Yer osti suvlari


Download 59.98 Kb.
bet10/18
Sana26.06.2023
Hajmi59.98 Kb.
#1656031
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Yer osti suvlari

kecha va kunduz o ‘rtasida 250°C ) ni boshdan kechirgan bo‘lar edi. Atmosfera qalqon vazifasini ham bajaradi. Demak, atmosferaning Yer uchun ahamiyati quyidagilardan iborat:
1) Quyoshdan keladigan ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi;
2) Yer yuzini samoviy toshlar (meteoritlar) bombardimonidan saqlaydi;
3) Yerda suvni ushlab turadi, suv aylanishini ta’minlaydi;
4) Yer yuzida Quyosh issiqligining qayta taqsimlanishiga ta’sir ko‘rsatadi, iqlimni mo'tadillashtirib turadi;
5) Yer yuzida organik hayotning mavjudligini ta’minlaydi69.
Atmosferaning Quyosh radiatsiyasiga ta’siri
Quyosh radiatsiyasi deb Yerga tushadigan butun Quyosh nuri va energiyasiga aytiladi. Quyoshda issiqlik energiyasi nur energiyasiga o ‘tadi; Quyosh nurlari Yer yuzasiga tushganda yana issiqlik energiyasiga aylanadi. Shunday qilib Quyosh radiatsiyasi ham yorug‘lik, ham issiqlik keltiradi. Quyosh radiatsiyasi geografik qobiqning amalda yagona issiqlik manbaidir.
Quyosh energiyasi atmosfera orqali Yerga o ‘tishi mobaynida turli jarayonlar natijasida yarmidan ortiq intensivligini y o ‘qotadi. Quyosh radiatsiyasi miqdori aniq bir joydagi faqatgina jarayonlarga bog'liq boimasdan, balki kenglikka, sutkadagi vaqtga va yil fasllariga b ogiiq bo‘ladi (bularning hammasi Quyoshning tushish burchagiga bog‘liq). Atmosferaning tiniqligi (yoki bulutlilik miqdori, namlik, karbonat angidrid gazi va havodagi qattiq zarralar) ham katta rol o ‘ynaydi.
Quyosh energiyasi atmosferadan o ‘tishida quyidagilar sodir bo‘ladi (Yeming hamma joylari uchun quyidagi raqamlar taxminiy o'rtacha miqdor, qaysidir joyda yoki vaqtda ular farqlanishi mumkin): (1) energiyaning 26% Yer qatlami va bulutlar orqali to‘g ‘ridanto‘g ‘ri Koinotga qaytib ketadi; (2) 8% sochilgan nur atmosferadagi mayda zarralar natijasida tarqoq radiatsiya sifatida Koinotga qaytadi;
69 Robert E. Gabler, Jam es F. Petersen, L. M ichael Trapasso. Essentials o f Physical Geography. 2007. - 87-b.
167
(3) 19% i atmosferadagi bulutlaming suv bug‘lari va ozon qatlamiga
yutiladi; (4) 20% i Yer yuzasiga tarqoq radiatsiya sifatida yetib keladi;
(5) 27% i Yer yuzasi doirasiga to‘g‘ri radiatsiya sifatida yetib keladi.
Boshqacha aytganda, dunyo bo‘yicha tushayotgan Quyosh radiatsiyasi o‘rtacha miqdorda 19% ini atmosfera ushlab qoladi, 34% i Koinotga
qaytib ketadi va qolgan 47% i Yer yuzasiga yetib keladi. Yerga sarflangan energiya muvozanatda joylashadi, ya’ni 47% Yer yuzasiga yetib
kelgan energiya biz tadqiq qiladigan atmosfera jarayonlariga qaytadi.
Bulaming hammasi tabiiy jarayonlar yordami bilan vujudga keladi:
(1) radiatsiya, (2) o‘tkazuvchanlik, (3) konveksiya (bu hodisa bilan
bog‘liq holda adveksiya), va (4) kondensatsiyaning yashirin issiqligi.
Radiatsiya Quyoshdan Yerga keladigan elektromagnit energiya radiatsiya deb ataladi. Barcha predmetlar elektromagnit radiatsiya tarqatishini bilamiz. Bu radiatsiyaning tavsifi tarqatayotgan jism haroratiga bogiiq. Har qanday holatda issiq jism ko‘p energiya sochadi va uzun toiqinlar eng yuqori issiqlik chiqaradi.

Download 59.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling