Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/43
Sana11.06.2020
Hajmi1.99 Mb.
#117442
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom


Jinoiy uyushma ishtirokchilik barcha shakllari ichida eng xavflisidir. 

Jinoiy uyushmaning xavfliligi u tomonidan sodir etiladigan jinoyatning 

xususiyati va og‘irlik darajasi bilan belgilanadi. 

NOTA BENE ! 

Ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan 

shug‘ullanish uchun oldindan birlashishi jinoiy uyushma deb topiladi  

(JK 29-moddasi 5-qismi)

 

Jinoiy uyushma yoki uyushgan guruh birlashmasi ikki shaxsdan iborat 



bo‘lishi mumkin emas, u ishtirokchilarning ko‘proq sonini talab etadi. 

Jinoiy uyushma a’zolari ko‘pchilikni tashkil qilib, ular o‘rtasida, qoida 

tariqasida, jinoiy maqsadga erishish uchun ma’lum bilimlardan 

foydalanishga oid vazifalar taqsimlanishi mumkin. 

Jinoiy uyushma asosiy belgilaridan biri uning tarkibiy bo‘g‘inining 

ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhlardan iborat bo‘lishidir. 



Jinoiy uyushmaning tarkibiy bo‘g‘ini  deganda, rahbar bilan 

birgalikda ikki yoki undan ortiq shaxsdan iborat, jinoiy uyushmaning 

maqsadlaridan kelib chiqib muayyan yo‘nalishda faoliyat yuritadigan 

guruh tushuniladi. Bu kabi faoliyat, masalan, jinoyatga tayyorgarlik 

ko‘rish, jinoiy yo‘l bilan topilgan mol-mulk yoki giyohvandlik va 

psixotrop moddalarning o‘tkazish joylarini izlab topish; jinoiy uyushmani 

transport vositalari yoki boshqa texnik vositalar bilan ta’minlash; davlat 

organlari mansabdor shaxslari, tijorat va shu kabi boshqa tashkilotlarning 

vakillari bilan jinoiy uyushmani va sodir etiladigan jinoyatlarni jazodan 

ozod qilish maqsadida aloqalar o‘rnatish; jinoiy yo‘l bilan topilgan pullar 

va boshqa mol-mulkni yashirish; jinoiy uyushma a’zolari, jinoyat sodir 

etish vosita va qurollari, jinoyat izlari va jinoiy yo‘l bilan topilgan 

narsalarni yashirishga sharoit yaratish kabilar bo‘lishi mumkin. 

Boshqa guruhlardan alohida holda mustaqil jinoyat sodir etuvchi bu 

kabi guruhlarni jinoiy uyushma deb topish uchun har bir guruh jinoiy 

uyushma maqsadini amalga oshirish uchun alohida-alohida harakat qilishi 

kerak. Buni aniqlash uchun barcha guruhlar faoliyati yagona tashkiliy 

324 


 

boshqaruv asosida boshqarilganligiga e’tibor berish lozim. Yagona 

tashkiliy boshqaruv, bitta tashkilotchidan, shuningdek, bir guruh 

tashkilotchilar, «jinoiy obro‘li odamlar»dan iborat bo‘lishi mumkin. 

Shunga ko‘ra, kvalifikatsiya qilishda shunga e’tibor qaratish lozimki, 

jinoiy uyushmaning alohida a’zolari mazkur jinoiy tashkilotning ichida 

harakat qilayotganligini anglamasliklari mumkin. Bu holatlar jinoiy 

uyushmaning mazmun va mohiyatiga hech bir tarzda ta’sir etmaydi va 

mazkur shaxs jinoiy uyushma tarkibida sodir etgan jinoyatlari uchun 

javobgarlikka tortiladi. 

Jinoiy uyushmaning barqarorligi va uyushganligi nisbatan davomli 

jinoiy faoliyatni va uyushma qatnashchilari sodir etishga intiladigan 

jinoyatlarning og‘irligini keltirib chiqaradi. Jinoiy uyushma 

ishtirokchilikning boshqa shakllaridan yuqori darajada uyushganligi

barqarorligi, texnik vositalari bilan ta’minlanganlik darajasiga ko‘ra, 

a’zolarning birgalikdagi keskin harakati kabilar bilan farq qiladi. 

Tashkil etiladigan jinoiy uyushma sodir etmoqchi bo‘lgan 

jinoyatlarning xavfliligini inobatga olib, qonun chiqaruvchi jinoiy 

uyushmaning  o‘zini va undagi ishtirokchilarni JK 242-moddasi belgilari 

bo‘yicha mustaqil jinoyatlarga kiritadi va shu bilan jinoiy uyushmaning 

amalda jinoyat sodir etganligi yoki etmaganligidan qat’i nazar, tashkil 

etilishining dastlabki bosqichidanoq jinoiy jazoga tortilishini 

mustahkamlaydi. 

Ishtirokchilik shakllarini aniqlash hamda mos ravishda har bir 

ishtirokchining rolini, uning maqomini belgilash, ishtirokchilikda sodir 

qilingan jinoyatlar uchun javobgarlik masalasini hal qilishda ishtirokchilar 

o‘rtasidagi  subyekt  munosabatlar, xarakteri va barqarorligini, o‘zaro 

muvofiqlik darajasi, ishtirokchilarning tashkiliy tuzilishi hamda boshqa 

zarur belgilarni batafsil aniqlash muhim. 



4-§. Jinoyatda ishtirok etganlik uchun  

javobgarlik asoslari va doirasi 

JK 16-moddasi 2-qismiga  muvofiq, jinoyat tarkibining barcha 

alomatlari mavjud bo‘lgan qilmishni sodir etish jinoiy  javobgarlikka 

325 

 


tortish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Mazkur qoida bir shaxs tomonidan 

sodir etiladigan jinoyatga ham, ishtirokchilikda sodir etiladigan 

jinoyatlarga ham birdek taalluqlidir. Shu sababli, ishtirokchilik jinoiy 

javobgarlikning qo‘shimcha asoslarini vujudga keltirmaydi. Barcha 

ishtirokchilar jinoiy javobgarlikka yagona asos bo‘yicha tortiladi, ya’ni 

ularning qilmishi, qoida tariqasida, JK Maxsus qismining bir moddasi 

bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. Bunda har bir ishtirokchi o‘zi sodir etgan 

qilmishi uchun mustaqil javob beradi va individual ravishda javobgarlikka 

tortiladi. Jinoyat huquqining eng ustuvor tamoyillaridan biri, aybli 

javobgarlik  prinsipiga asosan, jinoyat ishtirokchilari faqat jinoiy qasdi 

doirasida javobgar bo‘lishi mumkin. Zotan,  JK 30-moddasi 3-qismiga 

muvofiq, «Boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyati bilan qamrab olinmagan 

qilmish uchun uni sodir etgan shaxs javobgar bo‘ladi». Qonun, konkret 

ishtirokchining jinoiy niyati bilan qamrab olinmagan qilmishlar uchun 

jamoaviy javobgarlikni istisno etadi. Bunda har bir ishtirokchi o‘zi sodir 

etgan qilmishi uchun mustaqil javob beradi va individual ravishda 

javobgarlikka tortiladi. 

Ishtirokchilarning javobgarlik asoslari haqida so‘z yurita turib, 

birinchi navbatda, shuni inobatga olish  lozimki,  birgalikda jinoyat sodir 

qilish (birgalikda jinoiy faoliyat olib borish) uchun javobgarlik 

bajaruvchining (birgalikda bajaruvchining) jinoiy harakatlarini aniq 

ko‘rsatib  o‘tgan JK Maxsus qismi normalari hamda jinoyatni 

ishtirokchilikda amalga oshirgan shaxslar faoliyatini tavsiflovchi JK 

Umumiy qismining tegishli normalari (27–30-moddalar)ni qo‘llagan holda 

belgilanadi. Har bir ishtirokchi, ishtirokchilikda sodir qilingan jinoyatda 

qanday harakatlar bajarganidan qat’i nazar, jinoiy javobgarlikka tortilishi 

lozim, chunki u qonun tomonidan qo‘riqlanayotgan ijtimoiy 

munosabatlarga nisbatan tajovuz qiladi, uning shaxsiy harakatlari esa 

ijtimoiy xavfli xarakterga egadir

1

.  



Binobarin,  JK 30-moddasi 1-qismiga  muvofiq, tashkilotchi, 

dalolatchi va yordamchilar ham ushbu Kodeks Maxsus qismining 

bajaruvchini javobgarlikka tortish belgilangan moddasi bo‘yicha 

1

 



Курс уголовного права. Общая часть. Том 1: Учение о преступлении. Учебник для вузов. Под ред. д.ю.н., 

проф. Н.Ф. Кузнецовой и к.ю.н., доц. И.М. Тяжковой. – С. 441. 

326 

 

                                                           



javobgarlikka tortiladilar. Bu o‘rinda birgalikda jinoyat sodir etgan 

shaxslarning javobgarligi qilmishni sodir qilishdagi ishtirokining xarakteri 

va darajasi bilan belgilanadi. Jinoyat sodir etilishida shaxs ishtirokining 

darajasi va xarakteri esa, o‘z navbatida,  tegishli shaxs ijtimoiy xavfliligi 

darajasini belgilaydi. 

Jinoyatdagi ishtirok xususiyati aybdorning ishtirokchilikda sodir 

qilingan jinoyatdagi funksional rolini aniqlaydi. Xususan, agar ishtirokchi 

jinoiy qilmishning obyektiv tomonini to‘liq yoki qisman bajarsa, u 

bajaruvchi yoki muvofiq ravishda birgalikda bajaruvchi deb tan olinib, 

uning harakatlari, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, faqat JK Maxsus qismi 

tegishli moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. Agar ishtirokchi 

bajaruvchiga (bajaruvchilarga) ko‘mak bergan holda tashkilotchi, 

dalolatchi yoki yordamchi  rolini bajargan bo‘lsa, uning harakatlari, 

bajaruvchi (bajaruvchilar) qilmishini qamrab oluvchi modda bilan 

kvalifikatsiya qilinib, JK 28-moddasining tegishli qismiga ham havola 

qilinadi


1

.  Bunda ishtirokchi tomonidan tanlangan rol uning xatti-

harakatlarining ijtimoiy xavfliligi darajasini belgilaydi. Shu bilan birga, 

funksional  vazifaning bir xilligida har bir ishtirokchi harakatlarining 

takroriyligi darajasi, irodaning jinoyatni tashkillashtirishga 

yo‘naltirilganligi (qaratilganligi), bajaruvchini ijtimoiy xavfli qilmish sodir 

etishga qiziqtirish yoki unga bunda yordam berish turlicha bo‘lishi 

mumkin. Shunday qilib, ishtirokchilar harakatlarini kvalifikatsiya qilishda 

hamda ularga jazo tayinlashda birgalikdagi jinoiy faoliyatga amalda 

kiritgan ulushi inobatga olinishi zarur. 

Umumiy qoidaga ko‘ra, jinoyatning barcha ishtirokchilari JK Maxsus 

qismining bitta moddasi, bitta qismi (bandi) bo‘yicha javobgar bo‘lishadi. 

Shu bilan birga, ishtirokchilar ayblanayotgan jinoyatlar JK moddasining 

turli qismlarida (turli bandlarida), turli moddalarida, hattoki, turli boblari 

va bo‘limlarida nazarda tutilishi mumkin. Bu ishtirokchilikda sodir etilgan 

jinoyatni hamda ishtirokchining o‘zini tavsiflovchi turli xil obyektiv va 

subyekt belgilarni hisobga olish bilan bog‘liqdir. 

1

 



Такой подход к юридической оценке сложного вида соучастия обусловлен тем, что описание объективной 

стороны конкретного состава преступления рассчитано именно на индивидуальные действия субъекта. 

 

327 


 

                                                           



Jumladan, ijtimoiy xavfli qilmishni, uning ijtimoiy xavfli oqibatlarini 

tavsiflovchi obyektiv belgilar boshqa ishtirokchilarning qasdi bilan qamrab 

olingan bo‘lsa, javobgarlik ularning zimmasiga yuklatilishi mumkin. 

Masalan,  o‘zga shaxsning mulkini  uy-joyiga kirib o‘g‘irlashga 

qiziqtirishda dalolatchi hamda bajaruvchiga o‘g‘rilikning aynan shu yo‘l 

bilan sodir etilishi ma’lum bo‘lsa, mazkur baholovchi belgi har ikkala 

ishtirokchini ayblashga asos bo‘ladi.  Obyektiv belgilar jinoyat qonuni 

bilan qo‘riqlanadigan  obyektning ma’lum bir individual belgilariga 

taalluqli bo‘lishi mumkin. Masalan, agar kichik yoshdagi voyaga 

yetmagan shaxsning nomusiga tegishda jinoyat bajaruvchisi jabrlanuvchi 

o‘n to‘rt yoshga yetmaganligini bilmaganida, biroq bu haqda jabrlanuvchi 

o‘n olti yoshda deb bajaruvchiga xabar qilgan jinoyat tashkilotchisiga 

ma’lum bo‘lganida, bajaruvchi o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning 

nomusiga tegish jinoyati uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas. 

Yoki, masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hayotiga tajovuz 

qilish jinoyati (JK 158-moddasi 1-qismi) faqat, jabrlanuvchi O‘zbekiston 

Respublikasi Prezidenti ekanligi ma’lum bo‘lgan sharoitda sodir qilinishi 

mumkin. Agar ishtirokchilardan biri, boshqa shaxslar bilan birgalikda 

harakat qilgan holda, ko‘rsatilgan  vaziyatni anglamasa, uning harakatlari 

boshqa ishtirokchilardan farqli, JK 158-moddasi 1-qismi bo‘yicha emas, 

JK 97-moddasi bo‘yicha qasddan odam o‘ldirish deb kvalifikatsiya 

qilinishi shart. 

Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar tarkibi subyekt  tomonining 

aqliy (intellektual) elementi jinoyat ishtirokchilari o‘z qilmishlarining, 

birgalikdagi harakatlarining ijtimoiy xavfliligini anglashi, irodaviy 

elementi esa, jinoiy natijaga erishish niyati yoki birgalikdagi xatti-

harakatlarini birlashtirish orqali bu natijaga erishilishiga ongli yo‘l 

qo‘yishda ifodalanadigan qasd bilan belgilanadi. Biroq, shuni yana bir bor 

ta’kidlab  o‘tamizki, sud-tergov amaliyotida moddiy mukofot evaziga 

(yollanma tarzda) odam o‘ldirish holatidagi ishtirokchilarning harakatlarini 

yuridik baholashda alohida yondashuv ishlab chiqilgan. Jumladan, 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tushuntirishlariga muvofiq, 

«Qotillik uchun haq va’da qilgan tashkilotchi (buyurtmachi)ning 

328 


 

harakatlari u qaysi sabablarga ko‘ra shunday qilganligidan kelib  chiqib, 

Jinoyat kodeksining 28, 97-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikatsiya 

qilinmog‘i kerak»

1

. Masalan, agar qasddan odam o‘ldirish jinoyati sodir 



etilganda yordamchi bajaruvchining jabrlanuvchi bilan yomon 

munosabatda bo‘lganligi sababli «oddiy» qasddan odam o‘ldirish (JK 97-

moddasi 1-qismi) sodir etilgan bo‘lsa-yu, keyinchalik jabrlanuvchiga 

nisbatan hech qanday nafrat bo‘lmaganligi va bajaruvchi tamagirlik 

niyatida qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etganligi aniqlansa, 

yordamchi bajaruvchi tomonidan sodir etilgan jinoyat kvalifikatsiya belgili 

emas, balki oddiy qasddan odam o‘ldirish jinoyati uchun javobgarlikka 

tortiladi. 

Agar obyektiv yoxud subyekt belgilar qaysidir ishtirokchi shaxsi bilan 

bog‘liq bo‘lsa, bu belgi haqida boshqa ishtirokchilar bilish-bilmasligidan 

qat’i nazar, shu shaxsni ayblashga asos bo‘ladi. Masalan, o‘g‘rilikni 

takroran sodir etishda takroriylik belgisi jinoyatni takroran sodir etgan 

shaxsga tegishli bo‘ladi, ishtirokchilarning birida retsidiv bo‘lishi esa 

aynan mana shu ishtirokchiga nisbatan retsidivning tan olinishini 

anglatadi. 

Ishtirokchilarning jazosini individuallashtirishda ham xuddi shu qoida 

amal qiladi. Ishtirokchilardan birining shaxsiga mansub yengillashtiruvchi 

va og‘irlashtiruvchi holatlar faqat shu ishtirokchiga jazo tayinlashda 

hisobga olinadi. 

Bajaruvchining qilmishi jinoyat barcha ishtirokchilarining harakatlari 

natijasi bo‘lganligi sababli bu ishtirokchilar muayyan tarzda 

bajaruvchining qilmishlari bilan bog‘langandir. Bu bog‘lanish tashkilotchi 

yoki dalolatchi tomonidan ko‘zda tutilgan jinoyat tarkibi obyektiv tomoni 

ular jinoiy qasdga undagan shaxs tomonidan amalga oshirilishi bilan 

to‘ldiriladi. Shu bilan birga tashkilotchisi, dalolatchisi bilan ular 

tomonidan tashkil etilgan bajaruvchi faoliyati sababiy bog‘lanish jinoiy-

huquqiy ma’nodagi oqibat bo‘lib keluvchi bu faoliyatning natijasi yuzaga 

kelishigacha davom etadi. Shu sababli, ishtirokchi harakatlaridagi 

1

 

Қаранг:  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  суди  Пленумининг  2004  йил  24  сентябрдаги  «Қасддан  одам 



ўлдиришга  оид  ишлар  бўйича  суд  амалиёти  тўғрисида»ги  13-сонли  қарори,  14-банд,  2-хатбоши  //  Тўплам,  2-

жилд. – 197-б. 

329 

 

                                                           



tugallangan  jinoyat tarkibi bajaruvchi tomonidan muayyan jinoyat 

tarkibining  obyektiv tomoni barcha majburiy belgilarining amalga 

oshirilishida bo‘ladi. 

Moddiy tarkibli jinoyatlarda bajaruvchining xatti-harakatlari 

(harakatsizligi) natijasida qonunda nazarda tutilgan  oqibatlarning yuzaga 

kelishi  yetarli  hisoblanadi. Formal tarkibli jinoyatlarda bajaruvchi qonun 

bilan taqiqlangan qilmishni sodir etishi lozim. Faqat shu holdagina 

tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchilarning harakatlari tugallangan deb 

baholanishi kerak. Agar bajaruvchi u yoki bu sabablarga ko‘ra,  o‘z 

qilmishini oxiriga yetkazmagan bo‘lsa, javobgarlik jinoyatga suiqasd qilish 

yoki jinoyat sodir etishga tayyorgarlik uchungina yuzaga keladi. Xuddi 

shunday tarzda boshqa ishtirokchilarning harakatlarini ham  kvalifikatsiya 

qilish lozim: ular suiqasdni tashkillashtirganlari yoki jinoyatga 

tayyorgarlik ko‘rganlari uchun, suiqasdga yoki jinoyatga tayyorgarlikka 

qiziqtirganlari uchun, va nihoyat, jinoyatga suiqasd yoki tayyorgarlikka 

yordam berganliklari uchun javobgarlikka tortiladi. 

Ishtirokchilar boshlab bergan sababiy qatorni davom ettiruvchi 

bajaruvchi faoliyati ularning qasdi bilan qamrab olingan natijada ayblash 

hajmini belgilab beradi. Bajaruvchi jinoyat rivojlanishining muayyan 

bosqichida jinoyatga suiqasd qilish yoki tayyorgarlik ko‘rish bosqichida 

to‘xtagan hollarda yuzaga kelmagan natijada ishtirokchilarni ayblash 

mumkin emas. Ular bajaruvchi sodir etgan qilmish uchungina 

javobgarlikka tortilishlari mumkin. 

Jinoyat ishtirokchilari harakatlarining kvalifikatsiyasi, shuningdek, 

ishtirokchilik shakliga bog‘liq bo‘ladi va maxsus belgilar bilan 

ifodalanadi. Jumladan, JKda qayd etiladiki, oldindan til biriktirgan guruh, 

jinoiy guruh va jinoiy uyushmaning tashkilotchilari hamda a’zolari 

tayyorgarlik ko‘rilishi yoki sodir etilishida o‘zlari qatnashgan barcha 

jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar (JK 30-moddasi 2-qismi)

uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tashkil etgan yoki ularga rahbarlik 

qilgan shaxslar shu guruh yoki uyushma sodir etgan barcha jinoyatlar 

uchun, basharti, bu jinoyatlar ularning jinoiy niyati bilan qamrab olingan 

bo‘lsa, javobgarlikka tortiladilar (JK 30-moddasi 3-qismi)

330 


 

Birinchi holatda oldindan til biriktirgan guruh tarkibida jinoyat sodir 

etgan ishtirokchilar harakatlari JK 28-moddasini qo‘llamasdan 

kvalifikatsiya qilinadi, chunki ularning barchasi birgalikdagi bajaruvchilar 

deb tan olinadilar. 

Oxirgi holatda qonun chiqaruvchi uyushgan guruh yoki jinoiy 

uyushma tashkilotchisi va rahbarlariga mazkur jinoiy tuzilmalar a’zolari 

yoki  ularning manfaatlarida harakat qilgan boshqa shaxslar sodir etgan 

barcha jinoyatlar uchun javobgar ekanligini belgilaydi. Shu bilan birga, 

sodir qilingan jinoyatlar uyushgan guruh, jinoiy uyushma yoki uning 

strukturaviy bo‘g‘inlari tashkilotchilari va rahbarlari qasdi bilan qamrab 

olingan bo‘lishi, guruh ishtirokchilari esa mazkur jinoyatlarga tayyorgarlik 

ko‘rishda bevosita ishtirok etishgan bo‘lishi shart, ushbu jinoyatlar sodir 

etilishida keyingi ishtiroki yoxud ishtirok etmaganligi ahamiyati yo‘q. 

Agar  uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmaning bironta a’zosi tomonidan 

sodir qilingan qilmish ko‘rsatilgan jinoiy tuzilmalar tashkilotchisi (rahbari) 

qasdi bilan qamrab olinmagan va sababiy jihatdan bog‘lanmagan bo‘lsa, 

bajaruvchi eksessi holati yuzaga keladi. 

5-§. Jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlikning maxsus 

masalalari 

Jinoyatda ishtirokchilik uchun javobgarlikning maxsus masalalari 

ishtirokchilar harakatlarini kvalifikatsiya qilish uchun muhim ahamiyatga 

ega holatlar, xususan, bajaruvchining eksessi, ishtirokchilarning jinoyatdan 

ixtiyoriy qaytishi, maxsus subyekt  va shunga o‘xshash holatlar bilan 

bog‘liq. 



Bajaruvchi  eksessi  tushunchasining (lotincha excessus –  chekinish, 

og‘ish, bo‘yin tovlash) qonuniy mustahkamlanishi JK 30-moddasi 4-



qismida  ifodalangan bo‘lib, unda boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyati 

bilan qamrab olinmagan qilmish uchun uni sodir etgan shaxs javobgar 

bo‘lishi belgilanadi. 

Bajaruvchi  eksessi  JKda nazarda tutilgan har qanday ishtirokchilik 

shaklida bo‘lishi mumkin, bunda bajaruvchining boshqa ishtirokchilar 

bilan oldindan kelishilmagan mustaqil harakatlari yuridik ahamiyat kasb 

331 

 


etishi shart. Masalan, odam o‘ldirish jinoyati oldindan kelishib olinganidek 

kech oqshomda emas, kunduzi sodir etilgan yoxud o‘qotar emas, sovuq 

qurol yordamida sodir etilgan bo‘lsa, eksess holati mavjud bo‘lmaydi, 

zero, mazkur shart-sharoitlarning amalga oshirilgan ish  kvalifikatsiyasiga 

hech qanday ta’siri yo‘q.  Eksessda ishtirokchilarning birgalikdagi jinoiy 

faoliyati yuzasidan  obyektiv asoslar (ishtirokchilar harakatlari bilan sodir 

qilingan jinoyat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish),  subyekt  asoslar 

(bajaruvchilar  o‘rtasidagi  subyekt  aloqalar) mavjud bo‘lmaydi, bu esa 

qolgan ishtirokchilarni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish imkonini beradi. 

Eksess  bajaruvchi sifat va miqdor belgilariga ko‘ra, bajaruvchi 

harakatlari umumiy jinoiy niyatdan qanchalik chetga chiqishi xarakteriga 

bog‘liqdir. 



Sifat ko‘rsatkichli  eksessda  bajaruvchining harakatlari boshqa 

ishtirokchilar bilan kelishib olingan jinoyatlar bilan bir qatorda yana bir 

yoki bir necha jinoyat sodir etishni zimmasiga oladi. Masalan, talonchilik 

sodir etish uchun til biriktirishda ishtirokchilardan biri o‘zganing mulkini 

talon-toroj qilgandan so‘ng qasddan jabrlanuvchini o‘ldiradi yoki qonunga 

xilof ravishda giyohvand va psixotrop moddalarni egallab oladi. Bu holda, 

bajaruvchi sodir qilingan jinoyatlar jami bo‘yicha yoxud amalda sodir 

qilingan jinoyati va birgalikda qasd qilgan jinoyatga tayyorgarlik uchun 

javobgarlikka tortilishi ham mumkin. Bunda, boshqa ishtirokchilar faqat 

birgalikda qasd qilgan jinoyat yoki unga tayyorgarlik ko‘rish uchun 

javobgarlikka tortiladilar. 

Miqdor ko‘rsatkichli  eksessda  bajaruvchi boshqa ishtirokchilarning 

jinoiy niyati bilan qamrab olingan jinoyatni sodir qiladi, lekin uning 

oqibati boshqa ishtirokchilar o‘ylaganidan ko‘ra og‘irroq bo‘ladi (masalan, 

o‘rtacha og‘ir tan jarohatlari o‘rniga  –  og‘ir tan jarohatlari, talonchilik 

o‘rniga  –  bosqinchilik) yoki oldindan til biriktirilgan jinoyatning 

kvalifikatsiyali turini sodir etadi (oddiy odam o‘ldirish  o‘rniga  –  o‘ta 

shafqatsizlik bilan). Bajaruvchi eksessining mazkur turida boshqa 

ishtirokchilar  o‘zlarining niyati bilan qamrab olingan tugallangan jinoyat 

uchun yoki tugallanmagan jinoyat (tayyorgarlik ko‘rish yoxud suiqasd) 

uchun javobgarlikka tortilishadi. 

332 

 


Jinoyat huquqi nazariyasida «muvaffaqiyatsiz ishtirokchilik» 

tushunchasiga doimo alohida urg‘u berilib, keng ma’noda u natijasiz 

(samarasiz) jinoiy tashkilotchilik, dalolatchilik yoki yordamchilik faoliyati 

sifatida tushunilgan, zero, bu holatda bajaruvchi jinoyat sodir qilishga 

umuman niyat qilmagan yoki jinoyat sodir qilishdan ixtiyoriy qaytgan 

bo‘ladi


1

Mazkur holatlarda bajaruvchi umuman javobgarlikka tortilishi 



mumkin emas, jinoyatning boshqa ishtirokchilari esa ishtirokchilikda 

jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish yoki suiqasd qilish uchun 

(bajaruvchi jinoyatdan qaysi bosqichda bosh tortganiga bog‘liq) jinoiy 

javobgarlikka tortiladilar. 

Bajaruvchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, ishtirokchilar jinoiy 

qasdini oxirigacha yetkazmagan bo‘lsa (masalan, jinoiy faoliyatga huquqni 

muhofaza qiluvchi organlar yoki boshqa shaxslar tomonidan chek 

qo‘yilgan), uning harakatlari tugallanmagan jinoyat to‘g‘risidagi normalar 

asosida (25-moddaga havola qilib) kvalifikatsiya qilinadi, boshqa barcha 

ishtirokchilarning harakatlari esa JK 25–28-moddalari va JK Maxsus qismi 

tegishli moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. 

Umuman, ishtirokchilikda jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish 

huquqiga nafaqat bajaruvchi, balki boshqa harakatdagi shaxslar ham ega. 

Ixtiyoriy qaytish istalgan ishtirokchida, ishtirokchilikning har qanday 

shaklida, jinoyatni bajarishning har qanday bosqichida, biroq jinoiy oqibat 

yuzaga kelgan paytga qadar amalga oshirilishi mumkin. Bunda 

tashkilotchi, dalolatchi va yordamchining ixtiyoriy qaytishiga nisbatan 

qonun qattiqroq talablar belgilaydi. Jumladan, JK 30-moddasi 5-qismiga 

muvofiq, «Tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi jinoyatdan ixtiyoriy 

ravishda qaytib, jinoyatning oldini olish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan 

barcha choralarni o‘z vaqtida ko‘rganligi jinoyatda ishtirokchilik uchun 

javobgarlikni istisno qiladi». Mazkur qoidadan aniq-ravshan ma’lum 

bo‘ladiki, tashkilotchining, dalolatchining yoki yordamchining ixtiyoriy 

rad etishi faqat faol bo‘lishi, ya’ni tayyorlanayotgan jinoyatning bartaraf 

1

 

При неудавшемся соучастии отсутствуют либо преступные деяния исполнителя, либо объективная связь 



между  его  деяниями  и  деяниями  других  соучастников,  в  силу  чего  намерения  последних  остаются 

нереализованными, несмотря на все их усилия. 

333 

 

                                                           



etilishini ta’minlovchi harakatlarda ifodalanishi darkor. Hokimiyat 

organlariga  vaqtida xabar berishdan tashqari yana tashkilotchi yoki 

dalolatchi bajaruvchiga jinoyat sodir etmaslikka, yordamchini 

bajaruvchiga ko‘maklashmaslikka ko‘ndirishda, tajovuz qaratilgan shaxsni 

o‘z vaqtida ogohlantirishda ifodalanadigan boshqa choralar ham ko‘rilishi 

lozim. Bunda jinoyat tashkilotchisi yoki dalolatchining bajaruvchini 

ko‘ndirish turidagi ixtiyoriy qaytishi moddiy tarkibli jinoyatda jinoiy 

natijaning oldini olish, formal tarkibli jinoyatlarda esa, butun obyektiv 

tomonning amalga oshirilishining  oldini olishi lozimligi sharti bilangina 

bo‘lishi mumkin. Aks holda, tashkilotchi va dalolatchi sodir etilgan 

qilmish uchun javobgarlikka tortiladi, ularning jinoyatning oldini olishga 

qaratilgan harakatlari esa sud tomonidan jazo tayinlash vaqtida 

yengillashtiruvchi holat sifatida hisobga olinishi mumkin. 

Yordamchi  o‘zining harakatsizligi bilan jinoyat sodir etishdan 

ixtiyoriy qaytishni ifodalashi mumkin. Biroq yordamchi bunday xulq-

atvorini baholashda muayyan vaziyatdan kelib chiqishi lozim, ya’ni 

yordamchining harakatsizligi jinoyatda ishtirokchilikdan ixtiyoriy qaytish 

sifatida, agar bu harakatsizlik u bajarishi lozim bo‘lgan harakatlarni 

amalga oshirmasligida ifodalangan bo‘lsa, masalan, bajaruvchiga seyf 

kalitini taqdim etishga va’da berib, so‘zining  ustidan chiqmagan bo‘lsa, 

tan olinishi mumkin. Bu vaziyatda, agar bajaruvchi jinoyat sodir etishga 

qaror qilsa, uning harakatlari yordamchining harakatlari bilan sababiy 

bog‘liqlikda bo‘lmaydi. 

Shu bilan birga, yordamchining ixtiyoriy qaytishini yordamchilikning 

turidan kelib chiqib alohida ajratilgan holda ko‘rib chiqish lozim. (Ruhiy) 

aqliy yordamchining ixtiyoriy qaytishi bajaruvchiga yordam berishga, 

ko‘maklashishga qaratilgan o‘zining barcha harakatlarini to‘liq 

neytrallashtirishida ifodalanishi lozim.  Gap shundaki, yordamchining 

maslahat va ko‘rsatmalari ularning bajaruvchiga ma’lum qilinganidan 

so‘ng oxirgisi tomonidan yordamchining irodasidan qat’i nazar, ishlatilishi 

mumkin, bu esa yordamchi harakatlari va bajaruvchi sodir etgan jinoyat 

o‘rtasidagi  sababiy bog‘lanishni keltirib chiqaradi. Ixtiyoriy qaytish 

majburiy element sifatida jinoiy natijaning yuz bermasligini taqozo 

334 


 

etganligi sababli, yordamchining ixtiyoriy qaytishi haqida, faqat u o‘z 

harakatlari oqibatlarini to‘liq bartaraf etganidan so‘nggina namoyon 

bo‘lishi mumkin. Agar yordamchining mazkur intilishlari natijasiz 

yakunlansa, jinoyat sodir etilsa, uning harakatlari ixtiyoriy qaytish sifatida 

kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas. 

Mazkur masala jismoniy yordamchilikda bir oz boshqacha hal 

qilinadi. Bunday hollarda, ko‘pincha jinoyat sodir etilishini 

yengillashtirishi lozim bo‘lgan jinoyat quroli va vositalarini taqdim 

etmaslikda, shuningdek, jinoyat sodir etilishiga to‘siqlarni bartaraf 

etmaslikda, agar bu to‘siqlarni bartaraf etish tashabbusi yordamchining 

o‘zidan chiqqan bo‘lsa, ifodalanadigan yordamchining passiv xulq-atvori 

yetarli bo‘ladi. 

Agar birgalikdagi bajaruvchi boshqa bajaruvchilar tomonidan jinoyat 

sodir etilishiga ko‘maklashuvchi yoki uni osonlashtiruvchi harakatlarni 

sodir  etishni boshlamagan bo‘lsa, ixtiyoriy qaytish uning passiv xulqida, 

ya’ni birgalikdagi bajaruvchilikni tashkil etuvchi harakatlardan o‘zini 

saqlashda ifodalanishi zarur. Bunday hollarda shaxsning jinoiy 

javobgarligi istisno etiladi, biroq u JK 241-moddasi  2-qismida 

ko‘rsatilgan shartlarning mavjudligida jinoyat haqida xabar bermaganlik 

uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. Agar bajaruvchi jinoyatni 

oxirigacha  yetkazishdan bosh tortsa yoki o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda 

bajara olmasa va harakatni sodir etsa, ishtirokchilarning harakatini 

kvalifikatsiya qilish qiyinlashadi. Bunday holda tashkilotchi, dalolatchi, 

yordamchi tashkilotchilik, dalolatchilik, yordamchilikka suiqasd qilganlik 

uchun javobgar bo‘ladilar. 

Maxsus  subyektli jinoyatlarda ishtirokchilikni kvalifikatsiya qilish 

masalasi ham alohida ko‘rib chiqishni talab etadi. Afsuski, ushbu masala 

hali to‘liq hal qilinmagan. Shuning uchun mazkur vaziyatda O‘zbekiston 

Respublikasining jinoyat-huquqiy doktrinasi va sud-tergov amaliyotiga 

tayanish darkor. Ularni tahlil qilishdan shu narsa kelib chiqadiki, maxsus 

subyekt  belgilariga mos kelmaydigan shaxslar tegishli jinoyatni bevosita 

bajaruvchilar ham,  birgalikda bajaruvchilar ham bo‘lishlari mumkin emas, 

ularning maxsus subyektli jinoyatni sodir etishdagi ishtiroki faqat 

335 


 

tashkilotchilik faoliyatida, dalolatchilik yoki yordamchilikda namoyon 

bo‘lishi mumkin. Xususan, agar JK Maxsus qismining tegishli moddasida 

maxsus ko‘rsatilgan jinoyat subyekti  bo‘lmagan shaxs bevosita ushbu 

jinoyatni sodir etgan bo‘lsa,  ya’ni amalda to‘liq yoki qisman uning 

obyektiv tomonini bajargan bo‘lsa, bu shaxs mazkur jinoyat uchun JK 28-

moddasining tegishli qismiga havola qilingan holda jinoiy javobgarlikka 

tortilishi shart.  

Shuni nazarda tutish kerakki, maxsus subyektli jinoyatda 

ishtirokchilik vaziyatini shaxs jinoiy javobgarlik yoshiga yetmagan yoki 

aqli noraso bo‘lgan holatlardan ajrata bilish zarur. Ko‘rsatilgan ikki 

holatda ishtirokchilik haqida emas, balki bilvosita (vositachi) bajaruvchilik 

haqida gap ketadi.  



Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling