Ўзг. Вароқ Вароқ Хужжат
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
KURS
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ўзг. Вароқ Вароқ Хужжат Имзо Сана
- Maydalash jarayonining tavsiloti.
Xom-ashyoni maydalash. Omixta yem OVQ, premiks, karbamid konsentrati va
ozuqa aralashmalarning komponentlari omixta yem zavodlariga don, granula, chaqmoq kо‘rinishida tushadi va maydalanadi. Ishlab chiqariladigan mahsulotning ma’lum turi uchun yirikligi bо‘yicha talablarga javob beradigan bir xildagi aralashmani maydalamay olishning iloji yо‘q. Maydalangan komponentlar bir xilda aralashadi. Bundan tashqari 15 Ўзг. Вароқ Вароқ Хужжат Имзо Сана maydalash jarayoni hayvon va parrandalarda ozuqaning tez xazm bо‘lishida muhimdir, chunki maydalangan ozuqa yaxshi о‘zlashtiriladi.(12) Maydalash jarayonining tavsiloti. Maydalash-mahsulot ishlab chtqaradigan eng murakkab va kо‘p energiya talab qiladigan jarayonlardan biri hisoblanadi. Komponentlarni maydalashda ularning ba’zi qismlari orasidagi kuchlarning bir-biriga tо‘g‘ri kelishi buziladi, buni bartaraf qilish uchun elektroenergiyasini kо‘p sarflagan holda maydalashning turli usullarini qо‘llashga tо‘g‘ri keladi. Bu, ayniqsa omixta yemga katta miqdorda kiritiladigan donli komponentlarni maydalashga ta’luqlidir.(12) Qattiq qismni bо‘laklarga ajratish jarayoni maydalash deyiladi. Buning natijasida jism bо‘lakchalari orasidagi kuchlarning bir-biriga tо‘g‘ri kelishi zabt etilib yangi yuza hosil bо‘ladi. Omixta yem ishlab chiqarishda quyidagi komponentlar maydalanadi: don, donli aralashmalar, kunjara, shrot, sо‘tali makkajо‘xori, mineral kelib chiqishli xomashyolar (bо‘r, tuz, chig‘anoq uni), oziq ovqat sanoatining yirik fraksiyali ozuqa mahsulotlari. Ba’zi komponentlar uskunadan bir bor о‘tgandayoq maydalanadi, ba’zilari esa ikki marta о‘tkazilishi talab qiladi. Donli komponentlar uskunadan bir marta о‘tkazilganda maydalanadi, chaqmoq xomashyolar esa oldin ezilib sо‘ngra yanchiladi.(6) Maydalash darajasi yoki maydalangandan keyin bо‘lakchalar о‘lchamlari hayvon turi va yoshiga bog‘liq, ya’ni maydalash darajasi yanchishning yirikligini tavsiflaydi. Maydalangandan keyin bо‘lakchalar о‘lchami 5 mm yoki undan yirik bо‘lsa, maydalash shartli ravishda qо‘pol deyiladi. Agar 5 mm dan kichik bо‘lsa, bunda maydalash mayin hisoblanadi. Qattiq bо‘lakli komponentlarni nisbatan yirik bо‘laklarga bо‘lish (5 mm. dan yirik) ham, shuningdek, maydalash deyiladi. Mahsulotning maydalanish darajasi deb maydalanadigan bо‘laklar chiziqli о‘lchamlari kattaligini maydalashdan keyingi bо‘lakchalar о‘lchami nisbatiga aytiladi. Maydalanish darajasi i mahsulotni maydalangandan keyingi bо‘lakcha yuzasi yig‘indisining boshlang‘ich yuza yig‘indisi nisbati aniqlanadi: S 0 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling