Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
To‘g‘ri qasd intellektual holatining
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘g‘ri qasdning irodaviy holati
- NOTA BENE ! To‘g‘ri qasd
- Egri qasdda intellektual holat
- JK 21-moddasi 4-qismida
- Oldindan o‘ylangan qasdda
- To‘satdan paydo bo‘lgan qasdda
- Affekt holatidagi qasdning
- Aniqlangan (konkretlashtirilgan) qasdda
- Aniqlanmagan (konkretlashtirilmagan) qasd
- 4-§. Ehtiyotsizlik va uning turlari
- (o‘z-o‘ziga ishonish)
To‘g‘ri qasd intellektual holatining ikkita aspekti mavjud: sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavfliligini anglash va ijtimoiy xavfli 190
oqibatlarning kelib chiqishini oldindan ko‘ra bilish. Mazkur holatda aybdor shaxsning ongida, uning harakati (harakatsizligi)da ijtimoiy xavfli xususiyat mavjud va bu harakat (harakatsizlik)larni sodir etishlik bilan muayyan ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqishi namoyon bo‘ladi. Barcha aytilganlar odamning ongidan o‘tadi, shuning uchun to‘g‘ri qasdning intellektual tomonini tashkil etadi. O‘z qilmishining (harakat yoki harakatsizlik) ijtimoiy xavfli
xilof xususiyatini oldindan bilish shaxsning jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga o‘zi yetkazgan zararni qamrab oladi.
To‘g‘ri qasdda oldindan ko‘ra bilishlik, ijtimoiy munosabatlarda kelgusida bo‘ladigan o‘zgarishlarning faktik tarkibi to‘g‘risida tasavvurni qamrab oladi. Shuningdek, u bu o‘zgarishlarning ijtimoiy zararliligini tushunish bilan ham bog‘liq. Va nihoyat, oldindan ko‘ra bilish sodir etilgan qilmish va ijtimoiy xavfli oqibatlar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishdan iborat bo‘ladi. Shu bilan birga, ijtimoiy xavfli oqibatlarni oldindan ko‘ra bilish ikki turda namoyon bo‘ladi: to‘g‘ri va egri qasdlarda. Garchi qonunchilikning ta’rificha, to‘g‘ri va egri qasdlarda ko‘rsatilgan oqibatlar o‘zgarishlarsiz qoladi. Oldindan ko‘ra bilishning ikki turi to‘g‘ri va egri qasdning irodaviy holatiga sezilarli darajada ta’sir etadi. Ko‘p hollarda to‘g‘ri qasdda shaxs ijtimoiy xavfni yetkazishga o‘z maqsadlarining haqiqatda amalga oshishiga ishonib va kelib chiqadigan oqibatlarni ideal shaklda tasavvur etar ekan, ijtimoiy xavfni o‘z qilmishining muqarrar natijasi sifatida oldindan ko‘ra oladi. Shuningdek, shaxs to‘g‘ri qasdda jinoiy qilmish sodir etilishi natijasida ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqishining real imkoniyatini ko‘ra olishi mumkin. To‘g‘ri qasd uchun ahamiyatli tomoni muayyan natijaga erishishdagi niyat uning amalga oshishidagi zaruriy shart bilan bog‘langan. Qachonki aybdor shaxs oqibat kelib chiqishi muqarrarligini oldindan ko‘rsa, harakat bilan kelib chiqqan oqibat o‘rtasida sababiy bog‘lanish bo‘lsa, shu bilan birga aybdor buning rivojlanishini anglaydi, ya’ni uning harakatlari 191
muayyan oqibatlarni keltirib chiqarishi muqarrarligini anglaydi. Shuning uchun oqibat kelib chiqishining muqarrarligi uning haqiqatan ham (faktik) kelib chiqishi bilan kuzatilmasligi mumkin. Oqibatning kelib chiqishi muqarrarligini anglash to‘g‘risida, aybdorning fikricha, qachonki u oqibatning kelib chiqishi uchun hamma zaruriy ishlarni qilsa ham, unga oldindan ko‘rinmagan holatlar to‘sqinligi sababli natija kelib chiqmagan taqdirda gapirish mumkin.
va qonunchilikda ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib chiqishini istashda aniqlanadi.
maqsadga qarab intilishdir. «Istak – bu belgilab qo‘yilgan intilishdir, u aniq bir predmetga qaratilgan bo‘ladi. Istakning tug‘ilishi, shuning uchun har doim maqsadning vujudga kelishini va qo‘yilishini bildiradi. Istak – aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan intilishdir» 1 . Xohish turlicha bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri qasdning belgisi sifatida xohish muayyan maqsadlarga intilishda aybdor uchun quyidagilarni bildirishi mumkin: – oxirgi tugal maqsad (rashk tufayli qasddan odam o‘ldirish, qasos); – oxirgi maqsadga erishishning orasidagi bosqich (boshqa bir jinoyatni yashirish maqsadida qasddan odam o‘ldirish); – oxirgi maqsadga erishish vositasi (jabrlanuvchining mol-mulkini egallash maqsadida qasddan odam o‘ldirish); – qilmishning muqarrar birga keladigan elementi (zaharlangan ovqat orqali qasddan o‘ldirish yo‘li bilan mo‘ljallangan odamnigina emas, balki uning oila a’zolarini ham o‘ldirish). Aybdor harakatining maqsadi to‘g‘ri qasdda istakning predmeti bo‘lib, mazkur jinoyat tarkibining elementini o‘zida ifodalovchi ijtimoiy xavfli oqibat hisoblanadi. Masalan, qasddan odam o‘ldirishda – bu jabrlanuvchining o‘limi, o‘g‘irlikda – o‘zgalar mulkini qo‘lga kiritish, bezorilikda – jamoat tartibini buzishdir. Inson o‘z oldiga qo‘ygan faoliyatining maqsadlari motiv bilan aniqlanadi. Shuning uchun to‘g‘ri 1
Қаранг: С.Л. Рубинштейн. Основы психологии. М., 1946, стр. 513. 192
qasd natijasidagi jinoiy oqibat, aybdor harakatining asosiy maqsadi hisoblanib, shaxs faoliyatining motividan kelib chiqadi va shu motiv bilan aniqlashtiriladi. To‘g‘ri qasdning maqsadga qaratilganligi (irodaviy holatning belgisi sifatida) jinoyat tarkibining faqat keltirilgan zarar bilan chegaralanib qolganini bildirmaydi. Alohida maqsadga qaratilgan jinoyatlarda, jinoyat tarkibi chegarasida bo‘lgan, shuningdek, boshqa bir holatlarda ham yo‘nalish maxsus natijaga qaratilgan bo‘ladi. Ammo bu natijalar jinoyat tarkibida ko‘zda tutib o‘tilgan umumiy qasdning yo‘naltirilgan bir bosqichi sifatida qaraladi. NOTA BENE ! To‘g‘ri qasd – qasdning shunday ko‘rinishiki, unda shaxs o‘z harakati (harakatsizligi)ning ijtimoiy xavfliligini anglaydi, ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqishining real imkoniyatini va muqarrarligini oldindan ko‘ra oladi va ularning kelib chiqishini istaydi.
ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularning yuz berishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, bunday jinoyat egri qasddan sodir etilgan deb topiladi». Egri qasdda ham to‘g‘ri qasdda bo‘lganidek intellektual va irodaviy holatlar kiritilgan. Egri qasdda intellektual holat quyidagilar bilan izohlanadi: – sodir etilayotgan qilmishning ijtimoiy xavfliligini anglash; – ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib chiqishini oldindan ko‘ra bilish imkoniyatiga ega bo‘lish. Egri qasdda qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglash to‘g‘ri qasdning belgilariga muvofiq ravishda bu belgilardan farq qilmaydi. Lekin egri qasddagi ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan ko‘ra bilishda farqlar mavjud bo‘lib, bu qasdni turlarga ajratib turadi: to‘g‘ri qasdda subyekt oqibat kelib chiqishi zarurligini oldindan ko‘ra biladi, egri qasdda esa, jinoiy oqibatning kelib chiqishi real imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Bundan 193
tashqari, to‘g‘ri va egri qasd o‘rtasidagi farq ularning ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan ko‘ra bilishdagi irodaviy holatiga ko‘ra aniqlanadi. To‘g‘ri qasddan farqli ravishda egri qasdda shaxs ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishini xohlamaydi, lekin ularning kelib chiqishiga ongli ravishda yo‘l qo‘yadi. Egri qasdda faqat ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishini oldindan ko‘ra bilish imkoniyatiga ega bo‘lish uning mohiyatini chegaralaydi. Shaxs o‘zi sodir qilayotgan harakatlari obyektiv borliqqa qanday ta’sir o‘tkazib, ijtimoiy xavfli oqibat olib kelishini anglaydi, lekin ba’zan oqibat yuzaga kelmasligi ham mumkin, chunki oqibat yuzaga kelishi uchun subyekt tomonidan nazorat qilinmaydigan boshqa shartlar ham zarur bo‘ladi. Bu yerda oqibat birgina oqibat bilan bog‘liq bo‘lmay, aybdorga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlar natijasi hisoblanadi. Gap aniq sharoitda shartlardagi real imkoniyatlar haqida bormoqda, individual holatdagi mav- humlik haqida emas. «Real imkoniyat» atamasi JK 21-moddasi 4-qismida ishlatilmagan bo‘lsa-da, bu egri qasddagi oldindan ko‘ra bilish tushunchasini aniq ifodalaydi. Egri qasdning irodaviy holati ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib chiqishiga ongli ravishda yo‘l qo‘yib berishda va xohishning mavjud emasligida ifodalanadi.
bo‘lgan jinoiy oqibatga nisbatan mavhum bo‘lmay, real bo‘lishi muvofiqdir. Egri qasdning mohiyati shundaki, shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini tushunib, uning natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatni oldindan ko‘ra bilish real imkoniyatlariga ega bo‘ladi va bunday oqibatlar yuzaga kelishiga ongli ravishda yo‘l qo‘yadi. o‘z navbatida, egri va to‘g‘ri qasd o‘rtasida nafaqat irodaviy holatlardagi ruhiy mohiyatda, balki anglashda ham farqlar mavjud. Egri qasddan sodir etilgan jinoyatlarda aybdor ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqishini xohlamaydi. Biroq shaxsning jinoiy oqibatlarni keltirib chiqarishni istamasligini faol xohlamaslik sifatida, ularning kelib chiqishidan qochishga intilish sifatida tushunish kerak emas. Aksincha, ongli ravishda yo‘l qo‘yish aybdorning o‘z qilmishi bilan keltirib 194
chiqaradigan muayyan voqealar zanjirini, ongli ravishda ijtimoiy xavfli oqibatlarni keltirib chiqarishga olib keluvchi sababiy rivojlanishini anglatadi. Ijtimoiy xavfli oqibatlarga nisbatan salbiy munosabatlarni bildiruvchi faol irodaviy jarayon – xohlamaslikdan farqli ravishda, ongli ravishda yo‘l qo‘yib berishda oqibatlarga nisbatan ijobiy irodaviy munosabatlarni anglatuvchi faol kechinma mavjud. Egri qasdga xos bo‘lgan oqibatlarning kelib chiqishiga ongli ravishda yo‘l qo‘yib berishda jinoiy oqibat aybdor qilmishining maqsadi ham, unga erishishdagi vosita ham, maqsad yo‘lidagi bosqich ham emas. Boshqacha aytganda, aybdorga jinoiy oqibat kerak emas, u oqibatning kelib chiqishini xohlamaydi ham. Shunday qilib, JK 21-moddasi 4-qismida keltirib o‘tilganlarga asosan, egri qasdning ilmiy-nazariy tushunchasini aniqlash mumkin.
(harakatsizligi)ning ijtimoiy xavfliligini anglaydi, ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib chiqishining real imkoniyatiga ko‘zi yetadi, ularning kelib chiqishini xohlamaydi, biroq bu oqibatlarning kelib chiqishiga ongli ravishda yo‘l qo‘yib beradi yoki ularga befarq bo‘ladi.
Qasdning to‘g‘ri va egri qasd turlariga bo‘linishi javobgarlikni va jazoni individuallashtirishda, aybdorning shaxsini va u sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishning darajasini, shuningdek, uning aybi darajasini aniqlash imkoniyatini berishi sababli hisobga olinishi lozim. Jumladan, to‘g‘ri qasdda subyektning irodasi oqibatlarga nisbatan faol pozitsiyani egallagani uchun, boshqa teng sharoitlarda jinoyat sodir etilishida to‘g‘ri qasdning mavjudligi ijtimoiy xavfning ancha yuqori darajasini ifodalaydi. Amaldagi Jinoyat kodeksida qasdning faqatgina ikki turi mavjudligiga qaramasdan, jinoyat-huquqiy doktrinada to‘g‘ri va egri qasdning shunday nomlanuvchi turlari ajratib ko‘rsatiladi. Jinoiy niyatning vujudga kelish holatiga bog‘liq holda oldindan o‘ylangan, to‘satdan paydo bo‘lgan va affektli qasdlar farqlanadi. 195
Oldindan o‘ylangan qasdda jinoyat sodir etish niyatining vujudga kelishi jinoyat sodir etishning o‘zidan bir qancha vaqt oraliqlari bilan ajratilgan bo‘lib, unda shaxs jinoyatning tafsilotlarini o‘ylab qo‘yadi, rejasini tuzadi, usullarini belgilab oladi, jinoyat sodir etish uchun qurol, vosita, sherik va sh.k.larni tanlab oladi. Odatda, qasdning bunday turi shaxsning barqaror jamiyatga qarshi bo‘lgan moyilligini namoyon etib, jinoyatchi aybining ancha yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi. Ba’zi hollarda shunday ham bo‘ladiki, sezilarli darajadagi vaqt oralig‘i ham jinoyat sodir etish niyati vujudga kelishi bilan uni sodir etish o‘rtasidagi, aslini olganda, subyektning motivlari ichki kurashi va h.k. lar bilan tushuntiriladi, shundagina oldindan o‘ylangan qasdning mavjudligi aybdorning yuqori darajadagi ijtimoiy xavfliligidan dalolat bermasligi mumkin. «Oldindan o‘ylangan qasdning mavjudligi kvalifikatsiyaga ta’sir etmaydi. U ko‘proq guruh tashkil etish va tayyorgarlik ko‘rish institutlari alomatlari sifatida namoyon bo‘ladi» 1 .
amalga oshirilishi o‘rtasidagi vaqt oralig‘i uncha ahamiyatli emas. Jinoyatni sodir etish niyati qasdning paydo bo‘lishi bilanoq amalga oshiriladi. Qoida bo‘yicha to‘satdan paydo bo‘luvchi qasd jinoyat sodir etishda aybdorning kam darajali ijtimoiy xavfliligini ifodalovchi holatlarda ko‘rinadi. Shu asnoda qasdning mazkur turi sodir etilgan qilmishning va shaxs xavfliligining yuqori ekanini namoyon etadi. Masalan, ko‘chada tasodifan o‘tib ketayotgan odamni sababsiz (chekishga bermaganlik uchun va h.k.lar) bezorilik orqasida o‘ldirish oldindan va puxta o‘ylangan rashk tufayli odam o‘ldirishdan ancha og‘irroq jinoyat hisoblanadi.
sodir etish niyati kuchli ruhiy hayajonlanish holatida bo‘lgan paytida (fiziologik affekt holati) paydo bo‘lib, shaxs o‘zi sodir etayotgan qilmishining xususiyatini anglashi qiyinlashadi. Affekt holatidagi qasd to‘satdan paydo bo‘lgan qasddan farqli hisoblanib, uning jinoyat-huquqiy mazmunga ega bo‘lishiga affekt holatini keltirib chiqargan 1
проф. Н.Ф. Кузнецовой и к.ю.н., доц. И.М. Тяжковой. – С. 319. 196
jabrlanuvchining axloq va huquqqa xilof harakatlari sabab bo‘ladi. Mazkur fakt qonunchilikda kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish (JK 98-moddasi) va kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir va o‘rtacha og‘irlikda shikast yetkazish (JK 106-moddasi) kabi jinoyatlar tarkibini yengillashtiruvchi holat sifatida hisobga olingan. Subyektning o‘zi sodir etgan qilmishi to‘g‘risidagi tasavvuri va keltiruvchi jinoiy oqibatlariga ko‘ra qasd aniqlangan (konkretlashtirilgan), aniqlanmagan (konkretlashtirilmagan) va alternativ turlarga bo‘linadi. Aniqlangan (konkretlashtirilgan) qasdda subyekt kelib chiqishi mumkin bo‘lgan zararning hajmi va xususiyati to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lib, muayyan ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib chiqishini oldindan ko‘ra oladi, qandaydir bir jinoiy natijaga erishishni istaydi. Masalan olaylik, ko‘krak yoki bosh qismiga o‘q otish orqali aybdor butunlay konkret bo‘lgan individual aniqlangan jinoiy natija – jabrlanuvchining o‘limi kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko‘ra oladi. Aniqlangan qasdda aybdorning qilmishi qasdning yo‘naltirilganligi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.
etayotgan qilmishi oqibatlari to‘g‘risida umumiy tasavvurga ega bo‘lishi, ya’ni ularning individual aniqlangan bo‘lmaganligi, yetkaziladigan zararning hajmi va xususiyati konkret bo‘lmasligi bilan ifodalanadi. Masalan, jabrlanuvchining boshiga va gavda qismiga urish orqali, aybdor unga tan jarohatlari yetkazayotganligini anglaydi, biroq uning tasavvuri yetkazilayotgan zararning og‘irlik darajasini, ya’ni og‘irmi, o‘rtacha og‘irmi yoki yengil tan jarohati bo‘ladimi buni qamrab ololmaydi. Aniqlanmagan qasddan sodir etilgan jinoyatlarni faktik kelib chiqqan oqibatlarga bog‘liq holda kvalifikatsiya qilish kerak bo‘ladi. Alternativ qasd aniqlangan (konkretlashtirilgan) qasdning bir turi bo‘lib, aybdor o‘zining sodir etgan huquqqa xilof qilmishi natijasidagi ikki yoki ancha individual aniqlangan ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko‘ra oladi va anglab yetadi, shuning bilan subyektning irodasi teng darajalarda oqibatlardan xohlagan biriga erishishga qaratiladi. Masalan, jabrlanuvchining bosh qismiga urish orqali 197
aybdor, jabrlanuvchining o‘limi yoki unga og‘ir tan jarohatlari yetkazish kabi oqibatni bir xil darajada oldindan ko‘ra bilishi va ularning kelib chiqishini istashi mumkin. Bunday holatlarda sodir etilgan qilmishni kelib chiqqan faktik oqibatlar bilan bog‘langan holda kvalifikatsiya qilish lozim. Agar subyektning bunday harakatlari natijasida jabrlanuvchiga o‘rtacha og‘irlikdagi shikast yetkazilgan bo‘lsa, javobgarlik aybdorning qasdi ancha og‘irroq zarar yetkazishga qaratilgan bo‘lganligi sababli og‘ir tan jarohati yetkazishga suiqasd deb belgilanishi lozim. 4-§. Ehtiyotsizlik va uning turlari Aybning ehtiyotsizlik shakli aybdorlikning uncha ijtimoiy xavfli bo‘lmagan ko‘rinishi hisoblanadi. Ehtiyotsizlik qasddan farqli ravishda aybdorning jinoiy oqibatlarga salbiy munosabati bilan bog‘langan bo‘lib, unga ko‘ra aybdor jinoiy oqibatlarning kelib chiqishini istamaydi va bunday oqibatlar kelib chiqishiga ko‘zi yetmaydi. NOTA BENE ! Agar jinoyatni sodir etgan shaxs o‘z xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligiga ko‘zi yeta turib, ehtiyotkorlik chora-tadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan holda bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga asossiz ravishda umid qilgan bo‘lsa (o‘z-o‘ziga ishonish) yoxud bunday oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligiga ko‘zi yetmasa-da, lekin ko‘zi yetishi lozim va mumkin bo‘lsa (beparvolik), bunday jinoyat ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat deb hisoblanadi.
Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilanganidek, ehtiyotsizlik orqasida sodir qilingan jinoyatlar uchun javobgarlik masalasi ijtimoiy xavfli oqibat yetkazilishi bilan yuzaga keladi. Qilmish (harakat yoki harakatsizlik)ning mavjud bo‘lmasligi, o‘z navbatida, javobgarlikni yuzaga keltirmaydi. Biroq jinoyat kodeksida istisnolar ham bor. Jumladan, hujjatlarni, predmetlarni va narsalarni, davlat siri yoki harbiy sir 198
hisoblangan hujjatlarni ehtiyotsizlik orqasida yo‘qotish jinoyat deb topiladi (JK 163-moddasi). Qonunchilik ehtiyotsizlikning o‘z-o‘ziga ishonish va beparvolik shakllarini belgilasa-da, har ikki holatda ham ularni kelib chiqadigan oqibat bilan bog‘laydi. Ular insonning salbiy jihatlari – e’tiborsizlik, befarqlik va ehtiyotsizlik kabi xislatlari bilan bog‘liq. Boshqacha qilib aytganda, u yoki bu holatda shaxs zarur darajada ehtiyotkorlik qilmaydi, shuning uchun o‘z-o‘ziga ishonish va beparvolikni ehtiyotsizlik tushunchasi birlashtirib turadi. Ehtiyotsizlik orqasida sodir qilingan jinoyatlarni birlashtirib turuvchi xususiyatlardan biri, bu – aybdorning qilmishga nisbatan ruhiy munosabati bo‘lib, shaxs o‘zining qilmishida (harakat yoki harakatsizlikda) ijtimoiy xavfli xususiyatlarni anglamaydi. Beparvolikda bunday xususiyat ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan ko‘ra bilmaganlik bilan, o‘z-o‘ziga ishonishda oqibat kelib chiqishiga asossiz umid qilish, jamiyatga zarar yetkazmasligiga ishonchda ifodalanadi. Ayni vaqtda, o‘z-o‘ziga ishonish va beparvolikda ham shaxs sodir etayotgan qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglashi lozim va anglashi mumkin bo‘lish majburiyati mavjud bo‘ladi. Odatda, ehtiyotsizlik bilan sodir etilgan jinoyatlar yetkazilgan oqibatga qarab, ayrim holda esa, bu oqibatlarni vujudga keltirgan usul va vositasiga qarab tasniflanadi. Qonun ehtiyotsizlik orqasida sodir qilingan jinoyatni qilmishni sodir etgan shaxsning o‘z qilmishi oqibatiga bo‘lgan munosabati sifatida baholaydi. Shunga muvofiq, ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatlar va ehtiyotsizlik ayb shaklini aks ettiruvchi jinoyatlar ko‘p hollarda moddiy tarkibga asoslangan bo‘ladi. Bu holatni rad etish asossiz javobgarlikning vujudga kelishiga, ayb uchun javobgarlik prinsipining buzilishiga olib keladi. Ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatlarda jinoyatning tayyorgarlik, suiqasd bosqichlari va ishtirokchilik belgilari bo‘lmaydi.
xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib 199
chiqarishi mumkinligiga ko‘zi yeta turib, ehtiyotkorlik chora-tadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan holda bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga asossiz ravishda umid qilgan bo‘lsa, bunday jinoyatlar o‘z-o‘ziga ishonish oqibatida sodir etilgan deb topiladi. O‘z-o‘ziga ishonish qasd singari aybdor ongida aks etuvchi obyektiv faoliyat faktlari (qilmishning faktik belgilari, uning kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlari, subyekt hisobga olgan holatlar)ni tashkil etuvchi o‘zining predmetli mohiyatiga ega. Ehtiyotsizlikning mazkur ko‘rinishiga qonunchilikning bergan ta’rifiga ko‘ra, o‘z-o‘ziga ishonishning intellektual (tafakkuriy) holati shundan iboratki, aybdor o‘z xulq-atvori natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan ko‘ra biladi. Shu sababli, ba’zi kriminalistlarning fikricha, o‘z-o‘ziga ishonishda ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib chiqishini oldindan ko‘ra bilish bu oqibatlarning kelib chiqmasligiga ishonchni neytrallashtirgani uchun sodir etilayotgan qilmishning ijtimoiy xavfliligini anglash bilan bir xil qiymatga ega emas. Kelajakda xavfli oqibatlarning oldini olishga ishonsa-da (asossiz bo‘lsa- da), subyekt sodir etgan qilmishining jamiyatga zarar yetkazmasligiga ishonadi, ya’ni uning ijtimoiy xavfli xususiyatga ega ekanligini anglamaydi. Shaxs, hatto, o‘z harakatlarini ijtimoiy foydali deb o‘ylashi ham mumkin. Misol uchun ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan ko‘ra bilish huquqiy faoliyatlarda ham bo‘lishi mumkin (jarrohlik operatsiyalari va boshqa tavakkalchilikka asoslangan sohalar). Mazkur hollarda shu tarzda oqibatni oldindan ko‘ra bilish, salbiy oqibatlar kelib chiqishi oldini olishning zarur sharti hisoblanadi. Shuning uchun, o‘z-o‘ziga ishonishda ayb holati ijtimoiy xavfli oqibatlarni oldindan ko‘ra bilishda emas, balki ularning oldini olishga qaratilgan asossiz umidga nisbatan olinadi. Boshqa bir huquqshunos olimlarning fikricha, o‘z-o‘ziga ishonish oqibatida jinoyat sodir etishda, subyekt qonun hujjatlari bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga to‘laqonli zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan, o‘zi sodir etayotgan harakat yoki harakatsizlikning ijtimoiy xavfliligini anglaydi va shaxsning bunday holatni anglashi o‘z- 200
o‘ziga ishonishning qonun tomonidan belgilangan zaruriy belgisi bo‘lib, har bir ishda sudlar tomonidan aniqlashtirilishi kerak. Bu masalani hal etish jinoyat-huquqiy ahamiyat kasb etmagani uchun qonunchilik o‘z-o‘ziga ishonishni belgilab bergan holda, subyektning o‘zi sodir etgan qilmishiga intellektual munosabatini kiritmagan. O‘z-o‘ziga ishonish orqasida jinoyat sodir etgan subyekt ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini ko‘ra oladigan darajada o‘zi sodir etgan qilmishning faktik belgilarini anglashi lozim. Ta’kidlab o‘tilganidek, ehtiyotsizlik uchun javobgarlik aksariyat ko‘p hollarda ijtimoiy xavfli oqibatlar (qoida bo‘yicha og‘ir holatlar) mavjud bo‘lib, ularning kelib chiqishida va shaxs qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyati aniqlangan hollarda kelib chiqadi. Shaxsning muayyan ehtiyotkorlik qoidalari buzilganida, o‘zi sodir etayotgan qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglashi yoki anglamasligi to‘g‘risidagi masalani hal etish, jazoni individuallashtirishdagina ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, jinoyatda o‘z-o‘ziga ishonishning intellektual holati
Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling