Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
belgilarida ko‘zda tutilgan, bevosita jinoyat sodir etishga qaratilgan
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoiy tajovuz tugallanmaganligi
- NOTA BENE ! Suiqasd
- Tamom bo‘lmagan suiqasdda
- Yaroqsiz obyektga suiqasd qilish
- Yaroqsiz vositalar bilan suiqasd qilishda
- 4-§. Jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytish
- Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish
belgilarida ko‘zda tutilgan, bevosita jinoyat sodir etishga qaratilgan harakat (harakatsizlik)ni bajarishning boshlanishidir. Ayni shu harakat (harakatsizlik) jinoyatni amalga oshirishga qaratilgan bo‘ladi. Tajovuz boshlangan bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonun bilan qo‘riqlanadigan obyekt (mulk munosabatlari, hayot yoki sog‘liq xavfsizligi, jinsiy erkinlik va boshq.)ga qarshi qaratiladi, uni jiddiy zarar yetishi xavfi ostiga qo‘yadi. Aksariyat hollarda, jinoyat sodir etishga suiqasd qilish faol harakatlarni amalga oshirish yo‘li bilan sodir etiladi, ushbu harakatlar turli xil bo‘lib, muayyan jinoyatning obyektiv tomoni bilan bog‘liq bo‘ladi. Misol uchun, uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib o‘g‘irlik sodir etishga qasd qilishni aniqlash uchun shaxs uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan yoki hech bo‘lmasa bunga harakat qilgan, masalan, uy eshigining qulfini buzgan bo‘lishi kerak. Onaning o‘z chaqalog‘ini o‘ldirishga suiqasd qilganligini bilish uchun chaqaloqning ovqatlantirilganligi yoki aksini aniqlash kerak bo‘ladi. 272
Jinoiy tajovuz tugallanmaganligi (jinoyat oxiriga yetkazilmaganligi) – jinoyat sodir etishga suiqasd qilishning yana bir muhim obyektiv alomati. Jinoyat sodir etishga qasd qilish, jinoiy faoliyat (tamom bo‘lmagan jinoyat doirasida) rivojlanishining mustaqil bosqichi sifatida, tamom bo‘lgan jinoyatdan aynan o‘zining tugallanmagani bilan farq qiladi. Suiqasdda jinoyat obyektiv tomoni to‘liq amalga oshirilmaydi. Subyekt o‘zi niyat qilgan barcha jinoiy harakatlarni amalga oshirolmaydi (harakatsizlik) yoxud u ko‘zlagan jinoiy natija yuzaga kelmaydi. Xususan, moddiy tarkibli jinoyatlarga suiqasd qilishda ushbu alomat, asosan, jinoyat obyektiv tomonining muhim tarkibiy qismi – oqibatning yo‘qligini tavsiflaydi. Masalan, shaxs o‘q otish quroli yordamida odam o‘ldirish jinoyatini sodir etmoqchi bo‘ladi, ammo nishon xato olinganligi sababli shaxs o‘lmay qoladi. Ayni holda aybdor harakatlari subyekt tugallanganini jinoiy qilmish amalda tugallanmaganidan farq qilish kerak (jinoyat qonunida nazarda tutilgan jinoiy natija mavjud emas). Ammo moddiy tarkibli jinoyatlardagi suiqasd jinoyatchining barcha harakatlarini bajara olmagani bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. Misol uchun, subyekt pichoq sanchish uchun qo‘lini ko‘targan, ammo jabrlanuvchi uning qo‘lini ushlab qolgan holat kiradi. Mazkur holatda hayotga tajovuz qilish bilan bog‘liq barcha harakatlar oxiriga yetkazilmaganligini va o‘z-o‘zidan oqibatning kelib chiqmaganligini payqash mumkin. Jinoyat sodir etishga suiqasd qilishda ko‘pincha aybdor mo‘ljallamagan, ko‘zda tutmagan ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqadi (masalan, odam o‘ldirishga qasd qilishda jabrlanuvchining sog‘lig‘iga og‘ir shikast yetkaziladi). Bu qilmishni tamom bo‘lgan jinoyatga aylantirmaydi, chunki jinoiy qilmish tamom bo‘lgan deb topilishi uchun har qanday ijtimoiy xavfli oqibat emas, balki qonunda bevosita ko‘rsatilgan ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishi talab etiladi. Bu holatda suiqasdni tamom bo‘lgan jinoyatdan farqlash uchun aybdor shaxsning qasdini aniqlash zarur. Xususan, odam o‘ldirishga qasd qilishda jabrlanuvchining sog‘lig‘iga og‘ir shikast yetkazilishi odam o‘ldirishga suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinadi. Xullas, jinoyatga suiqasd qiluvchining harakati (harakatsizligi) ma’lum zararli oqibatlarga olib 273
kelishi mumkin, ammo ular hech qachon aybdor mo‘ljallagan oqibatlar bo‘lmaydi. Qonunda nazarda tutilgan jinoiy oqibatlar ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan paytda emas, balki oradan ma’lum vaqt o‘tganidan keyin kelib chiqqan (masalan, jabrlanuvchi unga hayotdan mahrum etish maqsadida shikast yetkazilganidan keyin oradan bir necha kun o‘tgach vafot etgan) hollarda jinoyat tamom bo‘lgan deb topiladi. Qonun nuqtai nazaridan, agar aybdorning qasddan sodir etilgan harakati (harakatsizligi) oqibatida, oradan qancha vaqt o‘tganidan qat’i nazar, jinoiy oqibat kelib chiqqan bo‘lsa, jinoiy qilmish tugallangan deb topiladi. Formal tarkibli jinoyatlarda suiqasd jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi barcha harakatlarning to‘liq bajarilmasligida ifodalanadi. Masalan, shaxs qalbaki pullarni o‘tkazishga uringanida qo‘lga olinadi. Obyektiv tomonni xarakterlovchi uchinchi belgi jinoyatning shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatga ko‘ra, tugallanmay qolishidir. Jinoyatning tamom bo‘lishiga to‘sqinlik qilgan turli xil holatlarni bir narsa birlashtiradi, ularning har biri jinoyatchining xohishiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra yuzaga keladi. Bu holatlar turlicha bo‘lishi mumkin, masalan, favqulodda to‘siqlar, nomaqbul guvohlarning paydo bo‘lib qolishi, jabrlanuvchining faol qarshilik ko‘rsatishi, jinoyat qurollari va vositalarining yaroqsizligi, ishning haqiqiy holatlarida (jinoyat obyekti, vositalari, harakat usullarida) xatoga yo‘l qo‘yilishi va h.k. Mazkur belgi suiqasdning yuqorida ko‘rsatilgan obyektiv belgilarini birlashtirib, uni jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishdan farqlash imkonini beradi. Masalan, aybdor o‘zining ichki hissiyotlari ta’sirida (jabrlanuvchiga rahm-shafqat hissi va h.k.) jinoiy faoliyatini oxirigacha olib bormasa, suiqasd mavjud bo‘lmaydi. Bu holda qilmish jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi. Jinoyat sodir etishga suiqasd qilishning subyekt belgilari faqat to‘g‘ri
muayyan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etayotganini anglaydi va jinoyatni mantiqiy yakuniga yetkazish, zarur jinoiy natijaga erishishni xohlaydi. Jinoyat obyektiv tomonining yakunlamaganini, u hali mo‘ljallagan 274
harakatlarining barchasini bajarmaganini, ko‘zlagan maqsadiga hali erishmaganini shaxs anglaydi. Subyektning o‘z harakati (harakatsizligi)ning tugallanganlik darajasi haqidagi tasavvuri subyekt mezonga asoslanadi. NOTA BENE ! Suiqasd – bu jinoyat sodir etishga bevosita yo‘naltirilgan hamda shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra, oxiriga yetkazilmagan qasddan sodir etilgan harakat (harakatsizlik)dir.
Aybdor tomonidan amalga oshirilgan harakatlarning yakuniga yetkazilganlik darajasiga qarab, suiqasd tamom bo‘lgan va tamom bo‘lmagan turlarga bo‘linadi. Tamom bo‘lgan suiqasdda subyekt, zarur bo‘lgan barcha harakatlarni qilganiga amin, ammo ba’zi obyektiv sabablarga ko‘ra jinoiy oqibat kelib chiqmaydi. Bu holatda shaxs amalga oshirishni mo‘ljallagan barcha harakatlarni sodir etadi, ammo jinoiy natijaning intihosi izchil harakatlar doirasidan chetda qoladi. Aybdor erishishga intilgan haqiqiy oqibat mavjud bo‘lmaydi. Misol uchun, subyekt o‘ldirish maqsadida jabrlanuvchiga zahar berdi, lekin shifokorlarning sa’y-harakati bilan jabrdiydaning hayoti saqlab qolinadi. Tamom bo‘lmagan suiqasdda subyekt jinoyatning tamom bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan harakatlarni ularni amalga oshirishga xalaqit bergan sabablar tufayli to‘liq bajara olmaydi. Suiqasdning bu turida obyektiv tomon rivojlanmaydi. Bu holatda jinoyat sodir etishga qasd mavjud bo‘ladi, ammo jinoyat tarkibi obyektiv belgilarida nazarda tutilgan hamda jinoiy natijaga erishish uchun zarur bo‘lgan harakatlar to‘la hajmda bajarilmaydi. Misol uchun, o‘g‘ri omborxonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, zarur boyliklarni olib chiqib ketishga tayyorlaydi, lekin shu yerda ushlanadi va ularni o‘g‘irlay olmaydi. Tamom bo‘lgan va tamom bo‘lmagan jinoyat sodir etishga suiqasd qilishning jinoyatni kvalifikatsiya qilishda hech qanday ahamiyati bo‘lmasa ham, qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini aniqlash, jazo 275
tayinlash va jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish masalasini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. Jinoyat nazariyasida, shuningdek, yarog‘siz obyektga suiqasd qilish ham ajratilib, u jinoyat subyektining faktik xatoga yo‘l qo‘yishida asoslanadi. Bunda jinoyat sodir etishga «yaroqsiz» suiqasd qilishning ikki turi farqlanadi: 1) «yaroqsiz» obyektga (predmetga) suiqasd qilish; 2) «yaroqsiz» vositalar bilan suiqasd qilish.
holatlariga nisbatan xatosi tufayli, uning jinoiy tajovuzi jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektga zarar yetkaza olishga qodir emasligi tushunilishi kerak. Aybdor harakatlari amalda real zarar yetkazmaydi ham. Bu holda shaxs jinoyatni sodir etishni xohlaydi, buning uchun barcha zarur harakatlarni amalga oshiradi, biroq xohlagan natijasini qo‘lga kiritmaydi, chunki jinoyat predmeti xususiyatlari yoki jabrlanuvchiga nisbatan xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘ladi. Misol uchun, aybdor pul o‘g‘irlash maqsadida seyfni ochadi, ammo u yerdan pulni topolmaydi yoxud o‘lib bo‘lgan odamga o‘q uzadi.
Mazkur turdagi suiqasdni kvalifikatsiya qilishda qasdning yo‘naltirilganligiga alohida e’tibor berish muhim. Masalan, «agar aybdor ishlatishga yaroqsiz bo‘lgan o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlovchi qurilmalarni qonunga xilof ravishda egallagan va bunda ularning sifatiga nisbatan yanglishib yaroqli deb hisoblagan bo‘lsa, sodir etilgan qilmish jinoyatga suiqasd tariqasida kvalifikatsiya qilinmog‘i lozim» 1
Yaroqsiz vositalar bilan suiqasd qilishda, shaxs, o‘z xatosi oqibatida, jinoyatni oxiriga yetkazish uchun o‘z xususiyatlariga ko‘ra yaroqsiz bo‘lgan vositalarni qo‘llaydi. Misol uchun, aybdor o‘ldirish maqsadida jabrlanuvchiga zahar beradi, ammo bu zahar emas, zararsiz kukun bo‘lib chiqadi va buning natijasida jabrlanuvchi o‘lmay qoladi, hech qachon o‘lmasdi ham. Yarog‘siz deb, nafaqat foydalanilayotgan vosita, balki jinoiy niyatni amalga oshirish usullari ham tan olinishi mumkin. 1 Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1996 йил 27 февралдаги «Қонунга хилоф равишда қуролга эгалик қилиш тўғрисидаги ишлар бўйича суд амалиёти ҳақида»ги 3-сонли қарори, 5-банд, 3- хатбоши // Тўплам, 1-жилд. – 46–47-б.
276
Masalan, odam o‘ldirishga suiqasd qilishda aybdor zaharli moddadan foydalanadi, ammo uni jabrlanuvchi tanasiga kichik, zarar yetkazmaydigan dozalar bilan kiritadi 1 . Yaroqsiz vositalar bilan suiqasd qilish ham qilmishning ijtimoiy xavfliligini inkor etmaydi, shuning uchun uning kvalifikatsiyasi aybdorning qasdi inobatga olingan holda amalga oshiriladi. Bunda shaxsning jinoyat vositalari zararlilik darajasi, ulardan samaraliroq foydalanish usullariga nisbatan xatosi sud tomonidan jazoni tayinlashda hisobga olinishi lozim. JK 25-moddasi 3-qismiga ko‘ra, «Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik va jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun javobgarlik ham ushbu Kodeks Maxsus qismining tamom bo‘lgan jinoyat uchun javobgarlikni belgilovchi moddasiga muvofiq hal qilinadi». Tamom bo‘lmagan jinoyat uchun jazo tayinlashda jinoyatning oxiriga yetkazilmaganlik sabablari, shuningdek, jinoiy qasdning amalga oshirilganlik darajasi muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, jinoyatga suiqasd qilishdan yengilroq jazoni keltirib chiqarsa, tamom bo‘lmagan suiqasd tamom bo‘lgan suiqasdga nisbatan yengilroq jazolanadi. 4-§. Jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytish Muayyan hollarda jinoyat sodir etishni boshlagan va uni tamomlash uchun barcha zarur imkoniyatlarga ega bo‘lgan shaxs uni sodir etishdan qaytadigan bo‘lsa, bu jinoyat huquqida jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi.
ko‘rish harakatlarini yoki bevosita jinoyat sodir etishga qaratilgan harakatlarini oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda to‘xtatsa, shuningdek, jinoiy oqibat kelib chiqishini anglagan holda, shunday oqibat kelib chiqishining oldini olsa, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb baholanadi». 1
проф. Н.Ф. Кузнецовой и к.ю.н., доц. И.М. Тяжковой. – С. 246. 277
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish – ijtimoiy xavfli, qonunga xilof va aybli qilmishni sodir etishdan o‘zini tiygan va (yoki) muayyan jinoiy oqibatlar kelib chiqishining oldini olgan shaxs xulq-atvorining qonuniy harakatidir. Shaxs boshlagan jinoiy faoliyatini (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga qasd qilishni) oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda ixtiyoriy va uzil-kesil to‘xtatishi jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning asosiy huquqiy oqibati – uning jinoiy javobgarlikni istisno qilishi (JK 26-moddasi 2-qismi). Amalda jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytgan shaxs tayyorgarlik harakatlarini yoki muayyan jinoyatni sodir etishga bevosita qaratilgan harakatlarni to‘xtatadi, zero uning irodasi bundan buyon huquq bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazishga qaratilmagan. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish doimo jinoyat tarkibini istisno etadi. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning asosiy vazifasi ham aynan shu – jinoyatlarning oldini olish va to‘xtatib qo‘yish. Boshlangan jinoiy faoliyatni to‘xtatib, jinoiy javobgarlikdan qutulish imkoniyatining qonunda mustahkamlanishi shaxsni o‘z jinoiy niyatini yakunlashdan bosh tortishga rag‘batlantiradi. JK 26-moddasi 1-qismiga ko‘ra, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini to‘xtatish, ya’ni jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va unga suiqasd bosqichida mavjud bo‘lishi mumkin. U jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini to‘xtatishda ifodalanib, bunda jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish jinoyatdan qaytishni keltirib chiqaradi va jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan harakatlarni to‘xtatish yoxud jinoiy oqibatni keltirib chiqarishning oldini olishda ifodalanib, bu jinoyat sodir etishga qasd qilish bosqichida jinoyat sodir etishdan qaytishni tavsiflaydi. Qonundan jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning ikki asosiy alomati kelib chiqadi: ixtiyoriylik va uzil-kesillik (qat’iylik).
xohishi bilan hech qanday tashqi ta’sirlarsiz oxiriga yetkazish imkoni borligini anglagan holda to‘xtatishi tushuniladi. Bunday qaytishning motivi turlicha (uyalish, farzandlari taqdiri haqida o‘ylash, jabrlanuvchiga 278
rahmi kelishi), shuningdek, qarindosh va do‘stlarining maslahatlari natijasida bo‘lishi mumkin. Motiv qanday bo‘lmasin shaxs o‘z xohishi bilan jinoyatdan qaytgan bo‘lsa, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish har doim subyektning erkin xohish-irodasi natijasida kelib chiqqan bo‘lishi kerak. Ixtiyoriy qaytishning muhim shartlaridan biri – bu shaxsning jinoyatni davom ettirish va yakuniga yetkazishga imkoni borligini anglashidir. Shu shartlarsiz shaxs agar o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra, jinoyatni yakuniga yetkaza olmasa yoki uni sodir etishga qodir bo‘lmasa, uni jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish sifatida baholashga asos bo‘lmaydi. Masalan, agar shaxs qasddan odam o‘ldirish jinoyatida harakat qilsa, lekin atrofda odamlarning borligi, qurolning yarog‘sizligi yoki qo‘riqlash signalizatsiyasi ishlab ketganligi tufayli qilmishni sodir etmasa, bu ixtiyoriy qaytish hisoblanmaydi. Shaxs o‘zi boshlagan jinoyatni oxiriga yetkazish imkoniyatini istisno qiluvchi o‘tib bo‘lmas to‘siqlar mavjud deb (hattoki yanglish) qarashi jinoyat sodir etishdan qaytishning ixtiyoriy emas, balki majburiy bo‘lganligidan dalolat beradi. Misol uchun, shaxs o‘zganing mulkini talon- toroj qilish maqsadida qonunga xilof ravishda kirgan uyda o‘rnatilgan o‘ziga notanish moslamani signalizatsiya vositasi deb o‘ylab, uyni tark etadi. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishda qat’iylik deganda, shaxsning jinoiy faoliyatni vaqtincha to‘xtatganligi emas, balki oxiriga yetkazish uchun to‘la imkoniyatlar borligini anglagani holda jinoiy faoliyatni davom ettirishdan butunlay va to‘liq voz kechganligi tushuniladi. O‘z-o‘zidan ravshanki, ixtiyoriy qaytishda vaqt jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytgan hollarda ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Mazkur holatda jinoyat sodir etayotgan shaxs o‘zining jinoiy faoliyatini oradan ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng davom ettirishini ko‘zlab, jinoyat qurolini almashtirish niyatida yoki shunga o‘xshagan boshqa niyatlarda to‘xtatadi. Misol uchun, agar shaxs bir o‘zi uddalay olmasligini tushunib, omborga o‘g‘irlikka tushishdan qaytgan va omborga tushish, o‘g‘irlik molni u 279
yerdan olib chiqish va tashib ketish uchun jinoyatga boshqa shaxslarni ham jalb etishga qaror qilgan bo‘lsa, bu jinoyat sodir etishdan uzil-kesil qaytish bo‘lmaydi. Shaxs jinoiy faoliyatni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatda to‘xtatishga majbur bo‘lgan taqdirda ham ixtiyoriy qaytish hisoblanmaydi. Misol uchun, aybdor o‘ldirish maqsadida jabrlanuvchiga o‘q uzdi, ammo o‘q tegmay qoldi – aybdor qayta o‘q uzishdan ixtiyoriy qaytganiga ishora qilishi jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishga dalil bo‘la olmaydi. Ayni holda, shaxs jinoyat sodir etishga birinchi urinishi uchun javobgarlikka tortilishi kerak, uning jinoyat sodir etishdan qaytishi ixtiyoriy deb topilishi mumkin emas. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishni hosil qiluvchi ushbu alomatlarni qayd etish uchun jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning ba’zi bir shartlarini aniqlash lozim. Bular: – jinoyatni oxiriga yetkazish mumkinligini anglash; – jinoiy oqibat kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda, shunday oqibat kelib chiqishining oldini olish. Shaxs jinoyatni oxiriga yetkazish imkoni borligini anglashi shuni ifodalaydiki, u jinoyatni oxiriga yetkazish uchun barcha imkoniyatlarga, jinoyatni amalga oshirish uchun barcha qurol va vositalarga ega bo‘ladi va buni biladi. Ammo, jinoiy tajovuzni hech qanday tashqi ta’sirlar to‘xtata olmasligiga qaramay, u o‘z jinoiy niyatini amalga oshirishdan qaytadi. Ushbu shart tamom bo‘lmagan jinoyat tarkibining obyektiv tomoni, ya’ni ijtimoiy xavfli qilmish bilan bevosita bog‘liq. Bu yerda nafaqat jinoyat sodir etishga suiqasd qilish doirasida jinoyat tarkibini tashkil etadigan harakatlar (harakatsizlik), balki jinoyat sodir etishga shart-sharoit va imkoniyat yaratadigan harakatlar (JK Maxsus qismi tegishli modda dispozitsiyasiga bevosita kiritilmagan harakatlar) to‘g‘risida ham so‘z yuritilmoqda. Shu sababli jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishni tasniflashda jinoiy tajovuzni oxiriga yetkazish mumkinligini anglash faqat jinoyat sodir etishga suiqasd qilishda mavjud bo‘lishi mumkin degan fikrga kelmaslik kerak, zero jinoiy niyatni oxiriga yetkazish mumkinligini anglash jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida ham bo‘lishi mumkin. 280
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish ixtiyoriyligi va uzil- kesilligining ikkinchi zarur sharti shaxs jinoiy oqibat kelib chiqishini anglagan holda, shunday oqibat kelib chiqishining oldini olishidir. Mazkur shart jinoiy oqibatlarning kelib chiqishi jinoyat-huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan moddiy tarkibli jinoyatlarda bo‘lishi mumkin. Bu yerda tafakkurlik belgisi – shaxs ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishi mumkinligini anglashi ham mavjud. Mazkur shart faqat jinoyat sodir etishga suiqasd qilish bosqichida, shaxs jinoyatni boshlab, uni oxiriga yetkazishdan qaytishga qaror qilgan holda bo‘lishi mumkin. Ayni holda aybdor jinoyat sodir etishdan qaytibgina qolmasdan, uning jinoiy oqibatining oldini olishga faol imkoniyat yaratishi ham kerak. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish faqat ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishi mumkinligini anglash va uning kelib chiqishi oldini faol olish bilan jamuljam holda uning ixtiyoriy va uzil-kesil bo‘lganidan dalolat berishi mumkin. NOTA BENE ! Shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini yoki bevosita jinoyat sodir etishga qaratilgan harakatlarini (harakatsizligini) boshlangan jinoiy faoliyatini davom ettirish va oxiriga yetkazish obyektiv imkoniyati mavjudligini anglagan holda ixtiyoriy ravishda va uzil-kesil to‘xtatsa,
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish jinoyatning yuridik tugallanishiga qadar ham aktiv, ham passiv ko‘rinishda ifodalanishi mumkin. Jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida ixtiyoriy qaytish, odatda, passiv harakat orqali amalga oshiriladi, zotan shaxsning keyingi jinoiy faoliyatdan o‘zini tiyishi uning qonuniy harakatlariga ishora qilishi mumkin, biroq ixtiyoriy qaytish aktiv harakat bilan ham amalga oshirilishi mumkin (masalan, jinoyat qurolini yo‘qotish, huquqni muhofaza qilish organlariga tayyorlanayotgan jinoyat haqida o‘z vaqtida xabar berish va h.k.). 281
Shuni aytish joizki, jinoyatga suiqasd qilishda jinoyatdan ixtiyoriy qaytishga har doim ham imkoniyat bo‘lavermaydi. Jinoyat sodir etishga suiqasd qilishda jinoyat subyekti tomonidan jinoyatning obyektiv tomoni amalda bajarilishi hisobga olinsa, ushbu bosqichda ma’lum jinoiy oqibatlar kelib chiqishi mumkinligi masalasi yuzaga keladi. Ayni holda nafaqat jinoiy harakatlarni to‘xtatish (chunki bunday harakatlar qisman amalga oshirilgan bo‘lishi ham mumkin), balki jinoiy oqibatlar kelib chiqishining oldini faol olish ham jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishdan dalolat beradi. Bunda jinoyat sodir etishga suiqasd qilish turlari muhim ahamiyat kasb etadi. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning passiv shakli ko‘pincha, subyekt jinoiy qilmishni oxiriga yetkazmagan va ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishi uchun barcha zarur harakatlar (harakatsizlik) amalga oshirilmagan tarzda, ya’ni tamom bo‘lmagan jinoyatlarda bo‘lishi mumkin. Bunda qilmishning tugallanmaganligi, tugallanmagan suiqasdni tavsiflovchi tashqi holat bilan emas, balki ichki motivlar bilan belgilanishi kerak. Misol uchun, subyekt avval jabrlanuvchini o‘ldirish niyatida uning oyoq-qo‘lini bog‘laydi, kaltaklaydi, lekin keyin o‘ldirish niyatidan qaytadi. Bunday hollarda shaxs bevosita odam o‘ldirishga qaratilgan harakatlarni to‘xtatadi, ya’ni ularni sodir etishdan qaytadi (harakatsizlik). Bu holda shaxs muayyan jinoyat tarkibi bilan qamrab olinadigan, uning obyektiv tomonini tashkil etadigan yoki zararli oqibatlar kelib chiqishini ta’minlaydigan harakatlarni sodir etishdan qaytishi kifoya. Masalan, shaxs jabrlanuvchiga o‘q uzish uchun uni o‘qotar quroldan nishonga oladi, lekin o‘q uzmaydi. Tamom bo‘lgan suiqasdda ixtiyoriy qaytish bo‘lishi mumkin emas, chunki subyekt jinoiy harakatlarni to‘xtatish yo‘li bilan jinoyat sodir etilishini to‘xtata olmaydi (u jabrlanuvchiga o‘q uzgan, uni o‘ldirish maqsadida pichoq urgan bo‘ladi va h.k.). Shu sababli, jinoyatdan ko‘zlangan maqsadga erishish imkonini beradigan keyingi harakatlardan qaytishga bunday hollarda jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb emas, balki jinoyat sodir etishga qayta urinishdan qaytish deb qaralishi kerak. 282
Tamom bo‘lgan jinoyat sodir etishga suiqasd qilishda jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish imkoniyati faqat sodir etilgan harakatlar bilan jinoiy oqibatning kelib chiqishi o‘rtasidagi vaqtda uzilish mavjud bo‘lgan va mazkur shaxs o‘zining faol harakatlari bilan zarar yetkazilishining oldini olishi mumkin bo‘lgan kamdan-kam hollarda saqlanadi. Boshqacha qilib aytganda, shaxs mazkur vaqt davomida o‘z harakatlarini nazorat qilishi va o‘zining harakatlari bilan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan jinoiy oqibatlar orasidagi bog‘liqlik rivojini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Masalan, mulkni nobud qilish maqsadida unga o‘t qo‘ygan shaxsda olovni darhol o‘chirish imkoniyati bor, soat mexanizmi mavjud bo‘lgan portlovchi qurilmani o‘rnatib qo‘ygan shaxs, uni o‘chirib, terrorizm aktining oldini olishga ulguradi. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling