Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Download 176.75 Kb.
bet37/55
Sana16.02.2023
Hajmi176.75 Kb.
#1204192
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55
Bog'liq
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги

10.4 Ma’muriy jazo tizimi

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 23-moddasiga binoan, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin:


1) jarima;
2) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish;
3) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish;
4) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish;
5) ma’muriy qamoqqa olish.
6) chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish.
Ma’muriy jazo – asosiy va qo‘shimcha jazo choralariga bo‘linadi. Asosiy ma’muriy jazo choralari – bu ma’muriy jazo choralarining boshqa turlariga qo‘shimcha ravishda tayinlanishi mumkin bo‘lmagan jazo choralaridir. Masalan, jarima, maxsus huquqdan mahrum qilish va ma’muriy qamoq faqat asosiy jazo choralari sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Qo‘shimcha jazo choralari esa, ma’muriy jazoning boshqa choralariga qo‘shimcha ravishda belgilanishi mumkin bo‘lgan choralar bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 24-moddasiga binoan ashyolarni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish yoki musodara qilish ham asosiy, ham qo‘shimcha ma’muriy jazo tariqasida; boshqa ma’muriy jazo choralari esa faqat asosiy jazo tariqasida qo‘llanilishi mumkin. Bitta ma’muriy huquqbuzarlik uchun asosiy yoki ham asosiy, ham qo‘shimcha jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin.
Ma’muriy jazo choralari ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladi. Ma’muriy jazo javobgarlikka tortish chorasi bo‘lib, u ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek ana shu huquqbuzarning o‘zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin:
Jarima. Jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir. Jarimaning miqdori ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davom etayotgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun esa bu huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qo‘yilgan eng kam oylik ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori eng kam ish haqining ellikdan bir qismidan, mansabdor shaxslarga esa – o‘ndan bir qismidan kam bo‘lmasligi kerak. Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng ko‘p miqdori eng kam ish haqining besh baravaridan, mansabdor shaxslarga esa - o‘n baravaridan oshmasligi kerak. Qonunlarda nazarda tutilgan ayrim hollarda ba’zi huquqbuzarliklar uchun fuqarolarga - eng kam ish haqining o‘n baravarigacha va mansabdor shaxslarga - o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan belgilanadigan jarimaning eng ko‘p miqdori MJTKning 6-moddasiga binoan fuqarolarga - eng kam ish haqining uch baravaridan, mansabdor shaxslarga esa - besh baravaridan oshmasligi kerak.

Download 176.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling