Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom
- Bu sahifa navigatsiya:
- (JK 21-moddasi)
- NOTA BENE ! Aybning darajasi
- 3-§. Qasd va uning turlari
- JK 21-moddasi 1-qismida
Aybning shakli – bu jinoyat sodir etuvchi shaxsning, o‘z qilmishiga nisbatan bo‘lgan munosabatini ifodalovchi ong va iroda elementlarining jinoyat qonuni bilan o‘rnatilgan o‘zaro bog‘liqligi (birikmasi)dir.
Qonunchilik tuzilish shakliga muvofiq, aybning tuzilishi qasd va ehtiyotsizlik shaklida bo‘ladi. JK 20-moddasiga muvofiq, «Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan shaxs jinoyat sodir etilishida aybdor deb topilishi mumkin». Aybning har bir shakli bir necha turlarga bo‘linadi. Qasd to‘g‘ri va egri qasdga bo‘linadi (JK 21-moddasi), ehtiyotsizlik esa, o‘z-o‘ziga ishonish va beparvolikka bo‘linadi (JK 22-moddasi). Jinoiy tajovuzning xususiyati va shaxsning o‘zi sodir etgan qilmishiga bo‘lgan munosabatining ba’zi darajalarida namoyon bo‘lganidek, har qanday ijtimoiy xavfli qilmish qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etiladi. 181
To‘g‘ri yoki egri qasdda intellektual element harakat (harakatsizlik)ning ijtimoiy xavfini anglashni va ijtimoiy xavfli oqibatlarining kelib chiqishi mumkinligini yoki muqarrarligini yoki faqat ularning kelib chiqish imkoniyatini oldindan ko‘ra bilishni (egri qasdda) ifodalaydi, irodaviy element esa, xohish (to‘g‘ri qasdda) yoki ongli ravishda yo‘l qo‘yishda yoki unga beparvo munosabatda bo‘lishda (egri qasdda) ifodalanadi. Jinoiy o‘z-o‘ziga ishonishda, intellektual element o‘z-o‘ziga ishonishning ijtimoiy xavfli oqibatlarining kelib chiqishi ehtimolini oldindan ko‘ra bilishda va ularning oldini olishga yetarli asoslar bo‘lmaganida, irodaviy element esa, ularning kelib chiqishini istamaslikda, ularning oldini olishga intilishda ifodalanadi. Jinoiy beparvolik uchun intellektual va irodaviylikni inkor etuvchi elementlar xosdir, ijtimoiy xavfli oqibatlarga mumkin va zarur bo‘lgan muayyan intellektual munosabatning, ya’ni shaxsning bu oqibatlarni ko‘rishining va oldindan ko‘ra bilishligining mavjud emasligi xosdir. Irodaviy jarayonning mohiyati, aybning qasdli shaklida shaxsning o‘z xatti-harakatlarini ongli ravishda oldindan belgilangan yoki oldindan ko‘ra olishi mumkin bo‘lgan maqsadiga yo‘naltirishida, ehtiyotsizlikda esa, o‘z xatti-harakatlarining oqibatlarini o‘ylamasligida va e’tiborsizligi natijasida ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib chiqishida ko‘rinadi. Ehtiyotsizlikning irodaviy elementining o‘ziga xos xususiyati shundaki, unda shaxs kerakli ruhiy zo‘r berishni, ruhiy kuchni ishlatmaydi, ijtimoiy xavfli oqibatlarni keltirib chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lsa ham, ijtimoiy xavfli oqibatlarni keltirib chiqarishdan qochadi. Sud tomonidan shaxsning xususiyatini va uning sodir etgan qilmishiga munosabatini hisobga olgan holda, unga jazo tayinlanayotgan vaqtda ruhiy ko‘rinishlari ham hisobga olinadi. Ayb faqat yuridik jihatdan qonunchilik tomonidan belgilangan forma va shakllarda mavjud. Shu bilan birga qonunchilik aybning boshqa shaklini, ya’ni jinoyat sodir etishda qasd va ehtiyotsizlikni ajratib ko‘rsatadi (JK 23-moddasi – qilmishga nisbatan qasd va kelib chiqqan oqibatlarga nisbatan ehtiyotsizlik). 182
Ayb shaklining mazmuni aybning shakli va uning qonuniy belgilanishi aybdorning ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish chegaralarini ko‘rsatib berishga olib boradi. Subyektning sodir etgan qilmishiga bo‘lgan turli xil ruhiy munosabati faqat shu ajratib ko‘rsatilgan chegaralar ichida bo‘lganida aybli deb topilishi mumkin. Agar qonun faqat qasddan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishga jinoiy javobgarlikni belgilasa, aybning shakli jinoiy harakatni jinoiy bo‘lmagan harakatdan ajratib beradi. Masalan, bolani almashtirib qo‘yish, agar ehtiyotsizlik orqasida sodir etilsa, jinoiy javobgarlikka olib kelmaydi. Shu kabi hodisalar qatorida aybning shakli jinoiy javobgarlikni qonuniy tabaqalashtirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Qasddan odam o‘ldirish, qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘irlikda shikast yetkazish, mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish kabi qilmishlar ehtiyotsizlik orqasida sodir etilganlariga qaraganda, ular uchun javobgarlik ancha qattiqroq. Qasd va ehtiyotsizlikning ko‘rinishi jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir qilmasdan, jinoiy javobgarlik va jazoni individuallashtirishda muhim mezon bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Boshqacha so‘z bilan aytganda, agar jinoyat to‘g‘ri qasd bilan sodir etilgan bo‘lsa, egri qasd bilan sodir etilganga nisbatan u o‘zida ancha ko‘proq darajada xavflilikni ko‘rsatadi, jinoiy o‘z-o‘ziga ishonish esa, beparvolikka nisbatan ancha xavfliroq ekanligini ko‘rsatadi. Faqat aybning qasd shakli bilan jinoyat sodir etishning bir necha huquqiy oqibatlari bog‘langan. Chunonchi, retsidiv jinoyatlarni belgilash faqat ilgari qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun hukm qilinishi bilan bog‘liq (JK 34-moddasi). Jinoiy faoliyatning boshlanishi va jinoyat sodir etishda ishtirokchilik kabi tushunchalar aybning faqat qasd shaklini taqozo etadi; aybning shakli (ijtimoiy xavflilik darajasiga bog‘liq holda) jinoyatlarni kategoriyalar bo‘yicha kvalifikatsiya qilishning asosida yotadi. Va nihoyat, aybning shakli jazoni, shuningdek, uning o‘talish shart- sharoitlarini oldindan belgilab beradi. Qonunchilikni loyihalashtirishda JKning Maxsus qismi moddalarida ko‘rsatilganidek, aybning shakli normalarning dispozitsiyasida to‘g‘ridan- 183
to‘g‘ri ko‘rsatiladi yoki nazarda tutiladi (masalan, JK 97-moddasi – qasddan odam o‘ldirish). Oxirgi vaziyatda aybning qasd shakliga qonunchilikda ko‘rsatilgan xususiyat (o‘g‘rilik, talonchilik, nomusga tegish, tuhmat, pora olish yoki berish va h.k.) yoki qonunchilikda ko‘rsatilgan qilmishning ayni bir maqsadi yoki sodir qilinayotgan qilmishning o‘zboshimchaligi va noqonuniyligi yo bo‘lmasa, jinoyat tarkibiga qilmishning maxsus motivini kiritish ko‘rsatiladi. Ehtiyotsizlik, asosan, dispozitsiyada ko‘rsatilgan, o‘z vazifalarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik, harakatsizlik (agar bunday harakat qandaydir maqsad yoki motivni tug‘dirgan bo‘lmasa) kabilarda aniq ifodasini topadi. Shunday qilib, aybning ichki tuzilishi bilan bog‘langan aybning shakli va boshqa elementlari (irodaviy va intellektual elementlari), shaxsning o‘zini o‘rab turgan real voqelikka bo‘lgan ruhiy munosabatini belgilovchi aybning mohiyatini tashkil etadi. Boshqacha aytganda, aybning ijtimoiy- huquqiy mohiyati, jinoyat qonunchiligi bilan taqiqlangan aybli ijtimoiy xavfli qilmishni jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat sifatida aniqlashiga tayanadi. Bunday mohiyat, ayb o‘zida shaxs o‘zi qilgan har qanday qilmishlari va uning oqibatlari uchungina ruhiy munosabatini namoyon etmaydi, balki u faqat jazo qo‘llash tahdidi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy xavfli, ya’ni Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar uchun xavfli qilmishlarni namoyon etadi. Aybdor shaxs jinoyat sodir eta turib, qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida davlat tomonidan o‘rnatilgan qadriyatlarga nisbatan o‘zining salbiy ichki munosabatini namoyon etadi. Aybning ijtimoiy mohiyati, salbiy (qasddan sodir etiladigan tajovuzlar uchun xarakterli) yoki e’tiborsizlik yoki kam e’tiborli (ehtiyotsizlik orqasida sodir etiladigan jinoyatlarga xarakterli bo‘lgan) qasd yoki ehtiyotsizlik orqasida ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etishda asosiy qadriyatlarga nisbatan ruhiy munosabatning namoyon bo‘lishida ko‘rinadi. Sud-tergov amaliyoti nuqtai nazaridan ayb tasdiqlanishi qiyin bo‘lgan konkret va aniq bo‘lmagan kategoriya hisoblanadi. Shu bilan birga ayb jinoiy tajovuzlarni, ularning ijtimoiy xavfliligi, zararliligi va huquqqa xilofliligini ifodalovchi o‘ziga xos miqdoriy o‘lchovlariga ega. Shunday 184
aybni ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri darajadir. Aybning mohiyati tushunchasi kabi ayb darajasi tushunchasi ham jinoyat qonunchiligida nazariy xarakterga ega. Bundan tashqari, sud va dastlabki tergov uchun ayb darajasini aniqlash amaliy ahamiyat kasb etadi. NOTA BENE ! Aybning darajasi jinoyat subyektining jinoyat holatlariga bo‘lgan munosabatining shakli va tarkibi majmui bilan aniqlanadi hamda ijtimoiy qilmish darajasi bilan belgilanadi. Bular quyidagilardan iborat: ruhiy munosabat xususiyatlari, jinoyatning motiv va maqsadi, shaxsni xarakterlaydigan holatlariga oid jinoiy qasd va ehtiyotsizlikning kelib chiqishiga turtki bo‘lgan sabab va shart-sharoitlar.
Masalan, qasddan sodir etilayotgan jinoyatda, aybdor obyektga tajovuz qilishida o‘zining munosabatini ongli ravishda aniq ko‘rinishlarda namoyon qiladi, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyatda esa bunday ko‘rinish bo‘lmaydi. Binobarin, aybning darajasi qasddan sodir etiladigan jinoyatlarda ehtiyotsizlik oqibatida sodir etiladigan jinoyatlarga qaraganda ancha yuqori bo‘ladi. Qasdning va ehtiyotsizlikning ko‘rinishlarini qiyoslash birmuncha qiyinroq. Agar to‘g‘ri qasd bilan egri qasdni bir xil sharoitlarda baholaydigan bo‘lsak, har doim to‘g‘ri qasdning egri qasdga nisbatan xavfliroqligini ko‘ramiz. Shuningdek, bir kishining o‘lishini istagan odamga qaraganda, bir necha kishining o‘lishini istagan odam xavfliroq, yong‘in bo‘layotgan uyda kasal odamni ongli ravishda qoldirish, kasal odamni yoqib yuborish yo‘li bilan o‘ldirishga qaraganda xavfliligi kamroq. Qasdning ko‘rinishi jinoyat xavfliligiga ta’sir etuvchi faktor sifatida qasddan odam o‘ldirish jinoyatining subyekt belgilari qatoriga qo‘yilishi tasodif emas. Bu, umuman olganda, hamma qasddan sodir etiladigan jinoyatlarga tegishli. Shuningdek, beparvolik orqasida sodir etilgan jinoyatga qaraganda, o‘z-o‘ziga ishonish orqasida sodir etilgan jinoyat har doim xavfliroq bo‘lgani kabi jinoyatlarning ehtiyotsizlik orqasida sodir etilishining ko‘rinishlarini ham belgilash joiz bo‘ladi. 185
o‘z-o‘ziga ishonishda aybdor o‘zining o‘ylamasdan qilinadigan harakatidan to‘xtatib qoluvchi kontrmotivni yengib chiqishi talab etiladi, aybdor nafaqat qilmishining yomon oqibatlaridan o‘zini tiyishni, balki yuz bergan holatni va uning oqibatlarining hamma detallarini diqqat bilan baholashni ham o‘z zimmasiga olmaydi. Aybdorning qilmishiga nisbatan bunday munosabati, ya’ni uning kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatlarni ko‘ra olmasligi beparvolikka qaraganda ancha xavfliroqligi turgan gap. Shakli va ko‘rinishiga qaramay aybning darajasiga aybdorning psixikasidagi intellektual va ruhiy jarayonlarning tarkibiy xususiyatlari ta’sir etadi. Ongning hajmi va aniqligi, oldindan ko‘ra bilish xususiyati, oldindan o‘ylab qo‘yishlik, maqsadga erishishda qat’iylik qasddan sodir etilgan aybning darajasiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. Xolatni baholashdagi o‘z-o‘ziga ishonishning darajasi, oqibatlarni oldindan ko‘ra bilishning va ko‘ra olmaslikning xususiyati hamda sababi ehtiyotsizlik natijasidagi aybning darajasi oshishiga yoki pasayishiga ta’sir etishi mumkin. Muayyan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilishida aybning darajasi uning aybdorning mo‘ljali chegarasini xato ko‘rishidagi bevosita ko‘rinishi hisoblanadi. Shuning uchun undan aybdorga tayinlanayotgan jazoning xususiyati va miqdori, huquqbuzarning mo‘ljalidagi ijtimoiy defektlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan, jinoiy-huquqiy majburlashning o‘lchovi to‘g‘ri bog‘langan holda bo‘ladi. Sud-tergov amaliyotida ayb va jinoiy javobgarlik masalasining hal etilishida shaxsning holati va ruhiy xususiyati, uning o‘ziga xosligi va jihatlari, unda kechayotgan psixologik jarayonlar shaxsning ongida qilmish mohiyatining to‘g‘ri ko‘rinishiga ta’sir etishi mumkin. Xususan, zaruriy mudofaaning chegarasidan chetga chiqish masalasini hal etishda javobgarlik faqat tajovuzning xavfliligi va mudofaaning xususiyatiga mutlaqo mos kelmasligidan boshlanadi. Bu holat shuni ko‘rsatadiki, zaruriy mudofaada, qoida bo‘yicha, shaxs to‘satdan jinoiy tajovuz bilan to‘qnashadi, uning nerv sistemasida birdan keskin qo‘zg‘alish, emotsional chayqalish paydo bo‘ladi. Bunday holatda shaxs har doim ham zaruriy 186
mudofaa qilishda tajovuzning xususiyati va xavflilik darajasini o‘zining zaruriy mudofaa qilish uchun harakatlari (ularning kuchlari, intensivligi, foydalanilgan vositalar) bilan taqqoslay olmaydi hamda unga to‘g‘ri baho bera olmaydi 1 .
Aybning qasd ko‘rinishi aybning ehtiyotsizlik shakliga qaraganda ancha ko‘proq tarqalgan turi bo‘lgani uchun qonun chiqaruvchilar tomonidan ko‘proq ko‘rib chiqiladi. Qasd ehtiyotsizlikka qaraganda ancha xavfliroq, xususan, qonun chiqaruvchilar tomonidan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarga faqat qasddan sodir etilgan jinoyatlar kiritilganligi shu bilan tasdiqlanadi (JK 15-moddasi 5- va 4-qismlari). Qonunchilik JK 21-moddasida qasdning holatini moddiy va formal tarkibli jinoyatlarda ko‘radi. Xususan, formal tarkibli jinoyatni kvalifikatsiya qilishda aybdorning qasdi ijtimoiy xavfli qilmishni qamrab oladi. Moddiy tarkibli jinoyatlarda esa, aybdor muayyan jinoiy oqibatning kelib chiqishini tushunib yetishi va unga yo‘l qo‘yib berishi zarur. Qasdning tarkibi aniqligi va maqsadga qaratilganligi jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishning dastlabki zaruriy sharti hisoblanadi. Qasdning tarkibini intellektual tomon, maqsadga qaratilganlikni esa, irodaviy tomon ifodalaydi. Agar tarkib shaxsning o‘z harakatini (harakatsizligini) ijtimoiy xavflilik darajasini anglab yetishi qobiliyatida ifodalansa, moddiy tarkibli va oqibatlarni oldindan ko‘ra bilganida esa, aybdorni maqsadga yo‘naltirilganlik, muayyan obyektga tahdid soluvchi va ma’lum zarar yetkazuvchi (moddiy tarkibli), yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni borligini ifodalovchi qilmishni sodir etishga yo‘naltiradi (formal tarkibda). Masalan, mushtlashuv jarayonida pichoq bilan tan jarohati yetkazishda ko‘p hollarda qilmish qasddan sodir etiladi. Biroq bu qilmishni kvalifikatsiya qilishda birgina faktning o‘zi yetarli emas: jinoyatning tarkibi va maqsadga yo‘naltirilganligini hisobga olgan 1
применении судами законодательства, обеспечивающего право на необходимую оборону от общественно опасных посягательств» (с изменениями и дополнениями, внесенными постановлением Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 14 июня 2002 г. № 10) // Сборник. Т. I. – С. 326. 187
holda buni bezorilik yoki tan jarohati yetkazish yoki odam o‘ldirishga suiqasd qilish yo bo‘lmasa zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan deb baholash mumkin.
jinoyatning tugallangan vaqtidan, ya’ni ijtimoiy xavfli qilmishning obyektiv sodir etilishiga qarab qasdning tarkibini ochib beradi. Keltirib o‘tilgan normaga asosan: «Ushbu Kodeks moddasida jinoyat tamom bo‘lgan payt ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan vaqt deb hisoblangan bo‘lib, uni sodir etgan shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istagan bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi». Qandaydir oqibat kelib chiqadimi yoki yo‘qmi, undan qat’i nazar, shaxs aybdor deb topiladi va javobgarlikka tortiladi. Formal tarkibli jinoyatlarda qasd turlarga bo‘linmaydi, boshqacha aytganda, ayb faqat to‘g‘ri qasdli bo‘ladi. Formal tarkibli jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda shaxsning o‘z harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglab yetishi (intellektual holat) hamda shunday harakatlarni sodir etishni yoki harakatsizlik (irodaviy holat)ni istashi kabi faktlar muhim hisoblanadi. Bu yerda qonun chiqaruvchi tomonidan tajovuzning ijtimoiy xavfli oqibatlari huquqiy xususiyat doirasidan tashqarida qoldiriladi va sud tomonidan tayinlanadigan jazoning turi va miqdoriga ta’sir etsa ham subyektning aybdorligini belgilash vaqtida ahamiyat kasb etmaydi. Intellektual holat shaxs tomonidan o‘zi sodir etgan u yoki bu qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglashi bilan bog‘liq jarayonlarni o‘zi ichiga oladi. Shaxs tomonidan qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglash, birinchidan, qilmishning haqiqiy mohiyatini, ikkinchidan, uning ijtimoiy ahamiyatini bilishni bildiradi. Anglash, tajovuz qaratilgan manfaat, qadriyatlarning xususiyati to‘g‘risida tasavvur mavjudligi, ya’ni jinoyatning obyekti, qilmishning mohiyati, uning vositasida tajovuz amalga oshiriladigan hamda boshqa jinoyat sodir etishdagi faktik holatlar (vaqt, usul, holat)ni namoyon etadi. Bu jarayonlar hammasining aks etishi 188
aybdorning ongida unga jinoyat qonunchiligi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy manfaatlarga qilmishning obyektiv yo‘naltirilganligini, ya’ni ijtimoiy xavfni anglash imkonini beradi. Ijtimoiy xavf ostida qilmishning haqiqiy belgilaridan tashqarida yotuvchi qandaydir mustaqil elementi emas, balki barcha obyektiv belgilarini yuzaga keltiruvchi qilmishning yaxlit tarkibi nazarda tutiladi. Shuning uchun ijtimoiy xavfni anglash, qilmish faktik belgilarining ijtimoiy tarkibini anglashga olib boradi. Jinoyat subyektining o‘zini ifodalovchi belgilarini anglash qasdning tarkibiga kirmaydi. Masalan, agar 13 yoshli shaxs odam o‘ldirganlik uchun og‘irlashtiruvchi holatlarda javobgarlikka tortiladi, hattoki u xuddi shu jinoyat uchun javobgarlik 14 yoshdan kelib chiqadi deb o‘ylagan bo‘lsa ham. Bundan tashqari, qasd maxsus subyektning belgilarini anglashni o‘z ichiga olib, ular aybdorga yuklatilgan maxsus majburiyatlarni buzganlik bilan bog‘langan bo‘lib, jinoyatning maxsus belgilari hisoblanadi (masalan, mansabdorlik jinoyati). Qilmishning ijtimoiy xavfliligini uning huquqqa xilofliligi bilan tenglashtirib bo‘lmaydi, ya’ni shaxs o‘zi sodir etgan qilmishi jazo qo‘llash tahdidi bilan qonun tomonidan taqiqlanganligidan va bu uchun javobgarlikdan umumiy tarzda bo‘lsa ham xabardor bo‘lishi kerak. Ko‘p hollarda jinoyatlar huquqqa xilofliligi anglangan holda sodir etiladi. Biroq qonunchilik sodir etilayotgan qilmishning huquqqa xilofliligini anglashni ayb shaklining tarkibiga kiritmaydi, shuning uchun sodir etilgan qilmishning huquqqa xilofliligini aybdor anglab yetmagan hollarida, hattoki qonunchilik ignorantia legis neminem excusat 1 tamoyilini nazarda tutsa ham, jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi. Formal tarkibli jinoyatlarda qasdning intellektual tomonini qilmishning ijtimoiy xavfliligi va uning ijtimoiy ahamiyati tashkil etadi. Yuqorida keltirib o‘tilgan jinoyatlar tarkibini kvalifikatsiya qilishda, sud- tergov xodimlarining birinchi galdagi vazifasi aybdorning ruhiy ko‘rinishini, ya’ni sodir etilayotgan qilmishning ijtimoiy xavfli xususiyatini belgilashdir, chunki formal tarkibli jinoyatlarda aybdorning qasdi muayyan ijtimoiy xavfli oqibatni keltirishni istash yoki uning kelib 1
189
chiqishini oldindan ko‘ra bilishni qamrab olishining zarurati bo‘lmaydi. Formal tarkibli jinoyatlarni sodir etishda qasdning irodaviy holati birmuncha moddiy tarkibli jinoyatlar bilan taqqoslashda chegaralangan va faqat u ijtimoiy xavfli qilmishning o‘ziga, ya’ni uning sodir etilishiga bo‘lgan irodaviy munosabat bilan tugallanadi.
tarkibi nazarda tutiladi: «ushbu kodeks moddasida jinoyat tamom bo‘lgan payt ijtimoiy xavfli oqibat yuz bergan vaqt deb topilgan qilmishlar to‘g‘ri yoki egri qasddan sodir etilgan bo‘lishi mumkin». Bunday ajratish qonunchilik tomonidan qasddan sodir etilgan jinoyatlarning irodaviy holati asosida quriladi. Qasdning aynan shu elementida qasdni turlarga bo‘luvchi muhim belgilari ko‘rinadi. Aybdorning turli xil ruhiy munosabati, istagi yoki ongli ravishda jinoyat sodir etishda ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib chiqishiga yo‘l qo‘yib berishi qasdning to‘g‘ri va egri qasdga bo‘linishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun istak va ongli ravishda yo‘l qo‘yib berish to‘g‘risidagi masala, jinoyat tarkibining elementi hisoblanuvchi oqibatlargina aybning shaklini ajratish uchun ahamiyatga ega. Qasdning bunday to‘g‘ri va egri qasdga bo‘linishi faqat moddiy tarkibli jinoyatlarga tegishli, ularning ijtimoiy xavfliligi va huquqqa xilofliligini jinoyat qonuni zarar yetkazish, ijtimoiy munosabatlarning destruktiv o‘zgarishi bilan bog‘laydi. Qasdning turini to‘g‘ri aniqlash muhim ahamiyat kasb etgani uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi bir necha marotaba sudlarga jazo tayinlashda qasdning turini, uning yo‘nalishini, jinoyat motiv va maqsadining zaruriyligini hisobga olishlikni ko‘rsatib o‘tdi. JK 21-moddasi 3-qismi moddiy tarkibli jinoyatlarda to‘g‘ri qasdning mohiyati va xarakterli chiziqlarini ifodalaydi: «agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularning yuz berishini istagan bo‘lsa, bunday jinoyat to‘g‘ri qasddan sodir etilgan deb topiladi». To‘g‘ri qasdning ushbu tarkibida to‘g‘ri qasd bilan sodir etilgan moddiy tarkibli jinoyatlarning mohiyatini ochib beruvchi va uni ifodalovchi intellektual va irodaviy holatlar ajratib ko‘rsatiladi.
Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling