Ўзг. Вароқ Вароқ Хужжат
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
KURS
Ўзг.
Вароқ Вароқ Хужжат Имзо Сана -Oziq-ovqat chiqindilarini qayta ishlash liniyasi. Bu liniya hayvonlardan olingan xom ashyolarni qayta ishlashga mо‘ljallangan. Hayvon xom ashyolariga quyidagilar kiradi: suyak, mol qoni, baliq uni, suyak uni va boshqalar. Bu liniyada xom ashyolar begona aralashmalar va metallomagnit aralashmalardan tozalanadi. Bu liniyada xom yirik xom ashyolarni maydalab, elab bunkerga uzatiladi. -Mineral xom ashyolar liniyasi. Mel, osh tuzi, oxak va shu kabi mineral xom ashyolarni qayta ishlash uchun xar bir korxonada bо‘lishi kerak. Bu liniyada yirikligi bо‘yicha saralanadi, maydalanadi va kerak bо‘lsa quritiladi. Bо‘rni namligi 8 % va osh tuzini namligi 2 % oshsa bu xom ashyolarni quritish kerak bо‘ladi. Bо‘r va osh tuzi barabanli quritgichda quritiladi. Oxak ikki marotabali maydalashdan о‘tkazilib 0,45x0,45 mmli elakda elab olinadi. -Xom ashyolarni boyitish liniyasi. Omixta yemga kerak bо‘lganda oqsil, vitamin mikroelementlari, antibiotiklar va stimulyatorlar qо‘shiladi. -Suyuq ingrodiyentlarni qayta ishlashi liniyasi. Suyuq xom ashyolarga melassa, gidrol, jо‘xori ekstrakti va boshqalar kiradi. Melassa, baliq ekstrakti va ozuqaviy yog‘lar sisternadan tushiriladi va va ishlab chiqarishga uzatish uchun qizdirishni talab qiladi. Melassani omixta yemga qо‘shishdan oldin 50-60 0 S gacha qizdiriladi. Melassa 4 0 S da oquvchanligini yо‘qotadi va 60 0 S dan yuqori temperaturada kristallanadi. -Miqdoriy taqsimlash (dozirovkalash). Suyuq ingrediyentlar maxsus hajmiy dozotorda dozalanadi. Xar bir xom ashyo qayta ishlangandan sо‘ng dozatordan oldingi bunkerga kelib tushadi. Bunkerlar xom ashyolar tо‘kiluvchanligiga qarab tanlangan bо‘lib pastdagi konussimon qismi 60-70 0 S burchak ostida bо‘lishi kerak. Bunkerdan chiqqan xom ashyolar magnit kolonkadan о‘tib dozatorga kelib tushadi va retseptda kо‘satilgan miqdordagi qismi aralashtirish liniyasiga о‘tadi. Omixta yem ishlab chiqarishning samaradorligi, ishlab chiqarilgan mahsulotning sifati va bahosi kо‘p jihatdan xom ashyoning sifati ya’ni tozaligi bilan belgilanadi. Omixta yemning asosiy xom ashyosi bо‘lgan don massasi hech qachon bir turda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling