Ўзг. Вароқ Вароқ Хужжат


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/56
Sana04.11.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1746883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
KURS

Ўзг. 
 
Вароқ 
 Вароқ 
Хужжат 
Имзо 
Сана 
Mavzuning amaliy axamiyati.Respublikamiz don mahsulotlari ishlab chiqarish 
tarmovi korxonalarida yillik ishlab chiqarish quvvati 3,0 million tonnadan yuqori 
bo‘lgan 36 dan ortiq omixta-em zavodlari faoliyat yurgizmoqda. Ular barcha turdagi 
hayvonlar, parrandalar va baliqlarni yoshiga mos xolda to‘la ratsionli omixta-em bilan 
ta’minlashga qodirdir. Omixta-em zavodlari barcha turdagi iste’molchilarni, ayniqsa 
sanoat asosidagi chorvachilik va parrandachilikni sifatli em bilan uzluksiz ta’minlash 
uchun respublikamizning barcha regionlariga joylashtirilgan.
Omixta-em ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida don va uning chiqindi 
mahsulotlari (kepak) asosiy o‘rinni egallaydi.(10) 
Binobarin, ularning omixta-em tarkibidagi miqdori keyingi yillarda don taxchilligi 
oqibatida ancha kamaydi.
Soya kunjarasi, baliq uni, don va premiks kabi mahsulotlarni keltirish keskin 
qisqardi. 
Omixta-em tarmoqlarining asosiy ish yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: ishlab 
chiqarishni takomillashtirish, ishlab chiqariladigan omixta-emlar assortimentini 
kengaytirish va sifatini oshirish hamda oziqaviyligi jihatidan yuqori samarali 
mahsulotlar ishlab chiqarishga erishish.(7) 
Omixta-em ishlab chiqarish quvvatini oshirish maqsadida respublikamizda yiliga 
40 ming tonnaga yaqin mahsulotlar chiqaradigan vitamin-o‘t uni liniyasi barpo etildi. 
Vitaminli o‘t unining qishloq xo‘jalik hayvonlari va parrandalari ratsionga kiritilishi 
faqatgina emni boyitib qolmasdan balki uning oziqaviylik qiymatini oshiradi, bir 
vaqtning o‘zida u mahalliy xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi.(10) 
Omixta-em ishlab chiqarishda izlanishlarni davom ettirish va qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarishining noan’anaviy resurslari: “Nou Xou” texnologiyasi bo‘yicha olingan 
oqsil konsentrati, tut ipak qurti vumbanlari, oziq-ovqat va konserva sanoati chiqindilari 
(olma va pomidor turpi, quriq barda) ni jalb etish lozim.Doimo dehqon xo‘jaliklari, 
fermer xo‘jaliklari va xususiy korxonalarda qo‘shimcha don sotib olish mexanizmini 
takomillashtirish lozim. 




Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling