Yadro reaksiyalari


Download 31.66 Kb.
bet1/4
Sana09.06.2023
Hajmi31.66 Kb.
#1467424
  1   2   3   4
Bog'liq
YADRO REAKSIYALARI.


YADRO REAKSIYALARI.
REJA.

  1. Yadrolarning bo`linishi.

  2. Zanjir reaksiya. Reaktorlar.

  3. Тermoyadroviy reaksiyalar.

  4. Elementar zarralar.

  5. Hozirgi zamon fizikasining asosiy muammolari


Yadroviy reaksiyalar va saqlanish qonunlari. Ikki yadro yoki yadro bilan zarra bir-biriga 10-15 m masofagacha yaqinlashganda yadroviy kuchlarning ta’siri tufayli o`zaro intensiv ta’sirlashadi, natijada yadroviy o`zgarishlar vujudga keladi. Bu yadroviy reaksiya bo`lib u quyidagicha yoziladi: A+aB+b
bunda A-boshlansich yadro, a-reaksiyaga kirishuvchi yadro yoki zarra (neytron, proton, -zarra, -kvant, yengil yadrolar), B-yadroviy reaksiyada vujudga kelgan yadro, b-yadroviy reaksiyada ajralib chiqqan zarra. Birinchi yadro reaksiyasini E.Rezerfod 1919 yilda -zarralar bilan azot 714 atomini bombardimon qilib hosil qildi. Azot yadrosi o`zidan proton chiqarib kislorod yadrosiga aylanadi.
2He4+7N148O17+1P1
2He4-geliy atomining yadrosi, ya’ni musbat zaryadli -zarradir. Bu yadro reaksiya quyidagi tenglama bilan ham ifodalanadi:
7N14(,p) 8O17
Yadro reaksiyalarida energiya chiqariladi yoki yutiladi. Ajralib chiqqan energiya miqdori reaksiyaning issiqlik effekti deyiladi. Hosil bo`layotgan yadro massalari yitsindisi boshlansich yadro masalalari yitsindisidan katta bo`lsa, yadro reaksiyasida energiya yutiladi va uning issiqlik effekti manfiy bo`ladi. Hamma yadro reaksiyalari zaryadning, massaning nuklonlar sonining, energiyaning, impulsning, impuls momentining saqlanish qonunlari bajarilishi asosida sodir bo`ladi. Yuqoridagi reaksiyadan zaryadning saqlanish qonuniga asosan:
2+7=8+1=9
nuklonlar sonining saqlanish qonuniga asosan 4+14=17+1=18 bo`ladi.
Yadro reaksiyasi natijasida energiya ajralib chiqsa bunday reaksiyani ekzoenergetik reaksiya, energiya yutilgan reaksiyani endoenergetik yadro reaksiyalari deyiladi. Yadrolar strukturasini, zarralarning o`zaro ta’sir mexanizmlarini o`rganishda, hamda amaliy jihatdan yadro energiyalarini olish va har xil element izotoplarini hosil qilishda yadro reaksiyalari katta ahamiyatga ega.

Download 31.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling