Ўзг. Вароқ Вароқ Хужжат
Download 1,25 Mb. Pdf ko'rish
|
KURS
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tо‘qmoqli drobilkalar konstruksiyalari.
Ўзг.
Вароқ Вароқ Хужжат Имзо Сана -uskuna ishchi jarayonida maydalash darajasini sozlash imkoni; -uzluksiz va avtomatik ravishda uskunani tо‘ldirish va bо‘shatish; -uskunaning tez yeyiladigan qismlarini oson almashtirish; -changning eng kam ajralishi; -elektroenergiyaning eng kam sarfi. Omixta yem ishlab chiqarishda mavjud maydalovchi uskunalardan bu talablarga eng kо‘p javob beradigani tо‘qmoqli drobilkalardir. Chaqmoqli xomashyolarni qо‘pol maydalash uchun tishli va barmoqsimon valli drobilkalar (toshsindirgich), pо‘stloqli ekinlarni pachoqlash uchun, masalan suli uchun –valli pachoqlovchi uskunalar ishlatiladi. Tо‘qmoqli drobilkalar universal maydalovchi uskunalar hisoblanadi, chunki ularda omixta yem sanoatida qо‘llaniladigan barcha turdagi oquvchan xomashyoni yanchish mumkin. Tо‘qmoqli drobilkalar yirik yanchishda ham, mayin yanchishda ham samarali ishlaydi, qobiqlarni kuchli maydalash mahsulotni sezilarsiz qizdiradi.(13) Tо‘qmoqli drobilkalar konstruksiyalari. Tо‘qmoqli drobilkalarning konstruksiyalari boshqa yanchuvchi uskunalardan kо‘ra soddaroqdir. Tо‘qmoqli drobilkalarning asosiy ishchi organlari tо‘qmoq, deka va g‘alvir hisoblanadi. Turli shakldagi tо‘qmoqlar qо‘llaniladi, eng keng tarqalgani tо‘rtburchak shaklli tо‘qmoqlardir. Tо‘qmoq zinapoyali, ya’ni past-baland ishchi qirraga va osib qо‘yish uchun simmetrik joylashgan teshikka ega. Tо‘g‘riburchak shakldagi plastinkali tо‘qmoqlarning asosiy afzalliklari-boshqa tipli tо‘qmoqlar bilan taqqoslaganda, ularing oddiyligidir. Bu amaliy ahamiyatga ega, chunki tо‘qmoqlarning ishlash jarayonida ularni almashtirish osonlashadi. Boshqa yana bir ahamiyatli afzalligi ishchi yuzasining imkoni boricha maksimal qо‘llanilishi, agar tо‘qmoqning bir tomoni yeyilganda boshqa tomoni ishlashi mumkin. Ayniqsa, uchli qirrasi va burchaklari yeyiladi va buning natijasida drobilkaning unumdorligi keskin tushib ketadi. Yeyilish darajasi maydalanadigan mahsulotning fizik xossalariga, shuningdek, tо‘qmoqlar tayyorlanadigan material sifatiga bog‘liq.(12) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling