Yadro reaksiyalari
Тermoyadroviy reaksiyalar
Download 31.66 Kb.
|
YADRO REAKSIYALARI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elementar zarralar.
- ADABIYOTLAR
Тermoyadroviy reaksiyalar. Hisoblashlarning ko`rsatishicha faqat og`ir yadrolarni bo`linishi tufayligina emas, balki juda yengil yadrolarni biriktirish (yadrolar sintezi) usuli bilan ham yadroviy energiyadan foydalanish mumkin ekan. Masalan, deyteriy va tritiyni sintezidan zarra va neytron hosil bo`ladi; ya’ni
1N2+1N3 2Ne4+0n1 bu reaksiya energiyasi Bunda har bir nuklonga to`g`ri keladigan energiya 3,5 Mev. Ma’lumki UQ m H 2 m H3 ) (m He 4 mn )c2 17 .6Мэв 235ning bo`linishida ajraladigan energiyaning bitta nuklonga mos keladigan energiyasi 0,85Mev. Yadrolar sintezi yuqori temperaturalarda sodir bo`lganligi uchun uni termoyadroviy reaksiya deb ham ataladi. N2 (deyteriy) va N3 (tretiy) yadrolarining 107K haroratda ham yetarlicha intensiv birikishi kuzatiladi. Bu qadar yuqori harorat yulduzlarda, jumladan quyoshda mavjud. Quyosh nurlanishining spektrida vodorod, geliy, uglerod, azot va kisloroddan iborat. Quyosh energiyasi uning tarkibidagi yadrolarning sintezi, ya’ni termoyadroviy reaksiyalar tufayli ajraladi. Olimlar sun’iy ravishda termoyadroviy reaksiyani amalga oshirish usulini topdilar. Buning uchun termoyadroviy reaksiyada qatnashishi lozim bo`lgan modda (masalan N2 va N3 aralashmasi) ichida atom bomba portlatilsa bas. Atom bomba portlaganda g`oyat qisqa vaqt ichida harorat 107K ga yetib, deyteriy va tritiy birikadi, bunda energiya ajralib chiqishi yanada kuchliroq portlashtarzida namoyon bo`ladi. Portlashda vodorod izotoplari qatnashganligi uchun bu qurolga vodorod bomba deyiladi. Neytron bomba deb ataluvchi qurolda esa yadroviy sintez reaksiyasi amalga oshishi uchun talab qilinadigan sharoit detonatorlik vazifasini bajaruvchi bombani portlatish yo`li bilan emas, balki boshqa usullar yordamida vujudga keltiriladi. Yadroviy sintez reaksiyasida ajralib chiqadigan energiyaning asosiy qismi (80%) neytronlarning energiyasi sifatida namoyon bo`ladi.Shuning uchun neytron bomba portlaganda vujudga keladigan zarb to`lqin anchagina kuchsiz lekin nurlanish dozasi nihoyat kuchli bo`ladi. Neytronlar muhit atomlarning elektron obilari bilan bavosita ta’sirlashmaydi. Lekin muhit atomlarining yadrolari bilan ta’sirlashuvi tufayli zaryadli zarrachalar, -kvantlar va radioaktiv yadrolar hosil bo`ladi. Shuning uchun odam organizmiga neytronlarning ta’siri tirik to`qimalarning atom va molekulalarining ionlashtirishdan iborat bo`ladi. Ionlarning aktivligi o`zgacha bo`lganligi uchun sog` organizmda salbiy ta’sir ko`rsatuvchi ximiyaviy birikmalar vujudga keladi. Yadroviy nurlanish, xususan neytronlar ta’sirida ba’zi murakkab molekulalar, birinchi navbatda ilik, so`ngra on hosil bo`lish jarayoni, ayniqsa, markaziy nerv sistemasining to`qimalari zararlanadi, ovqat xazm qilish yo`li va jinsiy a’zolarning xujayralari ham shikastlanadi. Hozirgi paytda «Тokaman» magnit o`ramli toroidal kamera yordamida xalqaro hamkorlik asosida boshqariladigan termoyadroviy reaksiyani amalga oshirish bo`yicha izlanishlar olib borilmoda. Elementar zarralar. Elemetar zarralar materiyaning eng kichik zarrachalari bo`lib ular maydonlar bilan o`zaro ta’sir etganda o`zini mustaqil tuta oladilar. Elementar zarralarga: elektron, proton, neytron, foton, mezonlar, giperonlar, neytron va ularning ba’zilarining antizarralari kiradi. Elementar zarralarni o`rganishdagi eng muxim qurol katta energiyaga ega bo`lgan kosmik nurlanishlar va tezlatgichlardir. Kosmik fazoni to`ldiruvchi yuqori energiyali stabil mikrozarralarga kosmik nurlar deyiladi. Kosmik nurlar birlamchi va ikkilamchi bo`ladi. Birlamchi kosmik nurlar asosan protonlardan iborat, bo`lib ularni energiyalari (1010-1019)ev. Bu kosmik nurlar Yer atmosferasiga yetib kelib ikkilamchi kosmik nurlarni vujudga keltiradi. Odatda 20 km dan quyiroq balandliklarda kosmik nurlar, aosan ikkilamchi nurlanishdan iborat bo`ladi. Ikkilamchi nurlanish zarrachalar jalasidan iborat bo`lib bu jala 1928 yilda akademik Skobelsin tomonidan Vilson kamerasi yordamida qayd qilingna. Dirak nazariyasiga asosan jala tarkibida musbat zaryadlangan elektron-pozitron mavjudligi isbot qilindi. ADABIYOTLAR: Axmadjanov O.I. Fizika kursi. 3-tom, 1989y 2. Abdullayev S.A. Fizika. 1989. Detlaf A., Yavorskiy V.M. Kurs fiziki M. 2,3-tom, 1989. Тrofimova Т.I. Kurs fiziki Moskva. 1990-1998. Savelev I.V. Umumiy fizika kursi. 2-3-tom, 1989-1998. Sivuxin D.V. Kurs Obshey fiziki 1-5 tom, 1990. Тrofimova Т.I. Fizika. 500 Osnovnhx zakonov i formul. Moskva. 1998 Qosimov A., Safarov A. Fizika kursi. 1-2 tom, 1994 9. Gribev L.A., Prokofeva N.I. Osnov fiziki. Moskva. 1998. Download 31.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling