tushunish va eslab qolish talab etiluvchi ilmiy axborot bayon etiladi
va tushuntiriladi. Axborot ma’ruzasi oliy maktab amaliyotida eng keng
tarqalgan ma’ruza turidir.
3. Umumiy ma’ruza. Bunday turdagi ma’ruza muayyan kurs yoki
uning ma’lum qismi yuzasidan egallangan bilimlami umumlashtirish,
www.ziyouz.com kutubxonasi
ushbu sohada qilingan ishlami xulosalash maqsadida qo‘llanadi. Unda
egallangan bilimlaming umumiy nuqtalari esga olinadi, o‘iganilgan
masalalar va muammolar qisqacha bayon etiladi. Mazkur ma’ruzada
alohida savollar va masalalar batafsil muhokama qilinmaydi.
4. Muammoli ma’ruza. Bunday turdagi ma’ruzada yangi bilimlar
talabalarga muammoli savollar, masalalar va vaziyatlami hal etishni
taklif qilish orqali shakllantiriladi. Bunda talaba va o ’qituvchi
hamkorlikda o‘ziga xos tadqiqot ishini amalga oshiradi — qo‘yilgan
muammoli masalani echish orqali yangi bilimlami berish va egallashga
erishiladi.
5. Vizuallashtirilgan ma’ruza. Bunday turdagi ma’ruzada o‘quv
materiali o ‘qitishning texnik vositalari ( 0 ‘TV), ya’ni audio-
videotexnika orqali vizual shaklda taqdim etiladi. Ma’ruza
o‘qituvchining ko‘rsatilayotgan vizual materiallami izohlab, sharhlab
borishi bilan amalga oshiriladi.
6
. Binar ma’ruza. Bunday turdagi ma’ruzada o‘quv materiali
ikki o ’qituvchining (yoki ikki xil ilmiy maktab olimining, yoki
o‘qituvchi va talabaning) dialogi orqali etkaziladi.
7. Awaldan rejalashtirilgan xatoli ma’ruza. Bunday turdagi
ma’ruzada talabalarga bayon etilayotgan axborotdan xatolar
(mazmunidagi, orfografiya va orfoepiyadagi, ilmiy asoslaridagi
xatolar) topish taklif etiladi. Bu yo‘l bilan talabalar axborotni doimiy
Do'stlaringiz bilan baham: |