karst, yopiq karst, chimli karst bo‘lishi mumkin. 155 Glossariy Artezian suvlari (Artesian water) Наг xil chuqurlikda suv o‘tkazmaydigan qatlamlar oralig‘ida hosil bo‘lgan yer osti suvlari. Artezian suvlari bosim ostida boiadi, shuning uchun burg‘ qudug‘i qazilganda suvli qatlamning shipidan yuqori ko‘tariladi, bosim yetarli darajada kuchli bo‘lganda esa yer yuziga ko‘tariladi yoki fawora bo‘lib chiqadi. Artezian so‘zi Fransiyadagi Artua viloyati nomidan olingan. Buloq, chashma (Spring) yer osti suvlarining yer yuzasiga tabiiy holda chiqishi. Buloqlar suvli qatlamlar Yer yuzasiga chiqib qolgan joylar - vodiylar, soylar jarlar, tog‘ yonbag‘irlari, tog‘ etaklarida bo‘ladi. Buloqlar bosimli va bosimsiz bo‘ladi. Geyzer (Geyser) yer osti bo‘shliq va yoriqlaridan vaqt-vaqti bilan issiq suv va bug1 otib turuvchi buloq. Vulqon harakatlari so‘nayotgan oikalarda boiadi. Atmosferaning tarkibi Hayvonot olami va kishilar yashashi uchun suv va kislorod muhim hisoblanadi. 0 ‘simliklar karbonat angidrid gazini hamda yetarlicha suv zaxirasini talab qiladi. Ko‘pgina tirik mavjudotlar ekstremal haroratda, katta miqdordagi zararli nurlaming ta’siri ostida uzoq yashay olmaydi. Yer tizimida radiatsiyani va suvni ushlab turishga yordam beradigan, katta qismi kislorod va karbonat angdriddan iborat bo‘lgan atmosfera Yemi o‘rab olgan havo qobiq hisoblanadi. Garchi atmosfera yupqa havo qobig‘i bo‘lsa ham Yerdagi hayotni ta’minlovchi haroratni saqlaydigan izolyator vazifasini bajaradi. Atmosfera bo‘lmaganda Yerda kecha va kunduz orasidagi harorat 260°C (500°F)ni tashkil qilar edi. Atmosfera qalqon boMib xizmat qiladi, Quyoshning ultrabinafsha nurlarining katta qismini to‘sadi va meteor yomg‘irlaridan saqlaydi. Atmosfera - Yerni o‘rab olgan havo okeani sifatida ham ta’riflanadi. Atmosfera Yemi bir necha ming kilometr balandlikda o‘rab turuvchi gazlaming aralashmasidan iborat bo‘lib, uning asosiy qismini azot va kislorod tashkil etadi. Ushbu havo qatlami Yerdagi og‘irlik kuchi ta’sirida bo‘ladi. U dengiz sathida joylashgan, eng yuqori zichligi shu yerda, yuqoriga ko‘tarilgan sari esa zichlik kamayib boradi. Bu ha- 157 voning siqiluvchan ekanligi tufayli sodir bo‘ladi. Dengiz sathida havo bosimi o‘rtacha 1013 millibami tashkil etadi, ayni paytda 5000 metr balandlikda bor-yo‘g‘i 550 millibarga teng boiadi60. Yer atrofini o‘rab olgan havo qobig‘i taxminan 480 km (300 mil) ga cho‘zilgan. Uning zichligi balandlik oshgan sayin kamayib boradi. Atmosfera havosining 97% i 25 km (16 mil) balandlikda joylashgan. Shu sababli havo massasi Yer yuzasida bosimni yuzaga keltiradi. Dengiz sathida bosim kvadrat santimetrga taxminan 1034 grammni tashkil qiladi. Atmosfera tarkibini shakllanishida uchta bosqich ajratiladi: 1) Yeming dastlabki atmosferasi suv bugiari, vodorod ammiak va vodorod sulfatidan iborat boigan. Suv bugiari Quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida vodorod bilan kislorodga parchalanib turgan b o isa ham, u vaqtdagi atmosferada erkin kislorod boimagan. Erkin kislorod ammiak oksidlanib, azot va suvga aylanishiga, shuningdek metan bilan uglerodning oksidlanishiga sarf boigan. Vodorodning bir qismi kosmik fazoga tarqalib turgan. Karbonat angidrid Yer po‘stining boshqa elementlari bilan reaksiyaga kirishib, ohaktosh va boshqa karbonatli jinslami hosil qilgan; 2) ikkinchi bosqichda atmosfera karbonat angidriddan iborat boigan. Karbonat angidrid vulqonlar otilganda mantiyadan chiqib kelgan. Qadimda vulqonlar ko‘p otilib turgan. Atmosferaning karbonat angidridli bosqichi toshko‘mir davrida tugagan. Ushbu davrda yashil o‘simliklar fotosintez jarayonida karbonat angidridni yutib, havoga erkin kislorod chiqargan; 3) uchinchi bosqich paleozoyning oxiridan boshlangan. Mazkur davrdan boshlab atmosfera tarkibi hozirgi holatga ega boigan. Bunday havo tarkibining tarkib topishida va saqlanib qolishida tirik mavjudotlar muhim o‘rin tutgan. Atmosferaning tarkibi bir qancha gazlaming aralashmasidan iborat boiib, Yer tabiatining bir qismi sifatida uzoq geologik davr mobaynida shakllangan. Atmosfera doimiy va vaqtincha tarkiblardan iborat (14.1-jadval). Atmosferaning doimiy tarkibi turli xil gazlar aralashmasidan iborat. Atmosferaning 78% dan ortig‘ini azot, Download 59.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling