Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази
-ma’ruza. MAGISTRAL GAZ QUVURLARI
Download 4.59 Mb.
|
B majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlantiruvchi maqsad
- Darsda qo’llaniladigan usullar
- Kirish qismi (Motivatsiya) o ’tilgan mavzuni mustahkamlash
- Yangi mavzu bayoni
5-ma’ruza.
MAGISTRAL GAZ QUVURLARI. Reja: Gaz yetkazuvchi magistral gaz quvurining asosiy tasviri Gazni ishlatish tartibi. Ta`limiy maqsad: O’quvchilar bilimini mustaxkamlash va ularga kunikma berish. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilar bilimini mustahkamlash va mustaqil fikrlashga o’rgatish Darsning jihozlari: Sinf doskasi va bo’r, darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruzalar matni, ko’rgazmali stendlar, ko’rgazmali qurollar, izohli lug’atlar, muammoli toshiriqlar majmuasi, testlar, tarqatma materiallar va kartochkalar. Darsda qo’llaniladigan usullar: Tuzilmaviy mantiqiy “Pog’ona” chizmasi Mashg’ulotning xronologik xaritasi va darsning borishi: Tashkiliy qism (5 minut): dars xonasining darsga tayorligini va sanitariya holatini kuzatish, davomatni qayd etish va o’quvchilarning darsga ruhan tayyorligini tekshirish. Kirish qismi (Motivatsiya) o’tilgan mavzuni mustahkamlash (20 minut): O'qituvchi jurnalga yo'qlama qiladi va yangi mavzuni doskaga yozib qo'yadi hamda mavzuni tushuntirishda qaysi metoddan foydalanish to'g'risida qisqacha aytib o'tadi. O'tilgan mavzuni o'zlashtirganliklarini tekshirish uchun o'quvchilarni kichik guruhlarga bo`lib so`raydi Yangi mavzu bayoni (45 minut) Tabiiy gaz qazib olingandan so’ng ularga talab darajadagi qayta ishlov berilishini oldingi mavzularda qarab chiqildi. Tabiiy gazlarni gaz paydo bo’lgan joyda uzoq masofalarga, turli xil istemolchilarga yetkazib berish uchun asosiy gaz yetkazib beruvchi qurilma xisoblangan magistral gaz quvurlaridan foydalaniladi. Magistral gaz quvurlari o’ta muxim obyekt xisoblanib, ularning uzunligi bir necha minglab kilometr masofalarga ega bo’lishi va xalqoro ahamiyatga ega bo’lgan ko’plab mamlakatlar xududlaridan o’tgan, bir birini bog’lovchi yirik obyektlardir. Magistral gaz quvurlarini gaz oqimining ishchi bosimiga qarab quyidagi uchta turlarga bo’lish mumkin. Birinchi turi yuqori bosimli xisoblanib unda gaz oqimining bosimi 25 kgs/sm2 ( 2,5 MPa)dan yuqori bo’ladi. Ikkinchi turi o’rtacha bosimli xisoblanib, gaz oqimining ishchi bosimi 12-25 kgs/sm2, ya’ni (1,2-2,5MPa) oraliqda bo’ladi. Uchinchi turi past bosimli xisoblanib gaz oqimining bosimi – 12 kgs/sm2 (1,2MPa)gacha bo’ladi. Bundan tashqari magistral gaz quvurlarida gaz oqimining miqdorini oshirish uchun, quvurning mustaxkamligini xisobga olgan xolda, gaz oqimining ishchi bosimini 50–55 kgs/sm2 (5-5,5MPa) gacha yetkazish mumkin. Hozirgi paytda yangi qurilayotgan magistral gaz quvurlarida gaz oqimini katta miqdorda yetkazib berishni ta’minlash uchun 75 kgs/sm2 (7,5 MPa) ishchi bosimga mo’ljallangan magistral gaz quvurlari loyixalanmoqda. Ilmiy tekshiruv va loyixa institutlari, o’ta sifatli, yuqori darajada mustaxkamlikga ega bo’lgan metallardan gaz quvurlari tayyorlash uchun, magistral gaz quvurlarda gazning ishchi bosimini 100–120 kgs/sm2 (10–12MPa) yetkazish uchun ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Hozirgi paytda Respublikamiz xududida foydalanib kelinayotgan asosiy magistral gaz quvurlarining diametri 1350 mm. gacha bo’lib, ular-dagi gaz oqimining ishchi bosimi 5.5 MPa gacha mo’ljallangandir. Gaz ta’minoti sistemalarida gaz quvurlarining diametri 1420 mm. gacha bo’lib ulardagi gaz oqimining bosimi maksimal 7,5 MPa gacha mo’ljallangan bo’ladi. Gaz quvurlarining diametri qancha katta bo’lsa, gaz miqdorini yetkazib berish ko’payib boradi va tejamkorli xisoblanadi. Xalkora aloqadagi magistral gaz quvurlarida quvurning diametri 1750 mm va undan ham katta o’lchamga ega bo’lishi ham mumkindir. Magistral gaz quvurining qanday o’lchamdagi diametrga ega bo’lishi, uning texnik tejamkorligiga, istemolchilarning joylanish xududlariga, tabiiy va seysmik sharoitlarga va x.k.z. bog’liqdir. rasm: Gaz yetkazuvchi magistral gaz quvurining asosiy tasviri Gaz qazib olingan joy; - (GQJ) Chang tozalagich; - (ChT) Gaz yig’uvchi quvuri; - (GYQ) Oraliq gaz ta’minlovchi stansiya; - (OGTS) Magistral quvur; - (MK) Oraliq kompressor stansiyasi; - (OKS) Boshqaruv armaturalari; - (BA) Gaz ta’minlovchi stansiya; - (GTS) Yer ostida saqlagich; - (YeOS) Oraliqda gazning sarflanishi; - (OGS). Sanoat korxonalari - (SKX) Tasvirda magistral gaz quvurining gazni qazib olinishidan tortib istemolchilargacha yetkazib berilishining ketma ketligi tasviri ko’rsatilgan. Gaz qazib olingan joydan gaz yig’uvchi quvur orqali, chang tozalagichga yetkazib beriladi. Chang tozalagichda gazning tarkibidagi turli xil qattiq birikmalar va mexanikaviy aralashmalardan tozalanadi. Undan so’ng kuvur orqali oraliq gaz ta’minlovchi stansiya (OGTS) ga yetkazib beriladi. OGTS da gaz qaytadan moyli chang tozalagichlar orqali tozalanadi, quritiladi, maxsus xid beriladi va magistral quvur mo’ljallangan bosimgacha gaz oqimining bosimi pasaytiriladi. Gazdan foydalanishning dastlabki davrida gaz qatlamida gazning bosimi yetarlicha bo’ladi. Bosh kompressor stansiyasi yer osti qatlamida gazning bosimi pasaygandan so’ng qurilishi kerak. Oraliq kompressor stansiyalari (OKS) taxminan xar 150-180 km. oraliq quriladi. Magistral gaz quvurlaridan normal foydalanish, va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun xar 25 km. gacha bo’lgan masofada boshqaruv armaturalari (BA) o’rnatiladi. Gaz ta’minotining ishonchli ishlashini ta’minlash uchun va ko’p miqdordagi gazni yetkazib berish uchun bir paytda ikki va undan ortiq tarmoqdagi gaz quvurlari ham qurilishi mumkin. Magistral gaz quvurlaridan gaz yirik istemolchilarga shaxarlarga sanoat korxonalariga, gaz ta’minlovchi stansiyalar (GTS) orqali yetkazib beriladi. Magistral gaz quvurlari o’tkazilgan xududlardagi istemolchi-larni sanoat korxonalarini, axoli punktlarini gaz bilan ta’minlash ham GTS lar orqaligina amalga oshiriladi. Magistral gaz quvurlarida gaz qazib olingan joyda tortib istemolchilargacha bo’lgan oraliq bir–biri bilan muxim bog’lanishga ega, bunga sabab quvurlarning ichki xajmi, ulardan o’tayotgan gaz miqdoriga nisbatan juda kichik xajmga egadir. Shuning uchun ham gazning quvur ichida jamlanish xajmi kichik miqdorga ega bo’lganligi sababli faqatgina gazning sutka davomida notekis taqsimlanishinigina ta’minlash mumkin. Gazning mavsumiy notekis taqsimlanishini ta’minlash uchun yer osti gaz saqlagich omborlaridan va qish paytida boshqa turdagi yoqilg’iga o’tuvchi gaz –mazutli yoki gaz ko’mir chang aralashmasi yordamida ishlovchi gaz gorelkalaridan foydalaniladi. Magistral gaz quvurlari yuqori sifatli uglerodli, yaxshi payvandlanuvchi po’latdan tayyorlanadi. Quvurlarning bog’lanishi payvand-lash natijasida amalga oshiriladi. Quvurlarning yotqizilish chuqurligi, yer ustidan kuvurning ustki qismigacha 0.8 metrdan kam bo’lmasligi kerak. Magistral gaz quvurlarini zanglashdan ximoyalanish uchun zanglashga qarshi bo’lgan qoplamalar bilan normal xolatda, muxim va o’ta muxim ko’rinishli katlamlarda ximoyalanadi. Agarda quvur yotqizilgan xududlarda tuproq tarkibining zanglashga ta’siri o’ta xavfli bo’lganda, daydi toklar mavjud bo’lgan xududlarda, (elektrli ximoyalanish usullaridan foydalaniladi qurilish me’yori va qoidalariga asosan). Magistral gaz quvurlarida quvurning optimal diametri va kompressor stansiyalarining soni texnik iktisodiy xisoblashlardan aniklanadi. Magistral gaz quvurlarining asosiy foydalanish ko’rsatkichi, bu quvurning sutka davomida gaz o’tkazish quvvatini xisoblashdir. Sutkalik gaz o’tkazish quvvatini quyidagi cha nisbatlikdan aniqlash mumkin, ya’ni: Q cut = Qyil (365·Kyil) (2.3) bu yerda: Qcut- quvurning sutka davomida gaz o’tkazish quvvati standart sharoitda mln.m3/sutka; Qyil- quvurning yillik gaz o’tkazish quvvati standart sharoitda mln. kub metr/yil; Kyil- gaz sarfining o’rtacha yil davomida notekis taqsimlanish qiy- mati. Bu qiymat gaz saqlagich omborxonalar bo’lmagan magistral gaz quvurlari uchun 0.85; magistral gaz quvurlaridan tarmoklangan quvurlar uchun 0.75 ga tengdir. Download 4.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling