Yer osti suvlari
Atmosferaning bo‘ylama tuzilishi
Download 59.98 Kb.
|
Yer osti suvlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 63 Robert E. Gabler, James F. Petersen, L. Michael Trapasso. Essentials of Physical Geography. 2007. - 91 -b.
- Atmosferaning vertikal tuzilishi64
- 64 Robert E. Gabler, James F. Petersen, L. Michael Trapasso. Essentials o f Physical Geography. 2007. - 94-b. 162 mayadi. Bu vertikal harorat gradiyenti
Atmosferaning bo‘ylama tuzilishi
Yer yuzasidan Koinotga qarab atmosferada har xil bo‘ylama qatlamlami ko‘rish mumkin. Atmosferada harorat va uning o‘zgarish darajasiga, atmosfera gaz tarkibining o‘zgarishiga va har xil qatlamlaming vazifasiga qarab bir qancha bo‘ylama qatlamlarga ajratiladi. 63 Robert E. Gabler, James F. Petersen, L. Michael Trapasso. Essentials of Physical Geography. 2007. - 91 -b. 161 Atmosferada yuqoriga ko‘tarilgan sari havoning zichligi va harorati o‘zgarib boradi. Shu munosabat bilan atmosferada ma’lum bir xususiyatlarga ega boigan alohida qatlamlar vujudga kelgan. Bular troposfera, stratosfera, mezosfera va termosferadir (14.1-rasm). Haroral (°C ) -80 -60 -40 -20 0 20 40 14.1 -rasm . Atmosferaning vertikal tuzilishi64 Bu qatlmalardan birinchisi troposfera (tropo, (yunoncha) - burilish, o‘zgarish) Yer yuzasiga eng yaqin joylashgan va 8-16 km (5-10 mil) dan o‘tadi. Uning qalinligi fasllarga qarab o‘zgaradi, qutblarga nisbatan ekvatorda ancha qalin boiadi. Troposfera geografik qobiq tarkibiga to ia kiradi va Yeming ta’sirida isiydi. Eng quyi qatlam - troposferada haroratga bogiiq holda ob-havoning asosiy qismi yuzaga keladi. Troposferada harorat har 1000 metrda 6,0-6,5°C dan ka- 64 Robert E. Gabler, James F. Petersen, L. Michael Trapasso. Essentials o f Physical Geography. 2007. - 94-b. 162 mayadi. Bu vertikal harorat gradiyenti deb ataladi. U tropopauza deb ataluvchi oraliq qatlamda keskin o‘zgaradi. Tropopauza balandligi mavsumga bogiiq o‘zgarib turadi; biroq u ekvator ustida eng yuqori (taxminan 16 da 17 km gacha) va qutblarda eng pastda (taxminan 8 dan 10 km gacha) boiadi65. Troposferada atmosfera massasining 80 % to‘plangan. Yeming tortish kuchi va gazlar qisilishi tufayli havo Yer yuzasida yuqorida aytganimizdek, juda zich boiadi. Shuning uchun quyi besh kilometrlik qatlamda atmosfera massasining 50 % to‘plangan. Havoning Yer yuzasidan qaytgan issiqlik hisobiga isishi troposferada ko‘tarilma va pastlama havo oqimlarini vujudga keltiradi. Bunday oqimlar konvektiv oqimlar deb ataladi. Konvektiv oqimlarining yo‘nalishi (yuqori va past), ulaming kechish sur’ati vaqt va makonda ancha tez o‘zgarib turadi. Natijada Yer yuzasi yaqinida murakkab va o‘zgarib turadigan barik tizim, ya’ni yuqori va past bosim hududlari vujudga keladi. Troposferada havoning harakati natijasida turli tezlikda esadigan shamollar vujudga keladi. Troposferada bulutlar hosil boiib, yoginlar yog‘adi. Troposfera issiqlikni Yer yuzasidan oladi. Tirik mavjudotlar, nurash jarayoni, yotqiziqlarning hosil bo‘lishi va boshqa jarayonlar atmosferaning gaz tarkibini tashkil qiladi. Ob-havo va iqlimni vujudga keltiradigan barcha jarayonlar shu yerda sodir boiadi. Harorat pasayishdan ko‘tarilishga o‘tadigan balandlik tropopauza deyiladi. Bu atmosferaning ikkinchi qatlami stratosfera bilan troposferani ajratib turadigan chegara hisoblanadi. Stratosferada harorat yana sekin ko‘tariladi va deyarli 50 km balandlikda 0°C ga yetadi. Stratosferada Yer yuzasidagi hayot uchun muhim ahamiyatga ega boigan ozon qatlami joylashgan. Bu qatlam Quyoshning qisqa toiqinli ultrabinafsha nurlarini yutib qolib, tirik organizmlami bunday nurlaming halokatli ta’siridan saqlaydi. Troposfera bilan stratosfera o‘rtasida gaz almashib turadi. Buning natijasida stratosferada suv bugiari boiadi va ozon pardasidan pastda, sovuq qatlamda rang-barang tusda tovlanuvchi o‘ziga xos sadafrang bulutlar vu judga keladi. Stratosfera-ning issiqlik xususiyatlari faqat radiatsiya sharoiti Download 59.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling