Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish


Download 176.75 Kb.
bet39/55
Sana16.02.2023
Hajmi176.75 Kb.
#1204192
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55
Bog'liq
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги

Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish. O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 291-moddasiga ko‘ra, chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish ularning O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqi keyinchalik bir yildan uch yilgacha muddatga cheklangan holda, majburiy yoki nazorat ostida mustaqil ravishda chiqib ketishidan iborat. Ma’muriy tarzda chiqarib yuborish tuman (shahar) ma’muriy sudi tomonidan qo‘llaniladi.
Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish ushbu Kodeksning:
512 (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga aralashish);
518 (saylovni yoki referendumni moliyalashtirish tartibini buzish);
519 (jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov yoki referendum natijalari taxminlarini, shuningdek saylov yoki referendum bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni chop etish (e’lon qilish) tartibini buzish),
56 (giyohvandlik vositalarini yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay oz miqdorda g‘ayriqonuniy tarzda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish);
57 (tanosil kasalligi yoki OIV kasalligi/OITS yuqadigan manbani yashirish);
58- (tanosil kasalligiga yoki OIV kasalligi/OITSga uchragan shaxslarning tekshirishdan bo‘yin tovlashi) moddalarida;
611-moddasi birinchi qismida (nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisiga mazkur xizmatchining o‘z vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o‘ziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish);
94 (noyob yoki yo‘q bo‘lib ketish xavfida turgan hayvonlarni yo‘q qilib yuborish, o‘lja qilish yoxud shunday hayvonlarning qirilib ketishiga, sog‘i kamayib ketishiga yoki yashash muhiti buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa harakatlar sodir etish);
1651 (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish);
1842 (diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish);
1843 (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish);
1891 (zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish);
189 (pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish);
201 (yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish);
2021(ruxsat etilmagan yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlar o‘tkazish uchun sharoitlar yaratish);
2241 - (chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo‘lishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish) moddalarida;
225-moddasi birinchi qismida (chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzishi, ya’ni O‘zbekistonda yashash huquqini beradigan hujjatlarsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan hujjatlar bilan yashashi, vaqtincha yoki doimiy propiska, ko‘chish yoki turar joy tanlash yuzasidan belgilangan tartibga rioya etmasligi, bo‘lish muddati tugagach chiqib ketishdan bo‘yin tovlashi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining hududi orqali tranzit tarzda o‘tish tartibiga rioya qilmasligi);
239- (nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatni amalga oshirish tartibini buzishi);
240- (diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish);
241- (diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda qo‘llanilishi mumkin.



Download 176.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling