Zohid oxirgisi so'ngi


v) go’shtni balli sistemada baholash


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/73
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#253518
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   73
Bog'liq
qoramol goshtini yetilishidagi biokimyoviy jarayonlar

v) go’shtni balli sistemada baholash 

          Go’shtning yangiligi 25 balli sistema bilan baholanadi. 

   Organoleptik yoki sensor tekshirish natijasida olingan ko’rsatkichlarga 13 ball 

beriladi,  laboratoriya  tekshirishdan  olingan  natijaga  12  ball  belgilanadi.  Ball 

yordamida baholashda   mahsulotning sifat ko’rsatkichiga  qarab ball kamayishi 

mumkin.  Organoleptik,  sensor  tekshirishda  quyidagi  nohush  belgilari  bo’lsa, 

«skidka»  qilinadi.  Go’sht  yuzasi  qisman  shilimshiqlangan  bo’lsa  2  ball,  go’sht 

yuzasining  rangi  qisman  o’zgargan  bo’lib,  kamdan-kam  zamburug’langan,  hidi 

achqimtil  yoki  badbo’y bo’lsa, qo’l bilan  bosganda  hosil bo’lgan chuqurcha bir 

daqiqadan  ortiq  vaqtda  yo’qolsa,  tayyorlagan  bulyon  loyqa  bo’lsa  –  5  ball, 

go’sht  yuzasi  shilimshiq  qoplama  bilan  qoplangan  (qisman  yopishqoq), 

go’shtning  hidi  chiriganlikni  anglasa  (go’shtning  ichki  yuza  qismida  hid 

bo’lmasa),  hosil  bo’lgan  chuqurcha  to’lig’icha  to’g’rilanmasa,  bulyoni  loyqa, 

hushbo’y  hidga  yega  bo’lmasa,  bulyon  yuzasida  hosil  bo’lgan  yog’  tomchilari 

kichik  bo’lsa  –  7  ball.  Go’sht  yuzasi  kuchli  darajada  namlangan  yoki  qurib 

ketgan bo’lsa, yuza qismining rangi kulrang yoki ko’kimtir, qirilganda qoralgan, 

chuqur  yuzasidan  chiqayotgan  hid  achqimtil  bo’lsa,  go’sht  yuzasida  hosil 

bo’lgan chuqurcha to’g’rilanmasa, bulyon yomon holatda va hidli bo’lsa 13 ball. 

Go’sht  yuzasi  kulrang  yoki  ko’kimtir,  zamburug’  bilan  qoplangan,  hidi  sassiq 

yoki  chirigan  hidni  eslasa,  konsistensiyasi  shalviragan,  bulyoni  yomon,  sassiq 

bo’lsa  –  u  vaqtda  go’sht  organoleptik  tekshirishlar  natijasiga  asoslanib,  brak 

qilinadi va kimyoviy bakteriologik tekshirishlar o’tkazilmaydi. 

Laboratoriya  tekshirishlari  natijasiga  asoslanib,  ballar  quyidagicha    hisob 

qilinadi. 

Agar 

tekshirishlayotgan 



go’sht 

ko’rsatkichi 

yangi 

go’sht 


ko’rsatkichlariga  mos  kelsa,  bakterioskopik  tekshirish  natijasi  va  mis  kukuni 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

 

65 



 

bilan  bo’lyon  reaksiyasiga  2  ball,  uchuvchan  yog’  kislotalarini  va  amin  – 

ammiakli azotning miqdori aniqlangan bo’lsa 4 ball beriladi. 

Yangilikka  gumon  qilingan  go’sht  ko’rsatkichini  aniqlashda  yarim  balli 

sistema  bo’yicha  hisoblanadi.  Ya’ni  birinchi  ikki  ko’rsatkichga  bir  balldan 

chiqarib  tashlanadi,  keyingi  ikki  ko’rsatkich  uchun  2  balldan  chiqariladi.  Agar 

tekshirilayotgan go’sht aniq tekshirishlar natijasi asosida yangi emas deb topilsa, 

u paytda ularning har qaysisi uchun belgilangan ball butunlay bekor qilinadi. 

Go’shtlarni  balli  sistemada  baholashning  oxirida  go’sht  quyidagi 

toifalarning biriga kiritiladi: 

Ishlatilish uchun yaroqlisiga 21-25 ball 

Yangilikka gumon qilinganiga 10-20 ball  

Yaroqsiz, yangi bo’lmagan go’shtga 0-9 ball beriladi. 

Go’shtning  yangiligini  aniqlashda  ball  sistemasi  yordamida  baholash 

standart talabiga muvofiq bajarilishi kerak. Go’shtni organoleptk va laboratoriya 

usullari  yordamida  tekshirganda  ularning  sifatiga  o’rtacha  qoniqarli  baho 

berilsa,  yoki  ishlatish  uchun  yaroqsiz  deb  topilsa,  u  vaqtda  go’sht  kasal, 

charchagan  yoki  o’lim  oldidan  so’yilgan  hayvonlardan  olingan  deb  xulosa 

qilinadi.  Bunday  paytda  olingan  go’shtni  sotish  yoki  sotmaslik  bakteriologik 

tekshirishlar  natijasiga  asoslangan  holda  hal  qilinadi.  Vizual  lyuminessensiya 

usuli va aminokislotalar reaksiyasi asosida go’shtning yangiligini aniqlash. 

Ningidrin bilan aminokislotalarning umumiy reaksiyasi. Sifat namunasi 

         Ningidrin  aminokislotalar  va  ammiak  uchun  universal  indikator 

hisoblanadi va ular bilan rangli birikmalar hosil qiladi. Probirkaga (1:4) nisbatda 

tayyorlangan  go’sht  ekstrakti  solinib,  oqsillarni  cho’ktirish  uchun  qizdiriladi  va 

filtrlanadi.  Boshqa  probirkaga  5  ml  oqsildan  tozalangan  filtratdan  olinib,  ustiga 

1  ml  1  foizli  ningidrin  yeritmasi  qo’shiladi.  Probirka  chayqatiladi  va  qaynab 

turgan suv hammomida 10-11 minut ushlab turiladi, keyin esa suv hammomidan 

olinib,  sovitiladi,  sovitilish  oqib  turgan  suv  jumragidan  foydalangan  holda 

amalga  oshiriladi.  Buning  natijasida  yangi  go’shtdan  tayyorlangan  filtrat  och 

ko’k rangga bo’yaladi. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

 

66 



 

        Gumon  qilingan  go’shtdan  tayyorlangan  filtrat  nastarin  rangiga  va  yangi 

bo’lmagan go’shtdan tayyorlangan filtrat qizg’ish rangga bo’yaladi. 


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling