Ўзг. Вароқ Вароқ Хужжат


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/56
Sana04.11.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1746883
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56
Bog'liq
KURS

Xom-ashyoni maydalash. Omixta yem OVQ, premiks, karbamid konsentrati va 
ozuqa aralashmalarning komponentlari omixta yem zavodlariga don, granula, chaqmoq 
kо‘rinishida tushadi va maydalanadi. Ishlab chiqariladigan mahsulotning ma’lum turi 
uchun yirikligi bо‘yicha talablarga javob beradigan bir xildagi aralashmani maydalamay 
olishning iloji yо‘q. Maydalangan komponentlar bir xilda aralashadi. Bundan tashqari 


15 
Ўзг. 
 
Вароқ 
 Вароқ 
Хужжат 
Имзо 
Сана 
maydalash jarayoni hayvon va parrandalarda ozuqaning tez xazm bо‘lishida muhimdir
chunki maydalangan ozuqa yaxshi о‘zlashtiriladi.(12) 
Maydalash jarayonining tavsiloti. Maydalash-mahsulot ishlab chtqaradigan eng 
murakkab va kо‘p energiya talab qiladigan jarayonlardan biri hisoblanadi. 
Komponentlarni maydalashda ularning ba’zi qismlari orasidagi kuchlarning bir-biriga 
tо‘g‘ri kelishi buziladi, buni bartaraf qilish uchun elektroenergiyasini kо‘p sarflagan 
holda maydalashning turli usullarini qо‘llashga tо‘g‘ri keladi. Bu, ayniqsa omixta 
yemga katta miqdorda kiritiladigan donli komponentlarni maydalashga ta’luqlidir.(12) 
Qattiq qismni bо‘laklarga ajratish jarayoni maydalash deyiladi. Buning natijasida 
jism bо‘lakchalari orasidagi kuchlarning bir-biriga tо‘g‘ri kelishi zabt etilib yangi yuza 
hosil bо‘ladi. 
Omixta yem ishlab chiqarishda quyidagi komponentlar maydalanadi: don, donli 
aralashmalar, kunjara, shrot, sо‘tali makkajо‘xori, mineral kelib chiqishli xomashyolar 
(bо‘r, tuz, chig‘anoq uni), oziq ovqat sanoatining yirik 
fraksiyali ozuqa mahsulotlari. Ba’zi komponentlar uskunadan bir bor о‘tgandayoq 
maydalanadi, ba’zilari esa ikki marta о‘tkazilishi talab qiladi. Donli komponentlar 
uskunadan bir marta о‘tkazilganda maydalanadi, chaqmoq xomashyolar esa oldin ezilib 
sо‘ngra yanchiladi.(6) 
Maydalash darajasi yoki maydalangandan keyin bо‘lakchalar о‘lchamlari hayvon 
turi va yoshiga bog‘liq, ya’ni maydalash darajasi yanchishning yirikligini tavsiflaydi. 
Maydalangandan keyin bо‘lakchalar о‘lchami 5 mm yoki undan yirik bо‘lsa, maydalash 
shartli ravishda qо‘pol deyiladi. Agar 5 mm dan kichik bо‘lsa, bunda maydalash mayin 
hisoblanadi. Qattiq bо‘lakli komponentlarni nisbatan yirik bо‘laklarga bо‘lish (5 mm. 
dan yirik) ham, shuningdek, maydalash deyiladi.
Mahsulotning maydalanish darajasi deb maydalanadigan bо‘laklar chiziqli 
о‘lchamlari kattaligini maydalashdan keyingi bо‘lakchalar о‘lchami nisbatiga aytiladi. 
Maydalanish darajasi i mahsulotni maydalangandan keyingi bо‘lakcha yuzasi 
yig‘indisining boshlang‘ich yuza yig‘indisi nisbati aniqlanadi:
S
0


16 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling