Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Jinoyatning subyekt tomoni» mavzusi yuzasidan yakuniy savollar
- Qo‘shimcha adabiyotlar o‘quv qo‘llanmalar, maxsus adabiyotlar
- NOTA BENE ! Jinoyat subyekti
- 2-§. Jinoiy javobgarlik kelib chiqadigan yosh JK 17-moddasi 1-qismi
- NOTA BENE ! Yosh
- JK 17-moddasi 2- va 3- qismida
To‘rtinchi turdagi vositaga nisbatan xato ishlatiladigan vosita har qanday holatda ham yaroqsiz bo‘lib, buni subyekt o‘ziga dalda berishda, o‘zining ustunligini qo‘pollikda va o‘z-o‘ziga ishonishda ishlatishda ifodalanadi (fitnada, buzishda). Bunda jinoiy javobgarlik istisno etiladi. Sud-tergov amaliyotida hozirga qadar haqiqatan ham shaxs o‘zi sodir etgan qilmishining huquqqa xilofligini tushunganmi, uni jinoiy javobgarlikka tortmaslik asosli bo‘ladimi, degan masala bahsli bo‘lib qolmoqda. Agar mazkur turdagi xatolarning mavjud bo‘lganligi aniqlansa, sud ishni o‘rganib chiqish uchun qo‘shimcha tergovga qaytarishi lozim.
1. Jinoyat subyekt tomoni o‘zida nimani ifoda etadi? Ularning ahamiyati nimada? 2. Jinoyat subyekt tomonini qanday belgilar hosil qiladi? Jinoyat tarkibi subyekt tomonining zaruriy va fakultativ belgilarining ahamiyati va ularning roli qanday? 3. Ayb jinoyat subyekt tomonida qanday o‘rin tutadi va uning qanday turlari mavjud? Aybning qanday turi o‘zida katta ijtimoiy xavfni namoyon etadi va nima uchun? 4. Qasdning qanday turlari mavjud? To‘g‘ri qasdning egri qasddan qanday farqlari mavjud? 5. Formal tarkibli jinoyatlar qanday qasd bilan sodir etilishi mumkin? 6. Qasdning qaysi bir turi katta ijtimoiy xavfni namoyon etadi-yu, qaysi biri kichik ijtimoiy xavfni? 7. Qasd noaniq bo‘lganida (konkret bo‘lmaganida) kvalifikatsiya qilish tartibi qanday? 8. Ehtiyotsizlik o‘zida nimani ifodalaydi va uning turlari qanday? 9. Egri qasddan o‘z-o‘ziga ishonishning qanday farqli tomonlari mavjud? 230
10. Beparvolik obyektiv va subyekt belgilarining mohiyati nimada? 11. Murakkab aybli jinoyatlar to‘g‘risida qanday holatlarda gapirish mumkin? 12. Kazus nima? Unda jinoiy javobgarlikka yo‘l qo‘yiladimi? 13. Kazus jinoiy beparvolikdan nimasi bilan farq qiladi? 14. Jinoyat motivi va maqsadining jinoyat-huquqiy ahamiyati nimadan iborat? Ularning farqi nimada? 15. Jinoyat sodir etgan shaxsning hissiy holati o‘zida nimalarni namoyon etadi? Hissiyotning jinoyat-huquqiy ahamiyati nimada? JK Maxsus qismidagi qaysi moddalarda jinoyat tarkibining tashkiliy belgilari sifatida ular namoyon bo‘ladi? 16. Jinoyat huquqida yuridik va faktik xatolar deganda nima tushuniladi? 17. Yuridik va faktik xatolarning turlarini aytib bering. Ularning jinoyat kvalifikatsiyasiga qanday ta’siri bor?
социально-психологическое исследование).– Казань: Казанский ун-т, 1982. – 152 Б.
Дагель П.С., Котов Д.П. Субъективная сторона преступления и ее установление. – Воронеж: 1974. – 244 Б. Дагель П.С. Неосторожность. Уголовно-правовые и криминологические проблемы. – М.: 1977. – 144 Б. Злобин Г.А., Никифоров Б.С. Умысел и его формы. – М.: 1972. – 264 Б.
Лунев В.В. Субъективное вменение. – М.: «Спарк», 2000. – 94 Б. Миненок М.Г., Миненок Д.М. Корысть. Криминологические и уголовно-правовые проблемы. – СПб.: «Юридический центр Пресс», 2001. – 367 Б.
Рарог А.И. Квалификация преступлений по субъективным признакам. – СПб.: «Юридический центр Пресс», 2002. – 304 Б. 231
Рарог А.И. Проблемы субъективной стороны преступления. – М.: 1991. –
94 Б. Скляров С.В. Вина и мотив преступного поведения. – СПб.: «Юридический центр Пресс», 2004. – 326 Б. Тяжкова И.М. Неосторожные преступления. – СПб.: «Юридический центр Пресс», 2002. – 278 Б. Ilmiy maqolalar Закирова У.А. Жиноят мотиви ва мақсади // Адвокат журнали. – 2017. №5. –Б. 6-7. Кабулов Р. Уголовно-правовое понятие вменяемости и невменяемости // Ж. Актуальные проблемы ведомственного здравоохранения. 2000. №1. – 36–39-б.
составляющих сексуальное насилие // Ёш олимлар илмий мақолалари тўплами. 2003. № 5. – 157–163-б.
1997. № 3. – 11-б. Скляров С.В. Проблемы определения понятия вины в уголовном праве России // Ж. Уголовное право. 2003. №2. – 71-б. Филимонов В. Теоретическое проблемы учения о вине в уголовном праве // Ж. Уголовное право. 2004. №3. – 69–71-б.
232
VIII BOB. JINOYAT SUBYEKTI 1-§. Jinoyat subyekti tushunchasi Jinoyat subyekti jinoyat tarkibining ajralmas elementi hisoblanadi. Jinoyat subyekti va uning belgilari JK Umumiy qismining IV bobida belgilab berilgan bo‘lib, bu bob «Javobgarlikka tortilishi lozim bo‘lgan shaxslar» deb nomlanadi. Bu belgilarni umumiy jinoyat subyektiga tegishli deb nomlash belgilab qo‘yilgan. Jinoyat kodeksi Umumiy qismining ko‘pgina moddalarida jinoyat tarkibining umumiy tushunchasi doirasida boshqa qo‘shimcha belgilari ham namoyon bo‘ladi, jumladan, boshqarish tartibiga qarshi jinoyatlar va boshqa obyektning muayyan ko‘rinishiga nisbatan tajovuzlar – mansabdorlik jinoyatlari ko‘rib chiqilishida – jinoyatlarning mazkur fakultativ belgilari zaruriy xususiyatga ega bo‘lib, ular jinoyatning maxsus subyekti belgilariga xos bo‘ladi.
sodir etgan va ushbu qonunda belgilangan yoshga yetgan aqli raso jismoniy shaxsdir.
berilgan hamda ular quyidagi uchta zaruriy elementlar majmui orqali ifodalanadi: – jismoniy shaxsligi; – aqli rasoligi; – JKga muvofiq jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaruvchi subyektning yoshi.
Ushbu element (belgi)lar birontasining mavjud bo‘lmasligi jinoyat subyektining, demak jinoyat tarkibining mavjud emasligidan dalolat beradi. Jinoyat kodeksi qoidalariga ko‘ra, faqat jismoniy shaxs, ya’ni inson jinoiy javobgar bo‘lishi mumkin. Aytish kerakki, jinoyat qonunchiligida 233
jismoniy shaxs tushunchasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilmagan. Biroq, Jinoyat Kodeksi va boshqa huquqiy aktlarning mohiyatidan ko‘rinadiki, jinoyat huquqidagi jismoniy shaxs tushunchasi Fuqarolik Kodeksining 16- moddasidagi tushunchaga o‘xshash bo‘lib, unga ko‘ra «fuqaro zamirida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlar fuqarolari va shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi». Jinoyat subyekti faqat jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin, bu esa O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunchiligi bo‘yicha yuridik shaxsning jinoiy javobgarligi bundan mustasno ekanligini bildiradi. Yuridik shaxslar fuqarolik qonunchiligi bo‘yicha faqat mulkiy javobgar bo‘ladilar. Ular qachonki jinoyat natijasida mulkiy yoki boshqa zarar yetkazilgan bo‘lsa, bunda mazkur yuridik shaxsning rahbari jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin, masalan, JK 196-moddasi bo‘yicha atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik uchun. Demak, agar biron-bir tashkilot, masalan, shaxtada mehnat muhofazasi qoidalari buzilishi natijasida odamlarga shikast etsa, buning uchun yuridik shaxs sifatida shaxta emas, balki mazkur qoidalarning buzilishida aybdor bo‘lgan muayyan shaxs javobgarlikka tortiladi. Hayvonlar jinoyat subyekti bo‘lishi mumkin emas, masalan, it biror- bir odamni tishlab olsa yoki uning sog‘lig‘iga zarar yetkazsa, uni jinoyat subyekti deya olmaymiz. Sud-tergov amaliyotida aniqlanishi kerak bo‘lgan yagona holat bu, it jinoyat sodir etish quroli sifatida foydalanilganligi yoki foydalanilmaganligidir. Masalan, inson tomonidan o‘rgatilgan it buyruq berilishi natijasida inson sog‘lig‘iga zarar yetkazsa, bunda hayvon tomonidan yetkazilgan zarar uchun uning egasi javobgarlikka tortiladi. Aytish kerakki, jinoiy javobgarlik shaxs bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, shaxs o‘zining ijtimoiy xavfli, qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan qilmishi uchun javobgardir. Bu bilan mazkur holat jinoyat huquqining asoslantirilgan tamoyillari asosida shaxsning aybini belgilashda ongli va maqsadli jinoiy qilmishi uchun shaxsiy javobgarlik o‘rnatishga ruxsat beradi. Shunday qilib, yuridik shaxslarni yoki hayvonlarni emas, balki faqat insonlarni, ya’ni o‘z qilmishining xususiyatini va ijtimoiy xavflilik 234
darajasini anglab yetish qobiliyatiga ega bo‘lgan, o‘z qilmishiga hisob bera oladigan va ularni boshqara oladigan aqli raso jismoniy shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish mumkin. Agar ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxs bunday qobiliyatga ega bo‘lmasa (aqli noraso bo‘lsa), jinoyat subyekti bo‘lmasligi mumkin. Shaxs o‘z qilmishlariga javob bera olishi va jinoiy javobgarlikka tortilishi uchun u yetarli yoshga yetganlik bilan bog‘liq holda qilmishini aniq anglay olish darajasiga ega bo‘lmog‘i ham lozim. Aniq anglay olish va ijtimoiy rivojlanish darajasi ma’lum yoshga yetish bilan paydo bo‘ladi, qachonki oila, maktab, ijtimoiy muhit ta’sirida nima yaxshiyu nima yomon, qanday hollarda uning harakatlari jamiyat va boshqa insonlarga zarar yetkazishini tushunadi. Yosh nafaqat jinoyat subyektining insonga xos bo‘lgan umumiy alomati, shuningdek, jinoiy javobgarlikning paydo bo‘lishi yosh bilan bog‘liq. Yosh chegarasini o‘rnatishda qonun chiqaruvchi tomonidan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganda jinoiy javobgarlikka tortilish masalasini hal etishga imkon yaratuvchi, shaxsning kerakli rivojlanish darajasi, hayotiy tajribasi barkamolligini aniqlash mumkin bo‘lgan talablar e’tiborga olinadi. Bundan tashqari, jinoyat yoshini o‘rganish jarayonida qonun chiqaruvchi tibbiyot, psixologiya, pedagogika va boshqa fanlar xulosalarini hisobga oladi, shuningdek, ko‘pchilik o‘smirlar uchun odatiy bo‘lgan hayot yo‘lining turli bosqichlaridagi shakllanish va rivojlanish sharoitlaridan kelib chiqadi. Jinoyat qonuni yosh tushunchasini aks ettiruvchi maxsus normaga ega emas, u faqat, agar shaxs qandaydir jinoyat sodir etganda, jinoiy javobgarlikni vujudga keltiruvchi yosh chegaralarini ko‘rsatadi. 2-§. Jinoiy javobgarlik kelib chiqadigan yosh JK 17-moddasi 1-qismi holatiga ko‘ra, shaxs qonunda belgilangan yoshga yetmay turib jinoiy qilmish sodir etgan bo‘lsa, bu holda shaxs jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas, shuningdek, jinoyat subyekti bo‘lib ham hisoblanmaydi. 235
Yosh deganda, u yoki bu shaxsning alohida psixofiziologik holatini tavsiflovchi, tibbiy-biologik, ijtimoiy psixologik va huquqiy o‘zgarishlar bilan aloqador bo‘lgan davrning o‘tishi tushuniladi. Jinoyat qonunchiligi yosh to‘g‘risida hech qanday maxsus normalarni aks ettirmaydi, u faqat agar shaxs qandaydir jinoyat sodir etgan bo‘lsa, jinoiy javobgarlik necha yoshdan kelib chiqishini ko‘rsatadi xolos. Yosh tushunchasini jinoyat huquqi belgilaydi.
tavsiflovchi, tibbiy-biologik, ijtimoiy psixologik va huquqiy o‘zgarishlar bilan aloqador bo‘lgan, tug‘ilishdan to inson hayotining qandaydir xronologik muddatigacha o‘tgan vaqtning kalendar davri tushuniladi.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, yuridik adabiyotlarda yosh subyektning yuridik belgisi sifatida insonning tug‘ilishidan to jinoyat sodir etishigacha bo‘lgan vaqtning miqdori bilan aniqlanadi 1 .
shaxs 16 yoshga to‘lganda vujudga keladi. Voyaga yetmagan shaxs ijtimoiy ongining yetarli darajasi o‘z xulqini jamiyatda o‘rnatilgan qoidalarga moslashtirishni talab qilish imkonini beradi, shuning uchun voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilishlari mumkin. Faqat JK 17-moddasi 2, 3 va 4-qismlarida ko‘rsatilgan maxsus jinoyat tarkiblari uchungina javobgarlik 13, 14 yoki 18 yoshdan vujudga keladi. Yosh chegarasini belgilashga bunday xususiy yondashuv shu bilan izohlanadiki, umumiy jinoyat yoshidan farqli ravishda ba’zi og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik vaqtliroq vujudga keladi. Xususan, JK 17-moddasi 2-qismiga ko‘ra, og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirish (JK 97-moddasi 2-qismi) jinoyati uchun 1
…докт психол. наук. – М.: 1991. – С. 34; Боровых Л.В. Проблема возраста в механизме уголовно-правового регулирования. Автореф. дис. …канд. юрид. наук. – СПб.: 1993. – С.8; Щукина Г.И. Возрастные особенности школьника. – Л.: 1995. – С. 3; Михеев Р.И. Проблемы вменяемости, вины и уголовной ответственности (Теория и практика). Автореф. дис. …докт юрид. наук. – М.: 1995. – С. 17. 236
javobgarlik 13 yoshdan vujudga kelishi mumkin. JK 17-moddasi 3-qismi ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgunga qadar 14 yoshga to‘lgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lgan jinoyatlarning aniq chegarasini o‘rnatgan. Shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladigan yosh haqidagi umumiy qoidalardan istisno, ya’ni 13 yoshdan 16 yoshgacha shaxslar jinoyat subyekti bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyat tarkibi shunday zaruratdan kelib chiqqanki, berilgan jinoyat tarkiblari ijtimoiy xavfi yuqori bo‘lgan jinoyatlarni tavsiflaydi. Ular og‘irlashtiruvchi holatlarni nazarda tutadigan, kvalifikatsiya qilinadigan yoki alohida kvalifikatsiya qilinadigan jinoyat tarkiblarini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, JK 17-moddasi 2- va 3-
tarkibli jinoyatlar hisoblanadi yoki tajovuzni amalga oshirish aybning murakkab shaklini tashkil etuvchi qandaydir ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqaradi yoki bu obyektlarga tajovuz boshqa mustaqil jinoyatni sodir etish orqali amalga oshiriladi. Masalan, o‘smir 15 yoshida ommaviy tartibsizliklarda (JK 244-moddasi) ishtirok etsa, uni bu norma orqali javobgarlikka tortish mumkin emas, chunki bu jinoyat uchun javobgarlik 16 yoshdan vujudga keladi. Shu bilan birgalikda, ommaviy tartibsizliklar Jinoyat kodeksining boshqa moddalarida ko‘rsatilgan shaxsga qarshi zo‘ravonlik harakatlari, bosqinchilik, o‘t qo‘yish, mulkka zarar yetkazish yoki yo‘q qilish hamda boshqa harakatlar bilan kuzatiladi hamda ular uchun javobgarlik 14 yoshdan belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, o‘smir qanday faktik harakatlar sodir etganidan qat’i nazar, uning harakatlari shu normalar orqali kvalifikatsiya qilinishi kerak. Ko‘rsatib o‘tilgan yoshning minimal chegarasi (13 va 14 yosh) qonun chiqaruvchi tomonidan, jinoyat qonunida belgilangan yoshga yetguniga qadar, shaxs JK bilan taqiqlangan u yoki bu qilmishining ijtimoiy xavfli ekanligini anglashi, o‘z irodasini, o‘z jinoiy xatti-harakatlarini sodir etishning birinchi damlaridayoq nazorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lishidan dalolat beruvchi shaxsning psixologik va ijtimoiy rivojlanish 237
xususiyatlarini, shuningdek, kriminologik mezonlarini 1 hisobga olgan holda o‘rnatiladi. Ba’zi hollarda esa shaxs jinoiy javobgarlikka faqat voyaga yetganidagina tortiladi 2 . Jumladan, JK 17-moddasi 4-qismi javobgarlikni 18 yoshdan belgilagan. Bir qancha jinoyatlar muayyan bir sohadagi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qilib, ularning subyektlari faqatgina 18 yoshga to‘lgan shaxslar bo‘lishi mumkin. Bunday holatda gap jinoyat subyekti faqat voyaga yetgan shaxslar bo‘lishi mumkin bo‘lgan jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar, harbiy jinoyatlar va boshqa jinoyatlar haqida ketyapti. JK 17-moddasi 4-qismida ko‘rsatilgan ko‘pgina jinoyat tarkiblari aybdor shaxsning kasbiy yoki xizmat faoliyati bilan yoki normativ-huquqiy aktlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib chiqadigan majburiyatlar bilan u yoki bu tarzda bog‘liq. Xususan, voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsizlarni ta’minlashdan bo‘yin tovlash (JK 122-moddasi) yoki aksincha, ota-onasini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash (JK 123-moddasi) jinoyat turlari uchun jinoiy javobgarlik aybdor shaxsning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 64- va 66-moddalari 3 ko‘rsatmalaridan kelib chiqadigan 1
Уголовный кодекс Республики Узбекистан: научно-практический комментарий. / А.С. Якубов, М.Х. Рустамбаев и др.; отв. ред. А.С. Якубов. – Т.: Адолат, 1996 (автор Раздела – А.С. Якубов). – С. 36. 2
Қаранг: Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик кодекси, 22-модда. 3
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси: Ўн иккинчи чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг ўн биринчи сессиясида 1992 йил 8 декабрда қабул қилинган. (2002 йил 27 январда ўтказилган умумхалқ референдуми натижаларига кўра ҳамда унинг асосида Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 24 апрелда қабул қилинган Қонунига мувофиқ Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси XVIII, XIX, XX, XXIII бобларига ўзгартиришлар ва қўшимчалар қиритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 89-моддасига, 93- моддасининг 15-бандига, 102-моддасининг иккинчи қисмига тузатишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 25 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011 йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг иккинчи қисмига тузатиш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2014 йил 16 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва қўшимчалар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 4-бандига, 81-моддасининг еттинчи қисмига, 83- моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110- моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 31 майда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109- моддаларига ўзгартишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 августда қабул қилинган қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) – Т.: “Ўзбекистон”, 2017. -21, 23 б. 238
majburiyatlari yoki harbiy xizmat fuqarolarning voyaga yetishi bilan o‘tashi kerak bo‘lgan majburiyati 1 hisoblanadi. Bunday holatlar buzilishining zaruriy sharti shaxs 18 yoshga to‘lganidagina bo‘lishi mumkin.
JK 17-moddasi 5-qismi ko‘rilayotgan moddaning 2, 3, 4-qismlarida keltirilgan jinoyat tarkiblari aniq bo‘lgan qoidani o‘rnatadi, berilgan qismlarda sanab o‘tilmagan boshqa jinoyat tarkiblarining subyektlari jinoiy javobgarlik vujudga kelishining umumiy yoshi 16 yoshga to‘lgan shaxslar hisoblangan jinoyatlar taalluqli. Aytish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligi voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni qo‘llashning insonparvarlik tamoyilini aks ettiruvchi bir qancha xususiyatlarini belgilab beradi. Bu o‘z xatti-harakatlari va ularning oqibatlarini anglab yetmagan voyaga yetmagan shaxslar bilan bog‘liq. Xususan, bunday holatlarda voyaga yetmaganlar javobgarligi o‘ziga xosliklarini tartibga soluvchi normalar o‘rnatilgan Jinoyat kodeksining Umumiy qismi 6-bo‘limi talablari hisobga olinadi. Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan jinoiy jazo tayinlashning o‘ziga xosliklariga ega maxsus normalar 18 yoshga to‘lgan, ya’ni voyaga yetgan shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi umumiy normalardan farqli ravishda jinoiy javobgarlikning yengilligi bilan ajralib turadi. Qonun tomonidan jinoiy javobgarlikning kelib chiqishi yuqori chegaralarining belgilanib qo‘yilishi o‘zining aksini topmadi. Bu esa, qonunda ko‘rsatilgan yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy shaxs hatto katta yoshda (70–80 yosh va h.k.) bo‘lsa ham, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Biroq sud har bir alohida holatda Jinoyat kodeksining 54- moddasi (Jazo tayinlashning umumiy asoslari) talablari asosida jinoiy jazoni individuallashtirish va uni tayinlashda jinoyat sodir etgan shaxsning yoshini e’tiborga olishi lozim. 1
См.: Закон Республики Узбекистан от 12 декабря 2002 г. № 436-II «О всеобщей воинской обязанности и военной службе», ч.3 ст.4 // Ведомости Олий Мажлиса Республики Узбекистан, 2002 г., №12, ст.217; 2003 г., № 9- 10, ст. 149; 2005 г., № 1, ст. 18; 2006 г., № 6, ст. 262. 239
Har bir ish bo‘yicha majburiy tartibda ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning aniq yoshi o‘rnatilishi lozim. Jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan voyaga yetmagan shaxsning yoshi jinoyat-protsessual qonuni hujjatlari asosida o‘rnatiladi (JPK 548-moddasi) 1 . Sud va tergov organlari jinoiy javobgarlikka tortilayotgan voyaga yetmagan shaxsning tug‘ilgan yilini, oyini va kunini aniqlashi lozim. «Ayni vaqtda, shu narsani e’tiborda tutish kerakki, shaxs tug‘ilgan kunidan boshlab emas, balki tug‘ilgan kuni o‘tganidan so‘ng, ya’ni ertasi kunning nol soatidan boshlab jinoyat uchun javobgarlik boshlanadigan yoshga to‘lgan deb hisoblanadi». Bu voyaga yetgan, lekin yoshini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lmagan shaxslarga ham tegishli hisoblanadi. «Sudlar ishda albatta, voyaga yetmaganlarning tug‘ilish guvohnomasi yoki pasportidan fotonusxa mavjudligiga ahamiyat berishlari kerak. Ishda bunday hujjatlar yo‘qligi aniqlangan taqdirda sudning o‘zi bunday kamchilikni bartaraf qilishi zarur». Ish materiallarida voyaga yetmagan va voyaga yetgan shaxslarning yoshi to‘g‘risidagi hujjatlari bo‘lmagan taqdirda, ularning yoshi sud-tibbiyot ekspertizasi tomonidan aniqlanadi. «Sudlanuvchining yoshi sud-tibbiyot ekspertizasi tomonidan aniqlanayotganda, uning tug‘ilgan kuni deb, ekspertlar aniqlagan yilning oxirgi kuni hisoblanadi. Yosh eng kam va eng ko‘p yillar miqdori bilan aniqlanganda, sud ekspertlar tomonidan belgilangan eng kam yoshdan kelib chiqishi lozim» 2 .
Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling