Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/43
Sana11.06.2020
Hajmi1.99 Mb.
#117442
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom


 

Dalolatchilik – bu muayyan shaxs yoki bir guruh shaxslarni muayyan 

aniq bir jinoyat sodir etishga qiziqtirishdir. Umuman, jinoiy faoliyatga 

yoki noaniq shaxslar doirasiga qarata qilingan da’vat dalolatchilik 

hisoblanmaydi. Dalolatchilik obyekt bo‘yicha ham, subyekt bo‘yicha ham 

aniqlashtirilgan bo‘lishi shart. 

Jinoyat sodir etishga da’vat etsa-da, jinoyat aynan qaysi obyektga 

qarshi qaratilishini ko‘rsatmaydigan shaxs dalolatchi deb topilishi mumkin 

emas. 


Umuman olganda, jinoyat sodir etishga umumiy yoki noaniq shaxslar 

guruhini dalolat qilish dalolatchilik hisoblanmaydi. Bunday harakatlar 

muayyan hollarda alohida jinoyat tarkibini tashkil qilishi mumkin. 

Masalan, davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof ravishda o‘zgartirishga 

qaratilgan  O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga 

tajovuz qilish jinoyati (JK 159-moddasi), qirg‘in solishga yoki fuqarolarni 

zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da’vat etish (JK 244

1

-moddasi). 



Dalolatchining qonuniy ta’rifida unda amalga oshiriladigan vosita va 

shakllar aks etmagan. Dalolatchilik vosita va shakllarining to‘la ro‘yxatini 

mustahkamlab qo‘yish mumkin emas, shuning uchun u turli xil 

harakatlarda ifodalanishi mumkin. Bu yerda dalolatchi qanday vosita va 

shakllarni ishga solgani emas, balki bu vositalar qanchalik samara bergani 

muhimdir. Shuning uchun alohida hollardagina dalolatchi tomonidan 

ishlatilgan u yoki bu vosita va shakllarning samaradorligi haqida so‘z 

yuritish mumkin. 

Dalolatchilik og‘dirib olish, iltimos qilish, ishontirish, undirish, 

buyruq berish, zo‘rlik  ishlatish, aldash va boshqa yo‘llar bilan amalga 

303 

 


oshirilishi mumkin. Dalolatchilikning bu tashqi ifodalanish shakllari 

yozma yoki og‘zaki faoliyatda, konklyudent yoki boshqa harakatlarda 

(imo-ishora va boshq.) yuzaga chiqishi mumkin. 

Majburlash jismoniy yoki ruhiy bo‘lishi mumkin. Ruhiy majburlash 

ko‘pincha, dalolatchi tomonidan qo‘rqitish orqali sodir etiladi. Dalolatchi, 

masalan shaxsni do‘pposlash vositasida uni jinoyat sodir etishga 

majburlashi, aynan shu maqsadga dalolatchi kaltaklash yoki unga boshqa 

zarar  yetkazish  tahdidi vositasida erishishi ham mumkin. Ushbu ma’noda 

tahdid ruhiy majburlash vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. 



Buyruq berish  dalolatchilik vositasi sifatida faqatgina dalolatchiga 

xizmat bo‘yicha bo‘ysunadigan shaxslarga nisbatan ishlatilishi mumkin. 

Jinoiy buyruqni qonuniy ijro etish natijasida bevosita sodir etgan 

xizmat bo‘yicha bo‘ysunuvdagi shaxs o‘zining sodir etgan qilmishi uchun 

javobgarlikka tortilmaydi. Bu hollarda noqonuniy buyruq bergan yoki 

majburlagan shaxs, agar (harbiy xizmatchilar, mansabdor shaxslar uchun) 

majburiy bo‘lsa, bevosita zarar yetkazuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka 

tortiladi. 



Ishontirish  dalolatchi tomonidan jinoyat sodir etish motivi bo‘lib 

keladigan holatlarni bajaruvchi yoki yordamchiga xabar qilishdan iborat. 

Dalolatchilik vositasi sifatida ishontirishning o‘ziga xos xususiyati 

shundaki, tashqi tomondan dalolatchining jinoyatda o‘z manfaatlari 

bo‘lmaydi. Bajaruvchining irodasiga ta’sir etib, dalolatchi u yoki bu 

qilmishni sodir etishning maqsadga muvofiqligi va zarurligiga, jinoyat 

sodir etilishi bajaruvchi manfaatlarida ekanligiga ishontirishga harakat 

qiladi. 


Ishontirish  obyektiv tomondan dalolatchi va u qiziqtirayotgan shaxs 

orasida aloqalarni talab etuvchi davomli jarayondir. Aloqa vaqtida 

dalolatchi  bajaruvchi tomonidan qaror qilinishiga turtki beruvchi 

motivlarni tug‘dirishgagina emas, balki dalolatchi istagan qarorning qabul 

qilinishiga to‘sqinlik qiluvchi motivlarni kuchsizlantirishga, yo‘q qilishga 

harakat qiladi. 

Ishontirishga yaqin bo‘lgan boshqa bir vosita — shaxsda jinoyat sodir 

etishga bo‘lgan qat’iyatni uyg‘otuvchi bir vaqtning o‘zidagi akt sifatidagi 

304 

 


maslahatdir. Bu borada dalolatchilikning maslahatini jinoyatdagi aqliy 

yordamchilikni tashkil etuvchi yordamchilik maslahatidan ajrata bilish 

lozim. Dalolatchining aqliy yordamchidan farqini qo‘llanilgan vositalar 

emas, balki bajaruvchida uyg‘otiladigan motivlar bilan bog‘liq holda 

qarash kerak. Ishontirishda dalolatchi tashqi tomondan jinoyatga hech 

qanday aloqasi bo‘lmagandek ko‘rinsa-da, uning manfaatlari jinoyatni 

sodir etgan bajaruvchining manfaatlariga ma’lum darajada mos keladi. 

Dalolatchi qiziqtirilayotgan shaxsda jinoyat sodir etish istagini uyg‘otadi, 

aqliy yordamchi esa faqatgina mavjud istakni mustahkamlaydi, yangilarni 

keltiradi, jinoyat sodir etishga qo‘shimcha motivlar uyg‘otadi. Shu sababli 

muayyan holda dalolatchilikmi yoki aqliy yordamchilik bo‘lganligini 

aniqlash maqsadida maslahatning shaxsda mavjud jinoiy istakni 

mustahkamlash va yo‘naltirishga yoki bu istakni uyg‘otishga olib 

kelganligini bilish lozim.  



Iltimos  ishontirish va maslahatdan farqli ravishda dalolatchining 

manfaatlariga asoslanadi. Iltimos yordamida dalolatchi bajaruvchini 

bevosita  o‘zining yoki uchinchi shaxslarning manfaatlari uchun xizmat 

qiluvchi harakatlarni sodir etishga undaydi. Shubhasiz, iltimos dalolatchi 

tomonidan faqat o‘zining tanishlari, do‘stlari va xizmatdoshlariga qilinishi 

mumkin. Dalolatchilik vositasining ruhiy ta’siri, asosan, dalolatchilik va 

qiziqtirilayotgan shaxs o‘rtasidagi munosabatlarning tabiatiga bog‘liq. 

Ko‘ndirish  iltimosdan shunisi bilan farq qiladiki, dalolatchi shaxsni 

jinoyat sodir etishga rozi qilish uchun o‘zining bor imkoniyatini ishga 

soladi. Ko‘ndirish bir necha marta iltimos qilish shaklida bo‘lishi mumkin. 

Amaliyotda dalolat qilishning boshqa turlari ham uchraydi. Jinoyat 

qilish uchun mukofot va’da qilish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri  shaxsni sotib olish 

yoki aldash bunga misol bo‘ladi. Bu kabilar amaliyotda «buyurtma» 

jinoyatlar deb nomlanadi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, agar shaxs 

rag‘batlantirish orqali jinoiy niyatni yuzaga keltirsa, bunda dalolatchilik 

sifatida, agar unga alohida shartlar qo‘ysa, jinoyatni rejalashtirib, uning 

tartibini o‘rnatsa, bu faoliyat tashkilotchilik sifatida baholanishi, shaxsning 

o‘zi esa tashkilotchi deb topilishi shart. 

305 


 

Yuqorida sanab o‘tilgan dalolatchilikning barcha vositalari amaliyotda 

ko‘p uchraydi. Biroq, ular dalolatchilik vositasi sifatida muayyan 

sharoitda, aniq holatlarda tan olinishi kerak. O‘z navbatida, subyektning 

har qanday boshqa harakatlari, agar uning yordamida jinoyat 

bajaruvchisida ko‘zda tutilgan jinoiy niyatning amalga oshirilishiga 

qat’iylik va ishonch yuzaga kelgan hamda shakllangan bo‘lsa, dalolatchilik 

deb tan olinishi zarur. Ko‘zda tutilayotgan bajaruvchining  subyekt 

xususiyatlarini hisobga olgan holda dalolatchi do‘q-po‘pisa, xushomad, 

ba’zan esa ishora, yo‘l-yo‘lakay tashlangan so‘z kabilarga murojaat qilishi 

mumkin. 


Obyektiv tomondan dalolatchilik faqatgina muayyan bajaruvchini 

jinoyat sodir etishga qiziqtirishga yo‘naltirilgan faol harakatlar bilan 

ifodalanadi. Harakatsizlik natijasida shaxsni jinoyat sodir etishga jalb etish 

mumkin emas, harakatsizlik faqatgina jinoyat sodir etishga yordam berishi 

mumkin, bu esa dalolatchilik chegarasidan chiqadi va muayyan holatlarda 

yordamchilik bo‘ladi. Konklyudent rozilik yoki muayyan jinoyatga 

tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq bajaruvchining harakatlarini so‘zsiz 

qabul qilish dalolatchilik sifatida ko‘rilishi mumkin emas. 

Dalolatchilikning  subyekt  tomoni dalolatchi qanday harakat sodir 

etishidan qat’i nazar, bajaruvchida jinoyat sodir etish istagini uyg‘otishga 

va bu istakni so‘ndirmaslikka harakat qilishda ifodalanadi. Dalolatchi 

qilmishini kvalifikatsiya qilish va jinoiy javobgarlikka tortish uchun uning 

qanday  motivlar hamda maqsadlarda ish yuritganligining ahamiyati yo‘q. 

Shuning uchun u boshqa shaxsni keyinchalik uni fosh etish maqsadida 

jinoyat sodir etishga qiziqtirgan, ya’ni «jinoyat provokatsiyasi» holida ham 

javobgarlikka tortiladi. 

Dalolatchi, odatda, ishtirokchi-bajaruvchi tomonidan sodir etilgan 

muayyan jinoyat obyektiv tomonini tashkil etuvchi harakatlarni amalga 

oshirishda bevosita ishtirok etmaydi, dalolatchining harakatlari Jinoyat 

kodeksi Maxsus qismining bajaruvchi tomonidan sodir etilgan jinoyat 

uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi bo‘yicha,  JK 28-moddasi 

4-qismiga tayangan holda kvalifikatsiya qilinadi. 

306 


 

Dalolatchi bajaruvchilardan biri sifatida jinoyat sodir etishda bevosita 

ishtirok etgan va bir vaqtning o‘zida tajovuz tashabbuskori bo‘lganida 

birgalikdagi bajaruvchilik holati sud tomonidan jazoni 

individuallashtirishda inobatga olinishi lozim. 

Jinoyatning sodir etilishidagi o‘zining  obyektiv roli bo‘yicha 

yordamchi, (ba’zi istisnolar bilan) boshqa ishtirokchilarga qaraganda 

kamroq xavf tug‘diruvchi shaxsdir: jinoyatni sodir etish tashabbusi unga 

tegishli bo‘lmaydi, u boshqa shaxslarning jinoiy faoliyatiga rahbarlik 

qilmaydi. U bajaruvchiga faqatgina uning jinoiy niyatining amalga 

oshirilishida jinoyat tarkibining obyektiv tomonini tashkil etuvchi 

harakatlarni bajarmasdan ko‘maklashadi. Biroq mazkur chegaralarda ham 

yordamchilarning harakat doirasi juda keng bo‘lishi mumkin: qasddan 

odam  o‘ldirish,  o‘g‘rilik va boshqa shu kabilarning ko‘zda tutilayotgan 

jarblanuvchilar oila a’zolari tarkibi haqidagi ma’lumotlarni bajaruvchiga 

yetkazishidan tortib unga jinoyat sodir etish qurollarini taqdim etishigacha. 



NOTA BENE ! 

Jinoyat sodir etilishiga maslahat, ko‘rsatma berish, jinoyat qurollarini 

taqdim qilish,  to‘siqlarni bartaraf etish, shuningdek, jinoyat izlarini va 

vositalarini yoki jinoiy yo‘l bilan topilgan buyumlarni olish yoki sotib 

berishga    oldindan    va’da    beradigan shaxs yordamchi  deb topiladi (JK 

28-moddasi 5-qismi)

 

Qonunda berilgan ta’rifda nafaqat yordamchi faoliyatining yo‘nalishi 



(jinoyat sodir etishga ko‘maklashish) belgilab berilgan, balki 

yordamchilarning uslub va vositalari ro‘yxati berilgan. JK 28-moddasi 5-



qismida sanab o‘tilganidan boshqa hech bir harakat yordamchilik sifatida 

tan olinishi mumkin emas.  

Qo‘llaniladigan vosita va usullardan kelib chiqib yordamchilikning 

ikki turini –  intellektual (aqliy) va jismoniy turlarini ajratib ko‘rsatish 

mumkin.  

Intellektual yordamchilik – bajaruvchi ongi va irodasiga ruhiy ta’sir 

etishdir. Bu ma’noda aqliy ta’sir belgilariga ega va ular  bilan 

307 

 


tavsiflanadigan harakatlar bajaruvchining ongli va irodaviy faoliyatiga 

ta’sir etadi. Bu harakatlar bajaruvchi jinoiy niyatining qat’iylashuvini 

mustahkamlash va yordamchining muayyan ishontirishlari yordamida 

qasdning yanada aniqlashuviga ko‘maklashadi.  

Intellektual yordamchilik quyidagilardan iborat: 

–  jinoyat sodir etilishiga maslahatlar va ko‘rsatmalar berish bilan 

ko‘maklashish; 

–  jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli, izlari va vositalarini yoxud 

jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni yashirishga oldindan va’da 

berish; 


–  jinoiy yo‘l bilan topilgan buyumlarni olish yoki sotib berishga 

oldindan va’da berish. 

Agar, jinoyat sodir etish xohish-istagi oldindan mavjud bo‘lib, 

maslahat va ko‘rsatmalar ushbu istakni mustahkamlashga yo‘naltirilgan 

taqdirda, yuqorida ta’kidlanganidek, dalolatchilik emas, yordamchilik 

vositasi sifatida tan olinadi. 

Ruhiy (aqliy) yordamchilikka jinoyat sodir etgan shaxsni yoki jinoyat 

hodisasi bilan faktik yaxlitlikni tashkil etuvchi boshqa element va 

belgilarni yashirishga va’da berish hollari kiradi. Ularga, xususan, jinoyat 

qurol va vositalari, jinoyat izlari va narsalari kiradi. 

Jinoyat izlari  –  jinoyat hodisasi haqida guvohlik beruvchi mavjud 

voqelikda aks etgan faktik, ko‘pincha, salbiy xarakterdagi ma’lumotlardir. 

Ularga, jumladan, poyafzal izlari, olishuv izlari, barmoq va qo‘l izlari va 

shu kabilar, biologik chiqindi va qoldiqlar (qon, suyuqlik, soch va hokazo), 

murda kabilar kiradi. 

Bajaruvchiga yuqorida sanab o‘tilgan jinoyat elementlarini jinoyatchi 

bilan bir qatorda yashirish va’dasini  berayotib, yordamchi shu orqali 

bajaruvchida qilmishga nisbatan qat’iyatni mustahkamlaydi, uning qasdi 

shakllanishiga ko‘maklashadi. Yordamchining ishontirishlari bajaruvchida 

uni yashirish, u haqda xabar bermasliklari, unga to‘sqinlik qilmasliklari 

umidiga asoslangan jinoyat sodir etish niyatini kuchaytiradi. Bunda 

yordamchining  o‘z va’dasining ustidan chiqishi yoki chiqmasligining 

308 

 


ahamiyati yo‘q, chunki u sodir etilayotgan jinoyatda o‘zining vazifasini 

ado etdi – qilmishga nisbatan bajaruvchining qat’iyatini mustahkamladi. 

Agar mazkur shaxsni va jinoyatga oid boshqa elementlarni yashirish 

haqida bajaruvchiga oldindan va’da berilmagan bo‘lsa, ular jinoyatda 

ishtirokchilik sifatida emas, balki jinoyatga daxldorlik kabi baholanishi 

shart. 


(Jinoyatga daxldorlik haqida mazkur bobning 5-§ da to‘liqroq so‘z 

yuritiladi.) 

Jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni olish yoki o‘tkazish 

oldindan va’da berilgan bo‘lsa, yordamchining xatti-harakati jinoyatning 

obyektiv tomonini tashkil qiladi. «... Jinoiy yo‘l bilan topilgan mahsulotni 

oldindan va’da bergan holda olish yoxud uni aynan bir shaxsning o‘zidan, 

bu mahsulotni sotishda unga ko‘maklashayotganini bilgani holda, doimiy 

ravishda olish jinoyatda yordamchi tariqasidagi ishtirokchilik qilish deb 

baholanmog‘i kerak»

1



Jinoyat sodir etgan shaxsni, jinoyat quroli, vositalari va izlari, 



shuningdek, jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni yashirish 

vaziyatidagi kabi jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni olish yoki 

o‘tkazish to‘g‘risida va’da berish jinoyat sodir etishdan oldin yoki jinoyat 

sodir etish vaqtida amalga oshirilishi lozim. Zero, bu yerda so‘z narsalarni 

olish yoki o‘tkazish haqida emas, balki aynan va’da berish haqida 

bormoqda. Biroq, agar shaxs jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni 

olishi yoki o‘tkazishi fakti bajaruvchi bilan kelishib olinmagan bo‘lsa, 

narsalarni oluvchi yoki o‘tkazuvchining harakatlari yordamchilik turidagi 

ishtirokchilik belgilarini tashkil etmaydi. Bunday holatlar subyekt  mol-

mulkning noqonuniy topilganligi fakti haqida oldindan bilganligi sharti 

bilan JK 171-moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. 

Jismoniy yordamchilikka  bajaruvchiga jinoyatning obyektiv 

tomonini bajarishga imkon  beruvchi harakatlar mansubdir. Agar ruhiy 

yordamchilik muayyan turdagi ishontirishlar orqali mavjud jinoiy niyatni 

mustahkamlashga qaratilgan bo‘lsa, jismoniy yordamchilikda shaxs 

1

 

См.:  Постановление  Пленума  Верховного  суда  Республики  Узбекистан  от  20  декабря  1996  г.  №  36  «О 



судебной практике по делам о преступлениях и иных правонарушениях в сфере охраны окружающей среды и 

природопользования» // Cборник, Т.1. – С. 317-318. 

309 

 

                                                           



jinoyat vositalarini yetkazib berish yoki shart-sharoit yaratib berish orqali 

jinoyat sodir etish imkonini vujudga keltiradi. 

Jismoniy yordamchilik quyidagilarda ifodalanadi: 

–  jinoyat sodir etish uchun bajaruvchiga zarur vositalarni yetkazib 

berish (masalan, katta miqdordagi mol-mulkni o‘g‘irlash jinoyatini amalga 

oshirish uchun mashina taqdim etish); 

–  bajaruvchi sodir etadigan jinoyatga qo‘yilgan to‘siqlarni olib 

tashlash (masalan, moddiy qimmatliklar omborini talon-toroj qilish uchun 

ochiq qoldirish). 

Jinoyat sodir etish vositalarini yetkazib berish  yordamchi 

tomonidan bajaruvchiga atrofdagi moddiy dunyoga tegishli, jinoiy 

qilmishni amalga oshirish uchun ishlatiladigan zarur bo‘lgan turli 

buyumlarni topshirishda ifodalanadi. Bularga lom, qurol, transport 

vositalari, yoqilg‘i materiallari va boshqa shu kabilar kirib, ular o‘z 

xossalari bo‘yicha bajaruvchiga muayyan jinoyat obyektiv tomonini 

amalga oshirishga ko‘maklashish imkoniyatiga ega bo‘lgan moddiy 

dunyoning turli xil narsalari xizmat qilishi mumkin. 



Bajaruvchi tomonidan jinoyat sodir etishda to‘siqlarni olib 

tashlash  ikki xil mazmunga ega. Birinchi holatda u tevarak-atrofda 

bajaruvchi jinoiy niyatini amalga oshirishiga to‘sqinlik qiluvchi u yoki bu 

elementlarni olib qo‘yishdan iborat o‘zgarishlarda aks etadi. Ikkinchi 

holatda esa, aksincha, tevarak-atrofni bajaruvchiga jinoyat obyektiv 

tomonini amalga oshirishga yordam berishga mo‘ljallangan biror-bir 

narsalar bilan to‘ldirish ko‘zda tutiladi. 

To‘siqlarni bartaraf qilish, masalan qo‘riqchilar yoki jinoyat 

guvohlarining diqqatini chalg‘itish, signalizatsiyani uzib qo‘yish va 

hokazo kabi harakatlardan iborat bo‘lishi mumkin. 

Yordamchining harakatlari, jinoyat boshqa ishtirokchilarining 

harakatlari singari, ishtirokchilik haqida birgalikdagi jinoiy faoliyat 

sifatida guvohlik berishi uchun bajaruvchining harakatlari bilan sababiy 

bog‘liqlikda bo‘lishi lozim. Bu holat yordamchining xatti-harakatlari 

bajaruvchinikidan oldin yoki uning qilmishi bilan bir vaqtda amalga 

oshirilgandagina yuzaga chiqishi mumkin. Agar yordamchining faoliyati 

310 


 

bajaruvchi tajovuzi nihoyasiga yetgan  lahzadan keyin amalga oshirilgan 

bo‘lsa, bu faoliyat bajaruvchi qilmishi bilan sababiy bog‘liqlikda 

bo‘lmaganligi uchun yordamchilik sifatida kvalifikatsiya qilinishi mumkin 

emas. 


Obyektiv tomondan yordamchilik faol harakat, shuningdek, 

harakatsizlik orqali amalga oshirilishi mumkin. Biroq, yordamchi 

harakatsizlikda, faqatgina qonun bilan unga harakat qilish majburiyati 

yuklangan bo‘lgandagina ayblanishi mumkin. 

Ta’kidlash joizki, yordamchining xatti-harakatlari ular qanday shaklda 

amalga oshirilishidan qat’i nazar, qay bir tarzda yordam berishdan 

tashqari, JK Maxsus qismi moddasida ko‘rsatib  o‘tilgan jinoyatning 

obyektiv tomonini ifodalamasligi shart. Aks holda yordamchi bajaruvchiga 

qilmishning  obyektiv tomonini bajarishda yordam bersa, uning 

ishtirokidan  qat’i nazar, u jinoyat yordamchisidan uning bajaruvchisiga 

aylanib qoladi. 

Yordamchilik jinoyat sodir etayotgan aniq bir shaxs yoki guruhga 

ko‘maklashishdan iborat bo‘lgan harakatdir. 

Subyekt  tomonidan yordamchilik to‘g‘ri  yoki  egri qasd  bilan 

xarakterlanadi. Aybdor birgalikda sodir etilayotgan jinoyatning faktik 

holatlarini,  o‘z harakatlari bilan muayyan shaxs yoki guruhga qilmishni 

sodir etishda ko‘maklashayotganini,  o‘zining harakatlari bajaruvchi 

tomonidan sodir etilgan jinoyat bilan sababiy bog‘lanishda ekanligini va 

buning natijasida u jinoyatni amalga oshirishda bajaruvchi bilan birga 

ishtirok etayotganini anglaydi. Yordamchi kelib chiqadigan jinoiy oqibatni 

oldindan ko‘ra bilgani holda, uning yuz berishini istaydi va bunga ongli 

ravishda yo‘l qo‘yadi. Yordamchilikning subyekt 

tomoni, 

ishtirokchilikning boshqa turlari singari, jinoyat tarkibi barcha obyektiv 

belgilari va boshqa baholovchi holatlarning aybdor tomonidan anglanishini 

ham o‘z ichiga oladi. 



3-§. Ishtirokchilik shakllari 

Ishtirokchilik shakli  deganda, bir necha shaxslarning jinoyat sodir 

etilishi jarayonida birgalikdagi faoliyati xarakteri tushuniladi. 

311 

 


Ishtirokchilik shakllari jinoyat sodir etishdagi o‘zaro aloqadorlik, 

ishtirokchilar harakatining oldindan til biriktirgan  holda amalga oshirilish 

darajasi,  subyekt  aloqadorligi va xususiyatiga ko‘ra farq qiladi. Qayd 

etilgan belgilarning har biri birgalikdagi jinoiy faoliyat tavsifi uchun katta 

ahamiyatga ega, chunki ular ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, til 

biriktirganlik va umumiy maqsadga erishish uchun muvofiqlashtirilganlik 

darajasini ochib beradi. Shubhasiz, ishtirokchilar xatti-harakatlarining 

hamjihatligi va uyushganligi darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, istalgan 

natijaga erishish shunchalik oson bo‘ladi.  Birgalikdagi jinoiy faoliyatni 

tahlil etish jarayonida shu narsa ayon bo‘ladiki, tergov va sud organlari 

xodimlari tomonidan mazkur belgilarning to‘g‘ri aniqlanishi ishtirok-

chilikda sodir etiladigan jinoyatlarning to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinishining 

muhim shartidir. 

Ta’kidlash zarurki, jinoiy-huquqiy doktrina ishtirokchilik shakllaridan 

tashqari  ishtirokchilik turlarini  ham ajratadi

1

. Ishtirokchilikning 



shakllarga va turlarga bo‘linishi asosida, turli xil mezonlarga tayanadigan 

ikki mustaqil tasnif mavjud. Agar ishtirokchilikni shakllarga bo‘lish 

umuman birgalikdagi jinoiy faoliyatning ijtimoiy xavfliligi xarakteri va 

darajasini belgilash bilan bog‘liq bo‘lsa, ishtirokchilikning turini belgilash 

ishtirokchilar javobgarligini asoslash va individuallashtirish imkonini 

beradi. 


Afsuski, zamonaviy jinoyat-huquqiy adabiyotlar tahlili 

 

ishtirokchilikni turlarga (shakllarga) bo‘lishga yagona yondashuv 



yo‘qligini namoyish etadi. Bu, eng avvalo, ishtirokchilikni turlarga 

(shakllarga) ajratish mezonlarini belgilashdagi tafovutlar bilan izohlanadi. 

Mazkur ishda taklif etilayotgan ishtirokchilikni turlarga tasniflash esa 

obyektiv va subyekt  mezonlarning  o‘zaro shartlanganligi va bog‘liqligiga 

asoslanadi. 

Ishtirokchilikning  obyektiv mezoni  sodir etilayotgan jinoyat 

yuzasidan ishtirokchilar o‘rtasida jinoyat obyektiv tomonini sodir etishdagi 

aloqadorlikni ifodalaydi, ya’ni rollarning taqsimlanishi, kim qaysi vazifani 

bajarishining belgilab qo‘yilishi va boshqalarni belgilaydi. Mazkur mezon 

1

 

В специальной литературе их также нередко именуют формами соучастия. 



312 

 

                                                           



ishtirokchilar  obyektiv  o‘zaro harakatining ifodasi bo‘lgani holda 

ishtirokchilikni oddiy va murakkab turlarga ajratish asosida qo‘yiladi. 

Jumladan,  ishtirokchilikning oddiy turiga  doir  obyektiv alomatlar 

shunda namoyon bo‘ladiki, jinoyat ikki yoki ko‘proq  shaxslar tomonidan 

birgalikda sodir etiladi hamda ijtimoiy xavfli qilmishning obyektiv tomoni 

barcha ishtirokchilar tomonidan rollar taqsimotisiz qisman yoki to‘liq 

bajariladi, bu esa birgalikdagi bajaruvchilikdan guvohlik beradi. Oddiy 

ishtirokchilikda ishtirokchilardan biri jinoyat sodir etishga qiziqtirishi, 

tashkilotchi yoki dalolatchiga aylanishi, shu bilan birga ijtimoiy xavfli 

qilmish sodir etilishida bevosita qatnashishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar 

ham mavjud. Bunday vaziyatlarda unga boshqa ishtirokchilar (bosh-

qalarning so‘zsiz, konklyudent roziligidan dalolat beruvchi) qo‘shilishi 

mumkin. Boshqalarning jinoiy tajovuzga qo‘shilishida ifodalanadigan va 

amaliyotda, ayniqsa, voyaga yetmaganlar, bir guruh shaxslar tomonidan 

sodir etiladigan nomusga tegish, bezorilik va boshqa shu kabi jinoyatlarda 

ko‘p uchraydigan birgalikdagi bajaruvchilikning aniq namoyon bo‘lishini 

ko‘rishimiz mumkin. 


Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling