boshlanishini tashkil etish, darsning maqsad va vazifalarini bayon
etish, o‘quv materialini umumlashtirish va tizimga solish, darsni
yakunlash va uyga vazifa berish.
4. Nazorat darsi. Uning tuzilishi: nazorat maqsadi va ishning tashkil
qilinishi tartibini tushuntirish, nazorat mazmuni va uni bajarish
usullari bilan tanishtirish, o‘quvchilaming mustaqil ishlashi, darsga
yakun yasash.
5. Aralash dars. Uning tuzilishi: darsning boshlanishini tashkil
etish, uy vazifasini tekshirish, dars maqsadi va vazifalarini bayon
etish, takrorlash. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.
Maktab amaliyotida boshqa turdagi darslar - musobaqa darslari,
maslahat darslari, bir-biriga o‘rgatish darslari, ma’ruza darslari ham
o‘tkaziladi.
18.3. Ma’ruza
Ma’ruza — an’anaviy ravishda oliy o‘quv yurtidagi ta’limni tashkil
etishning etakchi shakli. Uning asosiy didaktik maqsadi talabalar
keyinchalik o‘quv materialini o‘zlashtirishlari uchun mo‘ljal beruvchi
asosni shakllantirishdan iborat. Ma’ruza o ‘quv mashg‘ulotlarining
barcha shakllari uchun metodologik va tashkiliy asos bo‘lib xizmat
qiladi. Har qanday ma’ruzaning umumiy tuzilishi quyidagi tartib
bo‘yicha ish tutilishini belgilab beradi: mavzuni e’lon qilish, ma’ruza
rejasi va mazmuni mustaqil o‘rganish uchun tavsiya etiladigan
adabiyotlar ro‘yxatini bayon etish, rejaga rioya qilgan holda material
bilan tanishtirish. Ma’ruzaga q o ‘yiladigan asosiy talablar
quyidagilardan iborat:
bayon etiladigan axborotning yuksak ilmiy saviyaga ega bo‘lishi
bayon etiladigan axborotning tizimlashtirilgan va metodik qayta
ishlangan bo‘lishi
ilgari surilayotgan g‘oyalar, fikrlaming etarlicha isbotlangan
Do'stlaringiz bilan baham: |